Bozor iqtisodiyoti tovar-pul munosabatlari, iqtisodiy faoliyat erkinligiga asoslangan, har bir insonni o’z faoliyati natijasini o’ylab, oqilona хo’jalik yuritishga undovchi dеmokratik iqtisodiyotdir. Bozor iqtisodiyoti ko’p asrlardan buyon mavjud bo’lib, taraqqiyotning hozirgi bosqichidagina umuminsoniy qadriyat darajasiga ko’tarildi.
Bozor iqtisodiyotining ayrim o’ziga хos bеlgilari bor: xususiy mulk bilan bir qatorda boshqa mulk shakllari ham mavjud bo’ladi; ishlab chiqarish bozor talabini hisobga olgan holda olib boriladi. Markеting muhim rol o’ynaydi;
erkin raqobat asosiy o’ringa chiqadi, uning madaniy usullari qo’llaniladi.
.
Bozor deganda kishilar ko’z oldida ko’pchilik yig’ilib savdo-sotiq yuz beradigan joy gavdalanadi, lekin ko’pchilik do’kon, birja yoki auksionni bozor tarzida qabul qilmaydi. Aslida "bozor" tushunchaciga boshqacharoq qarash kerak. Bozor iqtisodiyoti va bozor tushunchalari o’zaro bog’liq bo’lsada, ular aynan bir narsa emas. Agar bozor iqtisodiyoti yaxlit bir organism hisoblansa, bozor uning muhim a‘zosidir. Bozor sotuvchilar bilan xaridorlarning oldi-sotdi qilish orqali yuz beradigan o’zaro manfaatli va hamkorlik aloqalaridir
Infratuzilma lotincha «Infrastructure» so‗zidan olingan bo‗lib, «infra» asos, quyi va «structure» - tuzilish, joylashish kabi ma‘nolarni anglatib, xizmat ko’rsatuvchi sohalar majmuini anglatadi.
Infratuzilma majmuasi
Ishlab chiqarish infratuzilmas
Institutsional infratuzilma
Bozor infratuzilmasi
Ijtimoiymaishiy infratuzilma
Ekologik infratuzilma
Ishlab chiqarish, ijtimoiy va bozor infratuzilma subyektlarining faoliyatini samarali yo’lga qo’yish asosida: iqtisodiyot barcha tarmoqlari o’rtasida o’zaro hamkorlikning mustahkamlanishi; iqtisodiy munosabatlar tizimida sohalar o’rtasida o’zaro manfaatdorlikning ta‘minlanishi; qishloq xo’jaligini va unga turdosh boshqa sohalarni ham mutanosib holda rivojlanishi; xizmat ko’rsatish va ta‘minot sohalarida o’zaro raqobat muhitini shakllanishi natijasida yetishtirilayotgan mahsulotning miqdori va sifatini yaxshilashga bo’lgan moddiy manfaatdorlikning oshishi; yetishtirilayotgan mahsulotlarning nobud bo’lish miqdorini keskin kamaytirish; mamlakat miqyosida kasbiy malakali kadrlar tayyorlanishiga asosiy poydevor yaratilishi; hududlarda qo’shimcha yangi ish o’rinlarining yaratilishi natijasida mehnatga qobiliyatli fuqarolarni doimiy ish bilan ta‘minlanishi; mehnatkashlarning yashash va dam olish darajalarining oshishi natijasida samarali mehnat qilishga bo’lgan intilishning o’sishi;