197. hisobiy yuklar nima?
Real yuklar me’yoriy yuklardan katta yoki kichik tomon-
ga farq qilishi mumkin. Masalan, qor yuki ko‘p qor yoqqan
qish oylarida me’yoriy yukdan ortib ketishi mumkin. Xususiy
og‘irlikda qabul qilinadigan yuklar esa tayyorlash jarayonida-
gi noaniqliklar yoki loyihadagiga nisbatan betonning zichligini
oshirib yuborishi natijasida me’yoriy yukdan ortib ketishi mum-
kin. Shunga o‘xshash barcha noaniqliklar yuk bo‘yicha ishonch-
lilik koeffitsienti γ
f
yordamida hisobga olinadi. Mazkur koeffit-
sientni yukga ko‘paytirish natijasida hisobiy yuk hosil qilinadi:
q
n
×γ
f
= q (yoki F
n
×γ
f
= F). Yukning o‘zgarish ehtimoli qancha
yuqori bo‘lsa, γ
f
ning qiymati shuncha yuqori bo‘ladi: eng kat-
tasi (1,4) – qor va shamol yuki uchun, eng kichkinasi (1,05) –
metall konstruksiyalarning xususiy og‘irligini aniqlash uchun.
Og‘ir betondan tayyorlangan temir-beton konstruksiyalarning
xususiy og‘irliklarini aniqlashda γ
f
= 1,1 qabul qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |