195. Nima uchun yig‘ma elementlarning loyihaviy o‘lchamlari
nominal o‘lchamlardan kam qilib belgilanadi?
har qanday buyumni, hatto eng nozik asboblar uchun
mo‘ljallangan bo‘lsada, ideal aniqlikda tayyorlab bo‘lmaydi.
Shu ning uchun chizmada ko‘rsatilgan o‘lchamidan farqlanishi-
ga yo‘l qo‘yiladi va uning miqdori belgilanadi. Bunday farqla-
nishlar qurilish konstruksiyalarini montaj qilishda ham muhim
rol o‘ynaydi. Masalan, 6 m li plitaning nominal o‘lchami 6000
mm bo‘ladi. Agar 6000 mm qilib tayyorlansa montaj jarayoni-
da qiyinchilik paydo bo‘ladi. Uning konstruktiv o‘lchami 5970
mm (loyihaviy o‘lchami) qilib tayyorlanadi. haqiqiy o‘lchami
esa undan ham farq qilishi mumkin. Masalan, plitaning eni
loyihadagidan 10 mm farq qilishiga ruxsat beriladi yoki oralig‘i
24 m gacha bo‘lgan fermalarda uning uzunligi loyihadagidan
60 mm farqlanishiga ruxsat beriladi. Shunday farqlanishlarning
miqdori Davlat Standartlarida ko‘rsatilgan.
146
Do'stlaringiz bilan baham: |