J., Barakayev N. R. Tizimli tahlil va qaror qabul qilish asoslari



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/184
Sana03.03.2022
Hajmi3,15 Mb.
#481006
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   184
Bog'liq
tizimli tahlil va qaror qabul qilish asoslari (1)

 
 
1. Tuzilma tushunchasi va tuzilmali yondashuv. 
Tuzilmaning o‘zi nima? Tuzilma tushunchasi ko‘p ma’noli tushunchalardan 
biri hisoblanadi. Boshqa tushuncha kabi o‘z ichiga insoniy bilimlarning tarixiy 
rivojlanishi bosqichlarining ayrim bosqichigacha mos keladigan turli ma’no 
darajalarni oladi. Muammo shundan iboratki, ushbu ko‘p ma’nolilikni yagona 
mazmunida ko‘rish uchun turlicha bo‘lgan va ushbu so‘zning qarama-qarshi 
ma’nosini birlashtiradigan ma’noni aniqlash kerak. 
Turli mualliflarda tuzilma tushunchasining barcha ma’nosini keltirish 
mumkin emas. Ilmiy tushuntirish uchun xarakterli bo‘lgan va ahamiyatli bo‘lgan 


51 
farqlarga qaramasdan ulardagi umumiy mazmunni aniqlash imkonini beradigan 
mazmunni belgilab o‘tishimiz mumkin.
Tuzilma deganda ko‘p hollarda hodisaning ayrim tashqi yoki tadqiqot 
ob’ekti ko‘rinishi kabi ifodalash deb tushuniladi. Ob’ekt ko‘rinishi, uni tavsiflash 
imkonini berishi aniq, lekin o‘z-o‘zidan uni tushuntirmaydi. Hodisa yoki muayyan 
tamoyill bo‘yicha tuzilgan tadqiqot ob’ekti ko‘rinishida ayrim butunlik ko‘rinishi 
mumkin. Tuzilma bu butun ob’ekt elementlarining o‘zaro munosabatlarining 
barqaror ko‘rinishi hisoblanadi.
Ob’ekt tuzilmasini tahlil qilishda dastlabki elementi bo‘lib turli tushunchalar 
hisoblanadi. Xususan, falsafa tarixida bo‘lib taqqoslangan mazmun shaklining 
tushunchasi dastlabki tushuncha bo‘lgan. SHakl tushunchasi tuzilmaning 
rivojlangan tushunchasidan olingan. SHu bilan birga ushbu tushunchada tuzilmali 
tadqiqot g‘oyasi mavhum tarzda aks etadi. Zamonaviy nuqtai nazarda shakl – bu 
mazmun tuzilmasi deb qabul qilish mumkin. Biroq bunday tasdiqni, tuzilma nima 
ekanligini bilgan holatda muayyan ma’noni olish mumkin, ya’ni tuzilma shakldan 
qat’i nazar aniqlanishi mumkin.
SHakl tushunchasi bilan bir qatorda, ob’ekt tuzilmasining tushunchasini 
tahlil qilish, masalan, ushbu tuzilmani bilish birlamchi va etarlicha umumiy 
tushuncha kabi bo‘ladigan tizim tushunchasidan boshlanadi. Agar tizim ma’lum 
bo‘lsa, tuzilma tizimning ayrim jihati kabi, xususan, invariant xususiyatlar birligi 
kabi namoyon bo‘ladi. Tadqiqot jarayonida ob’ekt ayrim tizim sifatida dastlab 
namoyon 
bo‘ladi, 
keyin 
berilgan 
tizimda 
elementlarning 
barqaror 
munosabatlarining qonuniy ko‘rinishi aniqlanadi. Tizim sifatida har qanday 
ob’ektni tasavvur qilish imkoniyati bir tomondan, dunyoning behad xilma-xillik 
daliliga va uning har qanday elementiga, boshqa tomondan, o‘ziga xos bo‘lgan 
insoniy bilimlarga, ushbu dunyo xilma-xilligining butunligidan chalg‘ish, uni 
muayyan amaliy va nazariy vazifalar doirasida cheklash imkoniyatiga tayanadi. 
Har qanday ob’ekt har doim tizim sifatida keltirishi mumkin. Evklidli makondagi 
nuqta – bu x, u, z koordinatalar tizimi hisoblanadi. Atom bu elementar zarralarning 
muayyan tizimidir. Tirik organizm bu organlar to‘qimalar va shu kabi tizimi 


52 
hisoblanadi. Bilishning birinchi bosqichida ob’ektni tizim sifatida ko‘rish uchun 
ob’ektni qismlarga ajratish zarur, masalan, makonga oid cheklangan qismlarni 
aniqlash yoki ob’ektni qismlarga ajratishning boshqa shakllarini topish, keyin 
ob’ektning butun ko‘rinishidagi ushbu qismlar munosabatlarini konstatirlash 
(tasdiqlash) zarur. Ob’ektni tizim sifatida ifodalangan olda, ob’ektning tarkibiy 
qismlarining dastlabki ko‘rinishini o‘zaro munosabatlarda namoyon qilamiz. Tizim 
ko‘p hollarda qismlar yoki elementlar o‘rtasidagi bog‘lanishlarning ayrim majmui 
sifatida belgilanadi va bunday ta’rif tizimning tuzilmali tahlilga keyinchalik o‘tish 
uchun tadqiqot vazifalarini muayyan shakllantirish imkonini beradi. Bunda 
vazifalar shartiga muvofiq va emperik bilimlarning dastlabki ma’lumotlariga 
tayangan holda turli tizimlar sifatida bir xil ob’ektni ko‘rish mumkin. Ob’ektni 
tizimli ko‘rish usullar miqdori nomiga nisbatan cheklovlarga ega bo‘lmaganidek, 
cheklovlarga ega emas. Biroq, ob’ektni tizim sifatida ifodalagan holda, ob’ekt 
tuzilmasiga yaqinlashish imkoniga ega bo‘lamiz, lekin tuzilmali bog‘lanishlarning 
haqiqiy ko‘rinishini bilmaymiz. Keyinchalik, tafakkurdagi chuqur qadam butun 
ob’ektning tizimli bog‘lanishlar qonuniyatini izlashdan iborat.
Dastlab ob’ekt xususiyatning ayrim tizimi kabi namoyon bo‘ladi, ushbu 
xususiyat ob’ektning butun namoyon bo‘lishdagi tashqi bog‘lanishlarni ifodalaydi. 
Bu erda elementlarning ichki bog‘lanishini nazarda tutuvchi ob’ekt tuzilmasi 
noma’lum bo‘lganda ham tizimli ko‘rib chiqiladi. Butun xususiyatlar tizimidan 
tuzilmaga quyidagi shartda o‘tishi mumkin, agar ushbu xususiyatlar tabiati bilan 
bog‘liq bo‘lgan elementlar va ularning barqaror bog‘lanishlari topilgan bo‘lsa, 
ushbu xususiyatlarni tushuntirish imkonini beradi. Tizimli va tuzilmali tahlillar 
elementlari to‘qilgan va bir biridan ajralmagan holatda, tizimdan tuzilmaga o‘tish 
o‘zoq muddatli bo‘lishi mumkin. Ular faqat metateoretik abstaksiya darajasida 
farqlari bo‘lishi mumkin. Tizimli tahlil darajasida qolgan holda, tizimlar 
elementlarini va ularning o‘zaro bog‘lanishlarini izlash mumkin. Bu erda 
tadqiqotning u yoki boshqa berilgan shartlariga muvofiq ob’ekt qismlarining ichki 
bog‘lanishlarini izlash ikmoniyati ochiladi. Ushbu shartlar bilimlar tizimiga bog‘liq 
xolda belgilanadi. Biroq, muammo qo‘yilishi to‘g‘risida gap borganda, ushbu 


53 
masala bir xil belgilanishi mumkin. Bu erdan tizimli yondashuvning ko‘pligi, 
ob’ektni tizimning turli to‘plamlari sifatida ko‘rib chiqish imkoniyati yuzaga 
keladi.
Ko‘plilik nafaqat har tomonlama tahlil qilish usullarini ochadi, balki o‘z 
ichiga bilish ob’ektining ixtiyoriy interpretatsiyalash imkonini oladi. SHu sababli 
ilmiy jihatdan ko‘p hollarda ob’ekt ayrim ob’ektiv butunlik sifatida ko‘rib 
chiqilmaydi va ushbu vazifa shartining butun qismi kabi belgilanadigan tadqiqot 
predmeti bo‘lib qoladigan vaziyat yuzaga keladi. Vazifaning o‘zi bilish 
faoliyatining qonuniyatlariga asoslanadi, shu bilan birga bunday qonuniyatlar 
falsafiy bilimlarning alohida soha predmetini o‘z ichiga olgan holda, fanning 
maxsus sohasi doirasida tadqiqot olib borilmaydi, ob’ekt uning butunligida va 
ob’ektivliligida, agar tadqiqotchi tizimli ko‘rib chiqishdan tuzilmani bilishga 
o‘tmasa, ilmiy bilimlarning maxsus sohasidan tashqarisida qoladi. Tuzilmali 
yondashuv ko‘plab tizimli ko‘rib chiqishlar orasidan zarur bog‘lanishlarning tanlab 
olish tamoyilllarini shakllantirish imkonini beradi.
SHunday qilib, tizimli yondashuv erkin gipotetik tuzilishlar imkoniyatini 
ochadi. Tuzilmali tadqiqotlar qat’iy qonuniyatlar doirasida ilmiy bilimlarni o‘z 
ichiga oladi. Klassik tabiatshunoslikda ilmiy tadqiqotning ushbu ikkita turli 
tiplariga gipoteza metodi va tamoyilllar metodik muvofiq kelgan. Oxirgisi ishlab 
chiqilgan va aksiomatik metodda tizimli rivojlandi. Tizimli yondashuvni tuzilmali 
yondashuv hisobiga ta’riflash shart emas, shuningdek tizimli ko‘rib chiqishni 
e’tibordan qoldirmagan holda, tuzilmali tadqiqotlar ahamiyatini oshirmaslik kerak. 
Tuzilma tizimdan tashqarida alohida bo‘maganidek, tizim o‘z asosida har doim 
tuzilmali bo‘lib qoladi.
Tizimning tuzilmal tahlili tizimning muayyan tarkibini aniqlashdan, 
qismlarni 
yoki 
elementlarni 
mukammal 
tadqiqot 
qilishdan, 
muayyan 
bog‘lanishlarda ularni bir biridan ajratmagan holda ochilishdan boshlanadi. Ushbu 
munosabatlar ko‘rib chiqilayotgan tizimni keyingi tahlil qilishda tuzilmali 
bog‘lanish sifatida namoyon bo‘ladi. Element tushunchasi tizim tushunchasiga mos 
kelmaydi. Tuzilmali tahlil qism tushunchasidan element tushunchasiga o‘tadi. 


54 
Tizimning dastlabki qismini aniqlagan, uning tarkibini tahlil qilgan holda, keyin 
ushbu tarkibini aniqlashtirgan holda tizim elementlarini izlashga o‘tamiz. Tizimli 
ko‘rib chiqishdan tuzilmali ko‘rib chiqishga o‘tamiz. Tizim qismining 
tushunchasini tuzilma elementining tushunchasini shakllantirish jarayonidagi 
birlamchi bosqichi kabi ko‘rib chiqish mumkin. Qism va element bir xil tushuncha 
bo‘lishi mumkin va ularning farqi tadqiqot darajasi bilan aniqlanishi mumkin. 
Biroq, ilmiy jihatdan tadqiq qilinayotgan elementlarni ochish ushbu tizim 
qismining tushunchasini shunday aniqlashtiradiki, ushbu tushnchalar mazmuniga 
ko‘ra ushbu tushunchalar mutlaqo har xil bo‘lishi mumkin.
SHunday qilib, tuzilma ilmiy jixatdan bilishdagi tushuncha kabi tizimning 
o‘zgarmaydigan tomoni sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin. Ob’ekt tuzilmasini 
aniqlagan holda, avvalambor ob’ektni tizim sifatida ko‘rib chiqamiz, ya’ni unda 
qismlarning ayrim kompleksida ko‘rish mumkin. Keyin ushbu elementlarning 
elementliligi belgilanadi va ushbu qismlarning elementliligi tizimning birinchi 
tuzilmali xarakteristikasini beradi. Tuzilmali bog‘lanishlar o‘z-o‘zicha holatda 
emas, balki yana bitta tuzilmali invariantni aniqlagan holda, tizim barqarorligini 
ifodalanadigan qaysi bog‘lanishida muhimdir. Tizimning butunlik xususiyati 
ayrim hollarda tadqiqot yakuniga ega bo‘ladi. Dastlabki rejada ko‘rib 
chiqilayotgan butun xususiyatlar ob’ektning tashqi ko‘rinishi sifatida namoyon 
bo‘ladi. Biroq, ilmiy tahlil ob’ekt tuzilmasining natijasi kabi tushunish imkonini 
beradi. SHunday qilib tuzilma elementlar birligi, ularning bog‘lanishi va tizim 
butunligi bo‘lib hisoblanadi.
Tuzilma tushunchasida turli jihatlarni aniqlagan holda ko‘rib chiqishning 
analitik usulini amalga oshramiz. Bilish ob’ektini elementlarga, ularning 
bog‘lanishlarga ajratish va ob’ektning butun xususiyatlarini aniqlash o‘z ichiga 
ilmiy tadqiqotning xususiyatli sifatini oladi. Biroq, analitik ko‘rib chiqish sintetik 
ko‘rib chiqish bilan to‘ldirish zarur. Bundan tashqari, keyingi sintez qilish yo‘li 
bilan yangi natijalarga erishiladi. Tuzilma tushunchasining analitik jihatdan 
qismlarga ajratish saqlash g‘oyasi yoki invariantlilik asosida sintez qilinadi. Ushbu 
g‘oya tuzilmaning yagona tushunchasida elementlarni, ularning bog‘lanishlarini va 


55 
tizimning butun xususiyatlarini sintez qilish imkonini beradigan tamoyillni 
birlashtirishga xizmat qiladi. Har qanday yagona tamoyil asosida bir tushunchada 
turli jihatlarni sintetik birlashtirish turi ko‘plab ilmiy tushunchalarning xususiyatli 
jihatlarni o‘z ichiga oladi. 
Tuzilma tushunchasi yordamida saqlash tamoyilllari fanning umumiy 
piinsiplari bo‘la oladi. Ushbu tamoyilllar, tuzilma tushunchasi umumiy tushuncha 
bo‘lib hisoblanganligi sababli, nafaqat fizika sohasida, balki ilmiy tadqiqotning 
barcha boshqa sohalarida qo‘llanilishi mumkin. Tuzilma tushunchasi tizimning 
invariantlik jihati sifatida kategoriyali ma’naga ega bo‘ladi. Tadqiqotda ilmiy 
yondashuvning mezoni bo‘lib u yoki boshqa sohada o‘zining xususiyat shakllarini 
qabul qiladigan saqlash tamoyilllari bo‘lishi mumkin. U yoki boshqa invariantni 
aniqlagan holda, ob’ekt tuzilmasini topish mumkin bo‘lgan joyda tadqiqot sohasida 
umumiylikka va zarurlikka ega bo‘lgan qonunlarning rivojlangan tizimining 
imkoniyatlari ochiladi.
Zamonaviy tabiatshunoslik uchun tuzilmali yondashuv odatiy holdir. 
Zamonaviy fan sababli tahlillar metodini saqlagan holda, birinchi galga ayrim 
munosabatlarda sabablilikning yanda rivojlangan tamoyilli kabi tushunish mumkin 
bo‘lgan tuzilmali tushuntirishlar tamoyilli qo‘yiladi. Tuzilmalilik tamoyilli 
umumiy ahamiyatga ega bo‘ladi va fanning turli sohalarida qo‘llaniladi.
Tuzilmali invariantlikni izlash, yoki tabiat tuzilmasini tadqiq qilish 
zamonaviy fanda xodisalar sababini izlashga nisbatan ilhomlantiruvchi vazifa 
bo‘lishi mumkin. Zamonaviy tabiatshunoslik hodisalarning sabablar to‘ridan yorib 
chiqib, tuzilmaga va tabiat jarayonlarining simmetriyasiga boradi. Maks Plank 
shunday degandi, nisbiy va o‘zgaruvchan alternativ sifatida barqaror va absolyutni 
izlash tadqiqotchining vazifasi bo‘lib xizmat qiladi. Olimning ilmiy nazariya ichki 
takomillashuvga intilishida o‘z aksini topadigan tabiatning uyg‘unligi to‘g‘risidagi 
A. Eynshteynning so‘zlari ma’lum. Fanning nazariy tuzilishining ushbu ichki 
takomillashuvi 
tuzilma 
bo‘lib hisoblanadigan butun tabiatshunoslikning 
fundamental tushunchasi bilan bog‘liq bo‘ladi. 


56 
Ushbu bob bo‘yicha xulosa chiqarishda quyidagi xususiyatlarga e’tibor 
qaratishni istadik. 
“Tizim” va “tuzilma” tushunchalarini bir xillashtirish mumkin emas. Agar 
tuzilma deganda sifatli tabiati hisobga olinmaydigan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan va 
asosiy e’tibor ularning o‘zaro bog‘lanishiga qaratilgan tarmoq tushunilsa, unda 
tizim deganda barcha o‘ziga xos bo‘lgan ichki va tashqi bog‘lanishlar va 
xususiyatlarga ega ob’ekt tushuniladi. Tizim to‘g‘risida gap borganda, asosiy 
e’tibor elementlarning sifatli xususiyatiga qaratilgan moddiy ob’ektning butun 
xususiyatini avvallambor ko‘rsatib o‘tamiz. Tushunchaning ushbu xususiyati 
quyida ko‘rib chiqiladigan tizimli va tuzilmali tadqiqotlarni har xil talqin qilishga 
olib keladi.
SHunday qilib, tizimni bitta elementdan keyin boshqasiga va ular o‘rtasidagi 
bog‘lanishlarni o‘rnatish uchun barcha mumkin bo‘lgan juftliklarni ketma-ket 
saralagan holda belgilash mumkin. Agar elementlar soni ko‘p bo‘lsa, buning 
imkoni mavjud emas. Texnik tizimlar (TT)ni tavsiflash uchun tuzilma tushunchasi 
– qisman tartibga solingan elementlar yoki yagona har qanday belgi bo‘yicha ular 
o‘rtasidagi munosabatlar kiritiladi. TT tuzilmasi elementlar bog‘lanishi emas, balki 
bosqichli, ierarxik konstruksiyani hosil qiladigan munosabatlar tushuniladi.
TT tuzilmasi – bu keyingi abstraksiya tushuniladi. Uning bilimiga muvofiq 
tizim muammolarini tasniflaydi. Agar TT tuzilmasi ma’lum bo‘lsa, tadqiqotchining 
vazifasi o‘zgaruvchan, aks ettiradigan elementlar va ularning bog‘lanishlarining 
qiymatini aniqlashga qaratiladi. Agar tuzilma qisman ma’lum bo‘lsa, muammo 
kuchsiz tuzilmalanadi va tizimli tahlil metodlarini hal etishni talab etadi. Tizim 
tuzilmasini bilish bu tizim elementlari va ular o‘rtasidagi munosabatlarni namoyon 
bo‘ladigan qonunni bilish hisoblanadi. Tuzilma bu elementlarning barqaror birligi, 
ularning bog‘lanishlari va tizim butunligi hisoboanadi. 
Tizimni 
strukturasi 
deyilganda 
tizimni 
alohida 
elementlar 
(tizimchalar)dan 
tuzilgani 
shu 
element 
orasida 
funksiyalarni 
taksimlanishi bilan ifodalaniladigan ular orasida 


57 
o‘zaro bog‘likligi butunligini tarkibiy kismlardan (tizimchalardan) tashkil topish 
usullari haqidagi qonundir.
Tizimlar orasidagi bog‘lanish ichki bog‘lanish deb atalsa, tizim bilan tashki 
muhit orasidagi bog‘lanish tashqi bog‘lanish deyiladi. 
Elementlar 
orasidagi 
ichki 
bog‘lanish 
gorizontal 
bir 
xil 
darajadagi 
elementlar 
orasidagi 
bog‘lanish 
hamda 
vertikal 
turli 
darajadagi 
elementlar 
orasidagi 
bog‘lanish 
bo‘lishi 
mumkin. 
Tizim 
elementlari 
orasidagi 
shuningdek 
tizim 
bilan 
tashqi 
muhit 
orasidagi 
bog‘lanishlar 
o‘z 
yo‘nalishiga 
egadir. 
Tizimni 
echishga 
yo‘naltirilgan 
tashki 
bog‘lanishlar 

tizimni 
kirish 
qismi tizim tashki muhitga tomon yo‘naltirilgan bog‘lanishlar tizimni chiqish qismi 
deb ataladi. 
3 xil sinfdagi strukturalar farqlanadi: ierarxik noerarxik va aralash ierarxiya 
tushunchasi ostida bir qancha boshqaruv bosqichlarning itoatkorlik va quyi 
zvenodan yuqori zvenoga o‘tish tartibiga bo‘ysunishi nazarda tutiladi. Ierarxik 
struktura quyidagicha shartlarga javob berishi kerak: 
1)har qanday tizimcha yoki boshqaruvchi yoki ijro etuvchi yo bo‘lmasa bir vaqtni 
o‘zida ikkalasini yig‘indisi bo‘ladi; 
2)
hech bo‘lmaganda bitta ijro etuvchi tizimga mavjud bo‘ladi; 
3)
yagona va fakat yagona boshqaruv tizimchali mavjud bo‘ladi; 
4)
har qanday ijro etuvchi tizimcha bevosita bitta va faqat bitta boshqaruvchi 
tizimcha bilan o‘zlari bog‘lanadi.
Noierarxik struktura deb quyidagi shartlarga javob beradigan strukturaga 
aytiladiki: 
1)
hech bo‘lmaganda bitta tizimcha mavjud bo‘lib, u boshqaruvchi ham, ijro 
etuvchi ham bo‘lmaydi; 
2)
faqat boshqaruvchi bo‘lgan tizimcha mavjud emas; 
3)
faqat ijro etuvchi bo‘lgan tizimcha mavjud emas; 
4)
har 
qanday 
ijro 
etuvchi. 
tizimcha 
bittadan 
ortik 


58 
boshqaruvchi 
tizimchalar 
bilan 
bevosita 
o‘zaro 
bog‘lanadi. 
Noierarxik strukturalar o‘ziga xosligi, unda boshqa tizimchalarga bog‘liq 
bo‘lmagan xamda qaror qabul qila oladigan tizimchalarni yo‘qligidir. 
Noiearxik struktura quyidagi xususiyatlarga ega: 
1)
har 
qaysi 
tizimcha 
tizim 
faoliyatini 
barcha 
aspektlariga ta’sir qila oladi. 
2)
kirish 
komponentlarini 
chikish 
komponentlariga 
o‘tish vaqti struktura tarkibidagi sistemachani o‘rniga kam darajada bog‘liq; 
3)
tizimchalar funksiyasi o‘zaro ta’sir jarayonida engil o‘zgaradi. 
Aralash strukturalar esa ierarxik va monerarxik strukturalarni turli 
kombinatsiyalaridir. 
Tizimning alohida bo‘laklarga tarqalishi dekompozitsiya deb ataladi.
Aksincha tizimning alohida bo‘laklardan yaratilishi esa agregirlash deb ataladi. 
Dekompozitsiya tizimning tepadan paska yo‘nalishi bo‘yicha tahlil qiladi, qiyindan 
osonga, butundan bo‘lakga. Agregirlash esa – tizimning pasdan tepaga bo‘lgan 
yo‘nalishi bo‘yicha tahlil qiladi, osondan qiyinga, bo‘lakdan butunga. 

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish