9-MАVZU:Shamol energetikasi.
REJА:
9.1. Shamol tavsifi
9.2. Shamol energetik qurilmalar
Shamol energetikasi – mexanik, elektr va issiqlik energiyani olish uchun shamol energiyadan foydalanish nazariy asoslarni, usullarni va vositalarni ishlab chiqadigan hamda energetikada shamol energetikasidan maksadga muvofoq bо‘lgan soha va masshtablarni belgilaydigan fan va texnikaning tarmog‘idir.
Shamol energetikasi 2 ta asosiy qismlardan iborat:
- shamol texnikasi, texnik vositalarni (agregat va qurilmalarni) loyihalash nazariy asoslarni va amaliy usullarni ishlab chiqadi;
- shamoldan foydalanish, shamol energiyasidan eng maqbul foydalanish nazariy va amaliy masalalarni, qurilmalarni va ularning texnik-iqtisodiy kо‘rsatkichlarni samarali ishlatish hamda shamol energetik qurilmalardan foydalanish tajribani umumlashtiradi.
Zamonaviy shamol energetikasi - keskinlik bilan rivojlanayotgan energetikaning tarmoqlardan biri hisoblanadi. Uning bir yilda usish sur’atlar 30% ga yaqin.
Do'stlaringiz bilan baham: |