3-Mavzu. Shaxsni o`rganishning biografik metodi,
shaxsni yo`nalganligini o`rganish, kasbiy qiziqish va
layoqatlarni eksperimental o`rganish
1.Biografik anketaning shakllantirilishi.
2.Tadqiqotni tashkil etish. Tekshiriluvchiga Yuriknoma.
3. SHaxsni yo’nalganligini o’rganish anketasi.
4.SHaxsni yo’nalganligini aniqlash jarayoni.
5.Bayonnomani tuzish.
6.Qiziqishlar haqida ma’lumot,qiziqishlarning turlari
7.Bilish jarayonlari va qiziqishlarning uzviy bog’likligi
Tayanch tushunchalar:
Biografik metod,
Biografik tahlil usuli manbalari,
kauzometriya,
Zamonaviy biografik metodlar, kuzatuv bayonnomalari, axborot
to'plash,
xatlar
Biografik metod
(Yunon tilida bios – hayot, graho – yozayapman) – - biografik (kishini
uning tarjimai holi bilan bogʼlik boʼlgan xujjatlar orqali oʼrganish) usul; - intervYu
(muammoga oid boʼlgan shaxs hayot yoʼlini tadqiq etish, tashxislash, korrektsiyalash,
rejalashtirish uslubi. Biografik usul XX asrning birinchi choragida tatbiq etila
boshlandi. Birlamchi biografik usullardan
yordamida siyosatchilar, tarixiy shaxslar
oʼtmishdagi siyosiy hayotni retrospektiv tahlil etish maqsadida foydalanilgan.
Keyinchalik bunga muhim va kelajakda boʼlishi mumkin boʼlgan hodisalarni (boʼlajak
avtobiografiya, boshqariladigan fantaziya,
hayotni rejalashtirish, kauzometriya)ni,
shuningdek, shaxsning muloqot doirasini (qoʼshimcha biografiya, subʼektning
munosabatlar doirasini) qoʼshishdi. Zamonaviy biografik metodlar siyosatchi shaxsini
tarixiy, ijtimoiy va individual borliq doirasida oʼrganishga asoslangan boʼlib, shaxs
rivojining stsenariysi va hayotiy dasturlari, uning kasbiy, oilaviy, maʼnaviy, tabiiy va
ijtimoiy makonda «makon-vaqt» doirasida tahlil etadi. Biografik metodlarni qoʼllashda
soʼrovnoma, intervYu, test, yaqinlarining koʼrsatmalari, zamondoshlarining xotiralari,
faoliyat mahsulini oʼrganish(xatlari va kundaliklarini, maʼruzalari nutqlarining kontent-
tahlili va b.)dan manba va vosita sifatida foydalaniladi.
Ushbu metod inson hayot tarixini oʼrganish
va baholash usullari, bu hayotni
o'tkazganlar nuqtai nazaridan aytilgan yoki xabar qilingan hayotning guvohliklari.
Axborot to'plash, xatlar, intervYular, kundaliklar, kuzatuv bayonnomalari va uni tahlil
qilish usullaridan iborat.
Biografik metodning mohiyati ma'lum bir shaxs qanday mexanizmlar va hodisalar
tug'ilishi va kelajakda o'z taqdirini qanday shakllantirish natijasida, savolning javobida
yotadi.
Biografik metod ilk marotaba Chikago sotsiologik maktabi namoyondalari tomonidan
qo’llanilgan. Biografik metod sinaluvchi ichki ruxiy dunyosini tushunish turli xayotiy
vaziyatlardagi xulqiy koʼrinishlarni shakllantirish imkonini beradi.
Biografik tahlilning o'ziga xosligi uning shaxs, guruh (masalan, oila), tashkilot hayoti
aspektlarini sub'ektiv talqin qilishga qaratilganligi hisoblanadi.
Voqea-hodisalarni og'zaki yoki hujjatli tasvirlashda rivoyat qiluvchining o'zi
nuqtai
nazaridan hayotiy voqea sub'ekti ushbu voqealarni boshdan kechirishi, izohlashi va
belgilashi shaklida bo'ladi.