127
10-bob. NARX VA NARX SIYOSATI
10.1. Narx tushunchasi va uning mohiyati
Narx bozor kategoriyasi tovarlar ayirboshlanganda yuz beradigan
munosabatlarni anglatadi. Narx nazariy jihatdan olganda tovar qiymatining
puldagi ifodasi, qiymatning bozordagi ko„rinishidir.
Narx bamisoli barometr kabi bozor holatini ko„rsatib turadi, narx
pasayib ketsa, tovar bozori kasodlikka yo„liqqan bo„ladi, tovar nafsiz
bo„lib, uni boshqa tovar bilan almashtirish
yoki uning sifatini tubdan
yaxshilash zarurligi pul tarkibiga qo„yiladi. Narxning iqtisodiy mazmunini
uning funksiyalari ko„rsatib beradi. Narx nimaga tegishli bo„lishidan qat‟i
nazar (tovar, xizmat) beshta asosiy funksiyani bajaradi:
1.
Bozor muvozanatini ta‟minlash funksiyasi;
2.
Hisob-kitob, o„lchov funksiyasi;
3.
Iqtisodiy regulyator funksiyasi;
4.
Raqobat vositasi funksiyasi;
5.
Ijtimoiy himoya funksiyasi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida narxning quyidagi turlari mavjud:
demping narx;
nufuzli narx; milliy narx; arzonlashtirilgan narx; jahon
narxi;
yashirin narx; erkin narx; standart narx; kontrakt (ulgurji) narx;
chakana narx; o„zgaruvchan narx; limit narx; muvozanat narx.
Bozor narxining asosiy xususiyatlari ularning doimo o„zgarib
turish
qobiliyatidir. Narxlar hech qachon sababsiz o„zgarmaydi. Yuqori narxlar
esa yuqori sifatli, yangi iste‟mol qobiliyatiga ega bo„lgan tovarlarga
o„rnatiladi. Tovarning raqobatbardoshligi va bozordagi o„rni narx
darajasiga bog„liqdir.
Narx belgilash maqsadlari: bozor ulushini ko„paytirish,
qisqa vaqt
ichida eng ko„p foyda olish, yuqori foyda normasini uzoq muddat saqlab
qolishdan iborat.
Birlamchi narxni aniqlashga vaqt bo„yicha narx darajasini aniq
hisoblash ta‟sir qiladi.
Bu hisoblash bozor segmentiga, tovarning yashash
davriga, talab va taklifning potenцial miqdoriga bog„liq bo„ladi.
Marketingda tovar siyosati ijtimoiy tovar ishlab chiqarishning barcha
bosqichlari,
yangi
ishlab
chiqarish,
taqsimlash,
almashuv
va
iste‟molchining o„ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda yuritiladi.
Narx bajaradigan ba‟zi bir vazifalarni ko„rib o „tamiz: avvalo narxlar
ishlab chiqarish va iste‟moldagi o„zgarishlardan xabar beradi.
Narxlar faqat iste‟moldagina emas,
balki ishlab chiqarishdagi
o„zgarishlardan ham darak beradi.
128
Narxlarning boshqa muhim vazifasi – ishlab chiqaruvchilar va
iste‟molchilarni rag„batlantirish hisoblanadi.
Narxlar mexanizmi ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdorini
ko„paytirishgina emas, balki ishlab chiqarishning eng tejamli usullarini
ishlashni ham rag„batlantiradi.
Narxlarning uchinchi vazifasi ikkinchisi bilan chambarchas bog„liq.
Bu daromadlarnig taqsimlanishiir. Tovar
ishlab chiqarish sharoitida
xo„jalik faoliyati ishtirokchilari oladigan daromadlar ular o„z shaxsiy yoki
ishlab chiqarish iste‟mollarini ko„plab sotadigan yoki sotib oladigan
tovarlar va xizmatlarning narxlariga bevosita bog„liq bo„ladi.
Narxlarning to„rtinchi vazifasi alohida korxonalarga va xo„jalik
sohalariga ishlab chiqarish omillarini taqsimlashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: