Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги


-mavzu: O'RTA OSIYODA ILK DAVLATLARNING TASHKIL TOPISHI. TURON XALQLARINING CHET EL ISTILOCHILARIGA QARSHI KURASHI



Download 0,54 Mb.
bet5/24
Sana07.08.2021
Hajmi0,54 Mb.
#140596
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
O'ZBEKISTON TARIXI МАЪРУЗАЛАР ТЎПЛАМИ

3-mavzu: O'RTA OSIYODA ILK DAVLATLARNING TASHKIL TOPISHI. TURON XALQLARINING CHET EL ISTILOCHILARIGA QARSHI KURASHI.
Reja:


  1. Ilk temir davrida ishlab chiqarishning rivojlanishi va tabaqaviy jamiyatga o'tishning shart-sharoitlari.

  2. Qadimgi «Katta Xorazm davlati»

  3. Qadimgi Baqtriya va Sug'diyona.

  4. Ahmoniylar davlati va uning turon zaminiga bostirib kirishi.

  5. Yunon-makedon davlati va Iskandarning Turon zaminiga nisbatan istilochilik yurishlari.


Tayanch tushunchalar:
O'rta Osiyo hududidagi ilk davlatlar. Baqtriya, Xorazm, Sug'diyona, Parfiya, Marg'iyona. »Katta Xorazm» xaqida umumiy ma'lumot. Xo'jaligi va madaniyati Qadimgi Baqtriyaning xo'jaligi va madaniyati. Qadimgi Sug'diyonaning sarhadlari, tabiati va aholisi. Qadimgi Marg'iyonada ilk davlatning vujudga kelishi. Parfiya davlatining tashkil topishi va xududlari. Manbalar va xo'jaligi.

Ahmoniylar davlati va uning Turonzaminga bostirib kirishi. Tumaris, Shiroq.

Yunon-makedon davlati va Iskandarning Turonzaminga nisbatan istilochilik yurishlari. Spitamen qo'zg'oloni.
Mustaqillik, mustaqil suveren davlatning tuzilishi bu har bir xalqning asriy orzusi-umidlarining, muqaddas maqsadlarining ruyobga chiqishidir.

O'zbekiston xalqlari 1991 yil 31 avgustda o'zining Davlat mustaqilligini e'lon qildi. Dunyo xaritasida yana bitta mustaqil, to'la xuquqli, suveren davlat - O'zbekiston Respublikasi paydo bo'ldi. Bugun uning barcha fuqarolari, butun xalqi mustaqilligini mustahkamlash yulida xizmat qilmoqdalar.

Xo'sh, bu gap O'zbekiston hududida mustaqil davlat bundan 12 yil burun barpo bo'lgan, o'zbek xalqi o'z davlatchiligiga birinchi marta ega bo'ldi, degan ma'noni anglatadimi?

- Yo'k bunday ma'noni anglatmaydi. Bugungi O'zbekiston xalqi o'zining boy, ko'p asrlik tarixiga egadir. Xozirgi O'zbekiston hududida dastlabki mustaqil davlat tuzumlari eramizdan avvalgi birinchi ming yilliklar boshlarida paydo bo'lgan edi.

Ushbu qudratli, tobora gullab -yashnagan davlatlar butun dunyoda katta obro'ga xurmat va mavqega ega bo'lgan. Qadimgi yilnomalarda va boshqa tarixiy yodgorliklarda, shuningdek, yer yuzidagi boshqa mamlakatlar va xalqlarning yodnomalarida o'sha zamonlarda Markaziy Osiyo hududida Xorazm, Sug'diyona, Baqtriya, Marg'iyona va boshqa qudratli hamda rivojlangan davlatlar mavjud bo'lganligi tug'risidagi ko'p marta qayta-qayta eslatib o'tilgan.

Muxtaram Prezidentimiz I. Karimov O'zbekiston mustaqilligining 4 yillik munosabati bilan o'tkazilgan tantanalarda so'zlagan nutqlarida «Bizning qadimiy va boy tariximizni, ulug' ajdodlarimiz va ular qoldirgan beqiyos madaniy meros bashariyat madaniyati va rivojiga ulkan hissa qo'shganini butun jaxon tan oladi.

Ona yurtimiz O'zbekiston tuprog'ida, betakror va go'zal diyordan-ne ulug' ajdodlar va buyuk zotlar yashab o'tdilar. Ular biz voris bo'lib turgan bugungi tarix madaniyatini bizga meros qilib qoldirganlar» - deyishlari bilan nechog'li xaq edilar.

Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda O'zbekiston hududida yashagan xalqlarning turmushi xaqida biz yozma manbalar moddiy va madaniyat , san'at yodgorliklari, shuningdek, til, toponimika, falklor va etnografiya fanlari ma'lumotlariga asoslangan holda fikr yuritamiz.

Yozma manbalarni Ahmoniylarning xujjatlariga asoslanib toshga, sopol, taxtachalarga o'yib qoldirgan yozuvlari hamda xuddi shu davrga mansub bo'lgan teri yoki papirus qog'ozga yozilgan qo'lyozmalar, grek tarixchilari Gerodod, Ktesiy va Ksenofont, Poliyen, Strabon, Ptolomey yozib qoldirgan hissalar turli davrlarda to'qilgan gimnlar, duolar va diniy yozuvlar to'plami bo'lgan zardushtiylarning «Avesto» kitobini ko'rsatish mumkn.

Arxeologik qazish ishlari natijasida shahar va qishloqlar qoldiqlari qazish ishlari vaqtida hamda tasodifiy topilgan san'at va turmush yodgorliklari yozma manbalardagi ma'lumotlarni yanada to'ldiradi.

Odamlar miloddan avvalgi 1-ming yillik boshlariga kelib temirdan mehnat qurollari va yarog'lar yasashni o'rgandilar. Bu esa qadimgi xo'jalikni ancha rivojlantirdi. Temir qurollari dehqonchilikning keng maydonlarida rivojlanishiga va paykal uchun yerlarni tayyorlashga imkon yaratdi.

Temir xunarmandchilikning yangi rivojiga ham sabab bo'ldi. Ilgari mehnat qurollarni dehqonning o'zi tayyorlagan bo'lsa, endi hunarmandchilik aloxida ajralib chiqib xo'jalikning mustaqil, ixtisoslashgan tarmog'iga aylandi. Shu tariqa ikkinchi ijtimoiy mehnat taqsimoti vujudga keldi.

Markaziy Osiyoda eng qadimgi temir buyumlari Dalvarzin (Farg'ona vodiysida) Anov (Turkmaniston janubi), Qiziltepa (Surxon voxasi), Daratepa (Qashqadaryo vodiysi) manzilgohlaridan topilgan. Ularning eng qadimgilari mil. av. IX-VIII asrlarga doirdir. Aksariyat buyumlar mil. av. VII-VI asrlarga taalluqli.

Mil. av. 1ming yillik boshlarida ijtimoiy -iqtisodiy munosabatlarning jadal rivojlanishi jamiyatda o'z nufuziga ega bo'lgan kishilarning ajralib chiqishiga olib keladi. Ular ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirok etmaganlar, balki jamiyat va xo'jalik xayotini boshqarganlar.

Bunday jamiyatning ijtimoiy qurilishida dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik qurilish va sug'orish ishlarida mas'ul ishlab chiqaruvchilar, shuningdek ishlab chiqarish bilan shug'ullanmaydigan oqsoqollar va harbiy yo'lboshchilar ajralib chiqa boshladilar. Bu ilk davlat tuzilmalarining boshlanishi davri edi. Bu jarayon axoli joylashgan yerlarni, dehqonchilik bilan mashg'ul vohalarni dushmandan himoya qilish, jamoaning ichki va tashqi munosabatlarini xuquqiy rivojlantirish va nazorat qilish zaruriyatidan kelib chiqqan.

Yozma manbalarning guvohlik berishicha, mil. av. VII-VI asrlarda O'zbekiston hududida so'g'diylar, baqtriyaliklar, xorazmliklar, sak va massaget elatlari yashaganlar. Zarafshon va Qashqadaryo vodiysida dehqonchilik bilan shug'ullanuvchi ko'plab aholi istiqomat qilishgan. Yozma manbalarda bu hudud So'g'da («Avestoda»), Sug'uda (Behustun yozuvlarida), Arrian, Strabon, Kursiy Ruf asarlarida Sug'diyona deb nomlangan. Bu hududda yashaydigan aholi so'g'diylar deb nomlangan.

Amudaryoning quyi oqimida yashagan o'trok dehqon elatlari xorazmliklar bo'lgan. Ularning yurti Xvarizam («Avesto»da), Xvarazmish (Behistun yozuvlarida) Xorasmiya (Arrian, Strabon asarlarida) deyilgan.

So'g'diylarga qo'shni baqtriyaliklar Surxon vodiysi, Afg'onistonning shimoli Tojikistonning janubiy hududlarida yashaganlar. Yozma manbalarda u Baxdi («Avesto»da), Baqtrish (Behistun yozuvlarida) deb nomlangan. Yunon-Rim mualliflari uni Baqtriana yoki Baqtriya deb nomlaganlar.

Sahro va Amudaryo bo'ylarida ko'chmanchi massaget qabilalari yashaganlar. Markaziy Osiyoning tog'lik cho'l va sahro yerlarida asosiy mashg'uloti chorvachilik bo'lgan saklar istiqomat qilishgan. Mil. av. VI asrda ular o'z yerlarini boshqa qabilalar xujumidan ximoya qilish uchun xarbiy qabilalar ittifoqini tuzdilar.

Qadimgi rim va yunon tarixchilarining yozishlaricha, saklar uch ijtimoiy guruhga bo'lingan ularning ko'pchilik qismi saka-tigraxauda, ya'ni o'tkir uchli kigiz qalpoq kiyib yuruvchi saklar deb atalgan. Ular xozirgi Toshkent viloyati va janubiy Qozog'iston yerlarida yashagan.

Ikkinchi guruh saka-tiay-tara-darayya, ya'ni daryoning narigi tomonida yashovchi saklar deb atalgan. Ular Orol dengizi bo'ylarida, Sirdaryoning quyi oqimida yashaganlar.

Pomirning tog'li tumanlarida va Farg'onada saka-xaumavarka deb ataluvchi saklar yashagan.

Qadimgi grek tarixchilari Markaziy Osiyo va Qozog'iston hududlarida yashagan barcha ko'chmanchi va o'troq qabilalarni, skiflar degan umumiy nom bilan ataganlar.

So'g'diyona, Baqtriya va Xorazm aholisining asosiy mashg'uloti sun'iy sug'orishga asoslangan dehqonchilik bo'lgan. Jamiyat xayotida hunarmandchilik va savdoning ham o'rni katta bo'lgandir.

Savdo, madaniy aloqalar shaharsozlikni taqozo etgan. Hunarmandchilik va savdoning rivojlanish natijasida mil. av. VII-VI asrlarda qadimiy shaharlar rivojlandi. Ular mustahkam mudofaa devorlari bilan o'ralgan bo'lib, hunarmandchilik ishlab chiqarishi va savdo markazlari edilar.

Bunday qadimiy shaharlar Samarqand (Afrosiyob), Qashqadaryo (Yerqo'rgon va Uzunqir), Xorazm ( Ko'zaliqir), Surxondaryo (Qiziltepa) hududlari arxeologlar tomonidan o'rganildi. O'rganish natijasi qadimiy shaharlar xaqida quyidagicha umumiy hulosalar chiqarishga asos bo'ladi.

Qadimgi shaharlarga xos umumiy belgi ularning mudofaa devorlari bilan o'ralganligidir. Shaharda hokim yashaydigan qal'a bo'lgan. Qal'ada xom g'ishtdan qurilgan katta saroy joylashgan. Shaharlarning bir guruhi savdo va hunarmandchilik markazlari bo'lsa, boshqalari alohida tuman va viloyatlar markazlari xisoblangan. Masalan, Surxondaryo hududidagi Qiziltepa shahri mustahkam mudofaa devorlari bilan o'ralib, devor suv to'ldirilgan xandaq bilan muxofaza etilgan. Devorning burjlari va o'q otish uchun maxsus shinaklari bo'lgan. Shahar ichkarisida xonadonlar va hunarmandchilik ustaxonalari joylashgan.

O'zbekiston xududida mil. av. VII-VI asrlarda tashkil topgan eng qadimgi davlat birlashmalari So'g'diyona, Xorazm va Baqtriya davlatlaridir.

«Avesto»da Markaziy Osiyo va Sharqiy Eron hududlarida ahomoniylar imperiyasi tashkil topgan vaqtga qadar davlat tuzumi bo'lganligi xaqida dastlabki ma'lumotlar mavjud.

Yunon mualliflarining xabariga ko'ra, bu zaminda qabilalar konfederasiyasi asosida tarkib topgan dastlabki davlatlar bo'lgan. Bu davlatlar «Katta Xorazm» va «Baqtriya podsholigi» bo'lib, ular harbiy demokratik prinsiplar asosida tashkil topgan.

«Avesto» ma'lumotlari asosida mashxur Xorazmshunos olim S. P. Tolstov Yevropalik olimlar V. Xenning va I. Gershovichlar arxeologik izlanishlar va tarixiy geografik ma'lumotlarga tayanib qimmatli bo'lgan fikrlarni (« Katta Xorazm» davlati xaqida ) bildiradilar.

Ularning fikricha «Avesto»da zardushtiylarning vatani Aryanem Vaychax - Qadimgi Xorazm bo'lgan. «Avesto»ga ko'ra Aryanem Vaychax Daitiya daryosining sohilida joylashgan. Bir qancha olimlar bu daryo Amudaryo deb fikr bildiradilar. «Avesto»da «Katta Xorazm»ga tegishli viloyatlar sanab o'tildi. Bunga ko'ra Markaziy Osiyoning deyarli katta qismi ushbu davlat tarkibiga kirganligini bilib olish mumkin.

Gerodotning ma'lumotiga ko'ra mil. avvalgi VII asrda Oks-Tejin vohasi-xozirgi Turkmaniston xududlari ham qadimgi Xorazm davlati tarkibiga kirgan.

Markaziy Osiyoda axamoniylarga qadar tashkil topgan ikkinchi davlat Baqtriya podsholigidir. Bu davlat xaqidagi dastlabki ma'lumotlar yunonistonlik muallif Ktesiyda uchraydi. Uning ma'lumotlari mil. av. VIII-VII asrlarga oid bo'lib, ularda Baqtriyaning qudrati shon-shuxrati, minglab shahar va qishloqlar, serunum yerlar va ko'p sonli chorvalari xaqida xikoya qilinadi.

Keyingi yillarda qadimgi Baqtriya hududida olib borilgan arxeologik tadqiqot ishlari yunon mualiflarining fikrlarini tasdiqlamoqda. Masalan: Janubiy Baqtriyada Oltin - 1 va Oltin - 10 hamda Baqtra shahri vayronalarini, Shimoliy Baqtriyada esa Kuchuktepa, Qiziltepa, Talashqontepa, Bandixon-2 kabi yodgorliklarni ko'rsatish mumkin. Ularning har biri mahalliy hokimlarning o'rdasi bo'lgan. Qadimgi Baqtriya podsholigi esa ana shu tuman va viloyatlarni birlashtiruvchi harbiy demokratik tipdagi Konfederasiyasi edi.

Baqtriyaning tarkibiga aynan Baqtriyadan tashqari Marg'iyona va Sug'diyona kirgan. Shuning uchun ham bu davlat bir-biriga qarindosh bo'lgan elatlarni birlashtirib davlat birlashmasi nomini olgan. Qiziltepa, Uzunqir, Yerqurg'on va Afrosiyob o'rnida Baqtriya va Sug'diyonaning markaziy shaxarlari joylashgan.

Xorazm, Baqtriyadan tashqari Sug'diyona (Qashqadaryo va Zarafshon vodiylari), Marg'iyona (Murg'ab daryosi vohasi) kabi yirik davlat uyushmalari ham bor edi. Bu viloyatlarning axolisi o'troq xayot kechirib dehqonchilik, uy chorvachiligi va hunarmandchilik bilan shug'ullanganlar.

xullas, miloddan avvalgi IX-VIII asrlarda O'zbekiston hududida ilk temir asriga o'tish boshlangan. Mil. av. VII-VI asrlarda bu yerda qadimgi yirik davlatlar mavjud bo'lgan. Shamharlarda hunarmandchilik, savdo taraqqiy etgan. Qadimgi Sharq mamlakatlari bilan madaniy aloqalar o'rnatilgan.

Qadimgi davrda O'zbekiston hududida davlatchilik taraqqiyoti mahalliy aholining yuqori darajada rivojlangan dehqonchiligiga (ziroatchiligi) asoslangan edi

Mil. av. VI asr o'rtalarida Axamoniylar sulolasidan bo'lgan Eron shoxlari dunyoning yirik mamlakatlari va shaxarlarini o'z ichiga olgan qudratli saltanat bunyod etish yo'liga tushdilar. Ulardan biri Kir II (mil. ol. 559-530y. y ) hukmdorligi vaqtida Midiya, Lidiya va Bobil bosib olinib, Markaziy Osiyo sari yurish boshlandi. Mil. av. 545-540 yillarda Parfiya, Marg'iyona va Baqtriya egallandi.

Mil. av. 530 yil Kir II katta qo'shin bilan massagetlarga qarshi yurish qildi.

Gerodot Kirning Midiya va Bobilni buysundirgandan keyin o'z kuchlarini Kaspiy dengizining sharq tomonidagi massagetlar yashaydigan tekisliklar sari yo'naltirgani xaqida xabar beradi. Uning yozishicha, u paytlarda massagetlarni malika To'maris boshqarar edi. To'marisga qarshi kurashda Amudaryo ortidagi dashtlarning ichkarisiga kirib qolib, o'zining orqa tomondagi kuchlaridan ajralib qolgan Kir mag'lubiyatga uchraydi va jangda halok buladi. Gerodot Kirning bu yurishini batafsil yozib qoldirgan. "Mening bilishimcha, bu jang barcha janglardan ham daxshatlirog'i edi. Avval har ikki dushman kuchlar bir-biriga qarshi jangovor saf tuzishib, kamondan o'q yog'dirishdi. O'qlari tugagach, xanjaru nayzalar olib dushmanga qarshi tashlandilar. Jang uzoq vaqt davom etdi. Hech kim chekinishni xayoliga keltirmas edi. Ko'p qon to'kildi. Oxiri massagetlarning qo'li baland keldi. Fors qo'shinlarining ko'pchiligi qirildi. Jang maydonida Kir II ning o'zi ham halok bo'ldi. To'maris urush maydonidan Kirning jasadini topishni va uning boshini qon to'ldirilgan meshga tiqishni buyurdi. Chunki forslar podshoxi qonga tashnaligini ko'rsatgan edi.

Mil. av. 522 yil Doro I taxtga o'tkazildi. U mil. av. 486 yilgacha podsholik qildi.

Doro I xukmronligining birinchi yili Marg'iyonada fors bosqinchilariga qarshi qo'zg'olon ko'tarildi. Qo'zg'olonga Frada raxbarlik qildi. Hal qiluvchi jang mil. av. 522 yilning 10 dekabrida bo'ldi. 55 ming kishi halok bo'ldi, 6 mingdan ko'proq asir olindi. Jangda DoroI qo'shinlari g'alaba qozondilar.

Mil. av. 519 yil Doro I saka-tigraxaudalar ustiga yurish qildi. Bu yurish xaqida Behistun bitiklarida shunday deyiladi: «Shox Doro ayturki: keyin qo'shni bo'lgan saklar mamlakatlariga yurish qildim. Keyin uchi o'tkir qalpoq kiyib yuruvchi saklar jangga kirishdilar. Men daryoda o'tgach, saklarni tamoman tor-mor keltirdim, qolgan qismini asirga oldim. . . Ularning Skunxa degan boshlig'ini qo'lga tushirib, xuzurimga keltirdilar. Shunda men ularga boshqa boshliq tayinladim. Men shunday bo'lishini xoxladim. Keyin bu mamlakat menga tobe bo'ldi».

Forslarning saka-tigraxaudalar ustiga qilgan yurishi xaqida Poliyen (mil. av. II asr) ma'lumotlari mavjud. U Doroning harbiy xiylalari va forslarni aldab cho'lu biyobon ichkarisiga olib borgan sak cho'poni Shiroqning qaxramonliklari xaqida yozib qoldirgan.

Behistun yozuvlari bo'rtma suratlar bilan bezalgan bo'lib, bu suratlarda Doroning o'z dushmanlari ustidan g'alaba qozongan vaqti tasvirlangan. Ularning nomlari har qaysi figura oldida izohli tekstlarda berilgan. Doro oyoqlari ostida Gaumatani toptab turibdi, shox ortida uning ikki hamkorining figurasi ko'rinadi, shox oldida esa qo'llari orqasiga bog'langan sakkizta shox va dohiylar ko'rinadi. Bo'yinlaridagi arqon ularni bir-birlari bilan bog'lagan. Ularning yettinchisi marg'ushlar doxiysi Frada, sakkizinchisi, boshiga uzun uchli quloqchin kiygan sak Skunxa.

Umuman, Doro I ning saklarga qarshi yurishi muvaffaqiyatsiz tugaydi. Bosib olingan mamlakatlarini itoatda tutmoq uchun axmoniylar butun davlatni aloxida satrapliklar (viloyatga)ga bo'ladilar. Viloyat boshlig'i satrapga cheklanmagan hokimiyat berilgan bo'lib, ayni vaqtda u o'z viloyatining lashkarboshisi ham edi. U faqat shoxga bo'ysungan. Barcha qo'shinlarga shox qo'mondonlik qilgan.

Markaziy Osiyoning bosib olingan qismi uch satraplikka bo'lingan har bir satraplik yillik xiroj to'lagan. Xirojni kumush bilan, chorva bilan, hunarmandlar esa o'z mahsulotlari bilan to'laganlar. Doro 1ning vorisi Kserks (mil. av 486-465 y. y) davrida Markaziy Osiyo halqlari siyosiy voqealarga ham tortildi. Bu yunon-fors urushlari bilan bog'liq edi. Gerodot So'g'diylar baqtriyaliklar, xorazmliklar va saklarning fors qo'shinlari tarkibida yunonlarga qarshi jangi va ularning qurol-yarog'lari xaqida mufassal ma'lumot beradi. U baqtriyaliklar kamon va nayzalar bilan, saklar xanjar va jang oyboltalari bilan, xorazmliklar va so'g'diylar baqtriyaliklarniki kabi qurollar bilan jangga kirganliklari sak va baqtriya suvoriylari Kserks armiyasida katta kuch bo'lganliklari xaqida hikoya qiladi.

Markaziy Osiyo xalqlari ustidan axmoniylar hukmronligi 200 yildan ko'prok davom etdi.

Mil. av. IV asrda qadimgi dunyo tarixida bir qancha muxim siyosiy o'zgarishlar bo'ldi. 360 yilda Filipp II Makedoniya taxtiga o'tirdi. U butun Makedoniyani birlashtirib, mil. av. 349 yildan boshlab yunon shaharlarini o'z davlatiga qo'shib ola boshladi. Filipp o'z davrining eng yaxshi va kuchli armiyasiga asos soldi, buning natijasida Makedoniya Bolqon yarim orolidagi qudratli davlatga aylandi. Mil. av. 337 yilda Filipp II Korinf shahrida umumyunon anjumani o'tkazib o'zini Yunoniston podshosi deb e'lon qildi. Mil. av. 336 yilda axamoniylar davlatiga qarshi yurishga xozirlik ko'rayotgan Filipp suiqasd tufayli o'ldirildi. Taxtga uning 20 yoshli o'g'li Iskandar o'tirdi. Makedoniyalik Iskandar fors hukmdorligiga qarshi yurish qilishdan avval, yunon shahar davlatlarining qarshiligini sindira oldi. Shundan so'ng urushga katta tayyorgarlik ko'ra boshladi. U Kichik Osiyodagi Parmenion boshliq qo'shinlarini chaqirtirdi. Harbiy kengash tuzib quruqlikda va suvda harakat qilayotgan qo'shinlar oldiga aniq vazifalar qo'ydi. Ikki yil davomida forslar bilan urush qilish uchun tayyorgarlik ko'rdi.

334 yilning bahorida Makedon qo'shinlari «urush olovini Osiyoga, Osiyo baxtini esa o'zimizga qaratamiz» shiori ostida forslarga qarshi yurish boshladi. Yunon-makedonlar va forslar o'rtasidagi dastlabki to'qnashuv 334 yilning may oyida Granik daryosi bo'yida bo'lib o'tdi. Bu jangda fors qo'shinlari mag'lubiyatga uchradi. Bu g'alaba natijasida, 333 yilning yoziga kelib butun Kichik Osiyo makedoniyalik Iskandar qo'li ostiga o'tdi

Mil. av. 333 yilning noyabrida Issa shahri (Suriya chegarasida) yonida qattiq jang bo'ldi. Bu jangda ham Iskandarning qo'li baland keldi. Doro III va uning qo'shinlari chekina boshladi. Shundan so'ng Iskandar qo'shinlari birin-ketin Suriya, Falastin, Finikiya, Misr kabi davlatlarni bosib olib, Axamoniylar davlatining markaziy qismiga harakatni boshladilar.

Mil. av. 331 yilning oktabrida Gavgamel yonida (Shimoliy sharqiy Mesopotamiyada) bo'lgan jangda Doro III 30 ming askaridan ajraldi. Doro III Baqtriyaga qochib o'tdi. Yunon tarixchisi Arrianning yozishicha Baqtriyada Doro III ga qarshi fitna uyushtirilib, qarindoshi Bess tomonidan qatl etildi. Bess o'zini Artakserks IV deb axamoniylarning Osiyodagi podshosi deb e'lon qiladi va Iskandarga qarshi kurashda rahbarlik qilishni o'z zimmasiga oldi.

Mil. avvalgi 329 yilda makedoniyalik Iskandar qo'shinlari og'ir sharoitlarda Hindikush tog' tizmalaridan o'tib, Markaziy Osiyo hududlariga yetib keldilar. Iskandarning bu harbiy yurishlari uning istagiga muvofiq shoxni kuzatib kelayotgan ba'zi adib-yozuvchilar va muarrixlar tomonidan yozib borilishi ko'zda tutilgan edi. Makedoniyalik lashkarboshilaridan Aristobul, Ptolemey Lag va dengizchi darg'a Nearx ana shunday dastlabki tarix yozuvchilar edilar. Bu adiblarning xotiralari keyinroq o'tgan Arrian, Strabon va boshqa muarrixlarning asarlarida keltirilgan.

Iskandarning Sharqqa harbiy yurishlari vaqtida qanday hodisa va voqealar yuz berganligi undan 300-400 yil keyin yashagan 5 nafar tarixchining asarlarida tasvirlangan.

Tarixiy manbalarga ko'ra Iskandar istilosiga qadar Markaziy Osiyoda axamoniylarga qarshi bir necha bar xalq qo'zg'olonlari bo'lib o'tgan. Xorazm esa mil. av. IV asrda forslardan ajralib, siyosiy mustaqillikga erishgan. Iskandar qo'shinlari Baqtriya va Sug'diyona xalqlariga forslardan ko'ra yanada qattiqroq jabr-zulm olib keldilar. Iskandarning farmoni bilan ba'zi qabilalar (masalan, Branxid) butunlay qirib tashlangan. Iskandar o'zi bosib olgan boshqa joylardan farqli o'laroq, Sug'diyona mahalliy zadogonlarini o'z tarafiga og'dirib ola bilmadi. Aksincha, bu yerdagi mahalliy aslzodalar axamoniylarning Iskandardan mag'lubiyatga uchraganidan foydalanib, mustaqillikga chiqishni orzu qilardilar.

Mil. av. 329 yilda Iskandar Marokandni egallagach, Yaksart tomon yurdi. Bu yurish vaqtida Iskandar qo'shinlariga qo'zg'olonchi so'g'dliklar xujum qildilar. 30 ming qo'zg'olonchi Mug' tog'idagi istehkomlarga o'rnashgan edilar. Iskandar qo'shini juda katta qiyinchilik va talofat bilan Mug' qal'asini egalladilar. 8ming kishini asir oldi.

Oradan ko'p o'tmay, Sug'diyonada yana 7 shahar qo'zg'olon ko'tardi. Diodor ma'lumotlariga qaraganda, Iskandar qo'zg'olonchilardan 120 ming kishini o'limga hukm etgan.

Iskandar Markaziy Osiyoda yangi shaharlar va istehkomlar barpo eta boshladi. Chekkadagi Iskandariya shahri (xozirgi Xo'jand) Iskandar rejasi bilan qurilgan.

Mil. av. 329-327 yilarda Iskandar o'ziga qarshi bosh ko'targan Sug'diyonani uch marta qaytadan zabt etishga majbur bo'ldi. Ayniqsa Spitamen boshchiligidagi vatanparvar kuchlarning istilochilariga qarshi makedoniyaliklar uchun katta xavf tug'dirar edi. O'ziga qarshi xalq harakatlarini bostirish uchun Iskandar juda ko'p harbiy va moddiy kuchlarni sarflashdan tashqari mahalliy zodagonlar bilan «do'stona» aloqalar o'rnatishga harakat qildi. Iskandar mahalliy zodagonlarning siyosiy ta'sirini va yer-mulklarini kengaytirdi. U mahalliy zodagonlarga saxovat bilan mol-dunyo, qul, cho'rilar sovg'a qilishdan tashqari, Sug'diyonaning boy va ta'sirli mansabdori Oksiartning qizi Ravshanakka uylandi. Iskandarning bu uylanishi uning Sug'd-Baqtriya zodagonlari bilan aloqalarini mustahkamlashga, ularni o'z tarafiga og'dirib olishga imkon berdi.

Mahalliy zodagonlarning Makedoniyaliklar tarafiga o'tishi Iskandarga Markaziy Osiyodagi dehqonlar va chovadorlar jamoalari qarshiligini yengishga hamda Markaziy Osiyoni o'zining juda katta monarxiyasi qatoriga qo'shib olishga yordam berdi. Mahalliy zodagonlar makedoniyalik istilochilar bilan ittifoqchi bo'lib olgan Markaziy Osiyo xalqlari ijtimoiy xayotida hukmron ijtimoiy va siyosiy kuchga aylandilar. Keyinchalik xam Iskandar va uning vorislari Markaziy Osiyo xalqlari xayotida tarixan tarkib topgan bu vaziyat bilan xisoblashishga majbur bo'ldilar.

xullas, Makedoniya istilosidan so'ng Markaziy Osiyo xalqlarining xalqaro iqtisodiy, savdo aloqalari kuchayib bordi. Ayniqsa, Iskandar qo'shinlari fatx etgan Hindiston bilan yaqin aloqalar o'rnatilishi muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Sug'diyona va Baqtriyada yangi-yangi shaharlar qad ko'tardi. Tarixiy manbalarda Iskandar va uning lashkarboshlari Markaziy Osiyoda 12 ta shahar bunyod etiladi. Shu bilan birga olimlardan I. SH. Shifman Iskandar qo'shinlarining Sug'diyonadagi vayronagarchiliklarni Chingizxon istilosiga o'xshatadi. Bu vayronagarchiliklar oqibatida mamlakat xalqi keskin kamayib ketdi. Sug'd axolisi o'z Vatanlarini tark etdi. Yunon-makedonlar Farg'ona, Yettisuvni ham mustamlakalariga aylantirdilar. Iskandarning istilochilik yurishlarini uning vorislari (salavkiylar) davom ettirdilar. Iskandar vafotidan so'ng 75 yil o'tgach, Baqtriya satrapi Diodot o'zini mustaqil hukmdor deb e'lon qildi va Yunon-Baqtriya davlatiga asos soldi.


Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish