Jahon tarixi


partiya tuzishga ruxsat etgan. Shunday qilib, Fransiyada fashizm hoki-



Download 6,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/47
Sana11.08.2021
Hajmi6,91 Mb.
#145405
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   47
Bog'liq
M.Lafasov. Jahon tarixi 1918-2008


partiya tuzishga ruxsat etgan. Shunday qilib, Fransiyada fashizm hoki-
miyatni egallay olmadi. Bunga Fransiyada fashizmning ijtimoiy tayanchi
yo‘qligi hamda so‘l kuchlarning xalq fronti tuzishga erishganligi sabab
bo‘ldi va mamlakatni fashizm diktaturasidan saqlab qolishda Xalq fronti
hal qiluvchi rol o‘ynadi.
Biroq tez orada «Xalq fronti» ichida kelishmovchilik yuzaga keldi. Buning
sababi xalqaro va ichki siyosatda yagona fikrga kela olmaganlikda edi.
1936-yil iyul oyida Ispaniyada boshlangan Franko isyoni Fransiya uchun
fashist davlatlari qurshovida qolish xavfini vujudga keltirdi. Shunday sharoitda
hukumat Buyuk Britaniya qistovi bilan Ispaniya ishlariga «aralashmaslik»
siyosatini yurita boshladi. Kommunistlar bu siyosatga qarshi chiqdilar.
Bundan tashqari, mamlakatda fashistlar partiyasining faoliyati man etilma-
ganligi hukumat bilan so‘l kuchlar o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilikni yanada
kuchaytirdi.
Xalq frontining
tuzilishi


54
Ayni paytda hukumat budjet tanqisligini bartaraf etolmaganligi ham
munosabatlarni yanada sovutdi. Bularning bari 1938-yil aprel oyida L. Blyum
hukumatini iste’fo berishga majbur etdi. Radikallar partiyasi rahbari
Ye. Dalad’e yangi hukumat tuzdi. Uning 30-sentabrda Myunxen shartno-
masini imzolashi Xalq frontida qattiq tanqidga sabab bo‘ldi. Myunxen
shartnomasiga ko‘ra, Chexoslovakiyaning Sudet viloyati Germaniyaga olib
berilgan edi. Bu shartnoma tez orada Gitlerga Chexoslovakiyani to‘la bosib
olish uchun  yo‘l ochgandi. Natijada Radikallar partiyasi noyabr oyida «Xalq
fronti» tarkibidan chiqdi. Shu tariqa Xalq fronti tarqab ketdi.
Ye. Dalad’e o‘ng partiyalarga tayanib faoliyat yurita boshladi. 1938-yil 6-
dekabrda Fransiya Germaniya bilan o‘zaro hujum qilmaslik to‘g‘risidagi
bitimdan hech farq qilmaydigan qo‘shma deklaratsiyani imzoladi va shu
oyda Italiyaning Efiopiyani bosib olganligini ham tan oldi.
1939-yil mart oyida Germaniyaning Chexoslovakiyani bosib olishiga
hech qanday to‘sqinlik qilmadi. Uning niyati Germaniya agressiyasi tig‘ini
Sharqqa — Rossiyaga burib yuborish edi. Ayni paytda 1939-yilning mart
oyida Fransiya hukumati har ehtimolga qarshi Buyuk Britaniya bilan harbiy
ittifoq tuzdi. Biroq tashqi siyosatdagi bu nayranglar Fransiyani saqlab qola
olmadi va u 1940-yilda Germaniya hujumi natijasida tiz cho‘kishga majbur
bo‘ldi.
Shunday qilib, Fransiya Birinchi jahon urushida g‘olib bo‘lsa-da, iqtisodiy
taraqqiyoti tezlashmadi. Buyuk davlatlar ta’siridan chiqolmadi. Ikki
yuzlamachi siyosat yuritdi. Fashizm qurboni bo‘ldi.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Birinchi jahon urushining Fransiya uchun oqibatlari jadvalini tuzing.
«Milliy blok» hukumatining ichki va tashqi siyosati haqida nimalarni bilib
oldingiz?
2. AQSH va Buyuk Britaniyaning Fransiyaga nisbatan tutgan siyosatidan qanday
xulosa chiqargan bo‘lardingiz?
3. «So‘l blok» qay tariqa yuzaga keldi? Bu ittifoq ichki va tashqi siyosatining
mazmunini tahlil eting va uni «Milliy blok» ichki va tashqi siyosati bilan
taqqoslang.
4. «So‘l blok»ning barham topishi sabablarini qayd eting.
5. «Milliy birlik» hukumati qay tariqa tuzildi?
6. Jahon iqtisodiy inqirozining Fransiya uchun oqibatlari haqida nimalarni bilib
oldingiz?
7. Fransiyada fashizm hokimiyat tepasiga kela olmaganligini izohlab bering.
8. Xalq fronti qay tariqa vujudga kelgan edi? Uning Fransiya tarixida tutgan
o‘rniga baho bering.
9. Germaniya agressiyasining oldi olinmaganligida Fransiya ham aybdor
ekanligini faktlar asosida izohlab bering.
?


55
JADVALNI TO‘LDIRING. 1918—1939-YILLARDA FRANSIYA SIYOSATI
.
r
.
T
i
t
a
m
u
k
u
h
t
a
k
a
l
m
a
M
i
r
a
b
h
a
r
k
i
l
n
o
r
m
k
u
H
i
r
a
l
l
i
y
i
t
a
s
o
y
i
s
i
k
h
c
I
i
q
h
s
a
T
i
t
a
s
o
y
i
s
6-§. Buyuk Britaniya
Birinchi jahon urushining Buyuk Britaniya uchun
oqibatlari, avvalo, uning bu urushda g‘olib chiq-
qan davlatlardan biri bo‘lganligi bilan belgilanadi.
G‘alaba tufayli Buyuk Britaniya ko‘p narsalarga
erishdi. Chunonchi, Germaniyaning Buyuk Brita-
niyaga xavfi barham topdi.
Buyuk Britaniyaning harbiy qudrati va xalqaro maydondagi ta’siri yanada
o‘sdi hamda u Millatlar Ligasida hukmron mavqega ega bo‘lgan davlatga
aylandi. Millatlar Ligasi joriy etgan mandat tizimi eng ko‘p darajada Buyuk
Britaniyaga foyda keltirdi. Chunonchi, mag‘lub Germaniya va Turkiya sobiq
mustamlakalarining eng ko‘p qismi Buyuk Britaniyaga tegdi. Masalan, Buyuk
Britaniya Yaqin Sharqda Falastin, Transiordaniya va Iroqni boshqarish
huquqini qo‘lga kiritdi. Afrikada Tanganika, Togo va Kamerunning bir qismida
ham Buyuk Britaniyaning shunday huquqi qaror topdi. Shuningdek, Buyuk
Britaniya dominionlari ham quruq qolmadi. Millatlar Ligasi, xususan, Janubiy
Afrika Ittifoqiga Germaniyaning Janubi-G‘arbiy Afrikasini, Avstraliyaga Yangi
Gvineyadagi Germaniya mustamlakalarini, Yangi Zelandiyaga esa G‘arbiy
Samoa orollarini boshqarish huquqini berdi.
Biroq shuni ham alohida ta’kidlash zarurki, urush Buyuk Britaniyaga
faqat muvaffaqiyat keltiribgina qolmadi. Urush uning dunyodagi mavqeyiga
katta putur yetkazib, jahon bozorida hukmronlik mavqeyini pasaytirdi.
Moliyaviy yetakchiligi ham barham topdi. Natijada u qarz beruvchi davlatdan
qarz oluvchi davlatga aylanib qoldi. Chunonchi, Buyuk Britaniyaning ichki
davlat qarzi 1914-yildagi 650 mln funt sterlingdan 8 mlrd funt sterlingga
yetgan. AQSHdan esa 5 mlrd dollardan ortiq miqdorda qarz bo‘lib qoldi.
Sanoat ishlab chiqarishi keskin darajada pasaydi. Ishlab chiqarilgan
tovarlarning raqobatbardoshligi pasayishi oqibatida mamlakat tashqi savdosi
hajmi 2 baravardan ortiq kamaydi.
Buyuk Britaniya shundan so‘ng o‘zining «dengiz malikasi» maqomini
tiklay olmadi. Germaniya harbiy-dengiz floti qudrati sindirilgan bo‘lsa-da,
endilikda AQSH harbiy-dengiz flotining qudrati shitob bilan o‘sib bordi.
Natijada 1920-yilga kelib Buyuk Britaniya hukumati ikki davlat harbiy-
dengiz flotiga teng keladigan flot saqlash an’anasidan voz kechishga majbur
Birinchi jahon
urushining Buyuk
Britaniya uchun
oqibatlari


56
bo‘ldi. Bu omillar va Buyuk Britaniya mustamlakalaridagi milliy-ozodlik
kurashi oqibatida Britaniya mustamlakachilik tizimining inqirozi boshlandi.
Buyuk Britaniya hukmron doiralari butun choralar
bilan mavjud ahvolni o‘zgartirishga harakat qildi.
1918-yilning oxirida mamlakatda iqtisodiy o‘sish
boshlandi. Bu 1920-yilning o‘rtalarigacha davom
etdi. Bunga keng iste’mol tovarlariga aholi talabining o‘sishi hamda urush
vayronalarini tiklash ehtiyoji hisobiga erishildi.
Bu o‘sish tashqi savdo o‘sishida yaqqol namoyon bo‘ldi. Chunonchi, shu
davr oralig‘ida eksport 38,1 foiz o‘sdi. Biroq bu o‘sish uzoqqa cho‘zilmadi.
1920-yilning kuzidayoq mamlakat iqtisodiyotining barcha tarmoqlarini qamrab
olgan iqtisodiy tanglik boshlandi. 1921-yilda sanoat ishlab chiqarishi uchdan
birga qisqardi va u urushdan oldingi darajaning 68 foizini tashkil etdi. Ko‘mir
qazib chiqarish 30 foiz, tashqi savdo hajmi esa urushdan oldingi darajadan 2
baravarga kamaydi.
Ishlab chiqarishning keskin kamayishi ishsizlar sonining o‘sishiga sabab
bo‘ldi. Masalan, ishsiz sifatida ro‘yxatga olinganlar soni 1920-yilda 375
ming nafarni tashkil etgan bo‘lsa, 1921-yil o‘rtalarida bu ko‘rsatkich 2,2
mln ga yaqin kishini tashkil etdi. 1922—1923-yil mobaynida mamlakat
iqtisodiyotida turg‘unlik saqlanib qoldi.
1924—1929-yillar davlatlar iqtisodiyotida qisman barqarorlashuvning
qaror topishi davri bo‘ldi. Biroq Buyuk Britaniya iqtisodiyoti amalda bir
joyda depsinib turdi. Masalan, 1929-yilda sanoat ishlab chiqarishi hajmi
1913-yil darajasiga arang yetdi. Faqat sanoatning yangi turlari (mashinasozlik,
kimyo, samolyotsozlik va avtomobil) hisobigagina bunga erishildi.
1913-yilda rivojlangan davlatlar orasida Buyuk Britaniyaning sanoat ishlab
chiqarishidagi ulushi 14,8 foizni tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 1926—
1929-yillarda 9,8 foizga tushib qoldi.
Buyuk Britaniyaning iqtisodiy jihatdan tobora orqada qolayotganligi-
ning asosiy sababi kapitalni yangilashga kam mablag‘ sarflanayotgani,
investitsiya ko‘proq «dengiz orti davlatlari»ga qo‘yilayotgani va sanoatda
ishlatilayotgan texnika sifat jihatidan raqobatbardosh emasligi edi. Angliya
hukmron doiralari bu omillar ahamiyatini o‘z vaqtida va to‘g‘ri anglay
olmadilar. Texnika jihatidan qoloqligi tufayli Buyuk Britaniya jahon bozorida
birin-ketin o‘z mavqeyini boy bera boshladi. Eksport tobora qisqara bordi.
Tashqi savdo hajmi urushdan oldingi darajaning 87 foizini tashkil etdi,
xolos. Importning hissasi tobora ortib bordi. Bu holat oddiy xalqning turmush
darajasiga ta’sir etmay qolmadi. Xalq turmush darajasi ancha pasaydi va real
ish haqi kamaydi.
Bu davrda mamlakat hayotini uchta partiya —
Liberallar, Konservativ va Leyboristlar partiyalari
o‘rtasidagi kurash belgilar edi. Birinchi jahon
urushi yillarida hokimiyat tepasida turgan Liberal partiya yuqorida qayd
Mamlakatning
siyosiy hayoti
Mamlakat iqtisodiy
hayotidagi
o‘zgarishlar


57
etilgan omillar ta’siri ostida tobora o‘z mavqeyini yo‘qotib bordi. Liberal
Download 6,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish