Mavzu: mevachilik va uzumchilikning



Download 1,67 Mb.
bet8/101
Sana03.01.2022
Hajmi1,67 Mb.
#313121
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   101
Bog'liq
Bog'dorchilik asoslari

Issiqlik.Mevali daraxtlar uchun havo va tuproqning harorati nihoyatda katta ahamiyatga egadir. Daraxtlarning har bir nav va turlarining o‘sishi, rivojlanishi va hosilining shakllanish davrida barcha fiziologik jarayonlar tuproq va havo haroratining muayyan miqdorida o‘tadi. Наг bir mevali daraxt turi va navida ularning maqbul o‘sishi va rivojlanishi uchun o‘ziga mos keladigan past, o‘rtacha va yuqori harorat mavjud. Shuni qayd etish kerakki, mevali va rezavor mevali o‘simliklarning ichida eng ko‘p issiq harorat talab qiladigan mevalar bular subtropik va sitrusli o‘simliklar hisoblanadi. Bularning o‘sishi, rivojlanishi va hosil elementlarining shakllanishi uchun faol harorat yig‘indisi muhim omillardan biridir.

Mamlakatimizda parvarish qilinadigan ko‘pgina past haroratga moslashgan mevali daraxtlarda ularning o‘sishi sutkalik harorat +5°C bo‘lganida boshlanadi. Barg mevali daraxtlarda fenologik o‘sush davrining (gullash, meva tugish, mevalarning shakllanishi va pishishi, novdalarning o‘sishi) o‘tishi uchun eng muqobili bu havo haroratining 15–30°C darajada bo‘lishidir.

Mevali daraxtlarning har bir turi va navi uchun talab qilinadigan maqbul harorat miqdori bo‘ladi va havo haroratiga qarab daraxtlarning rivojlanish davrlari va o‘sish fenofazalari, fotosintez, transpiratsiya, gullashi, mevalarining pishishi, biokimyoviy o‘zgarishlar va oziq moddalarning o‘simliklar ichida harakatlanishi hamda mevali daraxtlarda ontogenez va filogenez davrida yuz beradigan va boshqa jarayonlarda ketadi.

Shuni qayd etish lozimki, issiqlik tuproqda o‘tadigan fizikkimyoviy va mikrobiologik jarayonlarning samarali va faol o‘tishi uchun zarur. Agar issiqlik haddan tashqari ko‘tarilib ketsa, o‘simlikda o‘tadigan biokimyoviy jarayonlar, shu jumladan, fotosintezning kamayishiga olib keladi va pirovard natijada, o‘simlik o‘sishdan qoladi hamda ayrim holatlarda to‘liq nobud bo‘lishi ham mumkin.

Ba’zi mevali daraxtlar muqobil o‘sishi, rivojlanishi va hosil berishi uchun uzoq muddatda sovuq bo‘lmaydigan ma’lum davrni talab qilib qolmasdan, balki bu davrlarni o‘tishida haroratning bir tekisda bo‘lishini talab qiladi.

V.I. Cherepaxin, V.I. Babuk, G.K. Karpenchuk (1991) ma’lumotlariga ko‘ra mevali daraxtlar o‘suv davrlarida o‘simlikning o‘zi issiqlikni har xil darajada talab qiladi. Masalan, ildizlar ba’zan +0° +2,0°C da o‘sadi, kurtaklarning yozilishi uchun +8° +10°C, meva kurtaklarning tabaqalanishi uchun esa +15° +18°C dan past bo‘lmagan harorat zarur. Yozning oxiri va kuzda yuqori haroratda mevalarning yetilishi tezlashadi va ularning sifati ortadi.

O‘zbekistonda parvarish qilinadigan barcha mevali daraxtlar issiqlikka ko‘proq kurtaklarning bo‘rtishi, gullashi va changlanish davrlarida talabchan bo‘ladi. Agar bu davrlarda havo harorati +14° +15°C dan past bo‘lsa, gullarning changlanishi yomon o‘tib, piro vard natijada, hosildorlikning pasayishiga olib keladi. Mevali daraxtlarning ildiz tizimi jadal sur’at bilan tuproq harorati +7° +20°C bo‘lganda o‘sadi va rivojlanadi, agar tuproq harorati +25° +30°C dan oshsa ildiz tizimining rivojlanish va o‘sishdan qolishiga sabab bo‘ladi. Mevali daraxtlarga garmsel va qurg‘oqchilik salbiy ta’sir qilib, meva va barglarning to‘kilishiga sabab bo‘ladi.

Issiqlikni ko‘proq mevali daraxtlar ichida sitrus o‘simliklar, anjir, anor, xurmo, shaftoli, bodom, yong‘oq, o‘rik, behi va gilos talab qiladi; nok, olxo‘ri, olma, malina esa nisbatan kamroq talab qiladi.

Mevali daraxtlar turlari va navlarining issiqlikka bo‘lgan talabi ularning kelib chiqish markazlariga bog‘liq. Yuqori harorat mevali daraxtlarga katta zarar yetkazishi mumkin, past harorat ham ularga jiddiy zarar yetkazadi. Meva daraxtlarining to‘qimalari muzlab qolib, natijada sovuqdan zararlanadi.

Muz o‘simlik hujayralari orasidagi bo‘shliqlarda ham, shuningdek hujayralar ichida ham kristallana oladi. N.A.Maksimov,

I.I.Gumanov va boshqalarning ma’lumotlariga ko‘ra, muz mevali daraxtlarning qaysi joyida vujudga kelsa ham hujayraning suvini qochiradi, muzlagan suv erishi va protoplazmaning siqishi natijasida plazmadagi kolloid moddalar ivib qoladi.

Mevali daraxtlar qurg‘oqchilikka, issiqlikka va sovuqqa chidamliligiga qarab guruhlarga bo‘linadi.

Qurg‘oqchilikka chidamlilik – mevali daraxtlarni garmsel va qat tiq issiqlikka chiday olishi biologik qobiliyatdir. Bu ko‘rsatkichga danakli mevalar urug‘lilarga nisbatan ko‘proq chidamliroq. O‘simliklarning hujayrasida issiqlik 50°C atrofida bo‘lsa, bu holatda barglar, tana va mevalarni zararlaydi.

Qishga chidamlilik – o‘simliklarning noqulay qishki sharoitlarga (sovuqqa, tuproq namligi, shamollar kuchi va hokazo) chiday olish qobiliyatidir.

Sovuqqa chidamliligi bu o‘simliklarning nisbatan uncha yuqori bo‘lmagan haroratlarda o‘sishi va hosil berish qobiliyatidir.

V.I. Cherepaxin, I. Babuk, G.K. Karpenchuk (1991) ma’lumotlariga ko‘ra erta bahorda bo‘ladigan qora sovuqlar asosan mevali daraxtlarning gullariga zarar yetkazadi, agar harorat –1,1 –1,6°C dan past bo‘lsa, gullarni sovuq uradi, kuzda harorat –2 – 3°C bo‘lsa, mevalarni saqlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Barglarga va pishgan bir yillik o‘suvchi novdalarga harorat –4 –5°C dan tushganda jiddiy zarar yetkazadi, pirovard natijada barglarning muddatidan oldin to‘kilishi daraxtlarning qishga chidamlilik qobiliyatini pasaytiradi.

Mevali daraxtlarni qishki sovuqlardan saqlash uchun o‘tkaziladigan agrotexnik chora-tadbirlar quyidagilar: sovuqqa chidamli tur, payvandtag va navlarni tanlashga, ayniqsa, kech gullaydigan navlar; mevali daraxtlarni qattiq sovuqlarga chidamliligini ham hisobga olgan holda maydonlarga joylashtirish; ko‘proq xashaki (urug‘i) payvandtaglarga ulangan navlarni qo‘llash; sug‘orish va o‘g‘itlash tizimini oqilona va samarali foydalani sh da azotli o‘g‘itlarni bog‘larga me’yordan ko‘proq kiritmaslik va sug‘orish me’yorini haddan tashqari oshirmaslik; daraxtlarda hosilli va o‘suv novdalarni teng mutanosibligi hamda o‘z vaqtida mevalarni yig‘ib-terib olish kabilardan iboratdir.

Shuningdek, mevali daraxtlarning sovuqdan zararlanish darajasi ularning tur va nav xususiyatlariga bog‘liq. Tur va navlarning sovuqqa chidamliligi ularning uzoq vaqt davomida hosil qilgan irsiy xususiyati hisoblanadi.




Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish