O`zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti tarix ta’lim yo’nalishi 4 kurs



Download 217,14 Kb.
Pdf ko'rish
Sana15.01.2020
Hajmi217,14 Kb.
#34289
Bog'liq
konsullik va imperiya yillarida fransiya


 



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIM VAZIRLIGI 



NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI  

TARIX FAKULTETI TARIX TA’LIM YO’NALISHI 4 KURS «

А» 

GURUH TALABASI QO’CHQOROV SHAHBOZNING JAXON 

TARIXI FANIDAN 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

MAVZU: 

konsullik va imperiya yillarida fransiya 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

                                                                         

BAJARDI:       Qo’chqorov. Sh 

 

                                                           TEKSHIRDI:    Boysariyev X. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

NAVOIY-2013 

 

 



MAVZU: KONSULLIK VA IMPERIYA YILLARIDA FRANSIYA 



Reja: 

I. Kirish.  

II. Asosiy qism   

2.1. Fransiyaning XVII asr  o’rtalaridagi ijtimoiy   — iqgisodiy siyosiy 

rivojlanishi. 

2.2. Feodal — absolyut tuzumning inqirozi. 

2.3. Fransuz ma’rifatparvarligi taraqqiyoti 

2.4. Evropa davlatlarining Fransiyaga qarshi urush harakatlari.  Napoleon    

inperiyasining ichki siyosati va imperiya  inqirozi 

III. Xulosa  

IV. Abadiyotlar ro`yxati  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



Kirish. 

 

XVII  asrning o’rtalarida Fransiya G`arbiy Yevropaning eng yirik va markazlashgan 



davlati edi. Bosh vazir kardinal Rishele (1624—1642) davrida absolyutizm mustaxkamlandi. 

O’ttiz yillik urushning g`olibona natijalari  Yevropada Fransiyaning  siyosiy ustunligini 

ta’minladi. 

Mamlakat iqtisodiyoti agrar tavsifiga ega edi axolining 85% qishlokda yashar edi. 

Sanoatda yetakchilik rolini to’qimachilik tarmog`i o’ynar edi. XVII asrda mamlakatda «dastlabki 

jamg`arish» jarayonlari davom etardi . Bu yerda davlat qarzlari, soliq bosimi, sudxo’rlik moliyasi 

katta axamiyatga ega edi. Manufaktura ishlab chiqarilishi  asta sekinlik bilan rivojlanishiga 

qaramasdan feodal munosabatlar mamlakatda ustunlik qilar edi. Dvoryanlar tabaqasida ham 

ijtimoiy siljishlar ko’zga tashlanardi. Asilzoda dvoryanlarning («qilich dvoryanlari») katta qismi 

iqtisodny jixatdan zaiflashardi.   Shu paytning o’zida dvoryanlar tabaqasi savdo—  sanoat   

doiralardan    chiqqan   dvoryanlar    xisobiga kengaymoqda edi. Sanoat, savdo va sudxo’rlik 

doiralari siyosiy mustaqillikka intilishmasdi. 

 

1643 yili besh yoshlik Lyudovik XIV  Fransiya qiroli bo’ldi. Lekin faktik jixatdan 



mamlakatni kardinal Mazarini idora qilardi. Mazarini Rishelening absolyutizmni mustaxkamlash 

siyosatini davom ettirdi. Xokimiyat almashuvi Rishele davridan to’planib kelayotgan jamoat 

noroziligining portlashiga olib keldi. 1648 yili  absolyutizmga qarshi Fronda xarakati boshlandi. 

«Fronda» degani —  «sopqon» demakdir. Parijda bu quroldan foydalanish man qilingan edi. 

Sopqondan foydalanganlarni politsiya qamoqa olardi. Shu sababli «Frondalash» degan ko’chma 

ma’nodagi so’zning asli ma’nosi tartibni buzish, ma’murlarga qarshi ish ko’rish demak edi. 

Fronda tarixi ikki davrga: «Eski Fronda», yoki «parlament Frondasi», 1648—1649 yillardagi 

davrga va «Yangi Fronda», yoki «shaxzodalar Frondasi», 1650—1653 yillardagi davrga 

bo’linadi.

1

 



 

Bu ikki Fronda bilan to’qnashuvida absolyutizm mag`lub bo’lmadi. Aksincha siyosiy 

inqirozlardan mustaxkamlanib chikdi.1661 yili Mazarini vafot etdi. Shu paytdan boshlab 

Lyudovik XIV mamlakatni yakka xolda 1715 yilgacha idora qildi.  «Lyudovik XIV asri»  fransuz 

absolyutizmining eng rivojlangan va inqirozi davri edi. 

Lyudovik 

XIV 

davrida qirol 



xokimiyati va davlat markazlashuvi kuchaydi. Xarbiy isloxotlar armiyaning jangovor 

tayyorgarligi va intizomini oshirdi.  XVII asrning ikkinchi yarmida mamlakatning moliyaviy va 

xarbiy — siyosiy qudratini oshirish maqsadida davlatning xo’jalik xayotiga aralashuvi kuchaydi. 

Ayniqsa, bu maqsadlarga moliya vaziri Kolber tomonidan 1665—1683 yillarda olib borilgan 

merkantalizm siyosati to’g`ri kelardi. Dengiz orti va mustamlakalarda savdoni faollashtirish 

uchun davlat ishtirokida monopol savdo kompaniyalari tuzildi:Ost—Indiya,  Vest—Indiya,  

Levantiya kompaniyalari. Flot qurilishiga moliya ajratilar edi. 

                                                           

1

 Yurovoskoy Y.Y. Krivoguza  I.M.Novaya istoriya stran Yevrop



ы  i Ameriki. M: Vыsshaya shkola. 1998. 125-str.  

 

 



«Kolbertizm» siyosati yirik markazlashgan manufakturalarning tashkil eitilishiga, fransuz 

floti va dengiz savdosining o’sishiga turtki berdi. Lyudovik XIV  davridagi yirik urushlar 

Fransiya uchun og`ir yuk edi.         Absolyut monarxiyaning mafkuraviy tayanchi katolik 

cherkovi edi. Mamlakatning siyosiy markazlashuvi diniy —  cherkov unifikatsiya bilan 

birgalikda olib borilardi. Gugenotlarga qarshi diniy ta’qiblar kuchaydi. 200 — 300 minga yaqin 

gugenotlar Fransiyani tark etdilar. 

 

Ma’rifatli doiralarda R.Dekart tomonidan ishlab chiqilgan dunyoqarashning ratsionalistik, 



tizimi keng tarqaldi. XVII 

asrning oxiri —XVIII 

asr boshlarida 

«libertintlik»-erkin fikrlik va diniy skeptitsizm kuchaydi. Bu oqimning yorqin namoyondasi 

P.Beyl edi. XVII  asrning ikkinchi yarmi fransuz madaniyatining o’sish davri edi. Fanlar 

Akademiyasi (1666), me’morchilik, rassomchilik akademiyalari, observatoriya tuzilgan edi. 

1694 yili «Fransuz tiliniig lug`ati» nashr etildi.

1

 



 

Badiy madaniyatda klassitsizm yo’nalishi xukmronlik qilar edi. Adabiyotda P.Kornel, 

J.Rasin, J.B.Moler, me’morchilikda F.Mansar ijodlarini ta’kidlash mumkin. XVII  asrning oxiri 

—  XVSh asrning boshlarida Fransiyani ichki va xalqaro axvoli yomonlashdi. XVIII  asrda 

Fransiyada kapitalistik munosabatlarning rivojlanishi tezlashdi.Bu jarayon bilan bog`liq 

o’zgarishlar jamoat ongida, jamiyatning ijtimoiy tarkibida bo’lib o’tardi. Bunday xolatda sodir 

bo’layotgan jarayonlar xukumronlik qilayotgan feodal absolyutistik tuzum bilan ziddiyatga kelar 

edi. Bu ziddiyatning chukurlashuvi va keskinlashuvi 1789 yilda 

boshlangan Buyuk Fransuz inqilobiga olib keldi. XVIII  asrning o’rtalariga kelib fransuz 

ma’rifatchilari feodal absolyut tuzumning ijtimoiy—siyosiy va mafkuraviy  ustunlarini ayovsiz 

tanqidga olib, «idrokda inqilob» yasashdi.     Ma’rifatchilar o’yg`onish davri gumanistlarining 

g`oyalarini davom ettirib, jamiyatning asosiy maqsadi-inson baxti deb xisoblarshadi. 

Ma’rifatchilarning daxolari Mari Fransua Volter (1694-1778), Sharl Lui Monteske (1689-1755), 

Deni Didro (1719-1784), Jan Jak Ruso (1712-1778), Jan Mele (1664-1729) va boshqalar edi. 

Ma’rifatchilarning faoliyati xalq ongining inqilob arafasidagi uyg`onishiga katta xizmat qildi. 

XVIIIasr 80 yillar oxiriga kelib Fransiyada feodal absolyutik tuzumning inqirozi 

kuchaydi.Mamlakatning ijtimoiy iqtisodiy axvoli yomonlashdi.1787 -1789 yillarda savdo – 

sanoat inqirozi keng tarqaldi. Qashshoqlanish,  ishsizlik, tanglik shaxar va  qishloqlarni qamrab 

oldi. Davlat moliyalarning axvoli xam juda og`ir edi. Monarxiya moliyaviy bankrotlik arafasida 

edi. Vaziyatni to’g`rilashda imtiyozlarga ega yuqori tabaqalarga tayanish maqsadida chaqirilgan 

(1787 y.) «notablar» majlisi absolyutizimni qo’llab  quvvatlamadi va 1614 yildan beri 

chaqirilmagan General shtatlarni to’plashni talab qildi. Bunday talabni uchinchi tabaqa keng 

doiralari xam ilgari surishdi. Xukumat yon berishga rozi bo’ldi. Lyudovik XU1 moliyalar bosh 

                                                           

1

 Yurovoskoy Y.Y. Krivoguza  I M.Novaya istoriya stran Yevrop



ы  i Ameriki. M: Vыsshaya shkola. 1998. 128-str.  

 

direktori lavozimiga mo’tadil isloxotlar tarafdori Shveysariyalik bankir Nekkerni tayinladi. 



General shtatlarning chaqirilishi 1789 yil baxoriga belgilandi. General shtatlarga saylovlar xalq 

xarakatining faollashuviga turtki bo’ldi. Bu xarakat davomida 450 ga yaqin  g`alayonlar bo’lib 

o’tdi. 

 

1789 yil 5 mayda Versalda General shtatlar ochildi. 270 deputat dvoryanlardan, 291 — 



ruxoniylardan va 578 deputat uchinchi tabaqadan edi. Uchinchi tabaqa deputatlari xalq qo’llab  

kuvvatlashini sezgan xolda vakillikning tabaqaviy tamoyilini rad etishdi va 17 iyunda o’zlarini 

Milliy majlis deb e’lon qilishdi. 20 iyunda to’plangan uchinchi tabaqa deputatlari konstitutsiya 

ishlab chiqilmaguncha tarqalmaslika qasamyod qilishdi. Dvoryanlar vakillari qirolga norozilik 

jo’natishdi. 23 iyunda Lyudovik XVI  uchinchi tabaqa qarorlari bekor qilinishi va «feodal va 

senorial mulk, dastlabki ikki 26 tabaqalarning foydali xuquqlari va foydali imtiyozlar» 

masalalarini General shtatlari tasarrufidan chiqarilishini e’lon qildi. 

Lekin uchinchi tabaqa 

deputatlari qirol buyrug`iga buysunishni rad etishdi. Ularga liberal dvoryanlar va ruxoniylarning 

salmoqli qismi qo’shilishdi.  1789 yil 9 iyulda Majlis o’zini «Milliy ta’sis majlisi» deb e’lon 

qildi.Saroy  axli va Lyudovik XVI  boshlanayotgan inqilobni kuch ishlatish bilan bostirmoqchi 

bo’ldi. Parijga xarbiy qo’shinlar (20 ming) tortildi. 11 iyulda Nekker lavozimidan bo’shatildi, 

xukumat tepasiga reaksiya baron Breytel tayinlandi.  13 iyulda shaxar qo’zgolon bilan qamrab 

olingan edi.  Qo’zg`olonning eng yuksak cho’qqisi  Bastiliyani (siyosiy maxbuslar qamog`i) 

olinishi bo’ldi. 

Bastiliyaning olinishi Fransuz inqilobining boshlanishi va birinchi g`alabasi edi. 

Shaxarlarda «munitsipal inqiloblar» bo’lib o’tdi. Barcha yerlarda militsiya otryadlari (Milliy 

gvardiya) tashkil etildi.  Inqilobiy voqealar qishloqlarda xam xalq ko’tarilishiga, ko’plab 

qo’zg`olonlarga olib keldi. 1789 yil yozidan 1793 yilgacha dehqonlar inqilobining asosiy 

ommaviy tayanchi va xarakatlantiruvchi kuchiga aylandi. 1789 yil quzg`olonining asosiy siyosiy 

natijasi — absolyutizmning deyarli qulashi edi.1789 yilda Ta’sis majlis ikki muxim qonunchilik 

aktini qabul qildi. 4-11 avgustlarda qabul qilingan dekretlarga kura cherkov desyatinasi, 

senorlarning dexqon yerlarida ov qilish xuquqi, dehqonlarning shaxsiy feodal majburiyatlari, 

senorial sudlar va boshqalar to’lovsiz bekor qilindi. Yer bilan bog`liq majburiyatlar senorlar 

mulki deb tan olindi va to’lov evaziga bekor qilinardi. Aloxida joylar, xududlar,  27 provinsiyalar  

va shaxarlarning    turli    imtiyozlari    va erkinliklari xam bekor qilindi. 

26 avgustda Ta’sis majlis «Inson va fuqaro deklaratsiyasini» qabul qildi. 17 banddan 

iborat Deklaratsiyada xalq suvereniteta, qonun oldida barchaning tengligi, xar qanday lavozimni 

egallash xuquqi, so’z va matbuot erkinligi, diniy toqatlik, shaxsiy mulkka ega bo’lish xuquqi 

e’lon qilindi. Bastiliya egallangandan so’ng mamlakatdan zadagonlar-aksilinqilobchilarning 

emigratsiyasi boshlandi. Inqilobga qo’shilishini e’lon qilgan Lyudovik XVI  amalda 


 

Deklaratsiyani qo’llab —  quvvatlashdan voz kechdi, 4-11 avgust dekretlarini tasdiqlamadi. 



Versalga qirolga sodiq qo’shinlar tortila boshlandi. Davom etayotgan iqtisodiy inqiroz, oziq — 

ovqatning yetishmovchiligi, qimmatchilik xalq noroziligini kuchaytirdi. 5 oktabrda 20 ming 

parijliklar Versalga yo’l olishdi. Xalq ommasiga Parijning milliy gvardiyasi xam qo’shildi. 6 

oktabrda xalq talablari ostida qirol oilasi Versaldan Parijga ko’chishga majbur bo’ldi. Parijga 

Milliy majlis xam ko’chdi. Lyudovik XVI Deklaratsiyasini qo’llab quvvatlashga va 4—11 avgust 

dekretlarini tasdiqlashga majbur bo’ldi.Ta’sis majlis o’z mavqeini mustaxkamlab, mamlakatda 

o’zgartirishlar olib borardi. Majlisda ustivorlik mavqelarga mo’’tadil monarxist  

konstitutsionistlar ega edi. Ular ichida liberal dvoryanlar, Ayniqsa markiz Lafayet va graf 

Mirabo, yetakchilik qilar edilar. So’l deputatlar ichidan esa arrislik advokat Maksimilian 

Robesper ajralib turardi. Ta’sis majlis tabaqaviy imtiyozlarni, merosiy dvoryanlik institutini, 

dvoryanlik gerblar va unvonlarni, sex tizimini va davlat cheklashlarini bekor qildi. Ichki bojlar 

va 1786 yili Angliya bilan tuzilgan savdo shartnomasining bekor qiliiishn milliy bozorning 

shakllanishiga va uni xorijiy Raqobatdan ximoya qilinishiga olib keldi. 

Lekin, shu paytning o’zida Ta’sis majlis ishchi itgifoqlar va stachkalarni ma’n qi 

qiladigan Le Shapele qonunini qabul qildi (1791 y.). Ta’sis  Majdis tomonidan 1790 yil mart —

may oylarida qabul qilingan qonunlar yer yegaligining feodal  xuquiy  tizimini yo’q qildi, 

shaxsiy majburiyatlarning to’lovsiz bekor qilinishini tasdiqladi. Lekin, asosiy, yer bilan bog`liq 

«real» majburiyatlardan ozod bo’lish ko’pchilik dehqonlar uchun imkonsiz edi: tulov 20 —  25 

yillik renta xajmida edi.1769 yil 2 noyabr dekreti buyicha Ta’sis majlis cherkov yer egaliklarini 

musodara qildi. Milliy mulk deb e’lon qilingan bu yerlar davlat qarzini qoplash uchun sotib 

yuborildi

1



1791 yil  sentabrida Ta’sis    majlis  konstitutsiyani   ishlab    chiqarishni  yakunladi     

Konstshutsiya Fransiyada konistitutsion monarxiyani o’rnatdi. Qonunchilik xokimiyat 

qonunchilik majlisiga,ijroiya xokimiyat esa merosiy monarx va tayinlangan vazirlarga 

topshirildi. Fransiya tog` va daryolar nomlarini olgan 83 departamenta bo’lindi. Bu yerdagi 

boshqaruv idoralari saylov asosida shakllanardi. Yangi yagona sud tizimi  xam  sudyalarning 

saylanishi  tamoyiliga asoslandi.Katolik cherkovi davlat xizmatiga o’tdi. Ruxoniylar va 

yepiskoplar fuqarolar tomonidan saylanar, davlatdan maosh olar va konstitutsiyaga sodiqliklariga 

qasamyod qilar edilar. Rim papasiga to’lovlar  va ma’muriy qaramlikdan fransuz cherkovi ozod 

etildi. 

                                                           

1

Osvoditeln



ыe dvijeniya narodov Avstriyskoy imperii. Vozniknoveni i razvite. Konets XVIII veka. M. 1989 229 str.  

 


 

Senzlik va ikki bosqichlik saylov tizimi kiritildi. Fakatgina «aktiv» (faol) fuqarolar, 25 



yoshdan oshgan va 1,5 — 3 livrdan kam bo’lmagan soliq to’lagan erkaklar, ovoz xuquqiga ega 

bo’lishdi. Bunday fukarolarning soni 4,3 mln. kishi edi. 

Xalq, xarakatiga qarshi 1789 yil oktabr oyida «xarbiy xolat to’g`risidagi qonun» qabul 

qilindi. Bu qonun «isyonkor yig`inlar»ga qarshi maxalliy xokimiyatga qurolli kuch ishlatish 

xuquqini berdi. Avj olgan ijtimoiy  siyosiy kurashda siyosiy klublarning o’rni katta edi. 

Jumladan, 1789 yilda tuzilgan yakobinchilar klubi va boshqalar katta ta’sirga ega edi.  Inqilob 

ko’plab ro’znomalarning paydo bo’lishiga imkon yaratdi. Jumladan Jan Pol Marat (1743—1793) 

bosib chiqargan «Xalq do’sti», Jak Rene Eberning (1757 —  1794) «Dyushen ota» kabi 

ro’znomalar katta e’tiborga ega edi. 1791 yil 21 iyunda qirol oilasi maxfiy ravishda Parijni tark 

etdi  va sharqiy chegaraga jo’nab keitdi. Bu yerda turgan armiya, emigrantlar otryadlari va 

Avstriyaning yordamiga tayanib Lyudovik XVI  Milliy majlisni tarqatib yuborishni va o’z 

xokimiyatini tiklashni niyat qilgan edi. Lekin Varenn degan joyda tutib olingan qirol oilasi 

Parijga qaytarildi. Respublikachi kayfiyatdagi qarshi mo’tadil konstitutsion  monarxistlar 

o’rtasida   kurash  borardi.  Shu davrda Yakobinchilar klubida xam siyosiy burilish ro’y berdi. 

Lafayet va Barnav tarafdorlari, liberal  monarxistlar, klubni tark etishdi. 1791 yil sentabrida 

majlis Lyudovik XVI  tomonidan qabul qilingan konstitutsiyaning yakuniy matnini ma’qulladi. 

Ta’sis majlis o’rnini senz tizimi asosida saylangan qonunchilik majlisi egalladi. 

 

Shu paytga kelib xam majlisda, xam yakobinchilar klubida katta ta’sir kuchiga 



jirondchilar (Jironda departamentidan saylangan deputatlar) ega bo’lishdi. Ular 

savdo, tadbirkorlik ekinligi, iqtisodiyotga davlatning aralashmasligi, ichki bozor proteksionizmi 

tashqi bozorning kengaytirilishi kabi tamoyillarni yoqlab chiqishdi.Ruxoniylarning inqilobga 

qarshi chiqishi va konstitutsiyaga qasamyod qilishdan voz kechishi vaziyatni keskinlashtirdi.  

Fransuz inqilobini bo’g`ib tashlash mAqsadida Avstriya va Prussiya 27 avgust 1791 yilda 

Saksoniyaning Pilnits qasrida Lyudovik XVI  ga xarbiy yordam berish to’g`risidagi 

deklaratsiyani qabul qilishdi. Shunday qilib Fransiyaga qarshi birinchi koalitsiya tuzildi. 

Urushning boshlanishini Fransiyaning ichkarisidagi siyosiy kurash tezlashtirdi. Bu 

kurashda jirondchilarning qarashlari, ya’ni Fransiya uzi inqilobiy urush boshlashi kerak degan 

fikr, ustun keldi. 1792 yil mart oyining oxirida Lyudovik XVI  jirondchilardan iborat vazirlik 

tuzdi, 20 aprelda esa Fransiya Avstriyaga urush e’lon qildi

1

. Shu damdan boshlab urush fransuz 



inqilobining borishiga ta’sir ko’rsata boshladi.Urushning boshlanishi Fransiya uchun 

muvaffaqiyatsiz kechdi. Tartibsizlangan va o’rgatilmagan, qolaversa yomon qurollangan, armiya 

mag`lubiyatga uchrayverdi. 6 iyulda urushga Prussiya xam qo’shildi. Qirolicha  Mariya  

                                                           

1

 Potemkina A.I. Revolyutsiya 1848-1849gg. M. 1952. 86-96 str.  



 

Antuanetta (Avstriya imperatorining singlisi) fransuzlarning xarbiy rejalarini avstriyaliklarga 



yetkazib turdi.Butun xalq vatan ximoyasiga otlandi. 

 

 



Siyosiy inqiroz paytida demokratik xarakat monarxiyani yo’q   qilish talabini ilgari 

surdi.Bu talabni Marat, Danton, Rabesper kabi inqilob yetakchilari xam qullab kuvvatlashdi. 

Monarxiya tartibotining ag`darilishi 1792 yil 10 avgustda Parijda amalga oshirilgan qo’zg`olon 

tufayli ruyobga chikdi. 

Qonunchilik Majlisi Lyudovikni taxtdan maxrum qildi,  qirol oilasi qamoqqa olindi. 

Majlisda va Muvaqqat ijroiya kengashida (xukumatda) jirondchilar yetakchilik qila boshladilar. 

Parij kommunasi xam katta ta’sirga ega bo’ldi.26 —  28 avgustda qabul qilingan dekretlarga 

ko’ra feodal majburiyatlar to’lovsiz bekor qilindi, 14 avgust dekreta buyicha esa dehqonlarga 

emigrantlar yerlaridan kichik uchastkalar berish (renta puli evaziga) va jamoa yerlarini bo’lib 

berish xuquqi berilgan edi. 

19 avgustda Prussiya  Avstriya armiyasi (emmigrantlar korpusi bilan) Fransiya 

chegarasini buzib o’tdi. Parijga olib boriladigan yo’lda Verden qal’asi dushman qo’liga o’tdi. 20 

aprelda Valmi yonida Dyumur qo’mondonligidagi inqilobiy armiya  prussiyaliklarni chekinishga 

majbur etdi; koalitsiya qo’shinlari Fransiyami tark etdi.Bundan tashqari oktabr  noyabr oylari 

fransuzlar bir qancha nemis shaxarlarini, Belgiyani, Savoyya va Nitssanini egallashdi. 

20 sentabrda Milliy konvent o’z nshini boshladi (yangi saylangan). 21 sentabrda qirollik 

xokimiyatini yo’q qilish to’g`risida dekret qabul qilindi. 22 sentabrda esa Fransiya respublika 

deb e’lon qilindi.  

Shu davrda  Jironda va tog` o’rtasida siyosiy kurash avj oldi. Tog` yoki 

montanyarlar deb konventda yuqori kursilarni egallagan deputatlarning so’l qanotini atashardi. 

Montanyarlarga Danton, Marat, Robesper,Sen Jyustlar raxbarlik qilardilar. Montanyarlarning 

ko’pchiligi yakobinchilar klubining a’zolari edi. Yakobinchilar tenglashtirish goyalarini 

ilgari surdilar. Ular xaddan tashqari kambag`allik yokiboyliksiz respublika tarafdorlari edi. 

Shuning uchunommaning kupchiligi ular tarafida edi. Jirondchilar esa,o’z navbatida, inqilobning 

chuqurlashtirilishiga qarshiedi. Jirondchilar fikriga ko’ra inqilob o’z maqsadlariga 

to’la erishib bo’lgan edi.              Fransiyaning xarbiy g`alabalari urush tashabbuskorlari 

Jirondchilar mavqeining kuchayishiga yordam berdi.1792 yilning oxiriga kelib siyosiy kurash 

maydonida qirol taqdiri masalasi markaziy muammoga aylandi. Konvent sudiga topshirilgan 

Lyudovik XVI «millat ozodligi va davlat xavfsizligiga qarshi g`alamusligida» aybdor deb topildi 

va o’lim jazosiga xukm etildi. Jazo 1793 yil 21 yanvarda ado etildi.1792—1793 yillar qishiga 

kelib xalq xarakati inqilobni chukurlashtirish talabini ilgari surdi. 10  avgust qo’zg`alonini xalq 

«tenglik inqilobi» deb aytdi. Tenglik shioriga xalq ommasi nafakat siyosiy, balki ijtimoiy 

tenglashtiruvchi ma’nosini kiritdi.Parijda xalq xarakatining markazlari sifatida seksiyalar 


 

namoyon bo’lishdi. Seksiyalar milliy gvardiyaning o’z batalonlariga ega edi. Seksiyalar bilan 



bog`liq  Parij Kommunnasida 1792 yilning oxiridan boshlab Kordelerlar Klubining faollari  

Kommuna prokurori Gaspar Shomett va uning o’rinbosari Eberlar raxbarlik qilishardi.1793 

yilning baxorida Fransiyaning shimoliy  g`arbida yirik dehqonlar g`alayoni ko’tarildi.  Uning 

markazi Vandeya degan joyda edi. Vandeya isyoniga royalistlar raxbarlik qila boshladilar. 

Lyudovik  XVI  ning qatl etilishi Fransiyani    nafaqat Avstriya va Prussiya,balki 

Gollandiya,Ispaniya Portugaliya, German va Italyan davlatlari bilan urush xolatiga kiritib qo’ydi. 

Rossiya Fransiya bilandiplomatik munosabatlarini uzdi. Angliya koalitsiyaning tashkilotchisiga 

aylandi.Xarbiy  xarakatlar natijasida fransuzlar Belgiya va Reyn daryosining chap soxilidagi 

nemis xududlaridan surib chiqarildi. Jironda respublikani ximoya qilishga qodir bo’lmadi. 

Favqulodda ximoya choralarni ko’rish tashabbusi Parij Kommunasi, seksiyalar va 

yakobinchilarga o’tdi. Jumladan ularning bosimi ostida Inqilobiy Tribunal, jamoat kutqazish 

qo’mitasi tashkil etildi. Un va donga kattiy belgilangan narxlar joriy etildi, boylardan 1 mlrd. 

livrga teng majburiy zayyom olindi.Jirondchilar, o’z navbatida, Kommuna faoliyatini tergov 

qilish maxsus «12 —lar komissiyasini» tuzishdi. Eber, Varle va bir qator seksiyalar faollari 

qamoqqa olindi. 29 mayda Lionda isyon kutarildi va yakobinchilar munitsipaliteti ag`darildi. 

Jironda siyosati respublika va inqilobga taxdid sola boshladi.Bunday sharoitda yakobinchilar, 

Parij kommunnasi va seksiyalar, Kordelerlar klubi va boshqalar Jirondani ag`darish maqsadida 

1793 yil 31 may —  2 iyunda Parijda ko’zg`olon uyushtirdilar. Xalqqa buysinishga majbur 

bo’lgan Konvent Brisso, Verno va jirondchilarning boshqa raxbarlarini kamoqqa olishga buyruq 

berdi. Qo’zg`olon natijasida respublikada siyosiy xokimiyat tepasiga yakobinchilar kelishdi. 

           Yangi Konvent agrar masalani yechishga qaratilgan bir qator dekretlarni qabul qildi. 

Jumladan, emigrantlar yerlarini kichik uchastkalarga bo’lib sotish, jamoa yerlarini dexqonlar 

jamoalarining mulklari deb e’lon qilish, senorlar tomonidan bosib olingan yerlarni qaytarish va 

nixoyat, feodal majburiyatlarini to’la  yo’q qilish (1793 yil 17 iyul) to’g`risidagi qonunlar qabul 

qilindi. Lekin shu bilan bir qatorda, sobiq  senorlar  o’z yer egaliklarini shaxsiy  mulk sifatida 

SAqlab qoldilar. 1793 yil 24 iyunda Konvent Fransiyaning yangi konstitutsiyasini qabul qildi. 

Unda bir palatali Majlis,  21 yoshdan oshgan erkaklar uchun umumiy saylov xuquqlari, 

demokratiik xuquqlar va erkinliklar nazarda tutilgan edi. Fransiyaning tashqi siyosatida boshqa 

mamlakatlarning ichki ishlariga aralashmaslik e’lon qilindi. Keyinrokq 1794 yil 4 fevralda 

Konvent mustamlakalarda qulchilikni yo’q qilish to’g`risida dekret qabul qildi. Shu bilan bir 

qatorda, konstitutsiyada shaxsiy mulk xuquqi va yollanma mexnat tizimi xam mavjud edi. 

        Iyul avgust oylarida respublikaning axvoli og`irlashdi. Koalitsiya qo’shinlarining xujumi, 

Vandee qo’zg`alonining kengayishi va «federalistik isyonning kuchayishi» bunga sabab bo’ldi. 

Konstitutsiya va Konventni tanqid qilish avj oldi.1793 yil iyul oyida Konvent Jamoat qutqazish 



 

10 


qo’mitasini qayta sayladi va uning vakolatlarini kengaytirdi. Robesper deyarli qo’mitaning 

boshlig`i, Sen  Jyust va Kuton uning yordamchilariga aylandilar. Konvent o’zining xarakatlarini 

barcha axolini safarbar etishga qaratdi. Ozik —ovqatning eng kerakli turlariga qattiq belgilangan 

narxlar o’rnatildi. «Shubxalilarni» qamoqqa olish maqsadida inqilobiy qo’mitalar tuzildi. Va 

nixoyat 1793 yil 10 oktabrda Konvent tomonidan «boshqaruvning vaqtinchalik tartibi» 

to’g`risidagi qonun qabul qilindi.

1

  Bu qonun yakobinchilarning inqilobiy diktaturasini xuquqiy 



jixatdan rasmiylashtirdi. Inqilobiy tashkilotlar terror siyosatini keng qo’llashni boshladilar. 1793 

yilning oktabr  noyabr oylarida qirolicha, Taniqli jirondchilar va felyanlar qatl etildi. 

Aksilinqilobga qarshi kurashish maqsadida kiritilgan terror endi yakobinchilar orasidagi ichki 

ziddiyatlarni yechish usuliga aylandi. 

         Yakobinchilar diktaturasi inqilob va cherkov o’rtasidagi munosabatlarni keskinlashtirdi. 

Cherkovga qarshi kurash katolik dinining o’ziga qarshi kurashga aylana boshladi. 

Ruxoniylarning ko’pchiligi inqilobga qarshi bo’lib qoldi. 1793 yilning kuzida mamlakatda 

«xristiansizlantirish» xarakati avj oldi.  Yakobinchilarning katolik qultining kuch bilan yo’q 

qilishga qaratilgan siyosatini, «Idrokka sig`inish» ni kiritishga yo’naltirilgan urinishlarini va 

boshka xarakatlarni xalqning ko’pchiligi qo’llab  quvvatlamadi. Bundan tashqari, antiklerikal 

siyosat inqilobning xalqaro mavkeini murakkablashtirdi. Shu sababli, Robesperning talabi bilan 

Konvent 1793 yil 6 dekabrda qultlar erkinligini tasdiqladi. Yakobinchilar inqilobni insoniyat 

tarixidagi yangi davr boshlanishi va o’tmish bilan butunlay ajralish deb bilishardi. 1793 yilning 

oktabrida Konvent yangi respublika kalendarini (1806 yilgacha amalda bo’ldi) va yangi yil 

xisobini kiritdi.Yangi davr  respublikaning 1  yili  respublika tuzilgan sanadan (22 sentabr 1792 

yil) boshlandi. Oylarning nomi tabiat xodisalari bilan ataladigan bo’ldi:  bryumer  —  tumanlar 

oyi, termidor —  issiqlik  oyi  va  xakozo.  Tenglik  ramzi  sifatida  «sen»  murojaati  kiritildi.         

Maorif soxasida Fransiyada birinchi bor bepul umumiy boshlang`ich ta’lim kiritildi. Oliy ta’lim 

va madaniyat soxalarida muxim muassasalar tashkil etildi. San’at va xunarlar konservatoriyasi, 

Musiqa konservatoriyasi Luvrdagi muzey, Politexnika maktabi, Milliy kutubxona, Milliy arxiv 

va boshqalar.San’atda inqilobiy klassitsizm yo’nalishi ustivorlik qilar edi.  Sentimentalizm 

g`oyalari, tabiat va seziluvchanlikka sig`inish rivojlanardi. 

Respublika mudofaasini tashkil qilish uchun yakobinchilar millatning barcha kuchlarini 

safarbar qildilar. Qiska muddatda ommaviy va yangi tashkil etilgan milliy armiya tuzildi. 

Mamlakatning moddiy resurslari mudofaaga jalb etildi. Yangi manufakturalar qurildi. Qilingan 

ishlar o’z samarasini berdi. 1794 yilning boshiga kelib koalitsiya qo’shinlari Fransiyadan surib 

chiqarildi.  1794 yil 26 iyunda fransuzlar armiyasi Fleryusdagi jangda avstriyaliklarning asosiy 

                                                           

1

 Zaxarova M.N. Narodnoye dvijeniye v SShA protiv rabstva. M. 1965. 129-str.  



 

 

11 


kuchlarini mag`lub etishdi. Belgiyaga yo’l ochildi.Lekin shu paytdan boshlab yakobinchilar 

blokining ichkarisida siyosiy ziddiyatlar kuchaydi. Raxbarlik qilayotgan Robesper tarafdorlari  

robesperchilar  radikal inqilobiy qarashlarga ega edi. Lekin ulardan farqliroq, «rioyali» yoki 

mo’’tadil yakobinchilar oqimi vujudga keldi. Bularga Jorj Jan Danton (1759—1794) boshchilik 

qildi. «Rioyalilar» inqilobiy diktaturani yumshatish va bekor qilish tarafdorlari edi. 

        «Rioyalilarga» qarshi «ashaddiy» inqilobchilar   Parij Kommunasining, seksiyalarini, 

Kordelerlar Klubining faollari o’z g`oyalari bilan chiqardilar. Jumladan, Eber, Shomett kabi 

siyosatchilar «muqaddas gilotina»ni yoqlab chiqardilar, tenglashtiruvchilik  choralari tarafdorlari 

edi.Robesperchilar, «rioyalilar» va «ashadiylar» o’rtasidagi siyosiy kurash 1794 yilning baxorida 

o’z cho’qqisiga yetdi.Eber Kordelerlar klubida Konventni «Yangi brissochilardan» 

(mo’’tadillardan) tozalashga va qo’zg`olon ko’tarishga chaqirdi. Lekin, na seksiyalar na Shomett 

boshchiligidagi Kommuna bu chaqiriqni qo’llab  quvvatlamadi. Yakobinchilar xukumati bunga 

qaramasdan repressiyalar uyushtirdi. Eber va uning tarafdorlari inqilobiy tribunalga topshirildi 

va gilotinada qatl etildi. Shomett xam shunday taqdirga uchradi. Kommuna uning tarafdorlaridan 

tozalandi. Aprel oyida esa mo’’tadillar yetakchilari  Danton, Demulen va boshqalarqatl  etildi.       

Muxolifat raxbarlarini qatl etgandan so’ng robesperchilar terror siyosatini yanada kuchaytirdilar. 

Seksiyalarning ko’plab faollari qamoqqa olindi va ayrimlari qatl etildi. Inqilobiy armiya tarqatib 

yuborildi. Kordelerlar klubi bekitib qo’yildi. Yakobinchilar xokimiyati zaiflashib bordi. Inqilob 

davrida vujudga kelgan yangi savdo sanoat doiralari tadbirkorlik erkinligiga intilardi va 

yakobinchilar xokimiyatini ag`darishga manfaatdor edi. Bunday vaziyatda robesperchilar jamoat 

qo’llaydigan xech qanday dasturga ega emasdi. 

          Konventning o’zida xam Robesper va uning tarafdorlariga qarshi fitnaning shakllanishi 

tezlashdi. Fitnada Barras, Talen kabi deputatlar yetakchilik qildilar. Konventdagi «tekislik» xam 

ular tomoniga o’ta boshladi. Ko’plab montanyarlar robesperchilar dushmaniga aylandilar. Ular 

Robesperni diktaturaga intilishda aybladilar. Robesperga qarshi Jamoat qutqazish qo’mitasi va 

Jamoat xavfsizligi qo’mitasining bir qator a’zolarp Robesperga qarshi chiqib, 27 iyunda (9 

termidorda) boshlangan Konvent majlisida Robesperni, uning ukasi Ogyustenni, Sen  Jyustni va 

ularning tarafdorlarini qamoqqa olish to’g`risidagi dekretni qabul qilinishsha  erishdilar.       

Kommuna seksiyalarni qo’zg`olonga chaqirdi. Qamokdan ozod etilgan Robesper va uning 

safdoshlari ratushaga olib kelindi. Lekin Robesperda aniq dastur yo’q  edi. Parijning 48 

seksiyalarpdan faqat 16 tasi ratushaga Milliy gvardiyaning otryadlarini jo’natishdi. Buyruq 

olmagan gvardiyachilar va kanonirlar to’plari bilan tarqab ketishdi. Konvent qo’shinlari esa 

ratushaga bostirib kirishdi. 10— termidorda qonundan tashqari deb e’lon qilingan Robesper, Sen 

Jyust va ularning safdoshlari (jami 22 kishi) gilotinada qatl etildi. 11 — 12  Termidorda yana 83 

kishi (asosan Kommuna a’zolari) qatl etildi. Yakobinchilar diktaturasi quladi. 


 

12 


         9 —termidordan so’ng xukumat va Konventda yangi moliya, savdo —sanoat qatlamlari va 

termidorchilar xukmronlik qildilar. Robesperga qarshi xarakatda qatnashgan so’l qanot arboblari 

chetga surib qo’yildi va Gvianaga surgun qilindi. Xalq xarakati faollari va yakobinchilarga 

qarshi repressiyalar uyushtirildi. «Oq terror» negijasida yuzlab demokratlar o’ldirildi. Konventga 

23 jirondachi deputat qaytarildi. Yakobinchilar qabul qilgan ko’plab ijtimoiy va iqtisodiy qarorlar 

termidorchilar tomonidan bekor qilindi. Natijada mamlakatda qimmatchilik, inflyatsiya, ozik —

ovqat ta’minotining o’zilishi juda o’sib bordi. 

Norozilik asnosida ko’tarilgan barcha chiqishlar shavqatsiz tarzda bostirildi. Butun mamlakat 

buylab ommaviy qammoqqa olishlar keng tarqaldi. Xalq xarakatiga keskin zarba berildi

1

.  



        Shu bilan bir qatorda,  termidordan sung inqilobking asosiy yutuqlari saqlab qolindi. 

Fransuz respublikasi urushda koalitsiyani mag`lub etardi. Koalitsiya a’zolarining o’rtasidagi 

ziddiyatlar bunga yordam berdi. 1795 yil 5 aprelda Prussiya, Reyn daryosining chap 

qirg`og`idagi nemis yerlarini Fransiya tarkibiga kiritilishiga rozi bulgan xolda, Fransiya bilan 

separat Bazel sulxini imzoladi. Iyulda Fransiya va Ispaniya o’rtasida tinchlik shartnomasi 

imzolandi. 1795 yilning avgust oyida Konvent yangi konstitutsiyani qabul qildi. Respublika 

tizimini saqlab qolgan konstitutsiya ikki palatali qonunchilik korpusini (Besh yuzlar kengashi va 

40 yoshdan oshgan 250 a’zodan iborat Oqsoqolllar kengashi), ikki bosqichlik saylovlarni, 

yoshga va mulkka oid senzni joriy etdi. Ijroiya xokimiyati besh kishidan iborat Direktoriyaga 

topshirildi. Konstitutsiya emigrantlar yerlari musodarasini tasdiqladi. 

1795 yilning 25 oktabrida tarqab ketgan Konvent xokimiyatni termidorian 

konstitutsiyasida ko’zda tutilgan muassasalarga topshirdi. Termidorchilar xam Besh yuzlar 

kengashi, xam Oksokollar kengashi, xam Direktoriya tarkibida ustivorlik qilishdi. Direktoriya 

davrida moliyaviy maxinatsiyalar, spequlyatsiya (olib sotarlik), milliy mulkni sotib olish va 

qayta sotish juda keng tarqaldi. Bunday sharoitda «Tenglik uchun fitna», deb nom olgan xarakat 

vujudga keldi. Bu xarakatga «Xalq tribuni» gazetasining noshiri Grakx Babyof (1760—1797) 

raxbarlik qildi.. Babyof va uning safdoshlari utopik kommunizmga xos g`oyalarni ilgari surdilar. 

Ularning fikricha «mukammal tenglik» tuzumi «milliy jamoa» shaklida bo’lib,  unda shaxsiy 

mulk bo’lmasligi va barcha fuqarolar ijtimoiy foydali ish bilan band bo’lishi lozim edi. Barcha 

taqsimot masalalarni davlat o’z zimmasiga olardi. Bunday jamiyatga utish davrida 

mexnatkashlarning intizomli diktaturasi o’rnatilishi kerak bo’lardi. 

Babuvistlar tashkiloti 1796 yilda tuzilgach, qo’zg`olon tayyorlashga kirishdi. Lekin o’sha 

yilning may oyida sotqinlik natijasida xarakat raxbarlari qamoqqa olindi. Ulardan Babef va Darte 

1797 yil 27 mayda gilotinada qatl etildilar.1796—1799 yillardagi  xarbiy xarakatlar Fransiya 

                                                           

1

 Yangi tarix. I – tom. T.O’qituvchi 1967.  89-bet  



 

 

13 


uchun muvaffakiyatli bo’ldi. Ozodlik urushi termidor voqealaridan so’ng bosqinchilik urushiga 

aylandi. Inqilobximoyasi uchun tashkil etilgan armiya ekspansiya quroli sifatida xizmat qila 

boshladi. 1796yilaprelidaItaliyaga xujum boshlagan Fransuz armiyasi bir qator 

janglarda Pemont va Avstriya armiyalarini mag`lub etdi.Vennetsiya yerlaridai o’tib, fransuzlar 

Avstriya xududlariga  bostirib kirdilar. Avstriya Fransiya bilan Kompo  Formio tinchlik 

shartnomasini (1797 yil 17 oktabr) imzoladi va Belgiya xamda Reynning chap soxilini Fransiya 

qo’shib olganligini tan oldi. Venetsiya respublikasi yerlari ikki mamlakat o’rtasida bo’lib olindi. 

Natijada Italiyada Fransiyaning ustivorligi o’rnatildi.  Bosib olingan Shvetsariya vassal Gelvetik 

respublikasiga aylantirildi. Kompo Formio tinchlik shartnomasi Fransiyaga qarshi birinchi 

koalitsiyanvng tugashiga sabab bo’ldi. 

Fakat Angliya Dengizda urush olib bordi. Angliyaga zarba berish maksadida 1798 yil 

may oyida general Bonapart boshchiligidagi- fransuzlar armiyasi Misrga jo’nab ketdi. Bu yerda 

Bonapart Misrning kavaleriyasi (mamlyuklarni) «Exromlar oldidagi jangda» mag`lub etdi va 

mamlakatning ko’p qismini o’ziga bo’ysundirdi.   Bu paytda, admiral Nelson qo’mondonligidagi 

ingliz floti Abuqir reydida fransuzlar flotini yo’q qildi va  Bonapart armiyasini Fransiyadan uzib 

tashladi. 1798 yilda Fransiyaga qarshi ikkinchi koalitsiya tuzildi. Unga Angliya, Rossiya, 

Avstriya, Shvetsiya, Turkiya, Neanolitan Burbonlari kirdilar. Asosiy janglar Italiyada bo’lib 

o’tdi. Bu yerda A.V.Suvorov qo’mondonligi ostidagi rus va Avstriyalik qo’shinlar bir necha 

g`alabalarga erishdilar. Admiral F.F.Ushakov boshchiligidagi rus floti Ioniya orolini 

fransuzlardan tozaladi. Italiyada Fransiyaning ustivorligi quladi. Fransuzlar Reynda xam 

mag`lubiyatga uchrar edilar. Lekin Pavel I 1799 yil kuzida  rus qo’shinlarini kaytarib olganidan 

so’ng Fransiyaning xarbiy axvoli yaxshilandi. Urush oqibatlari, moliyaviy qiyinchiliklar,ishlab 

chiqarishning pasayishi, mustamlakalar bilan savdoning 

pasayib ketishining va eksportning qisqarishi Direktoriya tartibotini tang axvolga olib keldi.

 

Ijtimoiy 



– 

iqtisodiy va siyosiy inqiroz sharoitida 

mamlakatda royalistlarning kuchayishi sodir bo’ldi. Royalistlarning faollashuvi va qonunchilik 

korpusida mavqelarining mustaxkamlanishi Direktoriyani chapga og`ishga olib keldi. 1797yil 4 

sentabrda Direktoriya armiya yordami bilan davlat 

to’ntarilishini amalga oshirdi. 1797 yilda aylangan 77ta oyalist deputatlar o’z vakolatlaridan 

maxrum etildi.Mamlakatga qaytib kelgan emigrantlar va qasamyod 

qilmagan ruxoniylar repressiyaga chradilar. yekin,1798 yil baxorida bo’lib o’tgan Yangi 

saylovlarda respublikachi—demokratlarning muvaffaqiyatlari endi Direktoriyaning o’nga 

burilishiga majbur etdi. Xarbiy mag`lubiyatlar demokratik muxolifatning jonlanishiga olib keldi. 

Respublika ximoyasi uchun favqulodda choralar talab qilindi, garovdagilar to’g`risida qonun va 

boylardan 100 mln frank majburiy zayomolish dekreti qabul qilinishiga erishildi.Parijda 



 

14 


yakobinchilar klubi tiklandi, demokratik ro’znomalar chiqa boshladi. Bu esa yuqori 

xukmrondoiralarning noroziligi va qo’rquvini uyg`otdi. Mamlakat buylab tartibsizlik va 

korrupsiya keng tarqaldi. Barqarorlik va tartib —  siyosiy maydonda asosiy talab bo’lib qoldi. 

Bunday sharoitda konservativ doiralarda armiya yordamida davlat to’ntarilishi amalga oshirish 

rejasi ilgari surildi. Direktoriyani qulatilishi va uning o’rniga parlamentdan mustaqil siyosat olib 

boradigan,  xokimiyat yaratilishi ko’zda tutilgan edi. Bu paytda Parijga, o’z armiyasini_Misrda 

tashlab , general Bonapart yetib keldi. Omma ichida katta etgiborga ega bo’lgan Napoleon 

Bonapart xarbiy to’ntarish yasash uchun eng loyiq shaxs edi. Moliyachilar uni kerakli mablag`lar 

bilan ta’minladilar. 

VIII  yilning 18 bryumerida (1799 yil 9 noyabrda) «yakobinchilar fitnasi» baxonasida 

qonunchilik korpusi majlislari Sen —Klu degan joyga kiritildi. Bonapart Parijning barcha 

qo’shinlarining qumondoni etib tayinlandi. Ertasi kuni Besh yuzlar kengashida Bonapart 

«yo’qolsin tiran!» qichqiriqlar bilan qarshi olindi. Kengashlarning a’zolaridan bir qismi Sen —

Klu saroyiga keltirildi va bu yerda Direktoriyaning yo’q qilinishiga, xokimiyatni Bonapart 

boshchiligidagi uch konsulga topshirilishiga ovoz berdi. Ikki Kengash o’rnini (Oqsoqollar 

Kengashi va Besh Yuzlar Kengashi) ikki komissiya egalladi. Komissiyalar plebissit 

tasdiqlaydigan yangi konstitutsiyani ishlab chiqarish kerak edi. To’ntarish mamlakatda Napoleon 

Banapartning xarbiy diktaturasiga yo’l ochib berdi. 18 —bryumer Buyuk Fransuz inqilobining 

yakuni bo’ldi

1



1799 yil dekabrida Fransiyaning yangi konstitutsiyasi qabul qilindi. Rasman Fransiyada 

respublika tuzumi saqlanib qolindi. Ijroya xokimiyati uch konsulga topshirildi. Birinchi konsul 

—  Napoleon Bonapart (1769 — 1821)  — o’n yilga saylanib, o’z qo’lida deyarli barcha ijroya, 

qisman sud va konunchilik xokyamiyatlarini mujassam etdi.Qonunchilik xokimiyati Davlat 

kengashi, Tribunat, Qonunchilik korpusi o’rtasida taqsimlangan edi va ijroya xokimiyatga qaram 

qilib qo’yilgan edi. 

Fransiyada  Napoleon Bonapartning shaxsiy xokimiyat tartiboti o’rnatildi. 

1799 yil Konstitutsiyasi yangi yer egallarga inqilob davrida qo’lga kiritilgan yer egaliklarini 

kafolatladi. Bu Konstitutsiya plebissit (umumxalq ovoz berishi) tomonidan ma’qullandi. 

 

 



 

 

 



 

1802 yilda o’tkazilgan yangi - plebissit Birinchi konsul lavozimini umrbod Napoleonga berkitib 

qo’ydi. Napoleon Bonapartning xokimiyati Fransiya olib borgan muvaffaqiyatli urushlar 

natijasida kuchayib bordi. Napoleonning tug`ilgan kuni 1802 yilda milliy bayram deb e’lon 

qilindi. 1804 yilda esa Napoleon Bonapart Napoleon I  nomi bilan Fransiyaning imperatori deb 

e’lon qilindi. Mamlakatda avtoritar tuzumi o’rnatildi. 

Konsullik va imperiya davrida marka 

zlashgan byurokratii davlat apparati shakllandi. Ma’muriy boshqaruvda prefektura tizimi 

                                                           

1

 Yangi tarix. I – tom. T.O’qituvchi 1967. 76-bet.  



 

 

15 


kiritildi. Xukumat tomonidan tayinlanadigan departament boshlig`i —  prefekt o’z qo’lida to’la 

ma’muriy xokimiyatni mujassam etdi. 

 

Napoleon cherkov bilan munosabatlarini yaxshilashga intildi. 1801 yili Napoleon va papa 



Piy VII o’rtasida konkordat tuzildi. Unga asosan katolik dini ko’pchilik fransuzlarning dini deb 

e’lon qilindi. Diniy bayramlar tiklandi.Davlatdan cherkovni ajratilishi bekor qilindi. Papa o’z 

navbatida musodara qilingan cherkov yerlarini yangi egallarining qonuniy mulki sifatida tan 

oldi. Bundan  tashqari, papa oliy cherkov lavozimlarga xizmatchilarni xukumat tomonidan 

tayinlanishiga rozi bo’ldi. Cherkov imperator sharafiga maxsus ibodatni kiritdi. Shunday qilib, 

cherkov davlat xizmatiga o’tdi. 

Konsullik va imperiya davrida inqilob paytida qo’lga kiritilgan demokratik yutuqlarning 

ko’pchiligi bekor qilindi. Ro’znomalarning ko’pchiligi bekitildi. Maorif soxasida cheklash, 

markazlashtirish siyosati olib borildi. Armiya va politsiyachi apparat kuchaytirildi. 

 

Mamlakatda xarbiy — byurokratik diktatura o’rnatildi.         XIX asr boshlarida Fransiya 



asosan agrar mamlakat edi. Axolyning 80% dexqonlar tashkil etardi. Lekin, inqilob fransuz 

qishloqlarida kapitalistik munosabatlarning rivojlanishiga sharoitlar yaratib bergan edi. 

Konsullik va Birinchi imperiya yillari —  fransuz sanoatining jadal rivojlanishi, davri edi. 

Fransiya sanoat to’ntarilishi davriga kirgan edi.  

Tashqi savdo o’sdi. Tadbirkorlikni  qo’llab — 

kuvvatlash mAqsadida 1800 yilda Fransiya banki, 1810 yilda esa Savdo ishlari buyicha kengash 

va fabrika va manufaktura ishlari bo’uyicha kengash tuzildi. 

Bank va kredit soxasi sust 

rivojlangan edi. Fransiya banki qisqa muddatli kreditlar beruvchi deyarli yagona tashkilot edi.  

Xukumat moliyaviy axvolni barqarorlashtirishga erishdi G`olibona urushlar va proteksionistik 

siyosat eksportning o’sishiga olib keldi. Barcha Yevropa bozorlari fransuz mollari uchun ochib 

berildi. Umuman Konsullik va imperiya davri Fransiya sanoatining rivojlanishida qulay 

keldi.Konsullik va imperiya davrida qonunchilikni tartibga solish bo’yicha ko’plab ishlar qilindi. 

JumladanNapoleon Kodekslari deb nom olgan yuridik mezonlarqabul qilindi. 1804 ynli 

Fuqarolar kodeksi, 1807 yiliJinoyat kodeksi, 1811 yil Tijorat kodeksi qabulqilindi.  Bu  

kodekslarda shaxsiy mulk ximoyasi, shaxs daxlsizligi, vijdon erkinligi, fukarolarning qonun 

oldida tengligi kabi tamoyillar kirtilgan bo’lsa xam, inqilob davridagi qonunchilik tizimiga 

nisbatan kodekslar orqaga siljish edi.Bu davrda Fransiya Yevropa davlatlari bilan  to’xtovsiz 

urushlar olib bordi.Bosib olingan va tobe qilingan davlatlarni fransuz mollari uchun bozorlarga 

va fransuz sanoat uchun xomashyo manbaiga aylantirish siyosati olib borilardi.Manfaatsiz savdo 

shartnomalarga majburlash va fransuz mollariga monopol narxlarni belgilash yo’li bilan qaram 

mamlakatlarda iqtisodiy rivojlanishga to’sqinlik qilinar edi. Bu mamlakatlardan ulkan 

kontributsiyalar olinar edi.Napoleon urushlarining asosiy maqsadi Yevropada fransuz 

ustivorligini o’rnatish edi. Fransiyaga qarshi  koalitsiyalarga kirgan davlatlar  Angliya, Rossiya, 



 

16 


Avstriya, Prussiya nafaqat Fransiyaning ustuvorligi o’rnatilishiga qarshi kurashganlar, balki 

o’zining uzoqqa boruvchi maqsadlariga ega edi.Lekin, xalqaro munosabatlar markazida Angliya 

— Fransiya Raqobati turardi.1800 yilda ichki qarama — qarshiliklar natijasida Fransiyaga qarshi 

tuzilgan ikkinchi koalitsiya deyarli tarqab ketdi. 1801 yili Rossiya va Avstriya bilan tinchlik 

shartnomalari imzolandi. Ushbu shartnomalar natijasida Fransiyaning xokimiyati deyarli butun 

Italiya, german davlatlarning bir qismi, Belgiya va Gollandiyaga yoyildi.1802 yili  Amenda 

Angliya va Fransiya o’rtasida tinchlik shartnomasi imzolandi. Ikki davlat Yevropada o’rnatilgan 

tartibni saqlash majburiyatini oldi.Ammo, 1802 yil tinchligi uzoqqa cho’zilmadi. 1803 yili 

xarbiy xarakatlar yana boshlanib ketdi.1805 yili Fransiyaga qarshi uchinchi koalitsiyatuzildi. 

Unga Angliya, Rossiya, Avstriya va Neapoletanqirolligi qo’shildi. 1805 yil 21 oktabrda 

Trafalgarburunida admiral Nelson qo’mondonligidagi ingliz flotifransuz ispan flotini mag`lub 

etdi. Bundan so’ng,Napoleon barcha kuchlarini Avstriya qo’shinlariga qarshiqaratishga qaror 

qildi.1805 yilning oktabrida Avstriya armiyasi taslim bo’ldi, fransuzlar Venaga kirib kelishdi. 

Dekabr boshlarida Austerlits yonidagi jangda Rossiya va Avstriyaning birlashgan qo’shinlari 

fransuzlar tomonidan mag`lub etildi. Tez orada Fransiya va Avstriya o’rtasida tinchlik 

shartnomasi imzolandi.1806 yilda Napoleon Bonapart protektorati ostida 16 german 

davlatlaridan iborat Reyn ittifoqi tuzildi. Imperator Frans german millatining Muqaddas Rim 

imperiyasining imperatori darajasini o’zidan soqit qilishga majbur bo’ldi.Avstriyaning tor —mor 

etilishi va urushdan chiqishidan so’ng, 1806 yilda Napoleon Fransiyasiga qarshi to’rtinchi 

koalitsiya tuzildi. Bu koalitsiyaga Angliya, Prussiya, Rossiya va Shvetsiya kirdi.Ammo, o’sha 

yilning uzidayoq Prussiya armiyasi Vena va Austerlits yonidagi ikki yirik jangda tor-mor etildi. 

1806 yil oktabrining oxirida Napoleon Berlinga kirib keldi. Bu yerda 1806 yil 21 noyabrda 

Napoleon kontinental (kitaviy) qamal to’g`risidagi dekretni imzoladi. Bu dekret Yevropa 

davlatlarining iqtisodiyotiga, shu jumladan Fransiya iqtisodiyotiga xam, og`ir zarba 

berdi.Dekretga muvofiq butun Fransiya imperiyasida va qaram mamlakatlarda Buyuk Britaniya 

bilan savdo qilish taqiqlandi.Lekin, uzining asosiy maqsadi —  Angliyani iqtisodiy mag`lub 

qilishga  Napoleon erisha olmadi. Angliyaning iqtisodiyoti og`ir axvolda edi, lekin vaziyat 

falokatli emasdi.Angliyani mag`lub etish va Fransiya ustivorligini o’rnatish vazifasini Napoleon 

Rossiya bilan murosaga kelish yo’li bilan erishmokchi edi. Tilzit shartnomasiga (7 iyul 1807 y.) 

ko’ra Rossiya Yevropada Napoleon tomonidan amalga oshirilgan o’zgarishlarni tan oldi va 

qitaviy qamalga qo’shildi. O’z navbatida Rossiya Turkiya va Shvetsiyaga qarshi xarakatlar 

erkinligini qo’lga kiritdi.Shu yerning o’zida fransuz —prus tinchlik shartnomasi imzolandi. 

Prussiya davlati qisqartirilgan shaklda  saqlanib qolindi. Bundan tashqari, Prussiya qitaviy 

kamalga qo’shildi. Yevropada kuchlarning yangi nisbatishakllandi. Tilzit shartnomasi Yevropada 

ikki yirikdavlatning  ustivorligini nazarda tutgan edi. LekinFransiyaning mavqei ancha 


 

17 


kuchliroq edi. 1808 yilda boshlangan Ispaniyaning okkupatsiyasi natijasida 1809 yili Fransiyaga 

qarshi beshinchi koalitsiya tuzildi. Bu koalitsiya tarkibiga deyarli faqat Angliya va Avstriya 

kirdi.1809 yilning iyulida Bagram yonidagi jangda fransuz armiyasi avstriyaliklarni yana tor —

mor etdi. 1809 yil oktabrida Shyonbrug tinchlik shartnomasi imzolandi. Avstriya xududlari juda 

qisqartirildi. Bundan tashqari, Avstriya o’z armiyasini qisqartirishga, katta  kontributsiya 

to’lashga va qitaviy qamalga qo’shilishga majbur bo’ldi.1809 yilgi Fransiya —Avstriya urushi 

Tilzitda 1807 yilda tuzilgan xalqaro munosabatlar tizimiga jiddiy zarba berdi.1812 yil boshlariga 

kelib Rossiya  Fransiya ziddiyatlari shunday keskinlashdiki, urush muqarrarligi ayon bo’lib 

qoldi.Napoleonning Rossiyaga bosqini 24 iyun 1812 yilda boshlandi. Bu agressiya Rossiya 

axolisining qatgiq qarshiligiga uchradi.7 sentabr (26 avgust) 1812 yilda, Moskva yaqinida, 

Mojaysk yonida Borodino jangi bo’ldi. Bu jangda fransuz armiyasi 60 ming kishini, rus armiyasi 

40 mingdan ortiq kishini yo’qotdi. Rus armiyasi chekingan bo’lsa xam, lekin tor-mor etilmadi va 

o’zining jangovorligini saqlab qoldi.1812 yil 14 oktabrda fransuz armiyasi Moskvaga kirdi. 

Ammo, fransuzlar Moskvada xuddi qamalga tushgan axvolda edi —atrofda xalq urushi alangasi 

yonardi. Rus xukumati Napoleonning tinchlik muzokaralarini boshlash to’g`risidagi bir necha 

takliflarini rad etdi.18 oktabrda fransuz armiyasi falokatli bo’lgan Moskvadan chekinishni 

boshlashga majbur bo’ldi. Tez orada Napoleon o’z armiyasini tashlab, Parijga jo’nab ketdi. 

Rossiyadagi mag`lubiyat butun Napoleon imperiyasining qulashini boshlab berdi.1813 yilning 

baxorida yangi —oltinchi koalitsiya tuzildi., Koalitsiyaga Angliya, Rossiya, Shvetsiya, Prussiya, 

Ispaniya, Portugaliya va Avstriya (1813 yilning avgustida) kirdi.Napoleon armiyasi va 

ittifoqchilar armiyasi o’rtasidagi xal qiluvchi jang 16—19 oktabr 1813 yil Leypsig yonida bo’lib 

o’tdi. «Xalqlar jangida» Napoleon tor —  mor etildi va Reyn ortiga chekindi.Bundan so’ng, 

Fransiyani inqilobdan oldingi chegaralarga qaytarish sharti asosida tinchlik tuzish to’g`risidagi 

koalitsiyaning takliflarini Napoleon rad etdi. 1814 yil martida Angliya, Rossiya, Prussiya va 

Avstriya Napoleonni to’la tor —mor etguncha urush olib borish bo’yicha  shartnoma tuzdilar.  31 

mart 1814 yil ittifoqchilar Parijga kirdilar. Napoleon o’g`li foydasiga taxtdan voz kechdi. Ammo, 

Senat, Yevropa davlatlari ta’siri ostida, Burbonlar sulolasini taxtga qaytarishni qaror 

qildi.Napoleon Elba oroliga surgun qilindi. 1814 yil 30 may kuni Parijda tinchlik shartnomasi 

imzolandi. Fransiya 1792 yil chegaralariga qaytarildi. Masalalarni batamom xal qilish uchun 

Venada kongress o’tkazilishi nazarda tutildi.Burbonlarning o’n oylik xukmronligi mamlakatda 

Napoleon tarafdorlik kayfiyatlarning jonlanishiga olib keldi. Bunday vaziyatda Napoleon bir 

ming gvardiyachilar bilan Fransiyaning janubiga kelib tushdi va 20 martda Parijga qaytdi. 

Qaytish yo’lida xarbiy qismlar uning tomoniga o’tdi. Imperiya tiklandi.Napoleonga qarshi oxirgi 

—  yettinchi koalitsiya tashkil etildi. 1815 yil 18 iyunda Vaterloo (Bryussel yonida) jangida — 

itgifoqchilar Napoleonni batamom tor —mor etishdi. Napoleon Bonapart Muqaddas Yelena 


 

18 


oroliga surgun qilindi va bu yerda 1821 yilda vafot etdi.1805 yil avgustida Napoleon 

imperiyasiga qarshi Angliya, Rossiya, Avstriya va Ikki Sisiliya qirolliklridan iborat 3-koalisiya 

tuzildi. Ittifoqchilaming maqsadi Germaniya,  Ilaliya, Shvesariya va Gollandiya hududidan 

fransuz qo'shinlarini haydab chiqarish va bu mamlakatlarda eskl tartiblarni tiklashdan iborat edi. 

Dengizda frantsuz va ispan floti 1805 yil oktyabridanoq admiral Nelson qo'mondonligidagi 

ingliz floti tomonidan Trafalgar burni yaqinida tor-mor etildi. Napoleonning Angliyaga desant 

tushirish rejasi barbod bo'ldi. Bulondagi frantsuz harbiy lageri Reyn ortiga yo'nallirildi. Noyabr 

oyida frantsyz qo'shini Venani egalladi. 1805 yil 2 dekabrda Avstriya va rus qo'shlari birgalikda 

Austerlisda frantsuz qo'shini bilan jangga kirdi va ittifoqchilar tor-mor etildi. Austerlis 

mag'lubiyatidan , so'ng Avstriya urushdan chiqib, Fransiya bilan sulh shartnomasini imzolashga 

majbur bo'ldi. Unga ko'ra Fransiya Germaniya va Italiyada erkin haiakat qilishni qo'lga kiritdi. 

Benetsiya, Istriya va Dalmatsiya Ilaliya qirolligiga qo'shib olindi. 1806 yil Napoleon janubiy 

german davlatlaridan o'zining protektoratligi ostidagi Reyn ittifoqini tuzdi. Italiyadagi frantsuz 

qo'shinlari Neapolni egalladilar va Napoleonning akasi Jozef Bonapart Neapolitaniya taxliga 

o'tirdi. Batova respublikasini Napoleon Gollandiya qirolligiga aylantirib, uning taxtiga ukasi 

Lyudovikni o'tqazdi.Avstriyani tor-mor etgan Fransiya Pmssiya bilan hisoblashmay qo'ydi. 

Gannovcrni Prussiyaga berib, keyinroq uni tortib olishga qaror qildi va o'z qo'shinlarini Prussiya 

hududiga kiritdi. Yaqinlashayotgan xavfni sezgan Prussiya hukumati Rossiya va Angliya bilan 

ittifoq tuzdi. 1806 yil sentyabrida mazkur davlatlar va Shvesiya 4-koalisiyani tashkil 

qildilar.Raqib kuchlarni birlashtirrnasdan tor-mor etish qoidasiga amal qilgan Napoleon 

osongina Prussiya qo'shinlarini tor-mor etib, Berlinni egalladi. 1806 yil 21 noyabrda Napoleon 

"Kontinental blokada" haqida Berlin dekretini imzoladi. Bu dekret Fransiyaga bo'ysundirilgan 

davlatlarning Angliya bilan savdo qilishini ta'qiqladi. Angliyani qo'shin bilan olish umidi puchga 

chiqqan Napoleon uni iqtisodiy jihatdan bo'g'ib qo'yishga qaror qildi. 1807 yilda Napoleon 

Angliya portlariga va mustamlakalariga kirgan betaraf mamlakalarning kemalarini tutib ola 

boshladi.

1

 

Berlinda kontinental blokada e'lon qilgan Napoleon, endi qo'shinlarini Sharqiy 



Prussiyadagi  rus qo'shinlari ustiga yo'naltirdi. 1807 yilning 14 iyunida Fridlandda rus qo'shini 

tor-mor etildi. Rossiya 1804 yildan buyon Eron bilan, 1806 yildan esa Turkiya bilan urush olib 

borayotgan bo'lib, qiyin ahvolga tushib qoldi va Napoleon balan bitim tuzishga kirishdi. 1807 

yil 7 iyulda Tilzitda Aleksandr 1 va Napoleon sulh, ittifoqchilik to'g'risida shartnoma 

im/oladilar. Unga ko'ra Fransiya G'arbiy Hvropada erkin harakat qilish huquqini qo'lga kiritdi. 

Polsha yerlari (Sileziyadan tashqari) Prussiyadan tortib olinib. Fransiyaga tobe bo'lgan 

                                                           

1

 Yangi tarix. I – tom. T.O’qituvchi 1967. 86 bet.  



 

 

19 


Varshava gersogligi tuzildi. Rossiya kontinental blokadaga qo'shilish majburiyatini oldi. 

Napoleon Turkiyaning Evropadagi provinsiyalarini va Shvelsiyani egallashida Aleksandr I ga 

qarshi emasligini ma'lum qildi.yil Napoleon Portugaliyani kontinental blokadaga qo'shilishini 

so'radi,biroq,bunga rad javobini oldi. Shunda u Ispaniya orqali frantsuz qo'shinlarini 

Portugaliyaga kiritdi. Angliyaning yordami bilan portugallar frantsuz qo'shinini tor-mor etdilar. 

Shundanso'ng katta  miqdordagi fransuz qo'shinlari Ispaniyaga kiritildi va Jezef Bonapart 

Ispaniyataxtiga o'tirdi.  Ispaniyada fransyzlarga qarshi  milliy ozodlik urushi boshlanib ketdi. 

Fransiya hududidan Ispaniyaga yangidan harbiy kuchlar keltirildi. 

1807  yil oktyabrida llrfurtdagi muzokalardan so'ng Aleksandr 1 Napoleonga uning 

Avstriyaga qarshi urushida iltifoqchisi bo'lishga rozi bo'ldi. Biroq, amalda    jiddiy harbiy 

harakatlarni olib bormadi.1810 yildan boshlab Rossiya --  Fransiya munosabattari tez 

yomonlasha boshladi. Napoleon Turkiya va Eronni Rossiyaga qarshi urushni davom ettirishga 

da'vat etdi. Kontinental blokada rus pomeshchiklari va savdogarlarini xonavayron qildi. 

Napoleon 1810 yil Franlsiyaning Rossiyaga kiritilayotgan zebi-ziynat byumlariga bojxona 

lo'lovlarini oshirilganidan va Rossiyaga ingliz mahsulotlarini erkin kiritalayotganidan norozi edi. 

Rossiya-Frantsuya munosabatlariga Napoleonning Varshava gersogligidagi Rossiyaga qarshi 

platsdarm va Fransiyaning ittifoqchisi sifatida foydalanayotganligi ham sabab bo'Idi. 

1812  yilda Rossiya-Turkiya bilan Buxarestda sulh shartnomasini imzoladi. Buxarest sulhi 

Rossiya diplomatiyasining katta yutug'i edi. Unga ko'ra Bessarabiya Rossiyaga berildi. Turkiya 

va Rossiya Fransiyaga qarshi birgalikda'harakat qilishga kelishib oldi. Shunday qilib Rossiya va 

Fransiya o'rtasida urush yetildi.Napoleon Rossiyaga hujum qilish uchun 640 ming kishiiik 

qoshin tayyorladi. Rossiya armiyasi unga qarsgi 230 ming kishilik konlingentini qo'ydi.24 iyun 

1812 yilda Napoleon Neman daryosi orqali Rossiyaga hujum qildi. Dastlabki yirik jang 

Smoienskda, 7 sentyabrda esa Moskva yaqinidagi Borodino qishlogida bo'lib o'tdi. Borodino 

jangi har ikkala tomon uchun ham katta yo'qotishlar bilan tugadi. Frantsuzlar 135 ming kishilik 

qo'shindan 60 ming, ruslar 320  mingdan 40 minggan ko'proq qurbon berdilar. Kutuzov 

qo'mondonligidagi rus armiyasining slrategiya va taktikasi, partizanlik urushi, qahraton qishning 

boshlanishi, Rossiya hududmlng kengligi va Fransiyadan uzoqlab ketgan ko'p sonli frantsuz 

qo'shinlarini qurol-yarog", o'q-dori, oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlashdagi uzilishlar va 

qiyinchiliklar Rossiyani mag'Iubiyatdan saqlab qoldi. Frantsuz armiyasi tor-mor etildi. Napoleon 

bir qism armiyasi bilan Fransiyaga chekindi. 

1813  yil bahorida Fransiyaga qarshi Rossiya, Angliya, Shvetsiya, Prussiya, Ispaniya va 

Portugaliyadan iborat 6-koalitsiya tashkil qilindi. Koalitsiuaning 300 ming qo'shinlari bilan   

frantsuzlarning 190 ming kishilik qo'shini o'rtasida hal qiluvchi jang 1813 yilning 16-19 oktyabr 

kunlari  Leyptsigda yuz berdi. Unda har 2 tomondan 140 ming kishi qurbon berilgan. Frantsuz 


 

20 


qo'shinlari mag'iubiyatga uchradi. 1814 yil harbiy harakatlar Fransiya territoriyasiga ko'chdi. 

1814 yil martida   Shomon shahrida Rossiya, Angliya, Avslriya va Prussiya urushni oxirigaeha 

ya'ni to'la g'alaba qilguneha davom ettirish haqida shartnoma imzoladilar. 31 mart kuni 

ittifoqchilar qo'shini Parijni egalladi. Senat Burbonlar sulolasini hokimiyatga tikladi. Lyudovik 

XVI ning ukasi graf Provanskiy Lyudovik XVIII nomi bilan Fransiya taxtiga o'tirdi. 1814 yilda 

Parij tinchlik shartnomasiga ko'ra Fransiya 1792 yilgi chegaralariga qaytarildi. Napoleon Elba 

oroliga surgun qilindi.Napoleon ustidan g'alaba qilgan 4 asosiy davlat: Rossiya, Angliya, 

Prussiya, Avstriya vakillari 1814 yil 1 sentyabrdan 1815 yil 9 iyunigacha bo'lgan vaqt davomida 

Evropadagi siyosiy holatni tartibga solish uchun Venada kongress chaqirdilar. Ular "legitimizm" 

prinsipini ya'ni, hokimiyatning yo'qotgan monarxlarni hokimiyatga tiklash uchun harakat 

qilayotgan bir vaqtda, 1815 yil 1-martda Napoleon Bonapart 1000 kishilik qo'shin bilan Parijga 

keiayotganligi haqida xabar tarqaladi. 20 martda Napoleon Fransiya taxtini egalladi. Napoleonga 

qarshi tezda 7-koalitsiya tuzildi. Unga Rossiya, Angliya, Shvetsiya, Prussiya, Ispaniya va boshqa 

davlatlar kiradi. Juda katta harbiy ustunlikka ega bo'lgan koalitsiya qo'shinlari 18 iyun kuni 

Bryussel yaqinidagi Veterloo qishlog'ida Napoleon qo'shinini tor-mor etadi. 22 iyunda o'zining 

yangi 100 kunlik boshqaruvidan so'ng Napoleon taxtdan voz kechishga majbur bo'Idi va 

Muqaddas Elena oroliga surgun qilindi. Fransiyaga yangidan kontributsiya solindi.Bcna 

kongressi qarorlari Evropada dvoryan-monarxik reaksiyaning kuchayishiga sabab bo'Idi. 

Tnqilobiy va milliy-ozodlik harakatlariga qarshi kurashni kuchaytirish maqsadida Evropa 

davlatlarining reaksion hukumatlari o'zaro "Muqaddas ittifoq" deb atalgan ittifoq luzdilar. 1815 

yil 26 senlyabrda Aleksandr 1 tomonidan tayyorlangan bu hujjat Angliya va Turkiyadan tashqari 

barcha monarxik  davlatlar tomonidan imzolandi.  Unung a'zolari sof birodariik va xristian dini 

prinsiplaridan kelib chiqqan holda bir-birini qo'llab-quvvatlash majburiyatini oldilar. 

Xulosa  

Ishni tayyorlash davomida adabiyotlarni chuqur o`rganish  jarayonida shu narsaga amin 

bo`ldikki Fransiyada bu davrda siyosiy jarayonlarga aholining aralashuvi, siyisiy ongning 

nihoyatda o`sganligini ko`rishimiz mumkin. 1643 yili besh yoshlik Lyudovik XIV Fransiya qiroli 

bo’ldi. Lekin faktik jixatdan mamlakatni kardinal Mazarini idora qilardi. Mazarini Rishelening 

absolyutizmni mustaxkamlash siyosatini davom ettirdi. Xokimiyat almashuvi Rishele davridan 

to’planib kelayotgan jamoat noroziligining portlashiga olib keldi   Konsullik va imperiya davrida 

marka zlashgan byurokratii davlat apparati shakllandi. Ma’muriy boshqaruvda prefektura tizimi 

kiritildi. Xukumat tomonidan tayinlanadigan departament boshlig`i —  prefekt o’z qo’lida to’la 

ma’muriy xokimiyatni mujassam etdi. Xulosa qilib aytadigan bo`lsak konsullik va imperiya 

davrida Fransiya Yevropaning eng kuchli davlatlaridan biriga aylandi. Bunday qudrat Fransiya 


 

21 


tarixida xech qachon takrorlanmadi. Fransiya birinchi imperiya davri (1804-1814) yillarda o`z 

taraqqiyotining ko`liminatsion nuqtasiga yetdi. Bu davrda Fransiya butun G`arbiy Yevropada 

birrinchi raqamli kapotalistik davlatga aylanish uchun bor imkoniyatlarini ishga soldi. G`arbiy 

Yevropaning eng yirik davlatlari bilan bir necha marotaba harbiy sohasa to`qnashdi. Prussiya 

sbosib olindi Avstriya qarshiligi sindirildi va Angliya ustidan  dengiz qamali amalga oshirildi. 

Lekin, Agliyaning harbiy qudratini sindira olmadi. Natijada Fransiya boshliq Napalionga bitta 

porloq g`alaba kerak edi. Napalion bu g`alabani Rossiyani yengish orqali amalga oshirmoqchi 

edi. 1812 yil avgustda 600 ming qo`shin bilan Rossiya chegaralarini buzib kirdi. 1812 yil 

sentyabr oyida Baradeno maydonida Napalion qo`shinlarini ilk bora mag`lubiyatga uchradi. 

Rossiyaga qilingan intervensiya G`alabasiz tugadi. Bu esa Yevropada napolionga qarshi ittifoq 

tuzilishiga sabab bo`ldi. Ittifoqchilar 1813 yil Napaleon qo`shinlarini to`liq tor-mor etadi. 

Napalionni Elba orollariga surgun qiladi.   1814 yil Napolion qo`shinlari va ittifoqchi qo`shinlar 

o`rtasida hal qiluvchi jang bo`ladi bunda ham ittifoqchilar g`alaba qozonadi. Fransiyaning bu 

mag`lubiyati amalda Fransiyada birinchi imperiya hayotini payoniga yetkazdi.  

Shunday qilib Fransiya konsullik va imperiya davrida Yewvropaning birinchi raqamli 

davlatiga aylanishga harakat qildi. Bu yo`lda hatto mofaqiyatlarga ham erishdi. Bu darda 

Fransiyada iqtisod, siyosat, madaniyat, ijtimoiy hayotda anchagina rivojlandi. Lekin, Fransiya 

1814 yilda mag`lubiyatga uchrashu bu muofaqiyatlarni yo`qqa chiqardi.   



 

 

Adabiyotlar:[ 

1. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak  yo’q. T. Sharq. 1998. 

2.Bapxovtinov N.N. Doktorina Monro. M. 1959. 

3.Yangi tarix. I – tom. T.O’qituvchi 1967. 

4.Zaxarova M.N. Narodnoye dvijeniye v SShA protiv rabstva. M. 1965. 

5.Potemkina A.I. Revolyutsiya 1848-1849gg. M. 1952. 

6.

Osvoditelnыe dvijeniya narodov Avstriyskoy imperii. Vozniknoveni  i razvite. Konets XVIII 



veka  . M. 1989  

7.Yurovoskoy Ye.Ye. Krivoguza  I M.Novaya istoriya stran Yevrop

ы  i Ameriki. M: Vыsshaya 

shkola. 1998. 



8.Istoriya diplomatii. T-1. M. 1959. 

Download 217,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish