Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги


-mavzu: ILK YER EGALIGI MUNOSABATLARINING VUJUDGA KELISHI



Download 0,54 Mb.
bet9/24
Sana07.08.2021
Hajmi0,54 Mb.
#140596
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24
Bog'liq
O'ZBEKISTON TARIXI МАЪРУЗАЛАР ТЎПЛАМИ

5-mavzu: ILK YER EGALIGI MUNOSABATLARINING VUJUDGA KELISHI.
Reja:


  1. Kidariylar, xioniylar va eftalitlar davlatining tashkil topishi va rivojlanishi.

  2. Turk xoqonligi davrida Markaziy Osiyo.


Tayanch tushunchalar:
Yerga egalik munosabatlarining shakllanishi.

«Dehqonlar tabaqasining vujudga kelishi.

Kadovarlar va Kallovardlar. Turon mustaqil Xorazm, Xionit va Kidariylar davlatining tashkil topishi. Eftalitlar davlati. Uning geografik o'rni, ijtimoiy, iqtisodiy hayot.

Turk xokonligining tashkil topishi. Uning ikkiga bo'linishi. G'arbiy turk xoqonligida xo'jalik va ijtimoiy hayot. Obro'y boshchiligidagi xalq harakati.


Milodiy IV - VI asrlar markaziy Osiyo tarixi ko'chmanchi qabilalarning kirib kelishi, ittifoq yuzaga kelishi - yangi siyosiy kuchlarning paydo bo'lishi bilan izohlanadi. Kidariylar xususidagi asosiy ma'lumotlar Xitoyning Beyshi solnomasida hamda G'arb muallif tarixchilaridan biri Prisk Paniyskiy ma'lumotlarida uchraydi. Beyshi solnomasida berilishicha yuechjilar hukmdori Sidolo (Kidar ) jujanlar hujumi tufayli o'z qarorgohini Balo (Balxan ) ga ko'chirgan. Keyinchalik shu manba xabar berishicha Kidar Shimoliy Hindistonga yurish qilib Gandxardan shimolidagi 5 ta davlatni o'ziga bo'ysundirgan. I. Murkfort va Martinlarning shu masala yuzasidan tadqiqotlariga ko'ra (ko'proq tangashunoslik ma'lumotlariga tayanib), Kidar davlati kushonlarning qoldig'i bo'lib, o'zlariga poytaxt etib jujanlar hujumidan so'ng Kaspiy bo'yidagi Balxanni tanlashgan deyiladi. Yuqoridagi tadqiqotchilar fikricha, Kidar (ba'zan Kidara) IV asrda hukmronlik qilgan. Avval boshda u Eron shohi Shopur II ga bo'ysungan. Oq xunnlar bostirib kelishi bilan o'z o'g'li Peruzni Peshavorda qoldirib Shimolga yo'l olgan. Oq xunnlar bilan kurash 400-yillarga to'g'ri keladi, deyiladi.

Kidar Shopur II (309-379) ning zamondoshi bo'lib avval boshda kushonlar hokimiyatining davomchisi sifatida o'zlariga bo'ysunib kelgan xioniylar yordamida Baqtriyada ularning xokimiyatiga chek qo'ygan. Xioniylar yordamida Eron sosoniylari Baqtriyani qaytarib o'z qo'llariga tobelikka olishgan. Ba'zan boshqa tarixchi-tadqiqotchi olimlarning fikricha, Kidariylar shimoldan kelgan qabilalr ittifoqidan ajralib chiqqan guruhlar deb tushuntiriladi. Lekin yuqoridagi fikrlar va boshqa hulosalar ahvolni boshqacharoq ekanligini ko'rsatdi.

Kidariylar masalasi ancha kam o'rganilgan, tadqiqotlar davom ettirilishi kerak bo'lgan masaladir. Chunki yuqoridagi ma'lumotlarni (jumladan, Beyshi) keyinchalik boshqa manbalar tilga olmaydi. Hindistonga (456 y) ketib Gupta davlatini bosib olganlaridan keyingi kidariylar to'g'risidagi ma'lumotlar ham deyarli yo'q hisobi. Faqatgina ular Hindistonda 75 yil xukmronlik qilganlari, 477 yilda Gandxardan Xitoyga elchilar yuborganliklari ma'lum xolos. Ba'zi tadqiqotchilar ularni Sharqiy Turkistondan kirib kelgan kushonlar qoldig'i deb ham tushuntirish berishadi. Shuning uchun kidariylarning Markaziy Osiyo janubida xioniylar bilan birga Eronga qarshi ittifoqchi harakatlari to'g'risida ham turli taxmin va fikrlar mavjud.

IV asr o'rtalarida Markaziy Osiyo yerlariga shimoldan ko'chmanchi xion qabilalarining hujumi boshlandi. Tarixda ular «xioniylar» nomi bilan tanilganlar. Xioniylar qadimgi turkiy xunn qabilalariga qardosh bo'lganlar va g'arbda ko'pincha tarixchilar ularni «oq xunnlar» deb ataganlar. Ilk bor xioniylar (xonlar) Ammian Marsellin asarida tilga olingan. Uning yozishiga qaraganda 346-47 yillarda Eron shohi Shopur II o'z davlatining sharqiy qismida bo'lganligi vaqtida, unga qarshi kushonlar va xioniylar ittifoqi jang olib borgan. Marselinning keyingi xabariga ko'ra, Shopur «uzoqdagi xalqlar xioniy va gelanlar bilan ittifoqchilik shartnomasini tuzgan. Shuningdek, Xioniylarning 353 yilda Sug'd ustiga yurish qilganliklari ham ma'lum.

IV asrning 60-70 yillarida Eron bilan munosabatlar yana keskinlashib, Shopur II xioniylar bilan kurash olib boradi va ikki martoba yengiladi.

Yazdigard II (438-457) davrida shimoldagi ko'chmanchilar bilan kurash yana kuchayadi. Shu janglarda qatnashgan va uning zamondoshi bo'lmish arman tarixchisi Yegishe Vardepaning yozishicha, ularning sosoniy shohi to'satdan xionlar (yana, kushonlar deb ham atashardi) yurtiga hujum qildi va ular bilan ikki yil kurashdi va ularni o'ziga bo'ysundira olmadi. «Yodgor Zereron»da ham xioniylarni kushonlar bilan bir deb ko'rsatiladi. Yazdigard II hatto o'z qarorgohini ko'chirishga ham majbur bo'lgan. Lekin chegaradagi keskinlik uzoq vaqt saqlanib turgan. Vardapedning yozishicha, 457 yil «Yazdigard katta qo'shin bilan kushonlar yurtiga hujum qildi Kushon shohi kurashmay orqaga chekinadi» Yazdigard kushonlar yurtini talab orqaga qaytdi. Boshqa bir tadqiqotchilar fikricha, Yazdigard 2 marotaba xioniylar ustiga yurish qilgan. Ikkinchi jangda xioniylar tomonidan o'ldirilgan.

Xitoy manbalarda eftalitlarni «ida, yeda, idan, idyan» deb, suriya va lotin manbalarda esa «eptalit, eftalit, adbal», arman yozuvlarida «ital, tetal, xeptal», arab va fors mualliflari "xaytal, yaftal, xetal», hind manbalarda «xuna» va hokazo deb eslatib o'tiladi.

Xitoylik mualliflar eftalitlarni turklar (tukyuye) bilan bog'lik ravishda ta'riflaydilar. Vizantiyalik tarixchilar, masalan Prokopiy (VI asr) eftalitlarni xunnlardan deb ko'rsatar ekan, »ular (ya'ni eftalitlar) xunnlardandir, tanlari esa oq» deb eslatadi.

Eftalitlar bilan sosoniylar o'rtasidagi birinchi to'qnashuvlar U asr 30-yillardayoq sodir bo'lgan edi. Arman tarixchisi Vardapedning ma'lumotiga ko'ra, U asrning 50-yillariga kelib eftalitlar ittifoqi nihoyatda kuchayib ketadi. 456 yillardayoq eftalitlar o'z elchilarini Xitoyga jo'natadilar. Eftalitlar tobora janubga qarab siljiy boshladilar va o'z navbatida janubdagi qo'shni Eron bilan munosabatlar keskinlasha bordi. Sosoniylar bilan hal qiluvchi kurashlar davri shoh Peruz (Feruz) davriga (459-484yy) to'g'ri keladi. Taxminan 457 yili Vaxshunvor (Axshunvor) Eftalon boshchiligidagi eftalitlar Chag'oniyon (Surxondaryo viloyati Termiz shahrining shimolidagi yerlar), Toxariston, Badahshonda o'z hokimiyatlarini o'rnatadilar. 459 yili Eron taxtiga nomi tilga olingan Peruz chiqadi

Manbalarda Peruzning hokimiyatga kelishi Eftalitlar bilan bog'liq ravishda bayon qilinadi. Nafaqat Peruz, balki uning akasi xurmuzd (457-459) ham eftalitlar yordamida taxtni qo'lga kiritgani ma'lum. Bunday holat bekorga yuzaga kelmagan edi. Chunki xurmuzd va Peruz o'z vaqtida taxt vorisi sifatida sosoniylar davlatining sharqiy viloyatlarni (Seyistondan Marg'iyonagacha bo'lgan hudud) boshqarganlar. (xurmuzd 420-457 yillari, Peruz 457-459 yillari). Shu munosabat bilan qo'shni o'lkalarning siyosiy, savdo doiralari bilan yaqindan muomalada bo'lganlar. Peruz eftalitlarning kuchayib borishi vaqtinchalik deb bilib, ular kuchidan Eron taxtiga kelish uchun foydalangan bo'lishi kerak. Ammo eftalitlar qudrati oshib tez orada ular sosoniylarga ham qarshi turishlarini angladi Peruz eftalitlarga qarshi jangga kirdi. Bu to'g'risidagi ma'lumotlar «Baxman-Yashta»da ham, arab tarixchisi at -Tabariyning asarlarida ham uchraydi. Peruz (459-484) 3 martoba eftalitlarga qarshi yurish qiladi.

Birinchi yurishdayoq Peruz mag'lubiyatga uchraydi va asirga tushadi. Vizantiya imperatori Zenon o'rtaga tushib uni ozod qilib oladi. Peruz chegaradagi Tailqon (Taliqon) shahrini eftalitlarga topshirish va Varaxron belgilagan chegaradan o'tmaslik majburiyatini oladi. Bu mag'lubiyatdan hulosa chiqarib olmay, u yana 2-maratoba eftalitlar ustiga yurish boshlaydi.

3-urushga bahona bo'lib Prisk Paniyskiyning ma'lumoticha, Peruzning eftalitlarni aldashi xizmat qilgan. Peruz o'lpon to'plab bo'lgan, eftalitlar bilan munosabatni yaxshilashga harakat qildi. U eftalitlarga sulx tuzishni va o'zining eftalitlarga tinch maqsadlarini namoyon etish maqsadida «xunnlar hukmdori»ga o'z taklifini va kafolat sifatida singlisini unga berishligini taklif etdi. 484 yili eftalitlar va sosoniylar o'rtasida oxirgi kurash boshlanib ketdi. Bu kurash Marv yaqinida sosoniylarning tugal mag'lubiyati bilan yakunlandi.

Arab tarixchilari Dinovari va Tabariylarning yozishicha Peruz o'z qo'shinining bir qismi bilan pistirmadagi chuqur xandaqqa tushib ketgan, eftalitlar tomonidan toshlar bilan urib o'ldirilgan ekan. Uning butun lageri, xonadon, mol-mulki eftalitlar qo'liga tushib musodara qilingan. Bu kurashdan so'ng Eron ustiga og'ir o'lpon solingan.

Sosoniylar qudratiga eftalitlar tomonidan shunday qilib chek qo'yildi. Eronning o'zida shu vaqtga kelib ichki siyosiy ahvol keskinlashib ketdi. Og'ir iqtisodiy ahvol, qulchilikning yemirilishi, soliqlarning o'sishi, quyi tabaqalarning qashshoqlanishi, urushdan keyingi xonavayronliklar natijasida norozilik harakatlar boshlanib ketdi. Xalq g'alayonlari diniy tus olib bu harakatga Mazdak boshchilik qildi.

Mazdak Xamadoniy (470-529) Zardushtiylikning asil g'oyalarini hayotga tadbiq qilmoqchi bo'lib, o'z harakat mafkurasini yaratdi. Uning ta'limoticha kishilar bu dunyoning ne'matlaridan barobar foydalanishlari lozim, shuningdek u ijtimoiy hayotga jamoa xuquqlarini tiklash, yer-suv, mol-mulkka barobar egalik qilish, hammaning o'zaro tenglikka erishishi lozim, degan g'oyani ilgari surdi. Mazdak tarafdorlarining soni Eronda juda ko'plab odamlarni tashkil qiladi. Beruniyning xabariga ko'ra uning ortidan minglab kishilar ergashdilar. Mazdakiylar yangi ijtimoiy iqtisodiy munosabat-feodalizmning talablarini olg'a sura boshladi. Mazdakiylik harakati nihoyatda kuchayib ketgach Qubodshoxning (489-531) o'zi u bilan hisoblashishga majbur bo'ldi. Kubod Mazdak tarafiga o'tib uni Eronning bosh koxini etib tayinlandi. Mazdak hokimiyatni o'z qo'liga kiritib olgach, uning tarafdorlari ohir - oqibatda Qubodni 496 yil taxtdan ag'darib tashlab zindonga tashladilar.

Uning o'rniga ukasi taxtga chiqdi. Qubod zindondan qochib, Eftalitlar dargohidan panoh topdi. U o'z vaqtida Eftalitlar hukmdorining singlisiga uylangan edi. Suriyalik muarrix Iyeshu Stilit eftalitlar huzuridagi Qubodning ahvolini shunday ta'rifladi; «. . U ko'zida yosh bilan har kuni (Eftalitlar hukmdoridan ) qo'llab -quvvatlashni iltimos qildiki to. . . yana davlat boshqaruvini olsam» deb Qubod eftalitlardan yetarlicha harbiy yordam olib 499 yil Eronga yurish qildi. Chegaraga yetgan paytdayoq ukasi buni eshitib taxtni tashlab qochib ketdi. Qubod shoh yana taxtga o'tirdi. Avval mahfiy, keyinchalik oshkora Mazdakiylarga qarshi kurash olib bordi. 529 yilda Mazdak qatl ettirilib, uning tarafdorlariga qarshi ayovsiz kurash olib borildi.

Qubodning o'g'li Husrav 1 Anushervon (531-579) davrida keng miqyosda islohotlar o'tkazilishi bilan birga Mazdakiylar harakatiga chek qo'yildiyu Eftalitlar esa o'z qo'l ostida Tohariston, Badaxshon, Sug'd, Sharqiy Turkiston va boshqa yerlarni birlashtirdilar.

Qubod shoh Eftalitlar bilan deyarli tinch-totuv yashadi. U 502-506 yillarda Eftalitlar bilan ittifoqchilikda Vizantiyaga qarshi yurishlarda qatnashadi. Eftalitlar Markaziy Osiyo, Sharqiy Turkiston, Shimoliy Hindiston, Sharqiy Eronni birlashtirgan ulkan davlatga asos soldilar. Kushon podsholigi hududlarini ham yana o'z qo'llari ostida birlashtirdilar. Eftalitlar Sosoniylarning O'rta Sharqdagi hukmronligiga chek qo'yadilar.

Eftalitlar davlati Markaziy Osiyo xalqlari tarixida muhim o'rin tutib, keyinchalik o'z o'rnini 563-567 yillardagi kurashdan so'ng tarix maydonidagi yangi siyosiy kuch - Turk xoqonligiga bo'shatib berdi.

Ilk o'rta asrlardagi Xitoy manbalarida Eftalitlarning ko'chmanchi qabila ekanligi, ularning yurtida shaharlar yo'qligi, o'zlari o'tloqlarda yashaganliklari ta'riflanadi. Keyingi davr tarixchilari hususan g'arb manbalarida boshqacha ma'lumotlar keltiriladi.

Vizantiyalik muarrix Prokopiy Kesarskiy (VI asr) shunday deb yozadi; «eftalitlar (saltanati) bir hukmdor orqali idora etilib, o'z qonuniy (adolatli davlatchiliklariga egadirlar. O'zaro va qo'shnilari bilan munosabatlarda) adolat me'yorini saqlashda vizantiyaliklar va forslardan hech bir qolishmaydilar». Demak, eftalitlar davrida ham kushonlar davridagi kabi saltanat yakka hukmdor tomonidan boshqarilgan.

Hali Kushonlar davridayoq yer va qo'rg'onlarga ega aslzodalar ajralib chiqa boshlagan, dehqonlar mahalliy zodagonlarga ko'prok tobe bo'lgan. Eftalitlar ulkan xududda boshqaruvni qo'lga kiritgach obod dehqonchilik vohalariga, rivojlangan shaharlarga, savdo yo'llariga ega bo'ladilar. Vaqt o'tishi bilan esa mahalliy axoli bilan aralashib keta boshlaydilar. Natijada ularning bevosita vorisiga aylanadilar. Shu boisdan 568-569 yillarda Vizantiya imperatori Yustin II huzurida bo'lgan turk elchisi imperatorning «eftalitlar shaharlarda yashaydimi yoki qishloqdami?. » degan savolga «ular shaharda yashovchi qabilalardir oliy hazratlari» deb javob bergan.

Eftalitlarning bir qismi ko'chmanchi chorvador bo'lsa, asosiy kattaroq qismi shahar va qishloqlarda yashaydigan o'troq aholi bo'lgan. Toxariston va So'g'dda dehqonchilik va bog'dorchilik rivoj topgan. Qashqadaryo va Zarafshon vodiylarida g'alladan tashqari sholi ham yetishtirilgan. Xitoy manbalarida qayd etilishicha U-VI asrlarda xususan Sharqiy Turkiston yerlarida ko'plab g'o'za ekilar edi. Markaziy Osiyoning paxta tolasi Xitoyda ham mashhur bo'lgan. Tog' va tog' oldi yerlaridagi aholi yilqichilik bilan shug'ullangan. Farg'ona vodiysida zotdor arg'umoqlar ko'paytirilar edi. Feodal munosabatlarning tarkib topa boshlashi bilan sug'oriladigan yer maydonlarining ma'lum bir qismi mulkdor tabaqa vakillari -»dehkonlar» qo'lida to'plana boshlagan edi.

Buning natijasida qishloq jamoasining erkin ziroatchilari ma'lum darajada zodogon dehqonlar asoratiga tushib, ularga qaram «kadivar»larga aylanmoqda edi. Yaylovning asosiy qismi oqsoqol zodagonlar qo'lida bo'lgan. Eftalitlar orasida mol-mulk tabaqalanishi ham kuchli bo'lgan. Ular orasida feodal munosabatlar shakllanishi bilan bir qatorda ibtidoiy jamoa tuzumi sarqitlari ham saqlanib qolgan edi.

Xitoy solnomalarida qayd qilinishicha eftalitlarda poliandriya (ko'p erlik) ham tarqalgan edi. Bir necha aka-ukada umumiy bitta xotin bo'lib, uning boshidagi qalpog'ining burchaklari soniga ko'ra aka-ukalar nechtaligini bilish mumkin edi. Oliy tabaqa vakillari ichida ko'p xotinlik odati ayniqsa keng tarqalgan.

Eng boy zodagonlar doimiy hamrox sifatida 20 va undan ortiq qo'riqchi (chokarga) ega bo'lishgan. Zodagon vafot etganda, qoida bo'yicha chokarlari ham tirikligicha qabrga qo'yilgan. Beyshi solnomasida yozilishicha, zodagonlar qazo etgan vaqtda maxsus tayyorlangan tosh daxmalarga, oddiy eftalit murdasi esa tuproqqa qo'yilgan. Bu ikki xil dafn jamiyatning sinfiy tabaqalanishidan dalolat beradi.

Zodagonlar qimmatbaho kiyimlarda yurishgan. Bu xaqda Syun Yun o'z esdaliklarida qayd qilib o'tadi. Jinoyatchilik yuzasidan jazo nihoyatda qattiq bo'lgan. O'g'rilik qilgan shaxs kim bo'lishidan qat'iy nazar boshi kesilgan, o'g'rilangan mol-mulk miqdoridan qat'iy nazar o'n barobar qilib undirib olingan.

Eftalitlar kuchli qo'shinga ega bo'lishgan. Lashkarning asosiy qismini suvoriylar tashkil etgan. Suvoriylar asosan gurzi va qilich bilan qurollanganlar. Xitoyliklar ularni mohir kamonboz deb ham ta'riflashgan. Otliq qo'shin asosiy ahamiyat kasb etgan.

U-VI asrlarda dehqonchilik voxalarida eftalitlarning o'troklashuvi kuchayadi, buning oqibatida sug'orma yerlarga bo'lgan ehtiyoj ortadi. Kichik-kichik sug'orish kanallari qazib chiqarilib, minglab gektar yangi yer maydonlari o'zlashtiriladi. Sug'orish usullari takomillashadi, shox ariklar chuqurlashib, sersuv sug'orish tarmoqlariga aylanadi. Hozirgi vaqtda ham mavjud bo'lgan Zog'arik, Bo'zsuv, Darg'om kanallari U asrda barpo etilgan eng yirik sug'orish tarmoqlari bo'lgan. Shuningdek tog' oldilariga suv chiqarish uchun suv chiqarish asboblaridan keng foydalanilgan. Yangi o'zlashtirilgan yerlarda zodagon dehqonlarining qalin xom g'ishtdan urib chiqilgan va baland poydevor ustiga qurilgan ulkan qurg'onlari, istehkomlar yuzaga kela boshlagan.

Istehkomlarning to'rt burchagi baland burjlar bilan mustahkamlanib, devoru-mo'lalari bir necha qator kamondan o'q otish nishon tuynuklari bilan ta'minlangan. Qalin mudofaali feodal qo'rgonlari ilk o'rta asrning o'ziga hos me'morchilik namunalaridan bo'lib, Naxshab voxasidagi Zaxoki-Maron qal'asi, Buxorodagi Shaxri Vayron, Xorazmdagi Fir qal'asi shular qatoridandir.

Voxalarni tashqi dushmandan himoya qilish maqsadida bir necha chaqirimlab qalin devorlar barpo etilgan. Samarqand voxasidagi 12 ta darvozaga ega bulgan "Devori kiyomat", Buxoro voxasidagi uzunligi 336 km. li "Kampirak", Toshkent voxasidagi "Kampirdevor" devorlari shular jumlasidandir.

Shu davr me'morchiligida qasrlar qurilishi ayniqsa ahamiyatli bo'lgan. Qasrlar odatda 2 qavatli, shifti tekis, gumbazsimon va ravoqsimon yopilgan bir necha xonadan iborat bo'lgan. U asrdan boshlab saroy, qasrlar qurilishida poxsa va xom g'isht bilan bir qatorda kirpich (pishik g'ishtlar) ham ishlatilina boshlagan. Saroy va ibodatxonalar devorlari odatda rangdor tasvirlar bilan bezatilgan.

Bunday tasviriy san'at namunalaridan biri Bolaliktepa (Surxondaryo) qasri devorlarida qayd etilgan. Bu nodir tasviriy san'at asarlarida bashang kiyingan ayol va erkaklarning ziyofati tasviri berilgan. Rasmlar katta did va mahorat bilan ishlangan.

Shu davr moddiy madaniyati yodgorligi sifatida Xorazmdagi Tup- roqqal'a xarobasini ham ko'rsatish mumkin. Bu qal'a qalin istehkom devorlariga ega bo'lib, qal'a ichidagi to'g'ri yunaltirilgan ko'chalar shaharni 10 ta mavzega bo'lib turgan. Shaharning shimoli-g'arbiy qismida ko'tarma supa ustiga xom g'ishtdan saroy qurilgan. Uning yonida ark binosi bo'lgan. Shuningdek 100 ga yaqin turar joy, xo'jalik binolari, 8 ta saroy zali xarobalari, qadimgi Xorazm yozuvlarida bitilgan 80 tadan ortik xujjatlar topilgan.

Eftalitlar memorchiligining ajoyib namunalaridan biri Buxoro yaqinidagi saroy bo'lgan. Bu qo'rgon ulkan turtburchak shakldagi tepa ustiga qurilgan. Devorlari ganch qilib, suratlar bilan bezatilgan. Xonalar keng -keng bo'lib, qalin devorlar bilan bir-biridan ajralib turgan. Bu qasr buxorxudotlarning VI-VII asrlardagi qarorgoxi bo'lgan. Shuningdek Toshkent voxasidagi Oqtepadan, Poykentdan va boshqa bir qator joylardan eftalitlar davri yodgorliklarini topib tadqiq qilingan.

Eftalitlar davrida hunarmandchilik ham rivoj topgan. Ayniqsa kulolchilik, shishasozlik, chilangarlik, bo'zchilik, zargarlik, qurolsozlik kasb - hunarlari ravnaq topgan. Chochda yasalgan kamon « kamoni chochiy» nomi bilan mashxur bo'lgan. Katta -kichik shaharlar soni ko'paygan. Birgina Zarafshon voxasida Rivdad, Kushoniya, Xariman, Arkud, Varaxsha, Poykand kabi savdo hunarmandchilik shaharlari mavjud edi. Ayrim ma'lumotlarga ko'ra Poykand shaxri eftalitlarning poytaxti bo'lgan.

Eftalitlar xalqaro savdo sohasida Eron, Vizantiya, Hindiston, Xitoy bilan savdo sotiq munosabatlarini olib borishgan. Eftalitlar « Ipak yuli « ni nazoratda tutishga harakat qilganlar. « Ipak yuli» savdosidagi va umuman savdogarlar ichida so'g'dlar yetakchi o'rinni egallagan edi. Bu paytda Markaziy Osiyoda oltin, kumush, Badaxshon la'li, rangli shisha va shisha buyumlar, turli xil mevalar, ip gazlamalar, qorako'l, zotdor tulporlar bilan savdo qilinardi.

Avval boshida eftalitlar sosoniylardan bo'lgan Varaxran U va Peruzning kumush tangalaridan o'zaro savdo sotiqda foydalanar edilar. Keyinchalik eftalitlar Eron shoxi Varaxran U, Baxromcho'r tangalariga taqlid qilgan holda kumush tangalar zarb qildilar. Bundan tashqari, Buxoro, Poykand, Xorazm, Samarqanddagi mahalliy hokimlar tomonidan chiqarilgan tangalar ichki savdoda keng muomalada bo'lgan.

U-VI asrlarda diniy e'tiqod va tasavvurlar bilan uzviy bog'liq bo'lgan tasviriy san'at sopol haykalchalarini yasash va ularga topinish keng yoyiladi. Sopol haykalchalar joy turlariga ko'ra turlicha bo'lib, kiyim kechaklar, yuz siymolari, taqinchoqlari jihatidan ham bir biridan farq qilganlar. Ulkan xududdagi eftalitlar davlati juda ko'p xalqlarni o'zida birlashtirganligi sababli diniy e'tiqodlar ham turlicha bo'lgan. Sug'dda zardushtiylik keng tarqalgan bo'lsa, Tohariston va Sharqiy Turkistonda buddaviylikka e'tiqod qiluvchilar ko'pchilikni tashkil etgan.

Shaharlarda nasroniylar va yaxudiy jamoalari ham mavjud edi. Moniylik va Mazdak ta'limoti tarafdorlari ham paydo bo'layotgan edi. Navro'z kuni Buxoro otashparastlari Siyovush qabri ustida xo'roz so'yib qurbonlik qilardilar.

Janubda buddaviylik ta'siri ko'prok edi. Chorvador aholi turkiycha so'zlashganligi sababli, turkiy til tobora ko'proq yoyila boshlagan. O'troq aholining katta qismi sug'diy tilda so'zlashar edilar. Sug'd tili va yozuvi Yettisuv, Farg'onadan o'tib Sharqiy Turkistonga qadar yetib boradi. Uning « Samarqand usuli « keng yoyilgan edi. Bundan tashqari Xorazm, Buxoro yozuvlari ham mavjud bo'lgan. Bunday yozuv yodgorliklari Zangtepa, Qoratepa, Afrosiyob harobalaridan, Kofirqal'adan topilgan.

Markaziy Osiyo davlatchiligi tarixida Turk xoqonligi davlati muhim o'rin egallaydi. Turk xoqonligi hususidagi manbalar yetarli bo'lsada, lekin ularning ko'pchiligi bir biriga qarama qarshi ma'lumotlar beradi. Birinchi navbatda VII-VIII asrlarda to'plangan manbalar ancha qimmatlidir. Bu epigrafik yodgorliklar Urxun - Enasoy runiy yozuvlari, Xitoyning « Tan xonadoni tarixi « ( VII-IX asr) tarixiy manbasi, VI asr oxirida yashagan Vizantiyalik tarixchilar Menandr Protektor, Feofar, Vizantiyskiy, Suriyalik tarixchi Ionna Efeysiylarning tarixiy asarlaridir.

Shuningdek bu to'g'ridagi ma'lumotlar arab tarixchilari at-Tabariy, Denavariy ( IX-X asr) o'lkamiz fuzolalaridan Abu Rayhon Beruniy, Narshaxiy ( X asr ) va boshqalar asarlarida ham uchraydi. Keyingi vaqtda bu masalaga yanada e'tibor kuchaydi. Arxeolog olimlar tarixchilar, adabiyotshunoslar, anropologlar bu xususda yangi tadqiqotlar olib bormokdalar. Turklar, turkiy qabilalar tarixini masalasi Toshkentda o'tkazilgan III jahon turkologiya anjumanida ham keng muhokama etildi.

«Alpomish», « Go'ro'g'li», "Manas», «Dada kurkut « kabi umumturkiy xalq dostonlari, o'rta asrdagi Mahmud Qoshg'ariy, Ahmad Yugnakiy, Yusuf Xos Xojib va boshqalar asarlarida turkiy madaniyat, adabiyot, tarix to'g'risida turli ma'lumotlar keltiriladi.

XI asrda yashagan alloma, Mahmud Qoshg'ariyning zamondoshi Yusuf Xos Xojib o'zining « Qutadg'u bilig « ( Saodatga yullovchi bilim ) asarida afsonaviy turk sarkardasi Alp Er To'nga to'g'risida shunday deb yozadi « u bilimdon, zakovatli, katta hunar egasi edi, bu fazilatlarni uning shon shuxratini dunyoga taratgan. U turk beklarining sarasi, ovozasi olamni tutgan, hunari talay edi. Uning tengi topilmasdi. Forslar uni Afrosiyob deb atashgan «.

Tarixda turklarning kelib chiqishi hususida ko'plab afsona, rivoyatlar ham mavjuddir. Abu Isxoq Nishopuriy jam qilgan ( VIII asr ) « Qissai - al anbiyo « asarida turklarning kelib chiqishi Nux payg'ambarga borib taqaladi.

Unda aytilishicha Nux payg'ambar dunyoni to'fon bosganda 3 o'g'li Som, Xom, Yofas, hamda uchta kelini bilan olti oy kemada suv pasaygungacha qolib ketadi. Shunda Nux payg'ambar uchinchi o'g'li Yofasdangina izzat - hurmat ko'radi. Shunga javoban Alloh Subhonu va taolo unga Turkistonni berdi.

Boshqa bir afsonada ko'rsatilishicha, g'arbiy dengiz qirg'og'ida yashagan turkiylarning ota bobolari qo'shni qabilalar tomonidan qirib tashlandi. Shunda o'n yoshli bola yashirinib tirik qoladi. O'sha yerdagi urg'ochi bo'ri unga xotin bo'ladi. Bolani bo'ri Turfon tog'lariga olib chiqib ketadi. O'sha yerda bo'ri 10 ta bola tug'adi. Bolalarning otasi esa o'sha turk yigiti bo'ladi deyiladi afsonada. O'g'illaridan birining nomi Ashin bo'lib u keyinchalik yangi qabilaning rahbari bo'ladi. Afsonaga ko'ra, « Turk « so'zi Oltoy tog'larining eng qadimgi nomidan kelib chiqqan ekan. Xitoy yozma manbalarida Turklar « xun» nomi ostida eramizning 92- yilida Oltoyning etaklariga kelib o'rnashganligi va jujanlardan ruxsat olib ular uchun temir qazib chiqarishni boshlaganligi xaqida ma'lumot beriladi. Bu urug' Ashin urug'i nomi bilan avval boshda atalib kelgan Xitoylar Ashin qabilasining « Tu -kyu « deb ham yuritganlar. P. Pelo bu so'zni « Turk -yut « ( ya'ni turkiylar ) deb izohlagan. « Turk « atamasi kuchli, baquvvat degan ma'noni anglatadi.

Avval bu urug'ga berilgan Turk atamasi keyinchalik ularga yaqin turgan barcha qabila - urug'larga ham umumiy nom sifatida aytilib ketiladi.

Ashin urug'idan bo'lgan Asan ( Asyan ) va Tuu ( 460-545 ) turkiy qabilalar ittifoqiga asos soladilar. Tuuning o'g'li Bumin ( bu turkcha nom, xitoycha Tumin ) o'ziga Tele qabilasini bo'ysundiradi. Endilikda ancha mustahkamlangan bu qabilalar ittifoqi o'zlari qaram bo'lib turgan jujanlardan xalos bo'lish yo'lini qidirishadi. Bumin 551 yili Markaziy Osiyodagi eng kuchli bo'lgan jujanlar xonini mag'lub etadi.

O'sha yili Bumin yangi davlat - Turk xoqonligiga ( 551-744 ) asos soladi. Ili daryosi bo'yida hukmdor deb e'lon qilingach « Illixon » degan unvonni oladi. Turklar hukmdori o'zini xoqon (turkcha - kagan ) deb yurita boshlaydi. Olti oylik masofadagi Utukun shahri yangi Turk xoqonligining poytaxti qilib belgilanadi. Bumin o'z ukasi Istamiga ( Istami - turkcha, Sedimi - xitoycha, Sinjibu - arabcha, Stembi - xagan yunoncha ) birinchi sarkarda, davlatining birinchi amaldori darajasiga to'rg'i keluvchi « Yabg'u « (baxodir) unvonni berib u bilan birgalikda o'z davlatini kengaytirish payiga tushadi. Istami ko'proq g'arbiy yunalishga boshchilik qilib tez orada Sharqiy Turkistondagi nushibi, turkash, o'zli qabilalarini o'ziga bo'ysundiradi.

Muqanxon hukmdorligi davri Turk xoqonligini eng qudratli pallaga olib kirdi. 554 yil Muqan xoqon Sharqqa yurish qilib Uzoq Sharq o'lkalarini o'ziga bo'ysundiradi va Tinch okeani qirg'og'iga chiqadi. U Urxun, Tug'la, Selanga daryolari bo'ylaridagi qabilalarni, Enasoy daryosi bo'ylaridagi qirg'izlarni, Boyko'l atroflaridagi uyg'urlarni o'ziga bo'ysundiradi. Muqan xoqon eftalitlar davlatini tugatish uchun 554 yil eron shohi Xusrav 1 Anushervonga elchi jo'natadi.

558 yil turklar Ural va Volga bo'ylarini zabt etib shimoliy Kavkazdagi ko'chmanchi avarlar bilan to'qnashadi. Turklar eftalitlar va avarlarga qarshi kurashishda Vizantiya va Eron bilan do'stona aloqani mustahkamlashga harkat qila boshlaydi. Vaziyatdan foydalangan Eron eftalitlardan Tohariston, Chag'aniyon, Qobul atrofidagi yerlarni tortib oladi.

563 yildan eftalitlarga qarshi shimoldan turklar Choch vodiysiga bostirib kiradilar. Tez orada ular tomonidan Samarqand, Kesh, Naxshab egallandi. Eftalitlar Xuttalon, Termiz, Balx, Amul, Zamm shaharlaridan yordam olib Buxoro yaqinidagi katta jangga tayyorgarlik ko'radilar. Sakkiz kunli shiddatli jangda eftalitlar turklardan yengiladilar.

Turklar tezlik bilan harakat qilib iloji boricha eftalitlarning yerlarini ko'prok o'z qo'llariga olishga harakat qiladilar. Amudaryoning janubiy sohiligacha bo'lgan yerlar, Eron uning shimoliy sohillaridan Kaspiygacha bo'lgan yerlar turklar qo'liga o'tdi. Birmuncha vaqt eftalitlarning qolgan qutgani Zarafshon vohasida yashab turganlarga soliq to'lab turadi. Janubdagi yarim mustaqil eftalitlar yerlari sosoniylar tomonidan bir oz vaqtdan keyin butkul bo'ysudirilib olinadi. Eftalitlar davlatining mag'lubiyatidan so'ng bevosita ittifoqchilar o'rtasida kelishmovchiliklar paydo bo'la boshlaydi.

Xoqonlikning bevosita g'arbiy qismini boshqarib turgan Istami va bosh xoqon Muqanxon ham savdo yo'li va unining ahamiyatining yaxshi tushunib bu masalaning tinchlik bilan hal qilishga harakat qila boshlaydi. Istami Yabg'u Sug'd ixshidiga bu masalani hal etish masalasini topshiradi. Eronga mashhur Sug'd savdogari va diplomati Maniax boshchiligida elchilar guruhi jo'natiladi. xusravshox o'z atrofidagi amaldorlarning maslahatiga kirib, sug'diylar olib kelgan ipakliklarni sotib olib so'ng uni elchilar ko'z o'ngida yirtib yoqib tashlaydi.

Istami bu voqeadan so'ng qattiq ranjisada, xusravshoh xuzuriga ikkinchi marta o'z elchilarini yubordi. Bu elchilar guruhi endilikda faqat turklardan iborat bo'lib, uning natijasida yaqin oradagi siyosat namoyon bo'lishi kerak edi. Bu safar turk elchilarini zaxarlab o'ldirildi. Ularning faqatgina bir nechasigina xoqon xuzuriga yetib keldi. O'z ishlarini sosoniylar « Turklar issiq ob-havoni ko'tarisha olmadilar « deb berkitishadi. Istami xusrav 1 Anushervon qo'shinlarini tor-mor qilib Eronning shimoliga bostirib kiradi. Eftalitlar o'z yerlarining Eronga tushib qolgan qismini yana o'z qo'llariga qaytarib oladi. Eron tinchlik sulhiga kelishib 40000 Vizantiya tillasi to'lash majburiyatini oladi. Undan sung Eron bilan Vizantiya o'rtasida ham urush boshlanib, ketib, sosoniylar davlati juda nochor ahvolga tushib qoldi.

576 yil Bumin xoqon va Istami yabg'ularning vafotidan so'ng Turk xoqonligining ta'siri ancha zaiflasha boshlaydi. Eron sarkardasi Baxrom Chubin Chur-Bag'a xoqon qo'mondonligidagi 300000 kishilik turk qo'shinini tor-mor qiladi. Chur Bag'a jangda halok bo'ladi. Baxrom Chubin Buxoro yaqinidagi Poykent shahriga bostirib kirib xoqonning o'g'li Barmuda Teginni asirga oladi. Xoqon xazinasini esa Eron shohi xurmuzdga yuboradi.

Bumin xoqon vafotidan (576 yil) so'ng taxtga uning ukasi Arslon Tuba o'tirdi. Arslon Tuba buddiylikka berilgan bo'lsada, mamlakatni mustahkamlash uchun Si saltanati bilan shartnoma tuzadi. Bundan tashqari u mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy jixatdan rivojlantirish choralarini ham ko'rdi. Ammo, 581 yilda Arslon Tuba vafot etgach Turk xoqonlari o'rtasida o'zaro kurashlar avj olib ketdi. Bu kurashlar natijasida xoqonlik ikki qismga; Sharqiy va G'arbiy qismga bo'linib ketdi. Sharqiy xoqonlik Xitoy va Mo'g'ilistonni bir qismini o'z ichiga olib uni Arslon Tubaning kichik o'g'li Ishbara boshqara boshlaydi.

Ikkinchi xoqon g'arbiy yerlarni -Yettisuv, Markaziy Osiyoning asosiy qismi, Sharqiy Turkiston, hozirgi Qozog'iston tasarrufini olgan Istami Yabg'uning o'g'li Kora Churin boshqarar edi. Qora Churin Istamining vafotidan (576 yil) so'ng bu lavozimga o'tirgan bo'lib, boshqa xoqon va xonlar ichida eng qobiliyatlisi va tadbirkori edi. Keyingi xonlar-Turamon va Amrok edi. Ulardan tashqari yana kichik 4 ta xon bo'lgan. Bu hokimlar o'rtasida zimdan adovat kezar, ularning ko'pi bir biriga dushman bo'lib, qulay vaziyat kelishini kutib turar edilar. O'zaro kurashlar natijasida mamlakat ichida ham ahvol keskinlashib, iqtisodiy tanazzul boshlanib ketdi.

Shu vaqtda keskin vaziyat paytida turkiy shaxzoda Obro'y boshchiligidagi xalq harakati (585-586 yillar) bo'lib o'tdi. Obro'y harakati to'g'risida uzuq-yuluq ma'lumotlar saqlanib qolgan. xususan Abduraxmon Muhammad Nishopuriyning (XI asr) «Xazinat-al-ulum» asaridagi bu masalaga bag'ishlangan parcha Narshaxiyning «Tarixi Buxoro» asariga kiritiladi. Uning yozishicha, Obro'yning qarorgohi Poykandda bo'lib, u boy zadogonlar va savdogarlar ustidan qattiq nazorat o'rnatgan. Bunga chiday olmagan zadogonlar Turkiston tomonga yo'l olishgan. Obro'y atrofida esa qashshoq dehqonlar guruhlari yig'ila borgan.

O'zaro muttasil urushlar hamda taxt talashishlar mamlakatning parchalanib ketishi va ma'naviy, iqtisodiy inqiroz holatiga olib keldi. Qora Churin qarib qolgan vaqtida taxminan 600 yillarga kelib o'zini xoqon deb e'lon qildi. Qora Churin Bug'u xoqon (qaxramon xoqon) degan nomni olgan edi. Xoqonlikdagi og'ir vaziyatdan foydalangan Xitoy imperatori ichki nizolar keltirib chiqarishga harakat qiladi. 582-603 yillardagi o'zaro urushlardan so'ng 603 yil xoqonlik to'la mustaqil 2 kismga; Sharqiy va G'arbiy qismlarga aylanadi. G'arbiy xoqonlik ta'siri ostida Yettisuv, Chu vodiysi, Volga, Kubaning quyi qismi, Irtish, Ishim daryolari bo'yidagi yerlar, Markaziy Osiyoning kichik yarim mustaqil davlatlari uning tarkibida bo'ldi.

Feodal munosabatlar rivojlanayotgan G'arb xog'onligining ijtimoiy tarkibi ham, siyosiy boshqaruvi ham ancha muncha murakkab edi. Yarim asrlik hukmronlik jarayonida turklarning bir qismi o'troqlashadi, qolganlari yerli chorvadorlar bilan aralashib ketadi, O'troq hayotning an'anaviy -ma'muriy udumlari ta'sirida boshqaruv tarkiblari asta - sekin o'zgarib, turklarning ijtimoiy va siyosiy mavqei mustahkamlanib bordi. Turklar siyosiy hayotda faol qatnashib, Markaziy Osiyo siyosatining hamma jabhalarida teng qatnasha boshladilar. Xoqon Sheguy vafotidan keyin (618 y) hokimiyatga kelgan To'n yabg'u (To'n bahodir) davrida G'arbiy xoqonlik yana kuchayadi.

Uning davrida boshqaruv tartiblari isloh etildi. Mahalliy sulolalar hokimlar bilan bevosita bog'lanish, ularning ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida mahalliy hukmdorlarga «Yabg'u» unvonlari beriladi. Ular o'z vaqtida xoqonning noibiga aylandilar. Shu bilan birga xoqon diplomatik tarzda ham ish tutar edi. Masalan u Samarqand va Qashg'ar xoqonlari bilan quda-andachilik ipini bog'lab, ular bilan munosabatni yaxshilaydi, VII asrning o'rtalarida xoqonlik zaiflashib bir necha qismlarga bo'linib ketdi. Vaziyatdan foydalangan Xitoyning Tan imperiyasi qo'shinlari 657-659 yillarda Yettisuvga bostirib kirdilar. Xitoy bosqinlariga qarshi ozodlik kurashi boshlanib ketdi. Faqatgina VII asrning oxiriga borib xoqonlik o'z mustaqilligini tiklab, Xitoy gumashtasi bo'lgan xusrav Bo'rishod mamlakatdan quvib chiqarildi.

Turk xoqonligida butun saltanat ustidan oliy hukmronlikni xoqon olib borgan. Bu lavozim merosiy bo'lgan. Xitoy manbalariga ko'ra ota doimo o'z o'g'liga taxtni qoldiravermay, balki undan kattaroq turgan qarindoshlariga qoldirishi lozim bo'lgan. Bundan tashqari, shunday hollar bo'lganki, taxt sohibini «ulus oqsoqollari» tayinlagan. Xitoy manbalariga ko'ra, turkiylar xoni taxtga o'tqazishda maxsus marosim bilan o'tkazilgan; amaldorlar bo'lajak xonni kigizga o'tqazib, quyosh yurishi bo'ylab 9 marotaba aylantirganlar, ishtirokchilar uni qo'llab turganlar. Keyin xonni otga o'tqazib, bo'yiga ipak mato bog'laganlar. Keyin undan so'raganlar; «siz necha yil xon bo'lmoqchisiz ? « U necha yil xon bo'lishini aytgan, shu muddat tugagandan keyin taxtdan ketgan, Xoqondan keyingi shaxs «Yabg'u» (Bahodir ) davlatdagi birinchi amaldor (vazir ) vazifasida bo'lgan, (Istami Yabg'u). Ammo Yabg'u taxtga merosxo'rlik qila olmas edi. Taxt merosxo'ri «tegin» (shahzoda ) deb yuritilgan. »Tudun unvoni hukmdorning joylardagi noibi (nazoratchisi) ga berilgan. Ular mahalliy hokimlar siyosatini, bosh soliq ishlarni nazorat qilganlar.

Chorvador turklarda urug'- jamoatchilik an'analari nihoyatda kuchli bo'lib, qabila va urug' jamoalar negizi katta oilalardan iborat edi. Bunday oilalarda uy qullari ham mavjud bo'lar edi. Qullarning ko'payishi bilan sinfiy munosabatlar tarkib topa boshlagan. Lekin qulchilik ijtimoiy hayotda keng kirib kelmadi. Ko'pincha jamoada ayollar qul qilib olib ketilar edi, lekin qul ayollardan og'ir ishlarda foydalanmay balki uy ro'zg'or ishlarida ishlatilar edi. Qul erkakmi, ayolmi baribir qochib ketavergan. Qochgan qul taqib qilinmagan. Uning uchun hech kim tovon to'lamagan.

Ko'chmanchilarning asosiy qismi chorvadorlardan iborat edi. Bunday xalq ommasini turklar « bo'dun » yoki « qora bo'dun » deb atashgan. Xoqonlarning markaziy boshqaruv tizimi aosan yirik siyosiy davlat tadbirlari ( saltanat osoyishtaligini saqlash, davlat hududini kengaytirish, soliq tizimi, ichki va tashqi savdo diplomatik munosabatlari va hokazo) bilan mashg'ul bo'lib joylardagi mahalliy ishlarga ma'lum darajada erkinlikka yo'l qo'yilgan. Shuning uchun ham Farg'ona, Sug'd, Shosh, Tohariston, Xorazm va boshqa joylarda boshqaruv ishi asosan mahalliy sulolalar qo'lida bo'lgan. Xitoy manbalariga ko'ra, Sug'dda kelib chiqishi yuechjilardan bo'lmish Kan sulolasining mavqei kuchli bo'lib, Sug'd hukmdori ixshid unvoniga, tobe hokimlar ham o'z unvonlariga ega bo'lgan. Masalan: Kesh hukmdori ixshid unvoniga ega bo'lgan.

Dehqonlar mavjud suv manbalar hamda lalmikor yerlar imkoniyatlaridan foydalanib asosan don ekinlari hamda, qovun, tarvuz, beda, uzumchilik, paxtachilik sohalaridan yuqori hosil yetishtirganlar. Mevali daraxtlardan bog'-rog'lar yetishtirishga alohida ahamiyat berganlar, manba tili bilan aytganda ( mevali ) daraxtlar savlat to'kib turgan».

Shahar aholisi asosan hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan shug'ullanganlar. Dehqonchilikdagi taraqqiyot ko'lami va sifati o'zidan keyingi uch tarmoq- hunarmandchilik, qurilish savdo-sotiq ravnaqi uchun katta turtki bo'lishi tabiiy hol. Shuning uchun bu vaqtda temirchilik, zargarlik, kulolchilik, duradgorlik, qurolsozlik, to'qimachilik, shishasozlik, ko'nchilik rivoj topgan. Turklar sarrojlik, ruda qazib olish va undan qurol-yarog' yasashda mohir edilar. Turklar yasagan qurol-yarog', zebu-ziynat buyumlari xilma- xilligi, pishiqligi bilan ajralib turgan. Konchilik faoliyati ham shu paytda ancha rivojlangan. Oltin, temir, kumush, mis, tuzning xili, qimmatbaho toshlar, turli ma'danlar Sug'diyona, Shosh, Farg'ona, Qashg'ar, Tohariston kabi viloyatlarda qazib olinganligi manbalarda aniq ko'rsatilgan.

Turk xoqonligi ulkan xudud ichida zarur tinchlikni ta'minlanganligi, bo'ysundirilgan xalqlarning ichki ishlariga aralashmaslik va ularning ko'pgina ishlariga imkoniyatlar ochib berilishi bilan savdo sotiq ishlari ham rivoj topdi. « Buyuk Ipak yo'li « samarali ishlashda davom etdi. O'lkaning asosiy savdo hamkorlari Eron, Xitoy, Hindiston, Vizantiya edi. Bu mamlakatlarga to'qimachilik, ipakchilik mahsulotlari, qimmatbaho toshlar, ulardan ishlangan buyumlar, taqinchoqlar, dorivorlar, nasldor arg'umoqlar bir necha xil tuz, sharob, bog'dorchilik mahsulotlari, qazilma boyliklari va hokazolar olib borilgan.

Sug'd savdogarlarining ayniqsa mavqeyi kuchli bo'lgan. Shu ma'noda xitoylik mualliflar quyidagi guvohligi e'tiborga sazavordir: ( sug'diyonalik erkaklar yigirma yoshga to'lishlari bilan qo'shni mamlakatlarga oshiqadilar va ( savdo-sotiq ) qayerda ( qulaylik ) va manfaat bo'lsa ( albatta ) u yerga qadam ranjida etadilar ». Markaziy Osiyoning Marv, Poykand, Buxoro, Samarqand, Choch, Isfijob, Suyob shaharlari savdo -sotiq ishlarida katta ahamiyat kasb etgan.

Markaziy Osiyoda shu paytda 15 taga yaqin mayda davlatchalar bo'lib, shulardan Sug'dda ixshidlar, Toharistonda malikshohlar, Buxoroda buxorxudodlar, Xorazmda xorazmshohlar, Choch va Iloqda bo'dunlar, Farg'onada ixshidlar hukmronlik qilishgan. Ularning hammasi Turk xoqonligiga qaram bo'lib, amalda yarim mustaqil edilar.



Shu davrlarga kelib haykaltaroshlik, uymakorlik, naqqoshlik, musiqa, raqs san'atlari rivojlangan. Turk raqqoslari va qo'g'irchoq o'ynatuvchilari Xitoyda ham mashxur bo'lganlar. Sug'orish inshootlari, qo'rg'on shaharlar ko'plab paydo bo'ldi. ( masalan, Varaxshadagi 12 ta kanal) Turkiylarning dini haqida « Bey - shi « va « Suy - shu « Xitoy yilnomalari"da qayd etilgan. Unda turkiylar dini odatlari xaqida shunday ma'lumotlar bor : 1 ) Xoqon qarorgohi Sharq tomonga qaratib qurilgan, bu bilan kun chiqish tarafga hurmat ma'nosi ifodalangan, ayni paytda quyoshga sig'inishni ham bildirgan. 2 ) Har yili xoqon o'z amaldorlari bilan g'orga borib, ota - bobolari ruhiga qurbonlik keltirgan. 3 ) Har yilda 5 marotoba oy chiqishida xoqon yaqinlarini yig'ib, daryo bo'yiga borgan va osmon ruhi ( Tangri) ga qurbonlik keltirgan. Qabilalar uchun yagona asosiy xudo bo'lgan Ko'ktangriga doimiy qurbonlik keltirganlar. Ular ruh abadiyligi, narigi dunyo borligiga ishonganlar. Biror kishi qazo qilsa uning yoniga boshqa kishilar, buyumlarni ham qo'shib ko'mishgan, Masalan 576 yil Yabg'u vafot etganida u bilan birga 4 ta asir o'ldirilib, ko'milgan. Keyinchalik turklar ichida buddiylik, nasroniylik va boshqa dinlar ham tarqalgan. Tosh bitiklarda o'lgan odamga madhiyadan tashqari, ko'plab tarixiy hodisa va voqealar ham bitilgan. Bunday bitiktoshlar ichida eng mashhurlari Kultigin bitiktoshi, Bilga xoqon bitiktoshi, Tunyuquq bitiktoshi va boshqalardir. Bular birgalikda Urxun - Yenisey yozuvlari deb ataladi. Shuningdek kog'ozga yozilib, Xitoydan topilgan 104 satrli « Tadbirnoma « asarida ham turklar hayotining saxifalari yoritilgan.

Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish