Jahon tarixi


partiyasi g‘alaba qozondi (385 o‘rin). Bu partiya rahbari S. Bolduin ikkinchi



Download 6,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/47
Sana11.08.2021
Hajmi6,91 Mb.
#145405
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   47
Bog'liq
M.Lafasov. Jahon tarixi 1918-2008


partiyasi g‘alaba qozondi (385 o‘rin). Bu partiya rahbari S. Bolduin ikkinchi


62
milliy hukumatni tuzdi. Hukumat iqtisodiyotni to‘la sog‘lomlashtirish
siyosatini davom ettirdi. Chunonchi, proteksionizm davom ettirildi. Bu siyosat
avtomobil, aviatsiya, elektrotexnika va kimyo sanoatiga katta ijobiy ta’sir
ko‘rsatdi.
Funt sterlingni oltinga almashtirish bekor qilinishining davom ettirilishi
ham ijobiy samara bermay qolmadi. Bu yo‘l ingliz sarmoyasini chetga
chiqarishning oldini oldi. Chunki funt sterlingning oltinga almashtirilmas-
ligi sarmoyani chetga chiqarishni foydasiz yoki samarasiz qilib qo‘ydi. Endi
sarmoyadorlar o‘z sarmoyalarini asosan mamlakat ichida joylashtira boshladi.
Masalan, 1936-yilda Buyuk Britaniya chetga 61 mln funt sterling sarmoya
chiqargan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich mamlakat ichkarisida 217 mln funt ster-
lingni tashkil etdi. Bu esa sanoatning yanada taraqqiy etishiga olib keldi.
Xususiy sarmoyalarning ichki bozorga joylashtirilishiga hukumat olib borgan
moliyaviy siyosat ham katta yordam berdi. Xususan, hukumat banklarning
tadbirkorlarga eng arzon — 2 foiz miqdorida kredit berishi tartibini joriy
etdi. (Avval 10—12 foiz edi.)
Biroq Buyuk Britaniya iqtisodiy inqiroz iskanjasidan to‘la qutula olmadi.
1937-yilning kuzidan boshlab ishlab chiqarish yana pasaya boshladi.
Chunonchi, 1938-yilda sanoat ishlab chiqarishi 1937-yilga nisbatan 12 foizga
kamaydi. Ishsizlar soni yuqoriligicha qolaverdi. Shu tariqa 30-yillarning
oxiriga kelib Buyuk Britaniyaning jahondagi iqtisodiy mavqeyi sezilarli
darajada pasaydi. Endilikda nafaqat AQSH, balki Germaniya, Italiya va
Yaponiya uning raqiblariga aylangan edi.
R. Makdonald realist siyosatchi edi. U o‘z siyosiy
faoliyatini Buyuk Britaniya qudratli davlat bo‘lgan
paytdan boshlab, uning bu qudratidan faqat alam-
li xotira qolgan paytda yakunladi. R. Makdonald realist bo‘lganligi uchun
ham Buyuk Britaniyaning sobiq buyukligini, qudratini qayta tiklab bo‘lmas-
ligini yaxshi tushunar edi. Biroq u Buyuk Britaniyani bundan keyin ham
jahon siyosatida o‘z so‘zi bor davlat holatida ko‘rishni xohlar va shunga
astoydil intilar edi. Garchand u sovetlarga qarshi bo‘lsa-da, real voqelikdan
kelib chiqib, 1924-yilda Sovet davlatini tan oldi va u bilan diplomatik aloqa
o‘rnatdi.
Buyuk Britaniya 1925-yilda o‘tkazilgan Lokarno konferensiyasi tashab-
buskorlaridan biri edi. Bu konferensiya Germaniyani G‘arb davlatlari bilan
yarashtirishga xizmat qildi. Ayni paytda G‘arb davlatlari Germaniyaning
Yevropa Sharqidagi erkin harakatiga to‘siq bo‘luvchi kafolatlar tizimini
yaratmadi.
1927-yil 24-martda Buyuk Britaniya Xitoyga qarshi harbiy intervensiya
uyushtirdi. Uning maqsadi Xitoyda Chan Kayshi hokimiyatini to‘la qaror
toptirish edi. 18-aprelda Nankinda Chan Kayshi hukumati qaror topdi.
30-yillarda Buyuk Britaniya tashqi siyosati ikki asosiy muammoga duch
keldi. Bular, bir tomondan, fashistlar Germaniyasining Yevropadagi agressiv
1924—1939-yillarda
tashqi siyosat


63
tashqi siyosati, ikkinchi tomondan esa, imperiya mustamlakalarida kuchay-
gan milliy-ozodlik harakati muammolari edi.
Buyuk Britaniya Fransiyaning Yevropadagi ta’sirini zaiflashtirishda
Germaniyadan foydalanishga intildi. Buning natijasi o‘laroq, 1935-yil 30-
iyunda Buyuk Britaniya — Germaniya dengiz bitimi imzolandi. Bu bitimga
muvofiq Germaniya Buyuk Britaniya harbiy-dengiz flotining uchdan bir
qismiga teng miqdorda dengiz floti tuzish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Bu
Versal shartnomasining ochiqdan-ochiq buzilishi edi.
Fashistlar Germaniyasi Reyn viloyatiga qo‘shin kiritganda ham Buyuk
Britaniya jim kuzatuvchiga aylandi. Bu jim kuzatuvchilik amalda
Germaniyaga kelgusida ham shunday tajovuzlarni davom ettirishga ruxsat
berish bilan barobar edi. 1936-yilda Ispaniyada Franko fashistik diktaturasi
o‘rnatilishiga Germaniya yordam qo‘lini cho‘zgan paytda Buyuk Britaniya
Ispaniya ishlariga aralashmaslik siyosatini yuritdi. Bu siyosat Ispaniyaning
qonuniy hukumatiga qurol-yarog‘ eksport qilishni amalda to‘xtatib qo‘ydi
va bu bilan Buyuk Britaniya Ispaniyada fashizmning hokimiyat tepasiga
kelishiga ko‘maklashdi.
1937-yilda hokimiyat tepasiga kelgan Konservatorlar partiyasi rahbari
N. Chemberlen (1869—1940) o‘zining 3 yillik bosh vazirlik faoliyati
davomida Gitlerni «tinchlantirish» siyosatining tashabbuskori bo‘lib may-
donga chiqdi.
Shuning uchun ham Buyuk Britaniya Germaniyaning Avstriya, Chexos-
lovakiyani bosib olishiga amalda yordamlashdi. U bunday «kichik» yon
berishlar bilan butun bir avlod uchun tinchlikni saqlab qolmoqdaman, deb
qayta-qayta uqtirardi.
Biroq Germaniya birinchi navbatda Sovet davlatiga emas, G‘arb
davlatlariga qarshi urush boshlashi to‘g‘risidagi rejasi haqidagi ma’lumotlar
tez orada Buyuk Britaniyaga ma’lum bo‘lib qoldi. Endi Buyuk Britaniya
zo‘r berib urushga tayyorlana boshladi. Harbiy xarajatlar ikki baravar oshi-
rildi.
Bundan tashqari, Buyuk Britaniya harbiy doktrinani faqat o‘zini emas,
balki Fransiyani ham himoya qilishga mo‘ljallab qayta tuzdi. 1939-yil 15-
aprelda Buyuk Britaniya tarixida birinchi marta tinch davrda umumiy harbiy
majburiyat joriy etildi. Agar Germaniya Polshaga hujum qilsa, Buyuk
Britaniya unga harbiy kuch bilan ham yordam beradigan bo‘ldi. Bunday
kafolatlar Gretsiya, Ruminiyaga ham berildi.
Biroq N. Chemberlen hanuz Germaniya bilan til topishish umididan
voz kechmagan edi. Uning maqsadi Germaniya agressiyasi tig‘ini Sovet
davlatiga burib yuborish edi. Germaniya armiyasi Pragani egallagach,
N. Chemberlen umidlari puchga chiqdi. Endi urush bo‘lishi muqarrar edi.
Bu hol Buyuk Britaniyani Moskva bilan muzokaralar boshlashga majbur
etdi. Biroq har ikki tomonning aybi bilan bu muzokaralar natijasiz tugadi.
Xususan, Buyuk Britaniya va Fransiyaning maqsadi Sovet davlatiga bir tomon-


64
lama majburiyat yuklash, uni Germaniyaga qarshi urushga tortish, o‘zlari
esa chetda qolish edi.
Moskva esa bu orada Buyuk Britaniyaning Germaniya bilan dunyoni
o‘z ta’sir doiralariga bo‘lib olish to‘g‘risida yashirin muzokaralar olib
borayotganligi haqidagi ma’lumotlarni qo‘lga kiritdi. Natijada Sovet hukumati
bunga javoban Germaniya bilan yaqinlashish yo‘lini tutdi. Va 1939-yil 23-
avgustda Germaniya bilan Sovet davlati o‘rtasida o‘zaro hujum qilmaslik
to‘g‘risida shartnoma tuzildi. Sharqda o‘z mavqeyini mustahkamlab olgan
Germaniya 1939-yil sentabrda Polshaga hujum qildi. 2—3-sentabr kunlari
esa Buyuk Britaniya va Fransiya Germaniyaga qarshi urush e’lon qildilar.
Shu tariqa Ikkinchi jahon urushi boshlanib ketdi. Endi Buyuk Britaniya
doiralari N. Chemberlenning «tinchlantirish» siyosatining mevasini tatib
ko‘rishga majbur bo‘ldilar.
Buyuk Britaniyaning mustamlakalarida milliy-
ozodlik kurashi hech vaqt to‘xtagan emas.
Dominionlar esa o‘z huquqlarining yanada ken-
gaytirilishi uchun kurashganlar. Shuning uchun
ham Buyuk Britaniya mustamlaka va dominionlarda juda katta qo‘shin
saqlashga majbur bo‘ldi. 1930-yil aprel oyida Hindiston Milliy Kongressi
hind xalqini yana fuqaroviy bo‘ysunmaslikka chaqirdi. (Birinchi bosqich
1919—1922-yillar.) Bu narsa kuchli ommaviy namoyishni keltirib chi-
qardi. Ingliz ma’murlari bu namoyish rahbarlarini juda og‘ir jazolarga
mubtalo etdi.
1931-yilda Buyuk Britaniya o‘z dominionlarining huquqlaridagi
cheklashlarni bekor qilish haqidagi hujjatni joriy etishga majbur bo‘ldi. Bu
hujjat Buyuk Britaniya tarixiga «Vestminster nizomi» nomi bilan kirgan.
Hujjat dominionlarining ichki va tashqi siyosatda to‘la mustaqilligini e’lon
qildi.
Endi dominionlar (Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya) qabul qilgan
qarorlar Buyuk Britaniya parlamenti tomonidan tasdiqlanmaydigan bo‘ldi.
Shu tariqa shu vaqtgacha davom etgan qoida, ya’ni Buyuk Britaniya
parlamentining dominionlarda qabul qilingan istalgan qonunni bekor qilish
huquqi barham topdi. Biroq Buyuk Britaniya hukmron doiralari Hindistonga
dominion huquqi berishga shoshilmadi. Ayni paytda hukumat dominionlarni
mumkin qadar o‘z ta’sir doirasida saqlashga harakat qildi.
«Vestminster nizomi»ga ko‘ra, dominionlar Buyuk Britaniya bilan
birgalikda «Britaniya Millatlar Hamdo‘stligi»ga birlashdilar. (Bu hamdo‘stlik
hozirgi kunda ham mavjud. Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiya kabi
sobiq dominionlarda hamon davlat boshlig‘i Buyuk Britaniya qirolichasi
tomonidan tayinlanadi.) 30-yillarda Irlandiya masalasi yana keskinlashdi.
1937-yilda Janubiy Irlandiya Mustaqil davlat deb e’lon qilindi. Shimoliy
Irlandiya esa imperiya tarkibida qolaverdi.
Mustamlaka
va dominionlardagi
ahvol


65
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Birinchi jahon urushi Buyuk Britaniya uchun qanday oqibatlar keltirdi?
2. 1918—1929-yillardagi Buyuk Britaniya iqtisodiy taraqqiyoti haqida
nimalarni bilib oldingiz?
3. Buyuk Britaniya ichki siyosiy hayoti qay yo‘nalishda davom etdi?
4. 1918—1923-yillardagi Buyuk Britaniya tashqi siyosati asosiy yo‘na-
lishlari haqida so‘zlab bering.
5. Jahon iqtisodiy inqirozining Buyuk Britaniya uchun oqibatlari nimalardan
iborat bo‘ldi va hukumat inqirozdan chiqish uchun qanday favqulodda
choralarni ko‘rdi?
6. 1924—1939-yillarda Buyuk Britaniya tashqi siyosatida ro‘y bergan
asosiy voqealar haqida nimalarni bilib oldingiz?
7. N. Chemberlenning Germaniyani tinchlantirish siyosati qanday
oqibatlarga olib kelgan edi?
8. Buyuk Britaniya o‘z mustamlakalari va dominionlariga nisbatan tutgan
siyosatining mohiyatini nima belgilar edi?
DARSLIK MATNI BILAN ISHLASH
Fransiya va Buyuk Britaniyada yuz bergan iqtisodiy inqiroz, uning oqibatlari
va inqirozni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilgan choralarni qiyoslash jadvalini
to‘ldiring
a
d
a
y
i
s
n
a
r
F
a
d
a
y
i
n
a
t
i
r
B
k
u
y
u
B
7-§. Italiya va Ispaniya
Italiya ham urushda g‘olib davlatlardan biri edi.
Biroq bu g‘oliblik unga juda qimmatga tushgan.
Italiya urushda 650 ming fuqarosini yo‘qotdi. 800
mingdan ortiq kishi mayib-majruh bo‘lib qoldi.
Mamlakat harbiy xarajatlari 46 mlrd lirni tashkil etdi. Urush mamlakatni
moliyaviy jihatdan holdan toydirdi.
Ayni paytda Italiya Buyuk Britaniyadan 2,5 mlrd, AQSHdan esa 1,5
mlrd dollar qarz bo‘lib qoldi. Shu tariqa Italiyaning chet el mahsulotlariga,
kreditlarga qaramligi yanada kuchaydi.
Urushgacha ham qishloq xo‘jaligi Italiya iqtisodiyotining nihoyatda qoloq
sohasi edi. Urush esa bu sohani yanada xarob qildi. Yer egaligida o‘rta
asrchilik qoldiqlari hamon davom etardi. Chunonchi, 40 ming yirik yer
egalari 10 mln gektar yerga egalik qilgani holda, 2,5 mln dehqon atigi
6 mln gektar yerga egalik qilardi. Dehqon oilalarining deyarli yarmida hech
qanday yer yo‘q edi. Ular og‘ir shartlar asosida ijaraga yer olib hayot
kechirganlar. Italiyaning janubida (Sitsiliya va Sardiniyada) ahvol undan
ham og‘ir edi.
Birinchi jahon
urushining Italiya
uchun oqibatlari
?
5 — Jahon tarixi


66
Davlat qarzining ko‘pligi soliqlarni keskin oshirishga olib keldi. Pul
qadrsizlandi, natijada narx-navo dahshatli tarzda o‘sib bordi. Mamlakatda
ocharchilik ro‘y berdi. Buning ustiga urush natijalari Italiyani g‘oliblar ichida
mag‘lub davlatga aylantirib qo‘ydi. Ma’lumki, Italiya dastlab «Uchlar
ittifoqi»ning a’zosi bo‘lgan edi. Jahon urushi boshlangach Italiya kutib turish
yo‘lini tutdi. Bundan foydalangan Antanta, katta va’dalar berib, Italiyani o‘z
tomoniga og‘dirishga muvaffaq bo‘lgan edi.
Ammo Parij sulh konferensiyasida Buyuk Britaniya va Fransiya o‘z
va’dalari ustidan chiqmadi. Ya’ni, ular va’da qilingan hududlarni Italiyaga
bermadi. To‘g‘ri, Italiya nasibadan quruq qoldirilmadi. Chunonchi, sobiq
Avstriya — Vengriya imperiyasiga qarashli Janubiy Tirol va Adriatika
sohilidagi Triyest porti, Yugoslaviyaning ba’zi hududlari, shuningdek,
Turkiyaga qarashli Dodekanes oroli Italiyaga berildi. Ayni paytda Italiya
Millatlar Ligasining doimiy a’zosi maqomiga ega bo‘ldi. Shuningdek, unga
Fransiya harbiy-dengiz floti qudratiga teng flotga ega bo‘lish huquqi berildi.
Biroq hukmron doiralar uchun bular oz bo‘lib ko‘rindi. Oz ulush
tekkanidan arazlagan Italiya bosh vaziri Orlando Parij tinchlik konferen-
siyasidan ketib qolgan edi. G‘oliblar ichidagi bunday mag‘lubiyat Italiya
aholisi ruhiyatiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Urushning Italiya uchun
ham iqtisodiy, ham siyosiy jihatdan bunday oqibatlari mamlakatda siyosiy
inqirozni yanada chuqurlashtirib yubordi.
Shunday bir sharoitda Italiyada chuqur islohotlar o‘tkazish yo‘li bilan
jamiyatni iqtisodiy va siyosiy inqirozdan chiqarib keta olishga qodir bo‘lgan
biror-bir yetakchi siyosiy partiya yo‘q edi. Binobarin, Italiyada kuchli
parlamentarizm an’analari bo‘lmagan. Bu omil, o‘z navbatida, Italiyada
fashizmning hokimiyat tepasiga kelishiga yo‘l ochdi.
Italiyaning yirik siyosiy arboblaridan biri Orlando
1917-yilning oktabrida bosh vazir lavozimini egal-
lagan. Orlando hukumati Italiyaning jahon uru-
shida qatnashishini davom ettirdi. Bu hukumat
Antantaning Sovet Rossiyasiga qarshi kurashida Italiya ishtirokining tarafdori
bo‘ldi. Shuning uchun ham 1918-yili o‘z qo‘shinlarini Odessa, Murmansk
va Vladivostokka yubordi.
Antantaning Sovet hukumatini harbiy yo‘l bilan bo‘g‘ib tashlashga urinishi
muvaffaqiyatsizlikka uchraganligi avvalgi mavzulardan ma’lum. Chunonchi,
Italiyaning g‘oliblar ichida mag‘lub bo‘lib qolishi Orlando hukumatining
katta yo‘qotishi edi va uning obro‘sini tushirib yubordi. Chunki Italiya o‘zi
da’vo qilgan Dalmatsiya, Valoniya, Simernadan birortasini ham ololmadi.
Buning ustiga, Turkiyaga qarashli Simernani bosib olish uchun 1919-yilning
may oyida hujum boshladi va mag‘lubiyatga uchradi.
Bundan tashqari, Italiya Albaniyani ham tashlab chiqishga majbur bo‘ldi.
Hukumat tashqi savdo bozorlarining qo‘ldan ketishi hamda tashqi kredit
uzilib qolishining oldini ololmadi. Natijada urushdan biroz keyin mamla-
Orlando hukumatining
ichki va tashqi
siyosati


67
katda iqtisodiy inqiroz boshlandi. Oqibatda ish haqi keskin pasaydi, inflatsiya
kuchaydi. Armiya safidan bo‘shatilgan harbiylar ishsiz qoldilar. Ana shunday
sharoitda (1919-yil iyun oyida) Orlando hukumati iste’fo berishga majbur
bo‘lgan.
1919-yil noyabr oyida bo‘lib o‘tgan parlament saylovida Italiya Sotsialistik
Download 6,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish