Mavzu: mevachilik va uzumchilikning



Download 1,67 Mb.
bet101/101
Sana03.01.2022
Hajmi1,67 Mb.
#313121
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   101
Bog'liq
Bog'dorchilik asoslari

Ishni bajarish tartibi: O‘zbekistonda tavsiya etilgan tok butalarini joylashtirish tartibini inobatga olib, ekish tartibiga binoan kerak bo‘ladigan tok ko‘chatlarini hisoblab, 12-jadvalni to‘ldiradilar.

12-jadval



Qatorlar orasidagi masofa

(m)


Qatordagi tup

oralari


(m)

1 gektar

qatorlar


soni


1 qator uchun

talab


qilinadigan

ko‘chat


miqdori (dona)

1 gektar tokzor

uchun


sarflanadigan

ko‘chat


miqdori (dona)

2,0

1,5










2,0

2,0










2,5

1,5










2,5

2,0










2,5

2,5










3,0

1,5










3,0

2,0










3,0

2,5










3,0

3,0










2,5

4,0










11-amaliy mashg‘ulot

ZANG VА NOVDALARNI BOG‘LASH, XOMTOK QILISHNI O‘RGANISH, CHILPISH, PAXTABARG QILISH BILAN TANISHISH

Ishning maqsadi:Talabalarga tok tuplarining zang va novdalarini bog‘lash hamda ularning yashil qismlari bilan olib boriladigan agrotexnika chora-tadbirlarni o‘rgatish.

Material va jihozlar:

1. Sh.Temurov. Uzumchilik. – T.: «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti. – 2002, 180–188-betlar.

2. R.Yunusov. Uzumchilik. Elektron kitob. –2005, 11.7 MB.

3. Kollej tokzorlari, bog‘ uchun kerakli asbob-uskunalar, ma’lumotnomalar, jadvallar.



Qisqacha tushuntirish:

Ko‘klamda tok tuproqdan ochilishi bilan uning madanlari darhol bag‘azlarga ko‘tarib boylanadi; bu ishni kechiktirish yaramaydi, chunki unda ko‘karayotgan sho‘ralar juda mo‘rt bo‘ladi.

Tok madanlari simbag‘azga bir tekisda tarab boylanadi. Tok tik simbag‘azga ko‘tarilganda hosil novdalari bag‘azning birinchi va ikkinchi simlariga gorizontal holatda bog‘lanadi; qalpoqli simbag‘azga ko‘tarilganda esa novdalar tik bag‘azning eng ustkisiga, qalpoq bag‘azning birinchi simiga bog‘lanadi. Madan va novdalarni bag‘azlarga bog‘lash uchun gektariga 12–15 kg chipta sarf bo‘ladi.

Xomtok qilish. Tokzorda ko‘klam va yozda o‘tkaziladigan eng muhim ishlar jumlasiga xomtok qilish, ortiqcha novdalarni olib tashlash, barg qo‘ltig‘idan chiqqan novdalardan ham hosil olish uchun uning uchini chilpib tashlash, oziq moddalarning hosil novdalariga va sho‘ralarga bir tekisda borishi uchun kuchli o‘sayotgan bosh novda uchlari singdiriladi, barglari siyraklashtiriladi va tok tanasini halqalash ishlari amalga oshiriladi.

Odatda tok tupi kamida ikki marta xomtok qilinadi. Birinchi xomtok sho‘ra paydo bo‘lganda boshlanib, gullaguncha tugallanadi. Ko‘k hovdaning jingalak chiqqan joyidan yuqorisida sho‘ra bo‘lmaydi.

Ikkinchi marta xomtok qilish ishi tok gullaganidan keyin darhol o‘tkaziladi. Bunda yangi chiqqan keraksiz novdalar olib tashlanadi. Tok novdalari birinchi va ikkinchi xomtokdan keyin bog‘lanadi.

Tokning bachki novdalarini olib tashlash. Ba’zan tokning shu yil hosil qilgan asosiy novdalari tagidan chiqqan bachki novdalar ko‘payib ketadi. Bular tokni shaklga solish yoki yangi madanlar olish uchun xalaqit beradi, bunday hollarda ana shu bachki novdalar ikki-uch bo‘g‘imi yuqorisidan olib tashlanadi. Chunki bu qoldirilgan qismidagi barglarda zaxira oziq moddalar hosil bo‘ladi va shakllanayotgan kurtaklarni oziqlantiradi.

Chilpish vaqtida bachki novdaning eng uchini olib tashlash bilan birga asosiy novdani ham 5–10 sm uzunlikda uzib tashlab, har novdada ko‘pi bilan to‘rtta bo‘g‘im oralig‘i qoldiriladi.

Shuningdek, tokda bachki novdalar ko‘payib ketib, sersoya bo‘lib ketmasligi uchun hosilsiz ortiqcha bachki novdalar olib tashlanadi.

Odatdagi chekanka uzum naviga qarab iyul oxiri – avgust boshida qilinadi. Bu ishni o‘tkazishdan maqsad: novdalarning o‘sishini batamom to‘xtatish, uzum boshlariga yorug‘lik va havoning kirishini yengillashtirish, tok novdalari va hosilning tezroq pishishi uchun qulay sharoit yaratish, tokzorda qilinadigan ishlarni yengillashtirishdan iborat. Tokdagi uzum boshlariga quyosh nuri ko‘proq tu shib, ular ning xush rang bo‘lib yetilishi uchun, qalinlashib ketgan barglar siyraklashtiriladi.

Ishning bajarish tartibi: Talabalar kollejda mavjud tokzorlarda bo‘lib, zang va novdalarni bog‘lash, xomtok (sho‘ra va g‘o‘ra xomtok) o‘tkazishni, novdalarning uchini chilpishni, barglarni siy raklashtirish kabi agrotexnik chora-tadbirlarni bevosita o‘zlari o‘qituvchi ishtirokida o‘rganadilar.

12-amaliy mashg‘ulot

MEVA VA UZUMLARNI QAYTA ISHLASH USULLARI

Ishning maqsadi: Talabalarni meva va uzumlarni quritish hamda ho‘lligicha asrash usullari bilan tanishtirish.

Material va jihozlar:

1. Sh. Temurov. Uzumchilik. – T.: «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti. – 2002, 180–188-betlar.



Qisqacha tushuntirish:

O‘zbekiston quritilgan meva yetkazib berish bo‘yicha dunyoda asosiy o‘rinni egallaydi. Mevalar pishgan vaqtda bulutsiz va yog‘ingarchiliksiz kunlarning uzoq turishi, havoning quruq va issiq bo‘lishi mevalarni quyosh nurida quritishga katta imkon beradi.

Bog‘ va tokzorlar maydonining kengayishi va ularning yildan yilga hosildorligi oshib borishi fermer xo‘jaliklarida meva va uzumlardan quritish ishlarini keng hajmda uyushtirishni talab qiladi.

Terilgan hosil xo‘jalikning o‘zida avtomobil, traktor hamda ot aravada tashiladi. Uzoq joylarga yuborishda esa avtomobil va temiryo‘l transporti, ba’zan samolyotlardan foydalaniladi.

Ayniqsa, avtorefrijeratorlar, refrijeratorli vagonlarda (harorat 2–5°C) tashish juda qulay. Buning uchun oldindan maxsus sovitkichlarda uzumni 12– 20°C haroratda ushlab turish lozim.

Temiryo‘1 transporti orqali jo‘natiladigan uzumning yaxshi saqlanib borishi uchun uzum solingan har bir yashikka 10 gr kaliy metabisulfitning tabletkalari joylashtirilishi lozim. Ulardan ajralib chiqadigan angidrid gazi g‘ujumlarni mog‘orlashdan saqlaydi.

Qishda saqlashga mo‘ljallangan uzumlar GOST talabidagi yashiklaкga bandini yuqoriga qaratib joylanadi. Maxsus sovitkichlarga joylashdan oldin xona oltingugurt gazi bilan dudlanadi.

Uzum havo harorati 1–2°C, namligi 90–95 foiz atrofida saqlanishi lozim. Sovitkichlardagi uzumni birdaniga issiq muhitga olib chiqish yaramaydi («terlab» tezda qorayadi).

Quritilgan mahsulotlar tezda o‘ziga namni tortib olib, bir-biriga yopishib qoladi, bosilib ketadi. Shuning uchun meva qoqilari va mayizlarni taxta polli, quruq binolar ichida saqlash kerak.

Quruq mahsulot ozroq bo‘lsa ularni qoplarga solib ham saqlash mumkin, ammo ularni vaqti-vaqti bilan qoplardan ag‘darib, shamollatib tu rish kerak.

Ko‘p miqdordagi qoqi esa binoga 2 metrcha qalinlikda yoyib qo‘yiladi. Saqlash vaqtida bir-biriga yopishib ketmaslikgi uchun yog‘och kurak bilan tez-tez ag‘darib turish lozim.

O‘zbekiston sharoitida mevalardan pyure, pavidlo, murabbo, djem, uzumlardan esa sharbat, shinni, kompot, pastila va sukatalar tayyorlanadi.



Ishni bajarish tartibi: Talabalar O‘zbekiston sharoitida meva va uzumlarni qayta ishlash usullarini ma’lumotnomalar va adabiyotlardan foydalanib o‘rganadilar.

Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etilayotgan mavzular.
Ishchi o‘quv rejada mazkur o‘quv fani uchun 120 soat vaqt ajratilgan bo‘lib, magistrantlar uzluksiz ta’lim tizimida bog’dorchilik asoslari, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish yuzasidan metodik qo‘llanmalar, ilmiy-metodik maqolalar va internet saytlari materiallarini mustaqil o‘zlashtirishlari va biologik ta’limda foydalaniladigan o‘qitish shakllarining uzviyligini e’tiborga olgan xolda mashg‘ulotlarni o‘rganish nazarda tutiladi.

1.Mevachilik va uzumchilikning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati.


2.Mevali va rezavor mevali o‘simliklarning kelib chiqishi, botanik ta’rifi va umumbiologik xususiyatlari.

3.Urug‘li mevalar.

4.Danakli mevalar.

5.Sitrus o‘simliklar.

6.Yong’oq mevalar.

7.Mevali daraxtlarning rivojlanish davrlari, o‘suv vа tinim fazalari. Mevali o‘simliklarga tashqi muhitning ta’siri.

8.Ko‘chatlar uchun joy tanlash va uning asosiy bo‘limlari, urug‘larni ekishga tayyorlash va ekish.

9.Payvandlash va payvand usullari.

10.Mevali bog‘lar barpo qilish.

11.Mevali bog’lar hosilini parvarish qilish.



12.Bog‘larni parvarish qilish: O’g’itlash, sug‘orish, mevali daraxtlarga shakl berish vа butash.

13.Uzumchilik.Tokning biologik xususiyatlari, texnik tuzilishi. Uzum navlari.

14.Ток ko‘chatlarini yetishtirish. Qalamchalarni ekishga tayyorlash. Ko‘chat yetishtirish.

15.Ток bog‘i barpo qilish.

16.Tokzorlarni parvarish qilish.

17.Urug’li va danakli mevalar. Morfologik belgilari va rivojlanishini kuzatish;

18. Subtropik o’simliklar va rezavor mevalar morfologiyasini o’rganish;

19. Yong’oq morfologiyasi, rivojlanishi;

20. Meva urug‘lari va ularning sifatini aniqlash;

21. Payvand turlari, payvandlash texnikasi bilan tanishish;

22. Bog‘ barpo etish, shaklini tuzish;

23. Mevali daraxtlarga shakl berish vа ularni butash texnikasi, usullari;

24. Ток morfologiyasi. Токning tuzilishini o‘rganish;

25. Tokni ko‘paytirish usullari. Qalamchalarni tayyorlash va ko‘chat yetishtirish usullari;

26. Tokzor barpo etish rejasini tuzish;

27. Zang vа novdalarni bog‘lash, xomtok qilishni o‘rganish, chilpish, paxtabarg qilish bilan tanishish;

28. Meva va uzumlarni qayta ishlash usullari;

29. Hosilni yig‘ib olish, meva va uzumlarni qayta ishlash



30.Mevali bog’lar hosilini yig’ib-terish va ularni saqlash.


Mustaqil o‘zlashtiriladigan mavzular bo‘yicha talabalar tomonidan referatlar tayyorlash va ularni taqdimot qilish tavsiya etiladi.








Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish