180
muhim va kelajakda bo‘lishi mumkin bo‘lgan xodisalarni (bo‘lajak avtobiografiya,
boshqariladigan fantaziya, hayotni rejalashtirish, kao‘zometriya)ni, shuningdek,
shaxsning muloqot doirasini (qo‘shimcha biografiya, sub’ektning
munosabatlar
doirasini) kushishdi. Zamonaviy biografik metodlar siyosatchi shaxsini tarixiy,
ijtimoiy va individual borliq doirasida o‘rganishga asoslangan bo‘lib, shaxs
rivojining ssenariysi va hayotiy dasturlari, uning kasbiy, oilaviy, ma’naviy, tabiiy
va ijtimoiy makonda «makon-vaqt» doirasida tahlil etadi. Biografik metodlarni
qo‘llashda
so‘rovnoma,
intervyu,
test,
yaqinlarining
ko‘rsatmalari,
zamondoshlarining
xotiralari,
faoliyat
mahsulini
o‘rganish (xatlari va
kundaliklarini, ma’ruzalari nutqlarining kontent-tahlili va b.)dan manba va vosita
sifatida foydalaniladi.
Tarixiy-qiyosiy
usullarga
tarixiy
tavsif,
aniq
tahlil,
qiyoslash,
davriylashtirish, xronologik,
muammoli-xronologik, retrospektiv, istikbolni
belgilash, tarixiy analogik va boshqa uslublar kiradi. Qiyosiy- tarixiy uslublar
siyosiy-psixologik dalillar va hodisalar yuzaga kelganda hamda amalga oshganda,
rivojlanishning turli bosqichlarida sifat ko‘rsatkichi jihatidan o‘zgarib borishini
tarixiy muhit bilan uzviy bog‘liq holda o‘rganish imkonini beradi.
SHu
asnoda tizim deganda, nafaqat tizimning (boshqarish ob’ektining)
o‘zaro bog‘langan tarkibiy kismlarini yig‘indisi va uning o‘zaro ichki bog‘liklik
darajalari tushunilishi lozim. Balki tashqi aloqadorliklarni darajalari xam uning
tarkibiga kirishini inobatga olish maqsadga muvofiqdir. Bu o‘z navbatida tizimli
tahlilni amalga oshirish yo‘lini, ya’ni yondashuvni belgilab olishni taqozo etadi.
Tahlil, bu turli hajm va mazmundagi axborotni jamlab, manba shakliga
keltirish bo‘lib, bunga tizimli yondashish maqsadga muvofiqdir.
Tizimli
yondashish, bu ob’ektni yaxlit majmua sifatida o‘rganishga asoslangan
metodologiya, ilmiy anglashni ta’minlovchi “yo‘l”dir. Fanda tizimli yondashuv
turli fan sohalarining vakillari tomonidan shakllantirilgan. Tizimli yondashuv, bu
o‘zaro aloqador bo‘lgan jihatlarni qamrab olgan majmua bo‘lib, tahlilni amalga
oshirishda metodologiya vazifasini bajara oladi. Bular:
-
tizimli - xossaviy (elementli), tizim nimalardan tarkib topgan? degan savolga
181
javob topish uchun xizmat qiladi;
-
tizimli
- strukturaviy, tizimni ichki to‘zulishini, uning tarkiblarini
ta’minlashuvini belgilash uchun xizmat qiladi;
-
tizimli - funksional, tizim va uni vujudga keltiruvchi qanday vazifalarni
bajarishini ajratib berish uchun xizmat qiladi;
-
tizimli - kommunikativ, tizimning boshqa tizimlar bilan gorizontal va vertikal
alokadorliklarni mohiyatini belgilash uchun xizmat qiladi;
-
tizimli - integrativ,
tizimni saklanish mexanizmi, saklanish omillari va
takomillashuvi belgilash uchun xizmat qiladi;
-
tizimli - tarixiy, “tizim qanday shakllangan?”, “rivojlanish davomida qanday
bosqichlardan o‘tgan?”, “tizimni istiqboli qanday?” degan savollarga javob berish
uchun xizmat qiladi.
Ko‘rinib turibdiki, tizimli yondashuv, bu tizimli tahlilni amalga oshirish
yo‘lini belgilab berish uchun xizmat qiladigan majmua hisoblanadi.Tizimni
(ob’ektni) boshqaruvi bilan bog‘lik bo‘lgan masalani xavfsizlikni ta’minlash
nazari asosida tizimli tahlil qilishni tadqiqotchi quyidagi
ketma-ketlikda amalga
oshirishi maqsadga muvofiq:
-
o‘zining ilmiy saloxiyatini inobatga olib, tadqiqotning vazifa va maqsadini
(ya’ni, istiqboldagi istakli holatini) belgilab olishi;
-
tahlil uchun tanlangan tizimni (bunda faoliyat sohalari nazarga olingan)
xamda tashqi muhitning rivojlanish tarzi va prognozini tadqiqotda belgilanishi;
-
tashqi muhit omillarini (iste’molchilar bozori, mol etkazib beruvchi xamda
raqobatchilar va boshqalar) tadqiq qilib, uning istiqbolini belgilashi;
-
maqsad va vazifalarning tizim tuzilishi(yaratilishi)da ifodalanishini belgilab
olishi lozim.
-
Do'stlaringiz bilan baham: