mavzu: investitsiya faoliyatida kapital qurilish


Qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish evaziga moliyalashtirish manbalarini jalb



Download 0,76 Mb.
bet39/96
Sana28.03.2022
Hajmi0,76 Mb.
#513718
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   96
Bog'liq
mavzu investitsiya faoliyatida kapital qurilish – mavzu Kapita (1)

3. Qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish evaziga moliyalashtirish manbalarini jalb


etish
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida moliya bozorining ajralmas tarkibi hisoblangan qimmatli qog‘ozlar bozori (QQB) mamlakatning iqtisodiy rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. QQBning iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish jarayonidagi rolini oshirish mamlakatimiz oldida turgan ustuvor vazifalardan sanaladi. Ya’ni,
uning iqtisodiyotdagi roli va ahamiyatini oshirish uchun quyidagi muammolar samarali echim topishiga erishish vazifalarini bevosita hal etish bilan bog‘liq bo‘ladi: investitsiyalarni faol jalb qilish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, sanoatni rivojlantirish, inflyatsiyani pasaytirish, barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash. Ushbu muammolarni hal etish QQBning raqobatbardoshligi, xavfsizligi, barqarorligi, likvidligi, investorlar uchun jozibadorligi va risksizligi darajasini ta’minlash bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, turli tashqi va ichki omillar ta’sirini hisobga olish muhim hisoblanadi.

Inestorlar









Davlat







Yuridik shaxslar







Jismoniy shaxslar







Xalqaro moliya tashkilotlari





Professional ishtirokchilar







Investitsiya vositachisi, Investitsiya maslahatchisi, Investitsiya fondi, Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchisi depozitariy,
hisob-kliring palatasi, transfer-agent, birjadan tashqari savdo tashkilotchisi







Market meykerlar





Emitentlar









Davlat







Yuridik shaxslar







Fond birjalari







Xalqaro moliya tashkilotlari





Muvofiqlashtiruvchi va nazorat qiluvchi organlar







Davlat mulki qo‘mitasi QQBFMNM
Moliya vazirligi Markaziy bank







Professional ishtirokchilar uyushmasi





QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORI ISHTIROKCHILARI



13.1-rasm. Qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilarning tarkibi1





Yuqoridagi rasmda QQB ishtirokchilarini alohida guruhlarga bo‘lib tavsiflangan. Ushbu guruhdagi barcha ishtirokchilar QQB bilan uzviy bog‘liqlikda faoliyat ko‘rsatadi va QQBning yaxlit infratuzilmasini ta’minlaydi. Bularga quyidagilar kiradi: muvofiqlashtiruvchi va nazorat qiluvchilar, emitentlar, professional ishtirokchilar hamda investorlar. Moliyaviy globallashuv sharoitida rivojlanayotgan dunyoning barcha mamlakatlari uchun muhim muammo iqtisodiyotda o‘z milliy QQB rolini oshirish, bunda iqtisodiyotni modernizatsiyalash,
1 Mavzuning nazariy asoslarini tadqiq etilishi natijasida kiritilgan.
sanoatni rivojlantirish, inflyatsiyani pasaytirish, iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini ta’minlash maqsadida investitsiyalar jalb qilishni ta’minlash hisoblanadi2. Ushbu muammoni hal etishning muhim shart-sharoitlari QQBdagi investitsiyalar, jamg‘armalar, iqtisodiy o‘sish, inflyatsiya, davlat institutlari faoliyati va monetizatsiya o‘rtasida chambarchas aloqalar mavjudligi hisoblanadi.
Fond bozori mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida, iqtisodiyotga moliyaviy investitsiyalarni jalb etishda muhim o‘rinni egallaydi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish, investorlar huquq va manfaatlarini ta’minlash, investitsion muxitni sog‘lomlashtrish qimmatli qog‘ozlar bozorini samarali rivojlanish investitsiyalar hajmini oshirish imkoniyatini yaratadi.
Qimmatli qog‘ozlar moliyaviy investitsiyalarni iqtisodiyotga jalb etishning muhim vositalari hisoblanib, iqtisodiyotning xavfsizligi va raqobatbardoshligini ta’minlaydi.Ulushga egalik qilishni tasdiqlovchi vositalar Aksiyadorlik kapitalini ko‘paytirish,samarali korporativ boshqaruvda ishtirok etish va belgilangan tartiblarga muvofiq dividendlar olish imkoniyatini yaratadi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida aksiyadorlik jamiyatlari barqaror taraqqiyotining muhim omillaridan biri ularda asosiy va aylanma aktivlarga investitsiya qilinadigan kapitallarning optimal tarkibini shakllantirish hisoblanadi. Ushbu masalaning hozirgi sharoitda keskinlashuvi, birinchidan, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish bilan bog‘liq yirik va strategik loyihalarni moliyaviy ta’minlash zaruratidan kelib chiqadi. Qolaversa, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ta’sirida moliyaviy resurslar bozoridagi nobarqaror kon’yunktura yirik investitsion sig‘imga ega bo‘lgan ushbu loyihalarni moliyaviy ta’minlashda har bir aksiyadorlik jamiyatlari moliyaviy xizmat tizimi zimmasiga mavjud moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish vazifasini yuklamoqda. Kapitallarning optimal holatini shakllantirish, qarz kapitalining o‘z mablag‘lariga nisbati bo‘lib, bunda aksiyadorlik jamiyatlari uzoq muddatli moliyalashtirishni umumiy kapitalning harajatlari yoki kapitallarning o‘rtacha





2 Mirkin Ya.M. Natsionalniy doklad «Riski finansovogo krizisa v Rossii: faktori, ssenarii i politika protivodeystviya»//Finansovaya akademiya pri pravitelstve RF, 2006. - ss. 47-51. (www.mirkin.ru).
tortilgan qiymatini (WACC - weighted average cost of capital) minimallashtirishga erishni anlatadi. Kapitallar tarkibi muhim iqtisodiy ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Bir tomondan, qarz kapitali ulushi kamligi, amalda o‘z mablag‘lariga nisbatan samaradorlik jihatidan arzonroq bo‘lgan moliyalashtirish manbaidan to‘liq foydalanilmaslikni anglatadi. O‘z navbatida, kapitallarning optimal tarkibi, aksiyadorlik jamiyatlarida kapital harajatlari yuqoriroq shakllanishi va kelgusida unga jalb etiladigan investitsiyalar daromadliligiga nisbatan yuqori talablarni vujudga keltirishini anglatadi.
Birinchidan, jalb qilingan kapitalning yuqori daromadlilik talablari bilan hayotiylik davrining egri chizig‘i bo‘ylab harakatlanishi investitsiyalar tanlashda yanada qat’iy va sinchkov bo‘lishini talab etadi. Chunki biznes g‘oyalarning hammasi ham jalb qilingan kapitalga qo‘yiladigan daromadlilik darajasiga mos kelavermaydi.
Ikkinchidan, aksiyadorlik jamiyatlarining investitsion imkoniyatlariga qo‘shimcha cheklovlar belgilanishi sababli u raqobatda yetarli darajada harakatchan va moslashuvchan bo‘la olmaydi. Kapital harajatlar miqdori yuqoriligi savdo bozori rivojlanishining o‘zgaruvchan tendensiyalariga tez va asosiysi, samaraliroq faoliyat olib borishga to‘sqinlik qiladi.
Uchinchidan, asosiy muammo qarz kapitali va o‘z mablag‘larining mutanosiblik qiymati optimal holatga kelmaydi, korxona va mulk egalari manfaatlari o‘rtasida nizolar chuqurlasha baradi. U boshqaruv motivatsiyasi o‘zgarishida, samarasiz moliyalashtirishni amalga oshirish, investitsion qarorlarni qabul qilishda to‘g‘ri tanlanmagan uslubni, shuningdek, yuqori riskli loyihalarni shakllantirishda namoyon bo‘lishi mumkin. Nihoyat, jami kapitaldagi qarz mablag‘lari ulushi ortgani sari uning tarafdori bo‘lgan biznes bo‘yicha kontragentlar, ya’ni korxonaning aksiyadorlari va sarmoyadorlari tomonidan doimiy kuzatuvda bo‘ladi.
Kapitallarni o‘rtacha tortilgan qiymati (bunda faqat qarz mablag‘lari ko‘zda tutiladi) – jami kapitalning daromadlilik darajasini belgilovchi biznes qiymatini baholashning asosiy omillaridan biridir. Tegishli ravishda, bunday o‘rtacha tortilgan qiymat stavkasi minimal darajaga yetkazish korxonaning samarali qarz olish tizimini amalga oshirish imkoniyatlarini kengaytiradi va investitsiya siyosatining yanada
moslashuvchanligini oshiradi. Natijada pul mablag‘lari oqimining samarasiz aylanish tezligini pasaytiradi va mulk egalari foydasi ortishiga olib keladi. Olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida yangi tarmoq va bozorlar vujudga kelmoqda, katta pul oqimlari va yuqori o‘sish sur’atlari bilan tavsiflanadigan aksiyadorlik jamiyatlari shakllanmoqda. Bunday o‘sish sur’atiga ega bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari rivojlanishi uchun zaruriy kapital qo‘yilmalarni tashqi moliyalashtirish manbalariga ehtiyojini kamaytiradi. Biroq, keng jamoatchilik tomonidan olib borilgan tahlillarga ko‘ra, moliyalashtirish manbalarini to‘g‘ri tanlash, moliyaviy vositalardan to‘g‘ri foydalanish korxonalarning yanada barqaror faoliyat olib brishini ta’minlaydi.
Kapitallarning optimal tarkibini aniqlashda miqdoriy baholash usullarining uch guruhi mavjud. Moliyaviy natijalar tahlili bilan bog‘liq jarayon birinchi guruh usuli bo‘lib hisoblanadi. Bunda asosiy e’tibor foydaga qaratiladi va taxminiy ma’lumotlarni beradi.
Aksiyadorlik jamiyatini tahlil qilishning moliyaviy modeli ikkinchi guruh usulida asoslanadi. Bu usul jamiyatning investitsion riski bilan bog‘liq ko‘rsatkichlardan foydalanishni taqozo etadi.
Uchinchi guruhdagi usullar ham tahlil qilishning moliyaviy modeliga asoslanadi, ammo, ikkinchi guruh usullaridan farqli ravishda, modellashtirishni taqozo etadi, natijada murakkabroq jarayonni o‘z ichiga oladi. Birinchi guruhdagi usullardan biri, operatsion foyda usuli bo‘lib, kapitallar tarkibida ehtimoliy qarz ulushini aniqlashga yo‘naltiriladi. Mazkur usul korxona foydasining o‘zgaruvchanligini tahlil qilish asosida korxonani bankrot bo‘lish ehtimolini aniqlashga yo‘naltiriladi.
Mazkur usul kapitallar tarkibi muammolarini aniqlashni soddalashtiradigan taxminlardir. Birinchidan, kelgusidagi foydani taqsimlash va ikkinchidan, moliyaviy dastak darajasidan mustaqilligi haqidagi shart-sharoitlar bilan bog‘liqdir. Har ikki taxmin ham muhim, chunki moliyaviy dastakning yuqoriligi aksiyadorlik jamiyatining sof foydasini kamaytiradigan vaziyatlarni istisno qilmaydi. Demak, moliyalashtirish manbalari kapitallar tarkibida qarz kapitalini oshirish mohiyatan mulkdorlarning daromadlarini oshirishga yo‘naltirilgan vazifani hal etish nuqtai
nazaridan teskari ma’noga ega bo‘lib qoladi. Operatsion foyda normal taqsimlangan va kapitallar tarkibiga bog‘liq emas, ya’ni korxonaning biznes rejasidan kelib chiqadigan tashqi omillar: texnologiya, resurslardan foydalanish samaradorligi, marketing, bozor kon’yunkturasi va h.k. bilan belgilanadi. Shunda qarz miqdoriga qarab, bankrotlik ro‘y berish ehtimolini tavsiflash imkonini beruvchi statistik ko‘rsatkich hosil qilish mumkin.

  1. Download 0,76 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish