Bog'liq mavzu investitsiya faoliyatida kapital qurilish – mavzu Kapita (1)
Investitsiya faoliyatini kreditlash foiz siyosati
Kreditga layoqatlilik bu mijozning moliyaviy faoliyatiga har tomonlama berilgan baho bo‘lib, u qarz oluvchining so‘ralayotgan kreditni (asosiy qarz summasi va u bo‘yicha foizlarni) o‘z vaqtida qaytarish va boshqa qarz majburiyatlarini to‘lay olish qobiliyatini ko‘rsatadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy jihatdan mustaqil bo‘lgan korxonalarda qo‘shimcha pul mablag‘lariga ehtiyoj yuzaga keladi va bu ehtiyoj zarur bo‘lganda bank kreditlari hisobidan qoplanishi mumkin. Shu sababli bozor iqtisodiyoti sharoitida kredit va uning muhim elementlaridan biri kreditga layoqatlilikni baholashning o‘rni va roli muhim ahamiyat kasb etadi.
Hozirda raqobatdosh korxonalar xalqaro sifat talablariga javob beradigan mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarishi hamda ko‘zda tutilgan foydaning
realligini ta’minlashga muhim ahamiyat qaratadilar. Bu borada eng dolzarb masalalardan biri iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, tarmoqlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashdir. Ushbu omillarsiz nafaqat iqtisodiyotda, balki hech bir xo‘jalik yurituvchi sub’ektida ijobiy natijalarga erishib bo‘lmaydi. Eng muhimi, bu jarayonlarga juda katta moddiy va moliyaviy resurslar bazasini talab etiladi. Bu esa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishida albatta bank kreditlari va ssudalariga bo‘lgan zaruriyat ortadi. Bank kreditlari va ssudalarini jalb qilish qaysi mezonlari va tartiblar asosida amalga oshiriladi? Bu borada, bank va turli kredit institutlari bilan korxonalar o‘rtasida bo‘ladigan qarz munosabatlarini yo‘lga qo‘yishda ularning kreditga layoqatligini baholash bosh masaladir.
Tijorat banklari tomonidan mijozlarining kreditga munosabatlari yuzasidan o‘z kredit siyosatini ishlab chiqadi. Lekin ularning barchasida bitta muhim jihatga, ya’ni mijozning kreditga qodirliligini, layoqatliligini baholashga ahamiyat qaratilmog‘i lozim. Korxonaning kreditga layoqatligini baholash korxonalar tomonidan tuziladigan va taqdim etiladigan davriy moliyaviy hisobotlar va boshqa hujjatlar ma’lumotlari asosida amalga oshiriladi. Zaruriy ko‘rsatkichlar bir-biri bilan taqqoslanib, ular o‘rtasidagi nisbat va o‘zaro bog‘lanishlar aniqlaniladi, ushbu birliklarning yaqin va uzoq davriylikdagi o‘zgarishlariga, kutilishlariga baho beriladi. Korxonalarning kreditga layoqatliligini baholash tartibini “O‘zsanoatqurilishbank” ning kredit operatsiyalari yuzasidan mijozlar bilan bo‘ladigan munosabatlari misolida batafsil ko‘rib chiqamiz.