Bob Daromad va foyda tushunchasi va ularning shakllanish manbalari 3-Bob Firma daromadlari va foydasi



Download 342,89 Kb.
bet1/10
Sana26.02.2022
Hajmi342,89 Kb.
#465622
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Firma tushunchasi va uning turkumlanishi




Mundarija:

Kirish
1 bob


1.1 Firma tushunchasi va uning turkumlanishi

2 bob
2.1 Daromad va foyda tushunchasi va ularning shakllanish manbalari

3-Bob


3.1 Firma daromadlari va foydasi


Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati





Kirish.
Korxona iqtisodiyoti rivojlanib borishi bilan raqobatchilik munosabatlari ham takomillashib, o’z shakllarini o’zgartirib boradi. Bugun men Uzbekistan Respublikasi Prezidenta va- zifasini bajarishga kirishar ekanman, buyuk davlat va siyosat arbobi, aziz ustozimiz Islom Karimovning ish- larini davom ettirgan x,olda, 32 millionlik katta xald, katta mamlakatni bopщarish kanchalik mas’uliyatli va murakkab ekanini, davlat rax,bari sifatida zimmamdagi juda ulkan javobgarlikni xdr tomonlama chukur x,is kilib, anglab turibman1.


Narx - bozor mexanizmining muhim tarkibiy elementlaridan biri. U o’zining vazifalari orqali barqaror iqtisodiyotning shakllanishi hamda samarali amal qilishiga, bozor muvozanatining ta’minlanishiga, milliy daromad iqtisodiyotning turli tarmoq va sohalari, xo’jalik yurituvchi sub’ektlari bo’yicha taqsimlanishiga, aholining ijtimoiy jihatdan himoya qilinishiga sharoit yaratadi. Ushbu kurs ishida resurslar taqchilligi sharoitida cheksiz ehtiyojlarni optimal qondirish, iqtisodiy tanlov va muqobil xarajatlar, ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanish, bozor iqtisodiyoti sharoitida firmalar mahsulotiga talab va taklif hamda bozorning muvozanatga erishish holatlari, maksimal va minimal narxlar o'rnatilishining bozor muvozanatiga ta'siri, talab va taklif elastikligidan amaliyotda foydalanish yo'nalishlari, iste'molchilarning bozordagi hatti-harakati va unga ta'sir qiluvchi omillar bilan bog'liq nazariy hamda amaliy masalalar yoritilgan.
Firmalarning mukammal raqobatlashgan, monopol raqobatlashgan, oligopolistik va sof monopoliya bozorlaridagi hatti-harakati, turli bozorlarda narx belgilash, xarajatlarni minimallashtirish va foydani maksimallashtirish bilan bog'liq masalalar chuqur tahlil qilingan.
Kurs ishida shuningdek, resurslar bozorlarida talab va taklif, mehnat, kapital va yer bozorlarida firmalarning hatti-harakati, bozor iqtisodiyoti sharoitida firmalar faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlari ochib byerilgan.
Kurs ishida oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarining professor-o'qituvchilari, amaliyotchi mutaxassislar, doktorantlar va tayanch doktorantlar hamda mustaqil izlanuvchilar ham foydalanishlari mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”2 gi №PF-4947-sonli Farmonida ta’lim va fan sohasini rivojlantirish bandida uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish va malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirishga alohida e’tibor berilib shunday deyiladi: “Ta’lim va o’qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy ta’lim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish”3 zarurligi ta’kidlanadi.
Iqtisodiyotda tarkibiy islohotlar va iqtisodiyotni modernizatsiyalashni yanada chuqurlashtirish, uning ko'lamini kengaytirish bilan bog'liq masalalarning nazariy va amaliy tomonlarini o'rganishda “Mikroiqtisodiyot” fani muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, bugungi kunda iste'molchilar talabining o'zgarishi, real sektorda yaratilayotgan tovar va xizmatlar narxining shakllanishi, foydani maksimallashtirish, noaniqlik sharoitida qaror qabul qilish, shuningdek, narxga va boshqa omillarga bog'liq talab va taklif elastikligining mazmun-mohiyati, davlatning bozorga aralashuvi, tovarlarga minimal va maksimal narxlarni o'rnatish va uning oqibatlari bilan bog'liq tushunchalar, qarashlarni sababiy bog'liqlikda tizimli tahlil etishda “Mikroiqtisodiyot” fani alohida o'rin tutadi.
Shuningdek, bugungi kunda ko'plab rivojlangan va jahon iqtisodiyotida etakchi o'rin tutadigan mamlakatlar tajribasi shuni so'zsiz isbotlab bermoqdaki, raqobatdoshlikka erishish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda iqtisodiyotni izchil isloh etish, tarkibiy jihatdan o'zgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal rivojlanishini ta'minlash, faoliyat ko'rsatayotgan quvvatlarni modernizatsiya qilish va texnik yangilash jarayonlarini tezlashtirish hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF- 4947-sonli Farmoni bilan tasdiqdangan “2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi”da ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnik- texnologik yangilash, ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalarni qo'llash, mahsulot ishlab chiqarish turlarini diversifikatsiyalash, chuqur tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirish hamda tarmoqlarning raqobatbardoshligini mustahkamlash borasida izchil chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilab berilgan.
Ushbu kurs ishi bozor iqtisodiyotining amal qilish mexanizmini, turli mulkchilikka asoslangan firmalarning bozor sharoitidagi harakatini, cheklangan ishlab chiqarish resurslarini optimal taqsimlash va ulardan samarali foydalanish yo'llarini talabalarga o'rgatishda qo'l keladi. Shuningdek, “Mikroiqtisodiyot” fani fundamental fanlardan biri bo'lib, boshqa iqtisodiy fanlarni chuqur o'rganishga asos bo'lib xizmat qiladi.




I bob
1.1 Firma tushunchasi va uning turkumlanishi

Bozor xo'jaligining asosiy elementlaridan biri firma hisoblanadi. Ammo amaliyotda ko'pincha korxona so'zi ko'p ishlatiladi. Eng avvalo korxona va firma so'zlarining terminologik farqlarini ko'rib chiqsak.

  1. Korxona - bu zavod, fabrika, ferma va boshqa ko'rinishdagi tashkilot bo'lib, u asosan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish hamda taqsimlash bilan shug'ullanadi.

  2. Firma esa, egaligida alohida mol-mulki bo'lgan va o'ziga qarashli bo'lgan korxonada (korxonalarda) mustaqil xo'jalik faoliyatini amalga oshiradigan yuridik tashkilotdir. Firma maksimal foyda olish va iqtisodiy ne'matlarni ishlab chiqarish maqsadida resurslarni birlashtiradi.

Firma tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradi. O'zbekiston Respublikasining 2012 yil 3 mayda qabul qilingan yangi tahrirdagi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risida”gi qonunining 3-moddasida “Tadbirkorlik faoliyati” tushunchasiga quyidagicha ta'rif beriladi: “Tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) - tadbirkorlik faoliyati sub'ektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, tavakkal qilib va o'z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyat” hisoblanadi.
Firmalarni turli mezonlar bo'yicha turkumlash mumkin

  1. Huquqiy maqomi bo'yicha:

  • jismoniy shaxs;

  • yuridik shaxs.

  1. Mulkchilik shakli bo'yicha:

  1. Band bo'lgan xodimlar soni bo'yicha:

  • yakka tadbirkor;

  • mikrofirma;

  • kichik korxona;

- yirik korxona.



Tadbirkorlik sub’ektlarining turkumlanishi.

  1. Tashkiliy-huquqiy shakli bo'yicha:

  • yakka tartibdagi tadbirkorlik;

  • xususiy firma;

  • oilaviy korxona;

  • fermer xo'jaligi;

  • dehqon xo'jaligi;

  • to'liq shirkat;

  • kommandit shirkat;

  • mas'uliyati cheklangan jamiyat;

  • qo'shimcha mas'uliyatli jamiyat;

  • aksiyadorlik jamiyati ;

  • ishlab chiqarish kooperativlari;

  • unitar korxona va boshq.

  1. Faoliyat yo'nalishi bo'yicha:

  • ishlab chiqarish yo'nalishidagi;

  • xizmat ko'rsatish yo'nalishidagi;

  • tijorat yo'nalishidagi;

  • moliyaviy yo'nalishdagi;

  • konsalting (maslahat) yo'nalishidagi va boshq.

  1. Tarmoq tarkibi bo'yicha:

  • sanoat;

  • qishloq xo'jaligi;

  • savdo va umumiy ovqatlanish;

  • xizmat ko'rsatish;

  • transport va aloqa;

  • uy-joy va kommunal xo'jaligi;

  • qurilish;

  • moliya;

  • ta'lim va fan;

  • boshqa sohalardagi.



Amaldagi qonunchilikka ko'ra, tadbirkorlik faoliyati bilan jismoniy yoki yuridik shaxs sifatida shug'ullanish mumkin. O'zbekiston
Respublikasining “Fuqarolik Kodeksi”ga muvofiq fuqarolar (jismoniy shaxslar) deganda respublikamizning fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari, shuningdek, fuqaroligi bo'lmagan shaxslar tushuniladi. Fuqaro (jismoniy shaxs) yakka tadbirkor sifatida davlat ro'yxatidan o'tgan paytdan boshlab tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishga haqlidir.
Fuqarolik Kodeksning 39-moddasiga muvofiq: “o'z mulkida, xo'jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo'lgan hamda o'z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o'z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo'la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da'vogar va javobgar bo'la oladigan tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi”. Ammo yuridik shaxslarning faqatgina foyda olishni o'z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olgan turlari, ya'ni tijoratchi tashkilotlar tadbirkorlik sub'ektlari hisoblanadi.
Mulk shakli bo'yicha firmalar quyidagicha guruhlanadi:

  • yakka mulk egaligi (yakka tartibdagi tadbirkorlar, dehqon xo'jaliklari, fermer xo'jaliklari, xususiy firmalar);

  • hamkorlikdagi mulk egaligi (xo'jalik shirkatlari (to'liq va kommandit), mas'uliyati cheklangan va qo'shimcha mas'uliyatli jamiyatlar, qishloq xo'jaligi shirkatlari, kooperativlar boshq.);

  • korporasiya (aksiyadorlik jamiyati).

Yakka mulk egaligi o'z manfaatlari yo'lida biznesni mustaqil tashkil etish imkonini beradi. Yakka mulk egaligidagi firmalarning mulki bir kishiga tegishli bo'lib, bo'linmasdir.
Afzalliklari:

  • yakka mulk egaligiga asoslangan tadbirkorlikni tashkil etish nisbatan oson kechadi, ya'ni ularni davlat ro'yxatidan o'tkazish va hisobga qo'yish hamda tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi yengil;

  • yakka mulk egasi o'z biznesiga o'zi xo'jayin va mustaqil xo'jalik yuritish hamda qarorlar qabul qilish imkoniyatiga ega;

  • olinadigan foyda bir kishiga tegishli ekanligi biznesni samarali yuritishga kuchli iqtisodiy rag'batni vujudga keltiradi.

  • Nuqsonlari:




  • ko'p holatlarda yakka tadbirkorning keyinchalik o'z biznesini kengaytirish va ko'proq daromad topish imkoniyatlari moliyaviy jihatdan cheklangan bo'ladi;

  • moliyaviy resurslarning cheklanganligi sababli tijorat banklari va boshqa moliyaviy muassasalar ko'p holatlarda yakka tadbirkorlar bilan hamkorlik qilishga moyil bo'lmaydi;

  • yakka mulk egasi tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va boshqarish bilan bog'liq barcha vazifalarni (xodimlarni yollash va boshqarish, moddiy ta'minot, mahsulotni sotish, ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarini tashkil etish, mablag'larni jalb etish, buxgalteriya hisobi va hisobot shakllarini yuritish va boshq.) bir o'zi bajarishiga to'g'ri keladi va bular uning ko'p vaqtini band etadi; .

  • yakka tadbirkorlik sub'ekti cheklanmagan moddiy javobgarlikka ega bo'ladi, ya'ni noto'lovlar vujudga kelganda kreditorlar uning shaxsiy mulkiga ham da'vo qo'zg'atishi mumkin.

Hamkorlik biznesni tashkil etishning yakka tadbirkorlikka nisbatan mukammalroq shakli hisoblanadi. Hamkorlikda ikki yoki undan ortiq sheriklar firma tashkil etish va uni birgalikda boshqarishga kelishib oladilar. Bunda ular firmani ta'sis etish jarayonida o'zlarining moliyaviy mablag'larini va ishbilarmonlik qobiliyatlarini ham birlashtiradilar. Shu bilan birga biznesni yuritish bilan bog'liq tadbirkorlik xatari hamda foyda yoki zararlarni o'zaro taqsimlaydilar.
Firma faoliyatida ishtirok etishiga ko'ra, hamkorlar turlicha mavqega ega bo'ladi. Ayrim hollarda hamma sheriklar biznesni boshqarishda birdek faol ishtirok etishsa, boshqa holatlarda bir nechta sheriklar boshqaruvda ishtirok etmasligi mumkin (masalan, kommandit shirkatda).
Hamkorlikning afzalliklari:

  • yakka tadbirkorlikdagi kabi hamkorlikdagi biznesni tashkil etish ham birmuncha oson kechadi;

  • ishtirokchilar sonining ko'pligi boshqaruvda ixtisoslashuv imkoniyatini yaratadi;

  • bir nechta sheriklarning resurslarini birlashtirish oqibatida firmaning moliyaviy barqarorligi kuchayadi va kredit beruvchi muassasalardan qarzga mablag'lar jalb etish imkoniyati kengayadi.

    Download 342,89 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish