mavzu: investitsiya faoliyatida kapital qurilish


– MAVZU: INVESTITSIYA FAOLIYATINI KREDITLASH



Download 0,76 Mb.
bet40/96
Sana28.03.2022
Hajmi0,76 Mb.
#513718
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   96
Bog'liq
mavzu investitsiya faoliyatida kapital qurilish – mavzu Kapita (1)

– MAVZU: INVESTITSIYA FAOLIYATINI KREDITLASH


REJA:

    1. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar investitsiya faoliyatini kreditlashning ob’ektiv zaruriyati

    2. Investitsiya faoliyatida ipoteka krediti. Kreditni rasmiylashtirish tartibi

    3. Investitsiya faoliyatini kreditlash foiz siyosati

    4. Kreditdan foydalanishi ustidan bank monitoringi



  1. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar investitsiya faoliyatini kreditlashning ob’ektiv zaruriyati


Iqtisodiyotning globallashuvi sharoitida har qanday mamlakatning keyingi barqaror rivojlanishi va yuksalishi investitsiyalarni jalb etish holatiga bevosita bog‘liq. Shuni e’tiborga olish lozimki, investitsiyalar aslida pul mablag‘lari shaklida jalb etiladi. Pul shaklidagi investitsiyalarning manbai bo‘lib, asosan, foyda (daromad) hisoblanadi. Iqtisodiyot taraqqiyotining ayrim bosqichlarida yangi aktivlar va boyliklarni yaratish uchun investitsiyalarning pul mablag‘lari shaklida safarbar etilishi ham talab etiladi. Shunga ko‘ra, pulsiz yangi aktivlar va boyliklarning hosil bo‘lishi aslo yuz bermasligini oddiygina anglab olish mumkin. Investitsiyalar amalga oshirilmas ekan, moddiy va nomoddiy boyliklar hosil qilinmaydi. Demak, u pul mablag‘lari shaklida qolib ketaveradi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, moddiy va nomoddi boyliklar muayyan faoliyat maqsadida qo‘llanmas ekan, kapitalning qiymati o‘sishi ta’minlanmaydi.
Avvalambor, korxonalarni barqaror va uzoq muddatli resurs bazasi bilan ta’minlash uchun ularning ustav kapitalini oshirishga asosiy e’tibor ham qaratilishi lozim bo‘ladi. Buning natijasida investitsiyalarni korxonalar manfaatlaridan kelib chiqib jalb etish samarali kechadi. Ayni paytda milliy iqtisodiyotning rivojlanishini ta’minlash maqsadida xorijiy investitsiyalarni har qanday ob’ektlarga ham jalb etish maqsadga muvofiq emas. Sababi, mavjud ob’ektlarni va korxonalar aksiyalarini chet ellik investorlarga sotish mamlakatimizga investitsiyalarning kirib kelishini anglatmaydi, "...chunki bunday bitimlar mavjud bo‘lgan aktivlarga bo‘lgan mulk
huquqini shunchaki berishni anglatadi1". Bu esa mulk qiymatining ko‘paymasligini bildiradi. Mavjud aktivlarni qayta sotish ham aynan shundaydir. Umuman olganda, investitsiyalarni amalga oshirish investitsiya jarayonining tarkibiy qismi hisoblanadi va u investitsiya resurslari hosil qilinish natijasiga tayanadi va yuz beradi. O‘z navbatida, u investitsiyalashdan ko‘zlangan maqsadga bevosita bog‘lanadi. Bundan ko‘zlangan maqsadga erishish ishtiyoqi investorni kapital to‘plab, so‘ng uni shu maqsad yo‘lida safarbar etishga undaydi. Maqsad muayyan natijaga qaratilar ekan, natija ham o‘z navbatida, muayyan maqsadlarni keltirib chiqaradi va investitsiya jarayonini aks ettiradigan ketma-ketlikni hosil qiladi. Investitsiyalarning bu tarzda harakatlanishi investitsiya faoliyati orqali yuz beradi.
Bugungi kunda investitsiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq harakatlarni sub’ektlar tomonidan faqat ivestitsiyalarni qo‘yish bilan bog‘liq harakatlar sifatida tushunmaslik lozim. Bunda mazkur harakatlar investitsiyalarni amalga oshirishning maqsadi va yo‘nalishlarini aniqlash hamda ishlab chiqish, investitsiya loyihasini ishlab chiqish va texnik-iqtisodiy jihatdan baholash, uni amalga oshirish uchun talab etiladigan mablag‘larni jalb etish manbalarini aniqlash, jamg‘arish va samarali sarflash kabi keng jarayonni o‘z ichiga qamrab olishini mantiqan tushunish lozim, deb hisoblaymiz. Bunda investitsiya faoliyatini tashkil etishda har bir mulk egasi, eng avvalo, o‘z manfaatlarini ko‘zlab, ya’ni foyda olish maqsadida harakat qiladi. Chunki, yuqori foyda investorning kapital qiymati o‘sishiga imkon beradi.
Iinvestitsiyalarni jalb qilish, xususan, kichik biznes sohasida faoliyat yurituvchi xo‘jalik sub’ektlarni zamonaviy texnika hamda jihozlar bilan ta’minlash, bozor talabiga javob beradigan raqobatbardosh va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishga imkoniyat yaratadi. Xususan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanayotganligi, barqaror iqtisodiy o‘sish va mahalliy hamda xorijiy investitsiyalar hajmi yildan-yilga oshib borishi real sektordagi investitsion jarayonlarni faollashtiradi. Investitsion jozibadorlikni oshirish yo‘li uchun kerakli choralarning ko‘rilishi, kichik biznesga kredit ajratishni oshirishga va kichik biznes





1 Киселева Н.В., Боровикова Т.В., Захарова Г.В.и др. Инвестиционная деятелъностъ: Учебное пособие
М.:КНОРУС, 2005. -432 с.
korxonalarining kreditlardan to‘la foydalana olishiga yo‘l ochib beradi va shu orqali iqtisodiy rivojlanishga erishish mumkin. Investitsiyalarni moliyalashtirishda bank krediti ishtirokini mavhum tarzda, iqtisodiyotda joriy etilgan huquqiy me’yorlar va o‘tkazilayotgan investitsiya siyosatidan, investitsiya faolligi darajasi, moliyalashtirishda qo‘llaniladigan mexanizmlardan, amaldagi soliqqa tortish talablaridan, kafolatlar va imtiyozlar tizimi va bank-moliya infratuzilmasining rivojlanganlik darajasidan ayri holda baholab bo‘lmaydi. Iqtisodiyotning real sektoridagi investitsiyalarni moliyalashtirish manbai tarzida bank kreditining roli, asosan, jamg‘armalarning o‘sish sur’atlari, pul, valyuta hamda kapital bozorlarining holati bilan aniqlanadi va belgilanadi. Moliyaviy vositachilikda raqobat muhitining mavjudligi va umuman Markaziy bankning pul-kredit, foiz siyosati va bank institutlari strategiyasi aniqlovchi omillar sifatida qaraladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida banklar tomonidan xo‘jalik yurituvchi subektlarni uzoq muddatli kreditlashni tashkil qilish tartibi tijorat banklarining ichki kredit siyosati, O‘zbekiston Respublikasi “Markaziy bank to‘g‘risida”, "Investitsiya faoliyati to‘g‘risida"gi qonunlarga, Markaziy bankning “Tijorat banklarining kredit siyosatiga nisbatan qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida”gi Nizomi va boshqa amaldagi qonun hujjatlarga muvofiq ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasi hududida banklar tomonidan xo‘jalik yurituvchi subektlarning uzoq muddatli kreditlash jarayonlarini tartibga soladi. Hozirgi kunda ko‘pgina tijorat banklari uzoq muddatli kreditlash jarayonini o‘zlarining ichki kredit siyosatidan kelib chiqqan holda mustaqil amalga oshiradilar.
Uzoq muddatli kreditlar – ishlab chiqarish va ijtimoiy maqsadlar uchun mo‘ljallangan obektlarni, qurilish, rekonstruksiya qilish, texnik qayta jihozlashga oid harajatlar bilan bog‘liq kapital qo‘yilmalarni moliyalash, texnika, texnologiyalar va uskunalarni harid qilish, asosiy chorva, ko‘p yillik o‘simliklarni shakllantirish, shuningdek, boshqa investitsiya maqsadlari uchun mo‘ljallangan kreditlardir. Uzoq muddatli kredit – 1 yildan ortiq, biroq qoplash muddatidan ortiq bo‘lmagan muddatga beriladigan ssudalardir. Uzoq muddatli kreditlar bilan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar – yuridik shaxslar va xususiy tadbirkorlar, shuningdek, qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan, yuridik shaxsni hosil qilmagan dehqon xo‘jaliklari ta’minlanadilar. Kreditlanayotgan ob’ekt qiymatining kamida 30 foizi o‘z yoki boshqa xil moliyalash manbalari bilan ta’minlangan qurilish obektlarini kreditlash uchun tavsiya etiladi, lekin amaliyotda muhim investitsiya loyihalari uchun istisno tariqasida bu me’yordan past bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bo‘yicha Moliya vazirligi kafolati ostida, shuningdek, byudjetdan tashqari fondlarning kredit liniyalari hisobidan kreditlanadigan ob’ektlar bundan mustasno.
Uzoq muddatli kreditning qaytarilishini ta’minlashning asosiy turlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

  • hukumat kafolatlari;

  • mol-mulk garovi;

  • banklar, boshqa kredit muassasalari va sug‘urta tashkilotlarining kafolatlari;

  • uchinchi shaxslar kafilligi;

  • qonunchilikka muvofiq faoliyat yurituvchi sug‘urta kompaniyalari tomonidan berilgan sug‘urta polisi (guvohnomasi) bilan tasdiqlangan kreditning qarz oluvchi tomonidan so‘ndirilmasligi (risk) xatarining sug‘urta qilinishi.

Kreditni rasmiylashtirish jarayoni o‘z ichiga:

    1. kredit olishga oid buyurtmanomaning ko‘rib chiqilishi va bo‘lg‘usi qarz oluvchining huquqiy maqomini aniqlash maqsadida uning o‘rganilishini;

    2. qarz oluvchining moliyaviy holati tahlilini va kreditga baholashni;

v) kreditlanayotgan loyihaning kompleks yekspertizasining o‘tkazilishini;
g) kredit shartnomasini rasmiylashtirish va tuzishni oladi. Bunda:

  • (a) va (b) bandlarida ko‘rsatilgan kredit buyurtmanomasini ko‘rib chiqish muddati bank qarz oluvchiga kredit buyurtmanomasiga yozma xulosa beradigan 5 bank ish kunidan oshmasligi kerak;

  • xo‘jalik yurituvchi subektlarning kredit so‘rab taqdim yetilgan hujjatlar to‘plami va arizalari tuman bank bo‘limlari kredit komissiyasi tomonidan arizalar kelib tushgan kundan boshlab 10 kundan oshmagan, viloyat kredit komissiyasi

tomonidan 15 kundan oshmagan muddatda va Markaziy idora kredit ko‘mitasi tomonidan 30 kun davomida ko‘rib chiqilib, kredit berish yoki bermasligi to‘g‘risida yozma ravishda xulosa berishlari lozim bo‘ladi. (kichik biznes va xususiy tadbirkorlik loyihalariga va Markaziy bankning tegishli me’yoriy hujjatlari asosida ko‘rib chiqish muddati o‘rnatilgan investitsiya loyihalari bundan mustasno).
Kredit shartnomasi bank bilan qarz oluvchi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning asosi bo‘lib hisoblanadi, olingan kreditlar, komissiyalar ularga oid foizlar va penyalar bo‘yicha agar shartnomaning o‘zida o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, ular imzolagan vaqtdan boshlab amal qiladi. Bank qarz oluvchi bilan kelishib, qoplash muddatlari va pul oqimlari prognozi hisobga olinadigan imtiyozli davrni belgilash huquqiga egadir va u kredit shartnomasida ta’kidlanishi kerak.



  1. Download 0,76 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish