Marketing darslik



Download 1,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/108
Sana25.06.2022
Hajmi1,79 Mb.
#703943
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   108
Bog'liq
Ergashxodjaeva Sh J , Qosimova M S , YUsupov M A Marketing Darslik

 
 


123 
9.1-jadval 
«Tovar-bozor» matritsasi 
Tovar 
lar 
Bozorlar 
joriy 
yangi 
Joriy 
bozorga chuqurroq kirib 
borish strategiyasi 
sotishni jadallashtirish; 
yangi xaridorlarni qidirish; 
raqobatchilarni sindirish; 
tovarning iste‟mol sohasi 
kengayishi 
bozorni rivojlantirish strategiyasi 
yangi bozorlar; 
yangi sotish hududlari; 
xalqaro bozorlar; 
tovardan foydalanishning yangi 
sohalarini tuzish 
Yangi 
Tovarni takomillashtirish 
o„z kuchi bilan yangi tovar 
ishlab chiqarish; 
bitimlarni rivojlantirish; 
litsenziya; 
mahorat bilan ayirboshlash 
Diversifikatsiya 
gorizontal; 
vertikal; 
konsentrik 
Bozorga chuqurroq kirib borish strategiyasida tovar sotishni yanada 
ko„paytirishga, tovarni iste‟mol sohasini kengaytirishga, foydalanilmay 
qolgan imkoniyatlarni ishga solish hisobiga o„sishga erishish mumkin.
Tovarni 
takomillashtirishda 
uning 
ozgina 
xossa-xususiyatini 
o„zgartirgan holda egallab turgan bozorda yangi tovar ishlab chiqarishga 
erishish mumkin. 
Bozorni rivojlantirish strategiyasida yangi bozorlarda mavjud tovarlar 
bilan o„sishga erishish, bozor hududlarini kengaytirish nazarda tutiladi. 
Diversifikatsiya strategiyasi ishlab chiqarilayotgan tovarga yaqinroq 
bo„lgan tovarni, tovardan tubdan farq qiluvchi boshqasini ishlab 
chiqarishni o„zlashtirishni nazarda tutadi. Diversifikatsiyani uchta turi 
mavjud: gorizontal, vertikal va konsentrik. 
Gorizontal diversifikatsiya deganda ilgarigi tovralarga o„xshash ishlab 
chiqarish, texnik, ta‟minot va sotish sharoitlariga yaqin bo„lgan tovarlarni 
ishlab chiqarish tushuniladi. 
Vertikal diversifikatsiya esa ilgarigi tovar ishlab chiqarishni sotuv 
yo„nalishi sifatida ham tovar dasturining chuqurligini o„stirishni anglatadi. 
Masalan, go„sht mahsulotlarini sotuvchi maxsus do„kon mol yetishtirishni 
o„zlashtirishi mumkin. 


124 
Konsentrik diversifikatsiya korxona uchun yangi tovarni ishlab 
chiqarishni ko„zda tutadi. 
Diversifikatsiya tovarlarni turli-tumanligi hisobiga jalb etuvchanligini 
yaxshilashga asoslanadi. 
Tovar diversifikatsiyasining maqsadi, iste‟molchilarni tovarni afzal 
ko„rish, alohida bozor yoki bozor segmenti xususiyatlarini hisobga olish 
orqali tovarni jalb etuvchanligini oshirish, uni raqobatbardoshligi ortishi 
hisoblanadi. 
Tovar diversifikatsiyasi quyidagi omillar bo„yicha amalga oshiriladi: 
tovarning qo„shimcha imkoniyatlari; 
tovardan foydalanish samaradorligi; 
komfortlilik; 
ishonchlilik; 
tovar dizayni va uslubi. 
Tovar diversifikatsiyasi firmaning tovar siyosatida muhim o„rin 
egallaydi. Bu strategiya yangi sotuv bozoriga taklifni rejalashtirishda 
qo„shimcha 
tovarlarni 
ishlab 
chiqarishni boshlaganda qo„llaniladi. 
Diversifikatsiya firma faoliyatida barqaror o„sishini ta‟minlash uchun 
samarali vosita sifatida ilgari suriladi. 
Yangi tovarlarni ishlab chiqish va qo„llash innovatsiya siyosatining 
tamoyil va uslublariga, xususan, tovar innovatsiyasi jarayoniga mos holda 
amalga oshiriladi. 
Tovar innovatsiyasi jarayoni 6 bosqichni o„z ichiga oladi: 
yangi tovar haqida g„oya izlash; 
g„oyani tanlash; 
yangi tovar g„oyasini tijoratlashtirishning iqtisodiy tahlili; 
tovarni ishlab chiqish; 
bozor sharoitida uni tajribadan o„tkazish; 
tovarni bozorga qo„llash. 
Tovar innovatsiyasi jarayoni yangi tovar haqidagi g„oyani izlash bilan 
boshlanadi. Yangi tovar g„oyasini izlashni asosi, tovar haqidagi ichki va 
tashqi g„oyalar manbai hisoblanadi. 
Tashqi tovar haqidagi g„oyalar manbaiga: savdo korxonalari, xaridor 
va iste‟molchilar, raqobatchilar, yarmarka va ko„rgazmalar, tadqiqot 
institutlari, ta‟minotchilar, vazirliklar va boshqa davlat institutlari kiradi. 
Tovar haqidagi ichki g„oyalar manbaiga: marketing tadqiqotlari 
bo„limi, ishlab chiqarish bo„limi, marketing bo„limining barcha qismlari, 
xalqaro iqtisodiy hamkorlik bo„limi, tovarni tayyorlash bo„limi kiradi. 


125 
Tovar innovatsiyasi jarayoni bosqichlari o„z mazmuniga ko„ra yangi 
tovarni rejalashtirish jarayonini ifodalaydi. 
Yangi tovarni rejalashtirishning vazifasi muqobil variantlarni qidirish 
va ishlab chiqishdan iboratdir. 
Yangi tovarni rejalashtirish uchun turli uslublar qo„llaniladi. Yangi 
tovar haqidagi g„oyani baholashda bozorni tadqiq qilish va ijodiy 
uslublardan foydalaniladi. 
Iqtisodiy tahlil bosqichida foydani solishtirish, zararsizlikni baholash 
uslubi, xavf-xatar tahlili uslublaridan foydalaniladi. 
Tovarni ishlab chiqish bosqichlarida tovar ishlab chiqish uslublari, 
tovar markasini ishlab chiqish texnikasi uslublari, xarajatlarni hisoblash 
uslublari qo„llaniladi. 

Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish