Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги



Download 0,54 Mb.
bet7/24
Sana07.08.2021
Hajmi0,54 Mb.
#140596
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
Bog'liq
O'ZBEKISTON TARIXI МАЪРУЗАЛАР ТЎПЛАМИ

Tayanch tushunchalar:
Iskandar vafotidan keyin saltanatning parchalanishi va Eron davlatining tashkil topishi. Slavkiylar davlati.

Yunon -Baqtriya davlatining tashkil topishi. Ijtimoiy tuzumi va xo'jalik hayoti.

Parfiya davlatining tashkil topishi. Ijtimoiy tuzumi, xo'jalik va madaniyati

Qang', Dovon davlatlari. Xorazm davlati.

Kushon saltanati.
Mill av. 323 yilning 13 iyunida Iskandar vafot etadi. U 13 yil davomida ulkan saltanat hukmdori bo'ldi. Uning vafotidan so'ng, bepoyon davlat uch qismga : Makedoniya, Misr va Suriyaga bo'linib ketdi. Bu davlatlar Iskandarning eng yaqin lashkarboshilari tomonidan boshqarildi.

Uzoq kurashlardan so'ng mil. av. 312 yilda lashkarboshilardan biri Salavka Bobil davlati xukmdori bo'ladi. Bu davlat tarkibiga Mesopotamiya, Eron, Parfiya, Baqtriya, Sug'diyona kirar edi.

Markaziy Osiyo yerlarini Salavka satrapliklarga bo'ldi. Mil. . av. 293 yilda Salavka Sharqiy viloyatlar - Parfiya, Marg'iyona, Baqtriya, Sug'diyona noibi etib o'g'li Antioxni tayinladi. Antiox o'z hokimiyatini mustahkamlash uchun istehkomlar qurdirdi, butun Marg'iyonani o'rab olgan devor qurdirdi, otasi nomidan tanga zarb ettirdi.

Mil. av. 280 yil Salavka vafotidan so'ng Antiox ulkan davlat hukmdoriga aylandi va 20 yil hukmronlik qildi.

Yunon - makedon istilolari tufayli izdan chiqqan turmush tarzi Sug'diyona, Baqtriyada, Marg'iyonada asta-sekin tiklana boshladi. Bu yerlarda yangi qarorgohlar, shaharlar bunyod etildi. Savdo sotiq, qishloq xo'jaligi xunarmandchilik rivojlana boshladi.

Yunon-makedon istilolaridan boshlab Markaziy Osiyo viloyatlari madaniyati tarixida antik ( yunoncha «qadimgi» ) davr boshlandi. Bu xol Shark va G'arb o'rtasida madaniy munosabatlarning rivojlanishiga olib keldi. Iskandar vafotidan so'ng Baqtriya madaniyatida yunon madaniyati ta'siri sezila boshlaydi. Baqtriyada yunon yozuvi tarqaldi, yunon og'irlik o'lchov birliklari, pul munosabatlari, hunarmandchilik va san'at joriy etildi. Moddiy va badiiy madaniyat, savdo va shaharsozlik yangicha yo'nalishda rivojlana boshladi.

O'z navbatida, yunonlar qurilishda mahalliy an'analarni qo'llay boshladilar. Bu xol hunarmandchilikda ham ko'zga tashlandi.

Mil. avv. III asr o'rtalarida Baqtriya Salavkiylar davlatidan ajralib chiqdi. Baqtriya noibi Diodod o'zini podsho deb e'lon qildi. Shundan Yunon-Baqtriya podsholigi boshlandi. Aynan shu davrda ya'ni mil. avv. 250 yil Parfiya ham mustaqillikni qo'lga kiritdi. Yustinianning yozishicha « Makedoniyadan butun Sharqning xalqlari ajralib chiqdilar «.

Yeftidemning o'g'li Demitriy davri ( mil. avv. 199 - 165 yillar ) da Yunon-Baqtriya podsholigi o'z taraqqiyotining yuqori bosqichiga ko'tarildi. Bu davlatga Hindistonning ham bir qismi qo'shib olindi. Parfiya Mitridat 1 davrida Baqtriyaga harbiy yurishlarni kuchaytirdi va Marg'iyonani bosib oldi. Bir oz vaqt o'tgach Sug'diyona Baqtriyadan ajralib chiqdi. Tinimsiz urushlar natijasida zaiflashgan Yunon-Baqtriya podsholigi mil. avv. 140-130 yillarda ko'chmanchi yuechji qabilari tomonidan bosib olindi.

Yunon-Baqtriya davlati 120 yil yashadi. Shu davr mobaynida uning iqtisodi va madaniyati yuksaldi. Hunarmandchilik va savdo rivojlandi, ko'plab shaharlar qurildi.

Yunon-Baqtriya podsholigi arxeologiya yodgoriklarini tadqiq etish unda dehqonchilikni hamda hunarmandchilik, ayniqsa, uning temirchilik, kulolchilik va zargarlik kabi ko'plab turlarining yuqori darajada rivojlanganligidan dalolat beradi.

Yunon-Baqtriya davlatida tangalar xukmdor tasviri bilan zarb etilgan.

Yunon madaniyati an'analari yoyilgan bo'lishiga qaramay, Markaziy Osiyo xalqlari o'zlarining qadimiy madaniyatlari an'analariga sodiq qoldilar. Ular ellin madaniyatining eng afzal tomonlarini qabul qilib, yangi asoslarda rivojlantirdilar.

Yunon-Baqtriya podsholigi davrida deyarli barcha tarixiy -madaniy viloyatlarda iqtisod va madaniyat yuksaldi.

Mil. avv. 2 asrning so'nggi choragida Markaziy Osiyoga kelib ketgan Xitoy elchisi va sayyohi Chjan Syanning hisobotidan foydalangan Xitoy tarixchisi Sima Szyan odatlari yuechjelarnikiga o'xshab ketadigan Kangyuy yoki Kandzoy deb atalmish ko'chmanchi davlat xaqida xabar beradi. «Avesto «va " Maxabxarata» da Kanxa davlati tilga olingan.

Xitoy manbalariga ko'ra Buxoro, Shahrisabz, Kattaqurg'on, Toshkent vohasi va Xorazmning Shimoliy qismi Kangxaga bo'ysundirilgan. Bu davlatga mil. avv. III asrda saklar asos solishgan. Arxeologlarning aniqlashicha Toshkent viloyatining Oqqo'rgon tumanidagi Kangxa shahar xarobasi saklarning o'shandagi poytaxti Kang'dez bo'lib, unga mil. avv. III asrda asos solingan.

Qang' davlatining asosiy shaharlari Sirdaryo sohillari bo'ylab joylashgan edi. Mil. avv. II asrning 2 yarmi - milodiy I asr Qang' davlatining qudrati g'oyat darajada yuksalgan davr edi. Bu davrga oid eng batafsil ma'lumotlar Xitoy yozma manbalarida xususan, Xitoy elchisi Chjan Szyanning maktublarida keltiriladi.

Davlat iqtisodiyotining gullab yashnashiga uning xududidan Buyuk Ipak yulining Shimoliy tarmog'i o'tganligi imkon yaratdi. Qang' davlati tarixini o'rganishda Xorazmda joylashgan Jonbosqal'a, Quyqirilganqal'a, Toshket viloyati xududidagi Qovunchitepa arxeologik madaniy yodgorliklari qimmatli ma'lumotlar beradi.

Qo'shni davlatlar bilan janglar milodning 3 asrida Qang' davlatining parchalanib ketishiga olib keldi. Davlatchiligi tarixida xali yechimini to'liq topmagan masalalar talaygina. Dovon tarixida ( Xitoy manbalarida Davan, boshqa manbalarda, Parkana) uning tashkil topgan va inqirozga yuz tutgan davri aniqlanmagan. Bu davlat taxminan, mil. avv. III asrdan milodning II asrlarigacha mavjud bo'lgan. .

Dovon davlati haqidagi ma'lumotlar milodning 1-2 asrlarga oid Xitoy yilnomalarida uchraydi. Dovon davlatida 70dan ortiq shaharlar bo'lgan. Dovon davlati xududlari Toshkentgacha kelgan. Xitoy yilnomalarida «Xan sulolasi zamonida Shi ( Toshkent) mulklari Dovon davlatining Shimoliy tumanlarini tashkil etardi va shimolda Qang' davlatigacha, janubda esa yuechjilar davlatigacha boradi» deb ko'rsatilgan.

Davlat poytaxti Ershi bo'lgan. Dovon Xitoy va Yevropa davlatlari bilan bo'lgan savdoda muhim o'rin tutgan. Xitoy bilan bo'lgan savdoda «Samoviy» otlar alohida qadrlangan.

Arxeologlar topgan dalillar Xitoy solnomalaridagi ma'lumotlarni tasdiqladi va to'ldirdi: mil. avv. 2-1 asrlarda Farg'ona yuksak taraqqiy etgan aholisi ko'p sonli, yaxshi qurollangan va mashq ko'rgan qurolli kuchlarga ega davlat bo'lgan.

Farg'ona davlatining Sherabod, Uchqo'rgon singari va boshqa shaharlari atrofidagi aholisi yerni ishlash, sholi va bug'doy yetishtirish, bog'dorchilik va uzum yetishtirishda katta yutuqlarga erishganlar.

Olimlarning anig'lashicha, milodning II asrida Farg'ona davlati barham topdi va uning yerlari Kushon podsholigiga qo'shib olindi. Markaziy Osiyoda bu davrda uchinchi bir davlat - Tohariston, Xitoy manbalarida mil. avv. 2-1 asrlar uchun « Daxya - Baqtriya" nomi bilan ataluvchi davlat mavjud bo'lgan.

Bu davlat xududiga hozirgi Janubiy O'zbekiston, Tojikistoning katta qismi, Afg'onistonning Shimoliy xududlari kirgan. Xitoy manbalarida bu davlat aholisining asosiy mashg'uloti, urf-odatlari, madaniyati xaqida yozilgan. «Daxya» da o'troq hayot kechiradilar, shaharlar va uylar bor, urf-odatlari farg'onaliklarnikiga o'xshagan, ularning askarlari zaif janglarda dovyurak emas. Aholi savdo ishlariga mohir, Daxya aholisining soni millionga yetadi. Poytaxti Lanshi deb ataladi. Bu shaharda turli tuman tovarlar sotiladigan bozor bor.

Bu davrga oid arxeologik yodgorliklar Surxondaryo xududidan topilgan. Termiz, Zartepa, Dalvarzin, Xolchayon kabi yodgorliklar shular jumlasidandir.

Qadimiy madaniyatning yorqin durdonalaridan biri « Avesto» dir. Ma'lumki «Avesto» Zardushtiylik dinining muqaddas kitobidir. Mil. avv. 1 ming yillikning 1 yarmida Markaziy Osiyoda Zardushtiylik dini keng tarqaldi. Bu dinning asoslari ibtidoiy jamoa sharoitida, odamlar tevarak atrofidagi tabiatni ilohiylashtirgan bir davrda vujudga keldi. Zardushtiylar o'shanda olov (quyosh)ga, yer, suv, oy, yulduzlarga sig'inganlar va ularni muqaddas deb bilganlar.

Zardushtiylik dinining nomi ushbu din asoschisi Zardusht ismidan olingan. U mil. av. 1 ming yillikning birinchi choragida yashagan. U o'z ta'limotini Xorazm va Baqtriya yerlarida targ'ib etgan. Zardusht vafotidan bir necha asr o'tgach barcha diniy marosimlar, madhiya va duolar kitob holiga keltirilgan. Bu Zardushtiylarning muqaddas kitobi « Avesto» edi.

Mil. avv. 1 ming yillik boshlarida tarqoq qabilalarni bosqinchilarga qarshi birlashtirish zarurati tug'ildi Zardusht o'z ta'limotida qabilalarni birlashtirishga chorladi.

Zardushtiylikning eng muqaddas sanalgan ilohlari Axuramazda, Mitra, Anaxita bo'lgan. Axuramazda buyuk va mutafakkir iloh, Zardushtning homiysi bo'lgan. Mitra quyosh va yorug'lik xudosi, dehqonlar va chorvadorlar himoyachisi, hosil, ma'murchilik va to'kin-sochinlikni ta'minlovchi bo'lgan. U Axuramazda bilan odamlar o'rtasidagi asosiy vositachi bo'lgan. Mitra jangchi yigit qiyofasida tasvirlangan. Axriman yovuzlik va o'lim xudosi bo'lgan. Mitra u bilan kurashgan. Kamalakni ( yomg'irdan so'nggi) Mitraning kamoni deb bilganlar. Hosildorlik va suv ilohasi Anaxita yoki Noxit deb atalgan. Baxt va boylik ilohasi xumoga topinganlar.

«Avesto» ning ayrim qismlarini fransuz olimi A. Dyuperron tarjima qilishga erishdi. Tadqiqotchi olim Meri Boys ko'p yillar davomida Hindistondagi zardushtiylar jamoalari hayoti va urf-odatlarini o'rgandi.

Zardusht g'oyalari matnlari mil. avv. IV asrda tuplanib, 21 kitob qilindi. Bu dindagi asosiy g'oya yaxshilik va yomonlik o'rtasidagi kurash tasvirlangan. Ular olov, yer, suv va havoni muqaddas bilib, yer yuzida eng yovuz va yomon narsa o'lim deb hisoblaydi. Shu boisdan o'likni ko'mishning alohida tartibi vujudga kelgan. Yomonlikni muqaddas yerga ko'mish, kuydirish, suvga tashlash man etilgan. Jasad qushlar tomonidan yerda tozalangach, suyaklar quritib maxsus idish «Ossuariy» - « suyakdon», « ostadon»larda saqlangan. Ular nous deb ataluvchi maxsus binolarga qo'yilgan. « Avesto» nafaqat muqaddas diniy kitob, balki muhim tarixiy manba hamdir.

Umuman, mil. avv. 1 ming yillikda kishilar erishgan madaniyatning yuksak namunasi temirdan foydalanishni o'rganish va davlatchilikning shakllanishi bo'ldi. Bu davrda Markaziy Osiyo xalqlari hunarmandchilik, zargarlik, tikuvchilik, kulolchilik va binokorlik taraqqiyotida yuksak darajaga erishdi.

Zargarlik san'atining yuqori darajada rivoj topganiga « Amudaryo xazinasi « misol bo'la oladi. Bugun bu xazina Londondagi Britaniya muzeyida saqlanmoqda.

U 1877 yilda Vaxsh daryosining Amudaryoga quyiladigan yerida Qabadiyon bekligi xududida topilgan 180 taga yaqin zargarlik buyumlari va ko'plab tangalardan iborat bo'lgan.

Bu davrda shahar-qal'alar tarkib topdi va rivojlandi. Ayniqsa, mil. avv. 1-ming yillikning oxirida vujudga kelgan Buyuk Ipak yo'li o'lka iqtisodiyoti bilan bir qatorda madaniy ravnaqqa ham olib keldi.

Hurmatli Prezidentimiz I. A. Karimov Shvesariyaning Altendorf shahrida O'zbekiston savdo uyini ochish chog'ida so'zlagan nutqlarida quyidagi fikrlarni bildirdi: " Xalqimiz tarixi va madaniyati qadimiydir. Bizning mamlakatimiz orqali, uning Samarqand, Buxoro, Xiva. Toshkent, Farg'ona kabi go'zal shaharlari orqali Buyuk Ipak yo'li o'tgan. Bu yo'l Osiyo bilan Yevropa o'rtasida madaniy va savdo yo'li bo'lib xizmat qilgan. Hozir biz shu qadimiy Ipak yo'lini tiklash va zamonaviy mazmun bilan to'ldirish uchun butun kuch g'ayratimizni sarflayapmiz».

Ha, xaqiqatdan madaniyatimiz, davlatchiligimiz uzoq o'tmishga borib taqaladi. O'tmishni qanchalik teran, puxta o'rgansak buyuk kelajak sari shuncha yaqinlashamiz. Zero, o'tmishsiz kelajak bo'lishi mumkin emas.

Miloddan avvalgi II asrning o'rtalarida Yunon-Baqtriya davlati tinimsiz urushlar olib borishga majbur bo'lib, xarbiy siyosiy qudratini yo'qota boshlaydi. Bundan foydalangan yuechji qabilalari miloddan avvalgi 140-130 yillarda Yunon-Baqtriya podsholigini bosib oldilar.

Miloddan avvalgi I asrda yuechji qabilalari uyushmasida Guyshuan (Kushon) hokimligi ancha kuchaydi. Olimlar fikriga ko'ra, dastlab guyshuan qabilasi Surxon vohasida joylashgan va ularning poytaxti Dalvarzin shahri (Sho'rchi tumani) bo'lgan. Podsho Kudjula Kadfiz davrida Kushon hokimligi xududi ancha kengayib, davlat tarkibiga Janubiy Tojikiston, Afg'oniston va Kashmir yerlari qo'shib olingan.

Kushon podsholari ichida eng mashhuri Kanishka davrida (I-II asrlar) davlat ulkan saltanatga aylandi. Kushon podsholigi Surxon vohasi, Janubiy Tojikiston, Afg'oniston, Shimoliy Hindiston va Sharqiy Turkiston xududlarini o'z ichiga olgan. Kanishka zamonida poytaxt Peshovorga ko'chiriladi. Qadimgi dunyo tarixida mashhur bo'lgan Rim, Parfiya, Xitoy davlatlari kabi Kushon podsholigi xam yirik qudratli davlatlardan biriga aylandi. Xitoy muallifi Syuan Szyanning yozishicha, Kanishka podsholik qilgan davrda uning shon-shuhrati qo'shni mamlakatlarga yoyildi.

Shunisi diqqatga sazovorki, O'zbekiston xududining asosiy qismi (Xorazm, Zarafshon, Qashqadaryo, Toshkent va Farg'ona vohalari) Kushon davlati tarkibiga kirmagan. Ushbu xududlarda boshqa mahalliy davlatlar rivojlanib, kushon madaniyatiga xos an'analar deyarli tarqalmagan. Bundan tashqari, Kushon davlatining shimoliy chegaralari Ko'xitang, Boysun va Xisor tog'lari orqali o'tgani haqida Boysun tumanidagi Darband atrofida topib tekshirilgan yirik mustahkam mudofaa devorlari dalolat beradi. Ular harbiy tayanch nuqta sifatida davlat chegaralarida barpo etilgan.

Kushonlar sulolasi yozma manbalar asosida va tangashunoslik tadqiqotlari orqali o'rganilgan. Kushonlar ilk tangalarining bir tomonida yunon xudolaridan Germes tasviri, ikkinchi tomonida esa «kushonlar yog'dusi Kujula Kadfiz» degan so'zlar bor. Demak, dastlab Kushon hokimlari o'z nomlarini «podsho», «shoh» tushunchalari bilan bog'lamaganlar. Ammo Kushon davlatining xududi kengayishi va uning siyosiy-harbiy ahamiyati o'sib borishi bilan birga tanga pullarda «shoh», "shohlar shohi» atamasi ko'pdan-ko'p uchraydi. Bunday o'zgarishlar davlatning harbiy qudratini ko'pchilik mamlakatlar tomonidan tan olinganini izohlaydi.

Podsho Kanishka 1 o'zidan oldingi davlatni boshqaruv an'analarini saqlab qoldi va davom ettirdi. Ma'lum viloyatlar va shaharlar davlat tepasida turuvchi oliy hukmdor noiblari tomonidan boshqarilar edi. Bunday noiblar podsho tomonidan tayinlanib, uning eng yaqin va ishonchli vakillari hisoblangan. Ular oliy xukmdorga so'zsiz itoat etib, doimiy ravishda davlat xazinasiga o'lponlar to'lab turganlar. Kushonlar davrida mahalliy aholidan yig'iladigan soliq tartibi hakidagi ma'lumotlar bizgacha saqlanmagan bo'lsada, bunday tartib mavjud bo'lganligi aniq.

Buyuk Ipak yo'li tarmoqlarida joylashgan Kushon podsholigi gullab yashnadi. Ko'pdan-ko'p yangi shaharlar bunyod etildi. Bu davrda ko'plab sug'orish inshootlari qurilib, yangi yerlar o'zlashtirildi.

Shaharlar qurilishida aniq binokorlik qoidalari amalga oshirilgan. Shaharlar to'g'ri burchakli bo'lib, qalin devorlar bilan o'ralgan. Shahar tuzilishiga ko'ra, u bir necha qismlarga bo'lingan: hokim saroyi (qal'a), hunarmandchilik ustaxonalari, gulzorlar alohida ibodatxonalar joylashgan qismi, savdo maydoni va boshqalar.

Kushon podsholigi iqtisodiyotining asosini sug'orma dehqonchilik, savdo va hunarmandchilik tashkil qilgan. Hunarmandchilik turli kasblardan iborat bo'lgan. Kulolchilik, harbiy qurollar yasash, zargarlik, temirchilik, to'quvchilik.

Hindiston, Xitoy va Rim saltanati bilan savdo va elchilik munosabatlari o'rnatildi. Savdo munosabatlarining rivojlanishida Buyuk Ipak yo'lining ahamiyati katta bo'lgan. Xitoydan ipak, turli gazlamalar va chinni olib kelingan, Xitoyga esa temirdan va fil suyagidan ishlangan buyumlar, jun, gazlama, qimmatbaho toshlar va boshqa mahsulotlar olib borilgan. Termizdan Rim tangalar xazinasi, O'rta yer dengizi atrofi xududlarida esa kushon tangalari topilgan.

Kanishka davrida Hindistondan tarqalgan Budda dini davlat diniga aylandi. Oromiy va yunonlar yozuvlari asosida kushon yozuvi mavjud bo'lgan. Kushon davrida me'morchilik va tasviriy san'at yuksak darajada rivojlangan. San'at namunalari yodgorliklari Ayritom. Eski Termiz, Dalvarzintepa va Xolchayonda topilgan. Ular jahon miqyosida mashhur bo'lgan san'at obidalaridir.

Biroq shuni alohida ta'kidlash lozimki, Kushon podsholigi bir necha xududlar va ko'plab qadimgi xalqlarni birlashtirgan. Bu borada o'zbek xalqi ajdodlari ham kushon madaniyatining rivojiga o'z hissasini qo'shgan.

Kushon davlatining inqirozga uchrashi Yunon-Baqtriya va Rim saltanati tarixiy taqdiriga ancha o'xshab ketadi. Bu davlatlarning barchasi qulash arafasida tinimsiz urushlar olib borishga majbur bo'lganlar. Tashqi harbiy bosqinlardan himoyalanish uchun ichki va tashqi sabablarga ko'ra zaiflashgan yirik davlatlarda yetarli harbiy imkoniyat topilmadi. IV asrga kelib Kushon podsholigi asosiy xududlaridan mahrum bo'ldi. Kushonlarning ayrim mulklari faqat Shimoliy Hindistonda saqlandi.


Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish