Jurnalistikasi



Download 10,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/61
Sana25.04.2022
Hajmi10,04 Mb.
#580225
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   61
Bog'liq
Jahon jurnalistikasi tarixi (F.Mo\'minov, A.Nurmatov) (1)

de
IHamme 
et d u
Citoyen. 1789.
2 Revolutions de France et de Brabont. 1790, N»7.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Dushm anlar darvozam iz ortida turishibdi, vazirlar, bizning hududimizdan 
bemalol o ‘taverishingiz m um kin, degan vaj bilan ularga chegafalarimizni 
ochib berishdi. E htim ol, hozir ular shahdam qadam lar bilan biz tom on 
yaqinlashib kelayotgandirlar. Turli yoshdagi va turli mavqedagi fuqarolar, 
Millat majlisi to m o n id an ko'rilgan chora-tadbirlar bizni halokatdan 
qutqarib qololmaydi; agar q o ‘lga qurol olmasangiz, Fransiyani 14-iyul va 
5-oktabrda ikki m arta saqlab qolgan qahramonlxk fazilatlarini o'zingizda 
nam oyon etm asangiz, u hoida hammangiz qirilib bitasiz*.
Marat qirol oilasini qamoqqa olishga, vazirlar va ulaming gumash- 
talarini hibs qilisliga, o ‘zlarini saqlab qolmoq uchun shaliar hukmdorlarini 
qamoqqa tashlashga, ko'plab qurol va aslaha xonalarini qo'lga tushirishga 
chaqirdi. Mohiyat jihatidan u plebeylar inqilobiga, hokimiyatni xalq o ‘z 
qo‘liga olmog'i uchun kurashga d a’vat etgaiidi. Bu pamflet yuzasidan millat 
majlisi qabul qilgau qaroiga ko‘ra, qirol prokurori xalqni qonuniy 
hokimiyatga qarshi chiqishga, qon to'kishga va konstitutsiyaga bo'ysun- 
maslikka undovchi m ualliflam i, noshirlami va gazeta taiqatuvchilarni ta ’qib 
ostiga olishga ijozat beruvchi buyruq chiqarishga haqli edi.
G azetalar 
ta ’sirini 
susaytirish 
maqsadida 
matbuotga, 
birinchi 
navbatda, dem okratik nashrlarga qarshi choralar ko'rildi. Masalan, 
gazetani ko‘o*alarda yopishtirishni taqiqlaydigan qonun chiqarildi. Bulling 
ketidan faqat hukum at farmonlarigina oq qogkozga bosilishi to ‘g‘risida 
maxsus qaror qabul qilindi.
Jirondchilar bilan yakobinchilar o ‘rtasidagi kurash. 1792-yil 10-av- 
gustdan 1793-yil 2-iyunga qadar bo‘lgan m uddatni qamrovchi ikkinchi 
bosqich shu bilan farq qiladiki, bu davrda royalistlar matbuoti barham 
topdi, lekin jirondchilar bilan yakobinchilar o ‘rtasida shiddatli kurash 
davom etdi. Bu yerda M arat, Eber, Robesper va Pryudom gazetalarining 
rolini qayd qilib o ‘tish m uhim dir. K. Demulen tom onidan nashr qilingati 
risolalaming ham aham iyati katta b o id i.
1792-yil 10-avgustda ko‘tarilgan qo'zg'olon monarxiya tuzumini tugatdi 
va xatq qo‘ygan poydevor ustiga o ‘matilgan Respublikaga asos soldi. Milliy 
konvent Fransiyada qiroUik hokimiyati bekor etilganligi to‘g‘risida yakdillik 
bilan qaror qabul qildi va 1792-yil 20-sentabmi Respublikaning birinchi kuni 
deb e’lon qildi. D eputatlar bu tarixiy qaromi «Yashasin millat!» degan 
hayqiriqlar va davomli gulduros qarsaklar bilan qaishi oldilar.
1792-yiigi voqealar m atbuotga juda katta ta ’sir ko‘rsatdi. Inqilobning 
qariyb uch yili davom ida aksilinqilobiy nashrlar to ‘liq matbuot erkinligi 
shioridan foydalanib, inqilobiy gazetalai-ga va demokratik arboblarga hisob- 
siz bo'htonlar yog‘dirdi, inqilob g'alabalarini yo‘qqa chiqarishga ochiqdan- 
ochiq da’vat etdi. M onarxiya ag'darib tashlanishi oqibatida royalistlar 
matbuoti ham tugadi. 1792-yilning 11-avgustida qirolga yon bosgan ko‘p- 
chilik gazetalar chiqishdan to'xtadi. Monarxiya ag^darilgandan keyin 
jirondchilar asosiy rolni o ‘ynay boshlashdi. Hatto, «Monitor» gazetasi ham 
jirondchilar ta ’siriga tushib qoldi.
Bu gazetaning e ’tiborli chiqishiga erishmoq maqsadida jirondchilar 
hukumati turli yo'llar bilan gazeta xodimlariga pinhoniy tarzda pul berib
www.ziyouz.com kutubxonasi


turishdi. Xalq qo‘zg‘olonida ishtirok etmagan va hatto zimdan qo‘zg‘o- 
longa qarshilik ko‘rsatgan jirondchilar hokimiyatni riyokorlik bilan q o ig a
kiritib olganliklari uchun ham shunday b oldi.
Konventdagi birdamlik uzoqqa cho‘zilm adi. G ora bilan Jironda 
to'qnashuvi m uqarrar bo4lib qoigandi. 1792-yil 25-sentabr kuni jirondchilar 
Maratni diktaturaga intilishda aybladilar. Bir oydan so‘ng ayni shunday 
ayb Robesperga ham to'nkaldi. Fraiisiya qo'shinlaríning xuddi mana shu 
jirondchilar ig‘vosi bilan boshlangan urushdagi harbiy talafotlari, shu- 
ningdek, iqtisodiy sohadagi qiyinchiliklar jirondchilar hukumatini xalqning 
ishonchidan mahrum etdi. Jironda jam oatchilik fikriga o ‘tkazib kelgan 
ta ’sirini tikJash va o ‘zini saqlab qolish maqsadida zodaganlaming ham, 
aksilinqUobchilaming ham xizmatini bajo keltira boshladi, royalistlarga yon 
bosdi, demokratik matbuotga zarba berishga ahd qiidi.
Jirondchilar asosiy kuchlarini Maratga qarshi yo'naltirishdi, uni talon- 
torojlarga va qotillikka undashdi, Milliy konventga tuhm at qilishda, xalq 
mustaqiiligiga qasd etishda ayblashdi. Bu qalbaki ayblarga Robesper, 
Danton, Demulen va boshqalar qarshi chiqdilar. Jirondchilar Maratni 
favqulodda tribunal sudiga berishga harakat qildilar. Ammo bu urinish 
jirondchilarning mag'lubiyati va M aratning glalabasi bilan tugadi.
Shundan keyin Demulenga yopisharkanlar, Konventda uning «Bris- 
sochilar tarixi yoxud inqilobning sirli tarixidan parcha» nomli asarini 
keskin tanqid qiUb chiqdilar. Jirondchilar bilan m ontonyarlar o ‘rtasidagi 
kurash keskin tus oigan ayni paytda K. D em ulenning risolasi kuchli ta ’sir 
ko‘rsatdi. Jirondchilar Konventi risolani qoralagan bo‘lsa-da, ammo 
Demulenning o ‘ziga qarshi chora ko‘rilmadi.
1793-yilning m artida Konventning asosan jirondchilardan tuziigan 
tergov kampaniyasi «Dyushen ota» gazetasida brissocliilar, jirondchilar, 
rolandchilar va boshqalarga qarshi qaratiigan m aqolalar chop qilinganligi 
uchun hukumat uning muharriri Ebemi qam oqqa olish haqida farmon 
chiqardi. Parij Kommunasi Kommuna prokurorining o'riubosari bo‘lgan 
Ebemi qamoqdan chiqarishni talab qildi. 28-m ay kuni Eber qamoqdan 
ozod qilindi. 1799-yilning 31-may — 
2
iyun kunlari sodir bo'lgan voqealar 
shunga oüb keldiki, xalq ommasining siquvi bilan Konvent 29 nafar ji­
ro ndchi deputatni qamoqqa olishga qaror qildi. Bu Jironda hukmron- 
ligining inqirozini anglatar edi. Qonun chiqaruvchi majlis davridan buyon 
G ora bilan Jironda o ‘rtasida davom etib kelayotgan olishuv shu yo‘sinda 
yakun topdi.
2-fasl.
Yakobinchilar diktaturasi davridagi matbuot
1793-yil iyun oyüiing boshidan 1974-yilning 27-iyuligacha bo‘lgan 
muddatni qamrovchi uchinchi bosqich shu bilan farqiandiki, bu davrda 
yakobinchilar, keyinroq esa termidorlar, kordelerlar juda murakkab ichki 
kurashni boshlaridan kechiidilar. Fransiya Respublikasining tashqi ahvûli esa 
juda og‘irlashdi. Bu paytda Robesper tomonidan am alga oshirilgan siyosatni 
hamma ham darhol fahmlay olmadi. Hayot taqozosi bo‘lgan inqilobiy
www.ziyouz.com kutubxonasi


terrom i ko‘pchilik beshafqat tadbir sifatida qabul qildi. Eber ham, Demulen 
ham Robesper hukum atiga nisbatan xatoga yo‘l qo‘yishdi. Yakobinchilar 
diktaturasiiiiiig xatolari vaziyatni to ‘g‘ri tushunishni qiyinlashtirdi.
1973-yilning iyunida demokratik m atbuot boshiga katta musibat 
tushdi-M arat q a tl etildi. Uzoq muddat davom ida inqilobiy demokratik 
m atbuotning karvonboshisi bo‘Iib kelgan, butun um rini vataniga bag‘ish- 
lagan otashqalb inqilobchining yuragi urishdan to'xtadi.
Bu davrda E b er tom onidan chiqarilayotgaii «Dushen ota*, 
gaze- 
tasiniiig aham iyati oshib ketdi. Eber o‘z jirondcha uslubiga am al qilib, 
inqilob dushm anlarini ham m a yerdan izlashda va beomon fosh qilishda 
davom etdi. U sinfiy kurashning iqtisodiy aham iyatini, inqilobning o ‘sha 
bosqichdagi m anfaatlari qarama-qarshiiigini fahmlab etmadi.
Bular uning, ayniqsa, 1793-yilning oxiri va 1794-yilning boshida 
ko‘zga yaqqol tashlangan kamchiliklari edi. Avgust oyida Eber qo‘qqisdan 
o ‘z gazetasida xalq tom onidan qo‘llab-quw atlangan Konvensiyani amalga 
oshirish to ‘g‘risidagi talabni va yangi saylovlar o ‘tkazish zarurligini yoqlab 
chiqdi. U m um xalq urushi olib borish zarurligi haqidagi masalani 
ko‘tararkan, bunga iqtisodni ham moslashtirish kerakligini uqtirdi. Siyosiy 
va iqtisodiy m uam m olar mamlakatni milliy mudofaa qilish muammosi 
bilan cham barchas aloqada ekanligini his qilgan holda oziq-ovqat 
masalasini birinchi o'rin g a qo‘ydi, kambag'al om m a tarafida turib savdogar 
va boylarni keskin tanqid qildi. «Savdogarlar bevosita kishilardir, ular 
inqilobni nafi tekkuncha qo‘llaydilar», deb yozgan edi u.
Xalq tazyiqi bilan Konvent 1793-yil sentabr oyining boshida shubhali 
odam lar to ‘g‘risida maxsus dekret q.abul qildi. Bu bilan terror yana kun 
taitibiga chiqdi. B iroq endi belgilangan chora birinchi galda ichki 
aksilinqilobiy kuchlarga qarshi yo'naltirilgan b o ‘lib, buning uchun inqilob 
Eber va boshqalarning tashviqotidan m innatdor bo‘lmog‘i kerak edi.
Eber m u am m olam i ko‘tarib chiqsa-da, ulam ing mohiyatini ochib 
berishga intilm asdi. U oziq-ovqatlar narxi balandligi to ‘g‘risida matbuotda 
muntazam yozar edi, biroq gazetxonlarda bu ahvol uchun Respublika 
aybdordir, degan fikr hosil bo‘lardi. D anshon boshchiligidagi «muruv- 
vatchilar* deb atalm ish guruh inqilobiy hukum at uchun jiddiy xavf 
tug'dirdi. Bu guruh safida D em ulen va boshqalar ham bor edi. U lar inqi­
lobiy hukum at siyosatini «tiyish»ga, repressiyalami yumshatishga, terrordan 
voz kechishga intildilar, nihoyat, rahm-shafqat qo‘mitasini tuzishda jo n - 
bozlik qildilar.
K. D em ulen o'zining «Qo‘hna kordeler» o ‘z gazetasida ommaviy 
terrorga va yakobinchilar hukumatiga qarshi maqolalar yozdi. Uning 
tarixga m urojaat qilishi hech kimni chalg‘ita olmasdi. Demulen tarix 
pardasi bilan berkitm oqchi bo‘lgan haqiqiy hayot hammaga m a’lum edi.
K. D em ulen inqilob tugadi, demak, terrorni ham to ‘xtatish kerak, deb 
hisoblagan b o ‘lsa, Eber uni tanqid qilib, inqilob tufayli kambag‘allar 
(plebeylar) om m asi nim aga erishdi, degan savolni o ‘rtaga qo.‘ydi. Bu biian 
u xalq m anfaatlari inqilobni yanada rivojlantirishni taqozo qiladi, deyishi 
mumkin edi. A m m o Dem ulen bilan kurashda Eber o ‘z manfaatlarini 
himoya qilishdan yuqoriga ko‘tarila olmadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


0 ‘ta so‘[laming hujumi kuchayib, Robesper hukumati o ‘z faoliyatida 
tayanib kelgan ijtimoiy muvozanal tahlika ostida qolganida, Ijtimoiy 
qutqaruv qo'm itasining o ‘zi hujumga o*tdi. 1794-yilning 13-m artidan 14- 
martiga o ‘ta r kechasi kordelerlaming rahbarlari yoppasiga qam oqqa olinib
inqilob sudiga topshirildilar, ular orasida Eber ham bor edi. U lam ing 
barchasi gilotinada qatl qilindi.
Shundan keyin navbat dantonchilarga keldi. 1794-yil aprcl oyi 
boshida ulam ing boshlari tanalaridan ju d o qilindi. Bu ikki guruhning to r- 
mor qilinishi inqilobiy hukumat mavqeyining mustahkamlanishiga olib 
keldi. Yakobinchilar diktaturasining b o ‘hroni liam bartaraf qilinm agan edi. 
Dem ulen va Eber o ‘limidan so‘ng ulam ing gazetalari chiqishdan to'xtadi.
1794-yilning fevralida Pryudom tom onidan nashr qilinayotgan «Parij 
inqilobi» gazetasi ham chiqmay qoldi. Yakobinchilar bosh b o ‘lgan 
diktaturaning oxirgi kunlariga qadar aw algi demokratik gazetalardek rol 
o'ynaydigan bironta gazeta qolm adi. Inqilobning o ‘zi ham pasayib 
bormoqda edi. Sen-Jyust bu holatni ju d a aniq ifodalab, «inqilob qotib 
qoldi», deb yozdi.
Robespeming va unga maslakdosh bo'lganlaming halokati inqilobning 
ham halokati bo'ldi. Termidorni to ‘ntarishdan (1794-yil 3-oktabr) besh hafta 
o ‘tgach, murakkab siyosiy vaziyat hukm surayotgan bir davrda Babyof 
«Erkin matbuot gazetasi»ni chiqardi. 1790-yildan keyin «Pikard muxbiridan* 
so‘ng u eski orzusini ro'yobga chiqarish uchun o ‘z gazetasiga muharrirlik 
qilishga m usharraf bo'ldi. 23-sonidan gazeta «Xalq jarchisi yoxud huquq va 
xalq posboni» degan yangi nom ostida chiqishda davom etdi.
Gazetaning dastlabki sonlari Robespem ing gumashtalari va yako­
binchilar klubiga qarshi qaratildi, am m o oradan ko‘p o ‘tm ay, Babyof 
Robespeming qulashi kutilgan natijalarga olib kelmaganligiga, aksincha, 
buijuaziya hukmronligi mustalikamianishiga xizmat qilib, xalqning ahvoli 
yomonlashuviga sabab bo'lganligiga am alda ishonch hosil qildi.
Ko‘p o 'tm ay Babyof dastlabki tutgan yo‘li xato ekaniigini o ‘zi e ’tiro f 
etib, shunday yozgandi: «Inqilobiy hukum atni Robesper, Sen-Jyust va 
boshqalar yomonlab chiqqanligi uchun o ‘zim dan-o‘zim achchiqlanayot- 
ganimga chin ko‘ngildan iqrorman. Qolgan inqilobchilaming barchasini 
qo'shib hisoblaganda, men bu kishilar ulardan yuqori turadilar, ulam ing 
diktatorlik idora usuli juda puxta o ‘ylangan, deb hisoblamayman! Robesper 
bir o ‘zi inqilob g'ildiragini inqilobning haqiqiy maqsadi sari jildirishga 
qodir ekanügi bilan faxrlanishga tam om ila haqli edi. Robespemi qo'llab- 
quw atlashga undash respublikaning barcha serg'ayrat vatanparvarlarini, 
ular bilan birgalikda xalqni ham oyoqqa turg‘azmoq dem akdir. Ro- 
besperizm — demokratiya dem akdir, bu ikki so‘z mutlaqo bir xildir, 
binobarin, robesperizmni tiklash bilan siz demokratiyani tiklayotganingizga 
amin bo'lishingiz mumkin»1.
Keyinroq F. Buonarotti o ‘z kitobida Robesper faoliyatiga yuksak baho 
berib, jum ladan, shunday yozgan edi: «Tenglik yo'lida azob chekkan bu
i Ba6ë4) T. 
C
om

M.: 1982,4-jk., 170-172-betlar.
www.ziyouz.com kutubxonasi


m ashhur insonga behisob b o ‘hton qilishdi, uning pok nom ini tiklash har 
b ir vijdonli yozuvchining burchidir»1.
Babyof gazetasini «Xatq jarchisi yoxud inson huquqlarining posboni» 
degan yangi nomda chiqarish chog‘ida yangicha g‘oyalar tug'iidi. Dastlabki 
paytlardagi xomxayollar barham topdi. Fikrlash, xalqni chinakamiga ozod 
qilishning maqbul yo'llarini betinim axtarish natijasida Babyof «Plebeylar 
manifesti» nomli nazariy dastur yaratdi.
«Xalq minbari» gazetasining 35-sonida e ’lon qilingan bu hujjat 
«Tenglik yo‘lidagi fitna* asari uchun asos bo‘lib xizmat qildi. Babyof 
kom m unistik qarashlam i ochiqchasiga bayon ctdi, u fitna - xalq omma- 
sining loqaydligini yo‘qotishning birdan-bir vositasi deb hisobladi va 
«H ozir sustkashlikka y o ‘l q o ‘yib bo'lmaydi, deb yozdi u. Qulay fursatni 
kutish b e’manilikdir. Jam oatchilik fikri etilishi kerak, deb aytmoqdalar. U 
allaqachon etilgan, xalq chidab boim aydigan darajadagi ofatlardan aziyat 
chekm oqda, endi u ortiqcha toqat qila olmaydi. Unga yordam berishning 
eng maqbul yo‘li — uni azob-uqubatlarga duchor qilayotgan dushmanlarga 
qarshi kurashga boshlashdir*.
Xususiy mulkchilikni tanqid qilish Babyof muhokamasi uchun asosiy 
nuqta bo‘ldi: «Siz xalqning baxtiyor bo'lishini chin ko'ngildan istaysizmi? 
U ning xotiijam yashashini xohlaysizmi? Uning taqdiri inqilob g‘alabasi, 
Respublikani o ‘rnatishdek buyuk ish bilan chambarchas bog‘liq bo'lishini 
istaysizmi? Uning tahlikadan, ichki iztiroblardan qutulishini xohlaysizmi? 
B ugunoq mulkchilik- huquqini cheklash Fransuz Respublikasi Kons- 
titutsiyasining asosini tashkil qiladi, deb e'lon qiling, qani sinab ko‘rsinki, 
y o lim izg a g‘ov solishga u qodirm ikan. Xalqning yo‘lboshchilari yo‘q, deb 
aytm oqdalar. Ular topilsin, shunda xalq oyog‘iga urilgan kundalarni darhol 
parchalab tashlaydi va o ‘zi uchun hamda avlodlari uchun nonga ega 
b o ‘ladi*2.
1796-yilning 31-m art kuni Babyof tashabbusi bilan «Ijtimoiy qutqaruv 
bo'yicha maxfiy direktoriya* nomli tashkilot tuzildi. «Tenglar» harakatining 
Parij tashkiloti 12 bo'Iimga ajratilib, har bir bo'limga bittadan maxfiy vakil 
(agent) boshliq qilib belgilandi. Keyinroq harbiy qo‘mita tuzildi.
«Tenglar» harakati zaruratga ko‘ra yashirin suratda ish olib bormog'i 
kerak bo‘lsa-da, lekin u om m a bilan mustahkam bog‘langanligi bois 
bunday qilolmasdi. Tashkilotning maqsadi kuchli xalq q o ‘zg‘olonini tay- 
yorlashdan iborat edi. Xalq om m asining bu safargi ko‘tarilishi o ‘z ko‘lami 
jih atid an inqilobning dastlabki yillarida Parijda b o lib o'tgan qo'zg'olon- 
lardan qolishmasligi m o ‘ljalIandi. «Men ochiqdan-ochiq jangga tayyorla- 
nayapm an, — deb yozgan edi Babyof «Xalq manbari» gazetasining so‘nggi 
sonlaridan birida. Bundan buyon biz qo‘qqisdan zarba berish yo‘li bilan 
em as, balki xalq uchun m unosib bo‘lgan boshqacha usulda g‘alaba 
qozonishim iz m um kin va lozim . M en qo‘lda qurol bilan ochiqchasiga jang 
qilishni nazarda tutayapman».
1 Буонаротги Ф. Заговор во им я равенства. М.: 1963, 1-ж., 96-bct.
2 Babyof G . 0 ‘sha manba, 3-j., 481-bet.
www.ziyouz.com kutubxonasi


«Maxfiy direktoriya» atigi 40 kun yashadi. Politsiya tashkiiot iziga 
tushib, uni fosh qildi. Ko‘p o‘tmay Babyof va boshqa rahbarlar qamoqqa 
olindi. Tarafdorlari qamalislii natijasida maxfiy tashkiiot a ’zolaritiing 
jumalistik faoliyati va aholi orasida olib borgan targ‘iboti liam to ‘xtab qoldi.
Buyuk fransuz inqilobi barcha siyosiy partiyalar va guruhlar uchun 
matbuotning muhimligini isbot qilib ko‘rsatdi. Hozîrgi m a’nodagi om m a- 
viy siyosiy matbuot xuddi rnana shu yillarda tarkib topdi. Demokratik 
matbuot sharoitga moslashishni xohlamasdi, ikkiyuzlamachilik qilmasdi. 
0
‘z faoliyatining boshidanoq u vatanparvarlam i jipslashtirish, qirol 
saroyini, zodagonlami va boshqa aksilinqilobchilami rahmsiz foslt qilish 
bilan shug'ullandi. Inqilobiy matbuotning xatti-harakati zoe ketmadi. U 
xalq ommasiga do'st-dushm anlam i tanishga yordamlashdi. Demokratik 
matbuot orqali om m a inqilobning ko'pgina rahbarlari qiyofasini bilib oldi. 
Inqilob matbuoti fransuz. tili rivojiga ham katta ta ’sir ko‘rsatdi.
Marat va Eber xalq bilan uning tilida gaplashdilar, o ‘z maqolalarini 
unga tushunarli va yaqin kalimalarda yozdilar. Darvoqe, hatto zodagon- 
laming gazetalari ham oddiy odamlar tiliga murojaat qildilar, demokratik 
an’analami o ‘zlashtirib olishga intildilar. Inqilob yillarida matbuot aholining 
juda katta qismini fransuz tili boyligidan bahramand qildi.
Matbuotning ta ’siri shu qadar kuchll ediki, hatto Konvent davrida 
askarlaming gazetalari paydo bo'ldi. Shuuga qadar bironta qo'shinda 
harbiy harakatlar chog'ida gazeta chiqqan em asdi va qo‘mondonlik 
askarlarga bag'ishlangan nashrlarni tarqatishga hech qachon yordamlash- 
magan edi. Bonapart askarlar uchun m o‘IjaIlangan gazetalam i chiqarishni 
qo‘llab-quwatladi, dastlabki vaqtlarda o'zi ham shunday gazetalarda 
hamkorlik qildi. Lekin demokratik matbuotning asosiy xizmati shundaki, u 
matbuotning inqilobdan ko‘zlagan maqsadlari inqilobning bosh qahramoni — 
uni hamisha oig‘a siljitib ketgan keng xalq om m asi orzu-umidlari bilan 
mushtarak edi.
Bu matbuot xalq ommasini inqilobnt harakatga keltiruvchi asosiy 
kuch deb bildi va hamisha uning manfaatlariga posbonlik qildi.
Inqilob va dem okratik matbuotning rivojlanishi. Fransiyaning 1814— 
1830-yillardagi ijtimoiy-siyosiy hayotida mafkuraviy kurash katta o ‘rin 
tutdi. Faoüyatdagi partiyalar o ‘z siyosiy dasturlarini asoslash uchun tarixiy 
konsepsiyalardan foydalandilar. Ko‘pchilik XVIII asr inqilobini «Buyuk 
inqilobiy jinoyatlar» deb atadi, yangi inqilob ro ‘y berishi mumkinligi 
to ‘g'risida tashvishlanib gapirdi. 
0
‘sha davrdagi publitsistlar parlamentlar 
tarixiga va ulaming qirol absolutizmiga qarshi olib borgan kurashiga katta 
e ’tibor bilan qaraganliklari Fransiyadagi siyosiy vaziyatning xususiyatlari 
bilan izohlanadi.
Tiklanish davridagi mafkuraviy kurashda iste’dodli liberal publitsist 
Pol Lui Kure tom onidan dvoryanlarga va klerikallarga qarshi yozilgan 
pamfietlar katta ahamiyatga ega bo'ldi. U ingliz gazetalaridan ko‘chirib 
bosilgan «Diplomatiya hujjati» sarlavhali pamfletida Fransiyadagi mavjud 
siyosiy tuzumni mohirük bilan hajv ostiga oldi. Pam flet Lyudovik XVIII 
ning Ispaniya qiroliga yozgan maktubi shaklida yozilgan (aslida, maktub
www.ziyouz.com kutubxonasi


muallif to m o n id an t o ‘qilgan) cdi. Unda ushbu so'zlam i o qish mumkin. 
«Vakillar idora usulini hech narsa bilan qiyoslab bo lmaydi, men, snub- 
hasiz, uni boshqa usuldan afzal ko‘raman. U menbop usuldir, faqat xalq 
deputatlarini ham isha men tayinlasam bas, baxtimizki, mamlakatimizda 
biz shunga erishdik, m en sizga aytsam, azizim , m ana shunday vakiliik 
idora usuli bu o ltin sochmalarining naq o ‘zginasidir... Siz erkinlik, 
oshkoralik, vakolat kabi balandparvoz so‘zlardan aslo cho'chim ang. Bu- 
ning ham m asi te a tr tomoshasidan bo‘lak narsa emas. Bu tomoshadan 
tushgan pul katta darom ad keltirayapti. U ndan foyda ko‘rsak ko‘ramizki, 
ziyon ko‘rm aym iz. Inqilob mana shu ko‘yga tushib qolgan, maynavoz- 
chilikka aylangan, u fuqarolarimiz uchun uzluksiz davom etadigan kar- 
naval xizm atini bajo keltirishi m um kin1. 
.
Pol Lui K ure inqilobchi bo‘lmasa-da, siyosiy pamfletlarmng inqilobiy 
ahamiyatini yaxshi anglardi. «Hamma davrlarda, pamfletlar dunyo qiyo- 
fasini o ‘zgartirgan* - deb yozgan edi u. Kure hukumat ma m urían 
tom onidan bir n echa b o r quvg‘in qilindi, hibsga olindi va sudga benldi.
«1814—1830-yillarda davriy matbuot siyosiy kurashda sezilarli rol o ynadi. 
Liberal yo‘nalishdagi gazetalaming adadi muttasil ortib borib, hukumat lage- 
riga mansub gazetalardan o‘zib ketdi. 1824-yilda so‘l yo'nalishdagi gazetalar 
biraina Parijning o ‘zida 41330 mushtariyga ega bo‘ldi. Hukumat gazetalan 
mushtariyiarining soni bor — yo‘g‘i 14344 kishini tashkil etardi. Bu davrda 
siyosiy risolalami nashr qilish ishlari rivojlanib ketdi*2.
Hukum at liberal va demokratik matbuotga qarshi choralarm ko risnga 
intildi D em okratiya ko‘rinishlariga chek qo'yishni ko'zlagan Buibonlar 
qiroli Karl X a hm oqona qaysarlik va befahmlik bilan go‘yo uning o zt 
inqilobni yaqinlashtirm oqchidek ish tutdi. Burbonlar sulolasimng taqdin 
uchun qayg‘urayotgan ziyrak legitimistlar qirolni to ‘xtatisliga behuda unnib 
ko‘rdilar. H atto rus podshohi Nikolay I ham fransuz qirohm bunday 
«be’mani dushm anlik siyosatidan* ogoh qilgan edi.
1830-yil 26-iyulda hukumat farmonlari (ordonanslar) e Ion qihndi. 
U larda deputatlar palatasini tarqatib yuborish, m atbuot erkinligini butunlay 
tugatish, saylovchilar sonini qisqartirish ko‘zda tutildi. Mohiyat e tib o n
bilan bu fecxial absolut tuzum ini tiklashga qaratilgan davlat to ntanshi edi. 
Biroq kechqurunga borib namoyishlar boshlanib ketdi va 27-iyul kum 
ommaviy xalq q o ‘zg‘oloniga aylandi. Mana shu ikki kun Buibonlar sulolasi
taqdirini hal e td i, y a’ni, ular yo‘q qilindi.
Shu bilan Y evropa qirollarining «M uqaddas ittifoqi* o nglanmas 
zarbaga uchradi, butun Yevropa qo‘zg‘a!di. G azetalam ing Fransiyada 
inqilob bo‘lganligi to ‘g‘risidagi xabarlari ham m a yerda «qog‘ozga o raigan 
oftob nuri* (H . H eyne) sifatida qarshi olindi. 1830-yil 9-avgust kum Lui 
Filipp «Fransuzlar qiroli* deb e’lon qilindi. M oüya oligarxiyasi taxtga o z 
gumashtasini o ‘tqazib, xalq qo‘lidan g‘alabani tortib oldi.
1 Курье П .П . П амфлеты . М.: 1957, 260-264-с.
2 И стория Ф ран ц и и . М.: 1873, 2-ж., 204-bet.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Yangi hokimiyat senzurani vaqtincha bekor qildi. Lekin politsiyachilar va 
tp'rachilik asosiga qurilgan davlat apparati hech bir o'zg^rishsiz saqlab qolindi. 
Ishchilarga qarshi qaratilgan shafqatsiz qonunlar ham o ‘z kuchida edi.
1830-yilda yuz bergan inqilob poyoniga yetmay qolgan inqilob 
namunasidir. Bu davrda, ayniqsa, hajvjy nashrlar katta dovruq qozondi. 
Ulaming sahifalaridan Lui Filippni, semiz buijuaziyani masxara qiluvchi 
hajvjy rasmlar arimas edi. Qachonki, hajviy jum allarda kamavalda q a t- 
nashuvchi semiz, beso‘naqay va ovsar h o ‘kiz haqidagi so‘zlar atayin hadeb 
takrorlanavcrar ekan, har kirn gap Lui Filipp to ‘g‘risida borayotganligini 
darrov payqab oladigan bo‘lib qoldi.
40-yillardagi 
ishchilar orasida sotsialistik g‘oyalar keng tarqala 
boshlaganligi matbuotda ham o‘z ifodasini topdi. Ishchilar siyôsiy kitoblami, 
1783— 1794-yillar inqilobi haqida yozilgan asarlarni, Marat va Robespeming 
pamflet va nutqlarini zo‘r qiziqish bilan o'qirdilar. Buonarrotiniug «Tenglik 
yo'lidagi fitna* asari ham katta muvaffaqqiyat qozondi.
Bu yillarda Fransiyada «tenglar» ta ’limotiga qiziqish qayta tiklandi. 
Bunga F. Buonarottining «Babyof fitnasi nom i bilan ataluvchi tenglik 
yo‘lidagi fitna* asari turtki bo‘ldi. Babyofning g‘oya va kurashlarini to ‘liq 
shaklda dem okratik matbuotda ko'rish m um kin edi. Masalan, «M oniter 
repyubliken* va «Lem Libr* gazetalari diqqatga sazovordir. Ular yashirin 
suratda «Demokratik falangalar» nom i bilan yuritilgan harbiy jam iyat 
tom onidan jiashr qilinardi. Bu gazetalardan birinchisi !837-yil tioyabrdan 
1838-yilning iyuliga qadar nomuntazam ravishda chiqarilib, hammasi 
bo‘lib 
8
ta soni dunyo yuzini ko‘rdi. Ikkinchisi 1838-yilda (1838-yilning 
avgust-sentabr oylarida) atigi 3 marta chiqqan. Gazetaning 4—soni m at- 
baaga tushishdan oidin polisiya tom o-nidan musodara qilindi Shu son 
uchun tayyorlangan maqolalardan birida gazetaning asosiy maqsadi 
quyidagicha bayon qilingan edi: «Biz Babyof istagan yoxud qariyb unikiga 
o ‘xshagan jam iyatni talab qilamiz. Biz ham xuddi Babyof kabi, garchi 
magiubiyatga uchrab, yaramas m onarxiyaning qurboniga aylangudek 
bo‘lsak ham, o ‘z prinsiplarimizni hech b ir chekinm ay va to ‘xtamay targ‘ib 
qilaveramiz. Xalq q o ‘liga qurol olib, o ‘ziga tegishli narsani qaytarib 
berishni talab qiladigan fursat aniqlanm oqda. Kambag‘allar boylar to m o - 
nidan talandilar*1.
Bu davrda qonun talabiga bo‘ysungan yangi babuvchi gazetalar ham 
nashr etildi. Ular ifodasida bosqinchilikka m oyüük boiib, ko‘proq ijtimoiy 
munosabatlami tahlil qilish bilan mashg'ul bo‘ldilar. Bunday gazetalardan 
«Трибуне де пепле*ш misol qilib ko‘rsatish mumkin. Piyo nashr qilgan bu 
gazeta o ‘z hajmi, shuningdek, yozish uslubiga ko‘ra pamfletga o ‘xshardi.
Mulkdorlar (buijua) orasida ham muxolifat kuchaya bordi. «Н ацио­
нал» gazetasi tevaragiga uyushgan respublikachilarning ham ta ’siri oshdi.
A. Marrest boshchiligidagi bu gazeta tahririyati imperiyaga qarshi bosma 
urushni avj oldirdi. So‘l demokratlar yoxud sotsialistlar va respublikachilar 
«Reforma* gazetasi atrofiga uyushgan edilar. U m um iy saylov huquqi va
1 История философии. Соч., 22-ж., 190-191-с.
www.ziyouz.com kutubxonasi


ijtimoiy o ‘zgarishlar u ch u n kurash oüb borgan bu gazeta nafaqaî mulk- 
dortar, balki ishchilar orasida ham muvaffaqiyat qozondi.
1847-yilning oxirida Fransiyada inqilobiy sharoit pishib yetildi. Ja~ 
miyatning barcha qatlam larida Lui Filipp amalga oshirayotgan ichki va 
tashqi siyosatga nisbatan norozilik kuchaydi. Poytaxtda chiqarilgan 
gazetalarda ham xukum atni tanqid qiluvchi m aqolalar ko'plab bosila 
boshladi. Lui Filippning hokimiyatdan ag'dariüshi va Respublika e’ion 
qilinishi ishchilar, respublikachilai>va demokratik m atbuot qariyb yigirma 
yil davomida olib borgan kurashning mantiqiy yakuni bo‘ldi.

Download 10,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish