Engel egri chiziqlari.
Iste’molchi ehtiyoji birinchi navbatda oziq-ovqat mahsulotlari bilan toʻyinadi ( - oziq-ovqat mahsulotlari), keyin standart sifatli sanoat mahsulotlari bilan va nihoyat, oliy sifatli tovarlar va xizmatlar bilan. Bulardan tashqari, oliy sifatli tovarlar va xizmatlarga oʻtganda ham, standart sifatli sanoat mahsulotlariga talabning yangi sakrash qonuniyati kuzatilgan.
“Narx-iste’mol” (a) va talab chizigʻi (b).
“Narx-iste’mol” chizigʻi. Yuqorida “daromad-iste’mol” chizigʻi qaralganda, ne’matlar narxi oʻzgarmaydi, deb qabul qilingan edi. Endi daromadni oʻzgarmas, deb qaraymiz va ne’matlardan bittasini, masalan, ne’matning narxini oʻzgaruvchan deb qaraymiz. Faraz qilaylik, ne’matning narxi ketma-ket kamayib bormoqda, ya’ni va hokazo.
Grafikda narxning bunday oʻzgarishi, byudjet chizigʻining holatdan va holatlarga siljitadi (5.12-rasm).
Masalan, tovar olma boʻlsin, tovar apelsin boʻlsin. (a) rasmda apelsin narxi oʻzgarmaydi, olma narxi pasayib bormoqda. Natijada byudjet chizigʻining oʻq bilan kesishgan nuqtasi oʻzgarmaydi, oʻq bilan kesishgan nuqtasi oʻng tomonga siljib boradi. Olma narxining tushishi, real daromadni oshiradi, natijada iste’molchi olma narxi oshmasdan oldin ola olmagan apelsin va olma majmualarini endi olishi mumkin boʻladi. Ya’ni, berilgan daromadda endi koʻproq olma va koʻproq apelsin olish mumkin boʻladi. Ikkinchidan, byudjet chizigʻi narx pasayishiga mos ravishda yotiqroq boʻlib boradi.
Iste’molchi endi bir birlik qoʻshimcha olma olish uchun, oldingidan kamroq miqdordagi apelsindan voz kechadi. Masalan, bitta apelsin narxi 10 soʻm va bitta olma narxi 5 soʻm boʻlsa, yarimta apelsinga bitta olma toʻgʻri keladi, olma narxi 2,5 soʻmga tushsa, qoʻshimcha bitta olma olish uchun 1/4 qism apelsindan voz kechishi kerak. Olma narxining pasayishi, ma’lum miqdordagi olmani apelsin bilan almashtirish imkoniyatini yaratadi. Natijada optimal majmua (olma va apelsinlarning optimal miqdori) nuqtadan yuqoriroq naflik darajasiga ega boʻlgan befarqlik egri chiziqlarida joylashgan va nuqtalarga oʻtadi.
Agar biz optimal majmua nuqtalarini (befarqlik egri chiziqlari bilan byudjet chiziqlari kesishgan nuqtalarni) chiziq bilan birlashtirsak, bu chiziq “Narx-iste’mol” chizigʻi boʻladi (a rasmdagi chizigʻi). “Narx-iste’mol” chizigʻiga koʻra, talab chizigʻini aniqlash mumkin (b) rasm. Bu holda ordinata boʻyicha narx, abssissa oʻqi boʻyicha ne’mat miqdori belgilanadi.
Daromad va almashtirish samaralari. “Daromad-iste’mol” chizigʻini tahlil qilganimizda, daromad oʻzgarishini (narxlar oʻzgarganda) iste’molga ta’sirini oʻrgangan edik. “Narx-iste’mol” chizigʻi orqali narxlarning oʻzgarishini bir ne’mat bilan boshqa bir ne’matni nisbiy almashtirishga ta’siri oʻrganiladi. Endi biz ne’matga boʻlgan talabni oʻzgarishining qancha qismi narx bilan bogʻliq va qancha qismi daromad bilan bogʻliqligini koʻrib chiqamiz. Narxning har qanday oʻzgarishi, birinchidan: real daromadni oshiradi, natijada befarqlik egri chizigʻi siljiydi va iste’molchi sotib olishi mumkin boʻlgan ne’matlar tarkibini oʻzgartiradi; ikkinchidan - narxlar nisbatini oʻzgartiradi va bir ne’mat (B) bilan boshqa ne’mat (A) almashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |