Jurnalistikasi



Download 10,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/61
Sana25.04.2022
Hajmi10,04 Mb.
#580225
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   61
Bog'liq
Jahon jurnalistikasi tarixi (F.Mo\'minov, A.Nurmatov) (1)

birinchidan,
so ‘z va 
ikkinchidan,
y o z m a shaklda ekanligi u ch u n . X IX asrlargacha oddiy 
o d am lar yozuv se h rig a m ahîiyo b o 'lib kelganlar va o ‘lib ketgan odam ning 
gapini qanday q ilib bilding, sen u bilan gaplashm agansan-ku, deya savodli
kishilardan so ‘rag an lar. 
................... 
„ . 
. . . .
Yozuv sa n ’a tin in g yuqori kadrlanishi natijasida qadim iy M isrda uni
donolik xudosi T ô t yaratgan, deb hisoblashgan, b u m iloddan 3 m ing yil
a w a l sodir b o ‘lgan. X itoydagi ieroglif yozuvi esa o ‘zgacha bo‘lib, u yerda
ieroglif bilan til o ‘rtasidagi bog'lanish sustligidan h a r bir odam u ni tu rh ch a
o'qishi m um kin ed i, bu esa, o ‘z navbatida, a n c h a noqulayliklar keltinb
chiqarardi. L ekin a s ü d a , toshbaqa kosasidagi va suyaklardagi lerogliflar ohy
m artabali o d a m la m in g islii deb !\isoblanardi, ch u n k i yozuv xudo bilan
gaplashish ja ra y o n ig a nisbat berilardi. Xett xalqining ierogliflari esa boshqa
ierogliflarga o ‘xsham asdi. 
...
M ix x at yozuvi. A n ’anaviy tasniflash b o ‘yicha mixxat yozuvi îeroglit 
bilan alifbo yozuvlari o ‘rtasidagi bir pog'ona sifatida baholanadi. Shunday 
bo‘lsa-da, m ilo d d an 3 m ing yil a w a l kashf etilgan bu yozuv usuliga kam ida
2 5 m ing yil a m a l qilingan. Alifbo ixtiro etilganidan keyin ham mixxat yana 
niing yilga yaqin iste’m olda boMadi. Shunday qilib, m iloddan aw algi XIV 
IV asrlarda q ad im iy S harqda bir vaqtning o 'z id a ham ieroglif, ham mixxat
va ham alifbodan foydalanilgan.
M ixxat n a m la n g a n ioy taxtachalarga qam ish qalam yordam ida yozi- 
lardi Q am ish q a la m n in g nom i «stilos» b o ‘lib, stil so‘zi shundan olingan. 
A ncha m urakkab b o ‘lgan mixxat yozuvi bugungi kundagi alifbo yozuvm , 
o ‘rganishdan k o ‘ra k o ‘p ro q vaqtni talab qilgan. M esopotam iya va Bobilda 
keng tarqalgan v a rivojlangan bu yozuv ushbu hududda dunyoda eng 
birinchi buyuk ta m a d d u n n i yuzaga keltirdi. Bunga bevosita mixxat sabab-
chi bo‘ldi, deyish m u m kin. 
, - ,
Bu ulkan m a d an iy at 4 - 5 m ing yillar davom ida tuproq qa n d a jim
yotgan edi. X IX asrd a boshlangan arxeologik qazilm alar qisqa vaqt ichida
www.ziyouz.com kutubxonasi


m a ’rifatli d u n y o n i esankiratib q o 'y a d ig a n natijalarga olib ketdi. Q adim iy 
shaharlarning q o ‘rg'onlaridan mixxat yozuvli yuzlab va m inglab taxtaclialar 
topildi. Ayrim joylarda esa to ‘p ro q -lo y d a n bunyod etilgan ulkan saroylar 
ochildi. U larning xonalaridan esa tu rli m a tn la r bitilgan pishiq va xom
g‘isht shaklidagi o‘sha son-sanoqsiz ta x ta c h a la r chiqdi. B inobarin, b in o la r, 
devorlar, haykallar, m arm ar va g ra n it toshlar k o ‘p d a n -k o ‘p tarixiy 
yozuvlarga to 'lib ketgan edi. U shbu yozuvlar tilini topish o so n kechm adi, 
am m o G 'a rb olim lari astoydil m e h n a t qilib, nihoyat, m uvaffaqiyatga 
erishdilar. M azkur yozuvlaming asosiy qism i m iloddan a w a lg i XXV— 
XV asriarga tegishli b o ‘lib chiqdi.
M asalan, S hum er podshohi G ilgam esh haqidagi doston a w a l o g'zaki 
shaklda taxm inan 4 ming yil o ld in yaratilgan va bugungi k u n d a qadim iy 
adabiyotining benazir asari hisoblanadi. S hum er, akkad, hu rrit va xett 
tillarida bitilgan bu doston m atni n afa q at tarixiy va badiiy, sh u bilan birga 
publitsistik aham iyatga ham ega. M an b an in g asl nusxasi, «N u h to ‘foni* 
bobining 17—18-qatorlarida «m irob* s o ‘zi ishlatilgan. U n d a n tashqari, 
dostonda xudo Anu noniidan yerga N in u rta ismli elchi kelib, y aqinda N uh 
to 'fo n i so d ir bo ‘lishi haqida odam larni ogohlantiradi.
T arixchilar fikricha, Bobil ta x tach alarin in g aksariyati hali h a m qazib 
olinm agan, topilganlari esa toMaligicha o ‘rganiIm agan. Ishonam izki, ushbu 
yo‘nalishda Sharq tarixining n o m a ’lum ligicha qolib kelayotgan u lu g ‘vor 
sahifalari, ju m lad a n , qadim iy kom m unikatsiyalarga oid qiziqarli m a ’lu m o t- 
lar ochitishi hali oldinda.
Ju m a h stik a bilan bevosita b o g ‘Uq y an a b ir gap. M esopotam iyaning 
pastki qism ini tashkil etadigan X aldeyada m iloddan 3—2 m ing yil a w a l 
tashqari-ichkarisi yaxshi bezatilgan k o 'p la b m uhtasham saroylar qurilgan. 
Ayrim paytlari bezash san’ati q u y m a nusxa oüsh m ahorati bilan b og'liq 
edi. Y a’ni, mixxat m atn oyna shak lid a k atta toshtaxtalarda o ‘yilardi-da, 
keyin ularga eritilgan birinji quyish y o ‘li bilan nusxa o lin ish d an hosil 
bo'lgan tax tachalar bilan xonalarning pollari bezatiiar edi. S h u tarzda 
to'shalgan pollar ancha k o ‘rkam va d idli chiqardi. Binoga kirgan o d am esa 
buyuk voqealar bitilgan tarix zarvaraqlari uzra yurgandek bo'lardi.
Vaqt va jo y yetmayotganligi sababli kom m unikatsiyalarga tegishli faqat 
ikkita fikrga to ‘xtalib o ‘taylik. G a p n i adadlilikdan boshlaym tz. A m erikalik 
professor Edvard Keraning aytishicha, tu p roqdan m illionlab g ‘ishtli 
hujjatlarni olib o ‘rganish hali istiqbolda. Bu, albatta, ko ‘p nusxalilik 
dalolati. C h unki qadim iy bobilliklar o ‘z yozuvlarini bir—ikki va k o ‘proq 
nusxalarda am alga oshirganlar. Q ad im iy S h u m er davlatining asosiy sh a- 
harlaridan b o ‘lgan K ippurda arxeologlar 100 ta katta idish topishdi. Bu 
idishlarda b ir xil mixxat yozuvida bitilgan 132 qato rd an iborat m atn 
berilgan. U shbu yozuvda Lugal—Zaggisi p o dshohi shim oldan ku ch li arm iya 
bilan kelib, m ahalliy yerlam i egallab olganligi haqida bayon qilinadi.
Ikkinchi faktni xalqaro jurn alistik ag a tegishli desa h a m boUadi. 
M iloddan aw a lg i VI asr oxiri V a s r boshida E ronda p o dshohlik qilgan
www.ziyouz.com kutubxonasi


D o ro I Q ah ram o n shahri yaqinidagi Behistun qoyasida haybatli lavhani 
n aq sh etish g a buyurgan. 414 q a to rd a n iborat m atn 152 m e tr balandlikda 
b esh u stu n d a berilgan. Y ozuvning h a r b ir xat boshi «D oro sh o h gapir- 
m okda...», «M en - D oroyovush sh o h gapirm oqdam an, m en sh o h b o ‘1- 
g a n im d a n s o ‘ng k o ‘p ishlar am alga oshirildi...*, degan iboralardan 
b o sh la n ad i. M a tn tagida D o ro I ning juda katta b o 'rtm a naqshi o'yilgan. 
R a sm d a asirga olingan to ‘q q iz n afa r podshoh va u ru g '-aym oqlarnm g 
b o sh liq lari qoMlari b o g 'lan g an h o ld a D oro I oldiga shaylanganlar. Tuzilishi 
n u q ta i nazarid an yozuv u c h q ism d a n - kirish, asosiy qism va xulosadan 
iborat. M a tn va rasm da m ilo d d an aw algi 5 2 2-519-yillardagi voqealar
tasvirlagan. 
.
K o ‘rinib turibdiki, m a zk u r yozuv ko‘p jih a tla n bilan reportajga 
o ‘x shaydi M atn y o n m a -y o n u c h tilda - qadim iy fors, elam va bobil 
tilla rida tayyorlangan. Q ad im iy fors tili esa, ba’zi farazlar b o ‘yicha, o ‘sha 
z a m o n la rd a ayrim paytlari xalq aro til vazifasini bajargan va alifboli 
a ra m e y a tilin i qism an o 'z ig a q am ra b oigan. Birinchi xalqaro til sifatida 
b o b il tiü ishlatilgan. D alillarga asoslanib, biz Behistun yozuvini dunyodagi 
en g q ad im iy xalqaro p ro to re p o rtajlard an biri sifatida tasniflasa bo ladi, deb 
hisoblaym iz. Shuni ham t a ’k idlash joizki, uch tildagi b u n d ay m atnlar Eron
to g ‘larid a ko‘p uchraydi.
M esopotam iyadsi to p ilg an tangachalardagi yozuvlar X IX asrda F ran- 
siy a d a c h o p etilganida ja m i k atta besh jild kitobni tashkil etdi: ikki judi
q a d i m i y m a t n l a r , ik k i j il d i
— rasm lar va bír jildi — sharhlar.
Alifboli yozuv. Alifboli yozuv fm ikiyaliklar to m o n id an kashf etilganligi 
h aqidagi fikr fanda qabul qilingan. Ayrim m a’lum otlarga k o ‘ra ular 
q ism a n sem itlardan hisoblanadi. H aqiqatdan ham , u lam ing alifbosi dunyo 
b o 'y ic h a tarqalib, ko‘p zam onaviy alifbolar u chun asos bo lib xizmat 
q ilg an . A m m o tarixda birin ch i alifboni fmikiyaliklar ixtiro qildi, degan gap 
u n c h a lik to ‘g*ri em as. C h u n k i u lard an oldin bunday natijalarga boshqa 
e la tla r h a m erishgan. F a q a t m a ’lum sabablarga ko‘ra u lam in g kashfiyotlari
k en g yoyilm agan. 
. . . « 

t,
-
A lifboning paydo b o ‘lishi, eng aw alo , unga ehtiyoj k atta bo lganligi
b ila n izolilanadi. Ieroglif yoki m ixxatlarda yozish ju d a noqulay va ko‘p 
v a q tn i ta lab q ilar edi. B u n d ay yozuvlarda belgilar so n i h ad d an tashqari 
k o ‘pligi sababli ularning h am m asin i tez va to ‘g ‘ri yodlash h am d a íshlatish 
o so n em asdi. B undan ta sh q ari, s o ‘zlar ko‘paygan sari aw a lg i usulUirda 
to v u sh va b o ‘g‘inlarn i a n iq talaffuz qilish qiyinlashdi. Shu sababli 
m a d a n iy a ti rivojlangan xalq va elatlar vakiUari to m o n id a n yangi yozuv 
tu rla rin in g tin m asd an izlanilishi o d atiy holga aylandi.
Y axshi natijalardan biriga K rit orolida yashaydiganlar enshdi. 1900- 
y ild a o 'tk az ilg a n qazilm alar ja ra y o n id a ingliz arxeologi A-Evans oroldagi 
sa ro y la rd a n birida ikki x ü ierogU f va ikki xil uzunchoq, chiziqh (ли ­
н е й н о е ) yozuvlam i topdi. C h iziq li yozuvlar pishiq g‘ishtlarda m iloddan 
a w a lg i X V II I- X IV asrlarda tushirilgan ekan. U lardan birinchisi bug'm li
www.ziyouz.com kutubxonasi


yozuvda arxaik axey shevasida bitilgani aniqlandi. Ik k in ch i chiziqli yozuvni 
hali o ‘qishga muvaffaq b o ‘linmagan. Alifboli y ozuv ko‘rinishiga biroz 
o'xshaydigan krit yozuvi keyinchalik n o m a’lum sh a ro itd a iste’m oldan 
chîqib ketdi. Krit yozuvi bilan b ir qatorda q ad im iy ugariya, paleoarabiya 
alifbolari ham b o ‘lgan. Paleoarabiya yozuvi, o ‘z navbatida, tamudiy, 
sofaten, lixyanit va qadim gi janubiy arabiy alifbolar asosida shakllangan.
Finikiya alifbosiga asoslangan yozuv m iloddan a w a lg i XV asrda barpo 
etilib, taxm inan ikki m ing yil qo ‘lIanilgan. M a zk u r aliibo qadim iy 
xanaanlîk bo ‘g ‘inli-rasm li yozuvdan kelib c h iq q an , degan taxm inlar bor. 
Q adim iy xanaanlik yozuvga likialik, lidiyalik va karetlik alifbolar ham
asoslangan, am m o u la r rivojlanm asdan y o ‘q o lib ketdi. U shbu alifbolar 
ichida eng qulayi finikiyalik bo ‘lgani u ch u n u k eng yoyildi, yillar o ‘tib 
undan sug‘d, uyg‘u r va m o ‘g ‘ul alifbolari, keyinchalik esa turkiy alifbo ham 
tashkil topdi.
Ayrim farazlarga qaraganda, fm ikiyaliklar gikkoslarga tegishli elat 
b o ‘lgan. M a’lumki, gikkoslar asli m iloddan a w a lg i 1700-yilda M isrni 
egallab oigan M arkaziy Osiyolik qabilalar edi. B irinchi m arta alifboli, 
ya’ni, harfli yozuvdan Finikiyaning Biblos shah rida m iloddan 15 asr 
m uqaddam foydalanilgan.
Tarixiy m anbalarda (jum ladan, H ero d o t asarlarid a) fmikiyaliklar juda 
ustam on o dam lar sifatida t a ’riflanadi. U lar M isr, E llada, Q adm va boshqa 
hudud ham da shaharlarga o'zlari bilan birga q a to r fan va san’at turlarini 
olib kelganlar. A m m o o ‘sha vaqtlarda m azkur e la t vakillariga u q adar 
yuqori adabiy yoki estetik did xos em asdi. U la r k o ‘p roq savdo-sotiq bilan 
shug'ullanadigan tadbirkorlar edi. Ieroglif va m ixxat yozuvlari savdo 
operatsiyalari u chun u n ch a qulay b o ‘lm aganligi ularni harfli alifboni 
yaratishga d a ’vat etdi.
F inikiyaliklardan ko ‘zga ko‘rinarl\ yirik tarix iy solnom a, ilmiy yoki 
falsafly tadqiqotlar, hatto she’riy asarlar qolm agan. Bu elatning asosiy 
m aqsadi — boylik o ttirish va tin ch-osoyishta yaxshi hayot kechirish 
b o ‘lgan. Finikiyaliklar boshqa xalqlar bilan n izoga borishm as va jang 
qilm as edilar. H atto , u lam tn g doim iy arm iyasi h a m y o ‘q edi. Biror kuchli 
podshoh o ‘z askarlari bilan flnikiyaliklarga tegishli sh a h a r va qishloqlarni 
bostb olish harakatini boshlasa, u la r soliq va so v g 'a-salo m la r berib qutulib 
qolardilar.
T arixchilam ing kuzatuvlariga k o ‘ra, bu eng o so n va arzon yo‘llardan 
biri ekan. Oliy darajadagi h unarm and va savdogarlar b o ‘lgan ham da asosan 
darom adli sohalam i egallagan fm ikiyaliklar m o d d iy jih a td a n o ‘zlarini te z 
o rad a yana tiklab olardilar.
Alifbo, uning asosida paydo b o ‘lgan yozuv kom m unikatsiya jarayon- 
larining ancha jadallashuviga sabab bo'ldi. Ayrim m am lakatlarda tezlik bilan 
yozishga qaratilgan maxsus usullar ham jo riy etijdi. M asalan, qadimiy Misrda 
bunday yozuv «ieratika* nom ini oigan. M iloddan a w a lg i V II asrda esa tezlik 
jihatdan ieratikadan ham o ‘tadigan dem otika (xalq yozuvi) qo‘llanila
www.ziyouz.com kutubxonasi


boshlandi. M isr Iskandar Z ulqam ayn to m o n id an zabt etilganidan keyin 
ushbu Jiu d u d d a g rék yozuvi tarqala boshladi. M iloddan aw algi III asrda 
M isida grek alifbosi asosida yaratilgan koptlar (m isrük xristianlar) alifbosi 
jo n y etildi. H a r bir keyingi alifbo oldiiigisidan ko‘ra foydalanishga qulayroq 
va tezroq yozishga m oslashgan edi. N atijada, ijtim oiy kom m unikatsiyalar 
asta-sekin osonlashib, m uloqot jarayoniga b o ra-b o ra keng om m a jalb etila
boshladi. 
. . 
. . . .
T ad q iq o tch ilar u c h u n H indistondagi X arappa tam addunining (m ilo a - 
d an aw a lg i X X V -X V III asrlar) tili va yozuvi eng m urakkab m asalalardan 
biri bo ‘lib ch iq d i. Y aqinda o 'sh a davrlarda tuzilgan rasm ham da m atn lar 
kom pyuter y o rd a m id a tekshirilganda, ushbu yozuv arab yozuvi usulida, 
ya’ni, o ‘n gdan c h a p g a to m o n bitilgani aniqlandi.
M ilo d d an a w a lg i X X -X I I asrlarda H indistondagi m ahalliy qabilalar 
forslik o riy o n la r to m o n id a n zabt etildi. O riyonlar o ‘zlari bilan ushbu 
yerlarga yuqori m a d an iy a tn i olib kelib, qab ilalam i birlashtirdilar, yo llar va 
binolar q urdilar. O m m aviy kom m unikatsiya turlari ham taraqqiy etdi. 
N atijada m ilo d d a n oldingi X V -X II asrlarda H indistonda vedalar adabiyoti 
gurkiiab rivojlandi. V edalar - hindlaming sanskrit tilida yozilgan eng dast- 
labki diniy adabiyotining mashhur nam unasi hisoblanadi. Ular to 'rt qism dan -
Rigveda, Yadjurveda, Samaveda va Atxarvaveda bo'lim laridan iborat.
V edalar - jam o av iy ijod b o iib , uning biror bir m uallifi alohida 
ko‘rsatilm agan. S h u n in g u ch u n m azknr sh e ’rlarn i bem alol xalq asari deb 
hisoblash o 'rin lid ir. S hubhasiz aytish m um kinki, vedalar qadim iy hindis- 
tonliklar u c h u n diniy, falsafiy?, jam oaviy, tarixiy, estetik, axloqiy va hokazo 
sohalardagi faol ijtim oiy kom m unikatsiyalarning h am hosilasi, ham yangi 
yuksalishlar v ositasi b o ‘lib xizm at qilgan.
Sanskrit tilid a n foydalanganlar ijod jaray o n id a kxaroshtxi, kushon xati, 
gupta nagari, d ev an ag ari va boshqa b ir q a to r yozuv turlarini ishlatganlar.
M ilo d d an a w a lg i V III—V II asrlarda H indistonda ch a p d a n -o ‘ngga 
y o ‘naltirilgan b o ‘g ‘inli braxm a yozuvi kashf qilindi. U ning asosida «brax- 
man» deb n o m la n g a n ilohiy nasriy risolalar bitildi. U shbu m atnlar ko‘proq 
jam oaga ta n iq li s h e ’rlar, m iflar va rivoyatlardan iborat edi. M iloddan 
aw a lg i X II—IV asrla rd a shakllangan ikki buyuk asar - «M ahobhorat* va 
«Ram ayana* q a d im iy H indistonda om m aviy kom m unikatsiyalar yaxshi
rivojlanganligining ishonchli dalilidir.
M ilo d d an a w a lg i IV—II asrlarda bu m am lakatda M ouriylar sulolasi 
h u k m roniik qilgan. S hu davrdan ko ‘pgina d abdabali m e'm oriy yodgorliklar 
saqlanib qolgan. M o u riy lar saroy devorlari va ustunlarida, tog‘ va qoyalarda 
ancliagina yo zu v lar b itib qoldirganlar, sh u lard an birida m iloddan aw a lg i 
269—2 3 2 -yillarda yashagan podshoh A shoka M ouriy b ir vaqtlari boshqa 
yerlarni z o ‘ravonlik bilan egallab olgani u c h u n afsus bildirgan va qolgan 
um rini 4 x arm a q o n u n la ri asosida o'tkazishga va’da bergan. M ouriylar 
haqidagi m a ’lu m o tla m i C handragupta p odshohi huzurida boMgan G retsiya 
elcliisi M egasfen h a m tasdiqlaydi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


M iloddan oldingi ikkinchi — milodiy birinchi a s rla rd a sanskrit tilida 
H indiston hududidagi dastlabki huquqiy hujjatlardan b in - M anu q o nun- 
lari e ’lon qilindi. Q o n u n 2650 baytdan (shlokdan) va X II-b o b d a n iborat 
edi. M ilodiy IV—V asrlarda hind m um toz shoiri K alidasa «X abarchi bulut* 
deb uom langan doston yaratdi.
Q adim iy X itoy tarixida saqlangan ham da «B ahor va kuz* deb nom - 
langan yirik solnom alardan b in m iloddan aw algi V III—V asrlarda yozilgan. 
U ning uslubi bugungi yangilikJar jurnalistikasini eslatadi, ch u n k i m ualliflar 
voqealam i ju d a qisqa, aniq, his-tuyg‘usiz va sharhsiz b ay o n qilishgan. Asar 
ierogliflar yordam ida plankalarda, ya’ni, ensiz u zun b a m b u k taxtachalarda 
bitilgan. Hissiyotli xitoy xalqi vakillarini b unday u slu b qoniqtirm asdi, 
albatta. Ammo ular q adim iy kitoblarni juda e ’zozlash lari bois asl nusxa 
m atniga aralasholm asdilar. N atijada, keyinchaUk sh a rh la r adabiyoti paydo 
b o ‘lib, keng avj oldi. N afaqat «Bahor va kuz»ga, balki bosh q a solnom a- 
larga ham bag'ishlab sharhlar yozildi. Shunday qilib, q adim iy Xitoyda 
axborotlar protojunialistikasini ham da sharhlar p rotojum alistikasini esla- 
tuvchi ikkita ijod tu ri vujudga keldi.
Solnom alar xitoy tili, adabiyoti va om m aviy kom m unikatsiyalam i 
yangi pog‘onaga ko'tardi. Eng a w a lo , yangi, yozm a kitob uslubi asos topdi. 
Bu, albatta, kom m unikatsiyalar tarixida jiddiy o'zg arish larg a olib keldi, 
ch u n k i tushunish u c h u n og'zaki nutqqa nisbatan k o ‘p ro q m ehnat talab 
qiluvchi yozm a m atn kitobxonlam ing tasaw urlarini rivojlantirishga xizmat 
qildi. Tarixiy xronikalar bilan birga ular haqidagi fikrlar, kuzatuvlar, 
qisqasi, tarixnavislik fani h am yuzaga keldi. X itoy H e ro d o ti deb nom oigan 
Sim Syanning m iloddan aw algi birinchi asrda tayyorlangan «Tarixiy 
yozuvlar» kitobi bugungi kunda h am bu m am lakatning o ‘tm ishi haqidagi 
eng nodir m anbalardan hisoblanadi. Xullas, a n iq tizim li ierogliflar 
alifbosiga asoslangan va yozm a m anbalarda o ‘z aksini to p g a n xitoy yozuvi 
m iloddan aw algi X II—X asrlarda yaratilib, asta-sekin jo r iy b o ‘la bordi.
Xitoy va M isrda og'zaki va yozm a m a n b ala m i o ‘rganadigan yangi 
fan-filologiya paydo b o ‘ldi. Filologlar faohyati ikkita k atta yutuqqa olib 
keldi: 

Download 10,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish