Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги



Download 0,54 Mb.
bet4/24
Sana07.08.2021
Hajmi0,54 Mb.
#140596
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
O'ZBEKISTON TARIXI МАЪРУЗАЛАР ТЎПЛАМИ

Tayanch tushunchalar:
O'rta Osiyo ibtidoiy jamoa davrining tarixiy manbalari Arxeologiya, tarixiy antropologiya, polezologiya, arxeobotanika, fizika, ximiya, tilshunoslik, xalq og'zaki ijodi, yozma manbalar. Infarmatika manbalarining ibtidoiy jamiyat tarixini o'rganishdagi ahamiyati.

O'rta Osiyoning ibtidoiy tarixini o'rganishda tarixnavislikning o'rni va ahamiyati.

O'rta Osiyo ibtidoiy tarixining davr va bosqichlari. Ibtidoiy to'da va urug' jamoasi eng qadimgi tosh asri odamlari. Ularning manzilgoxlari.

Hozirgi qiyofadagi odamning shakllanishi.

O'rta Osiyo mezolit va neolit davrida. Eneolit davri. Ijtimoiy tuzum, oila, dehqon jamoasi, urug', qabila. Xo'jalikning rivojlanishi.
Ibtidoiy jamoa tarixi tarix fanlari orasida eng keyin paydo bo'lgandir, bu fan o'tgan asrning ikkinchi yarmida yangi fan sifatida vujudga keldi. Lekin ibtidoiy jamiyat xaqidagi ma'lumotlar, fikrlar, bilimlar qadim zamonlardayok mavjud bo'lgan. Etnograf olimlar o'rgangan taraqqiyotdan rqada qolgan xalqlarda o'z tarixi xaqida og'zaki ma'lumotlar bo'lganligi aniqlaganlar, ular o'z avlodlarining jasoratlari, urug'larning kelib chiqishi kabi ma'lumotlarni saqlab qolganlar.

Sinfiy jamiyat paydo bo'lgandan so'ng ibtidoiy odamlar turmushi xaqidagi afsonalar va ma'lumotlar ibtidoiy jamiyat mehnat va tashvish nizo va urushlar nimaligini bilmagan «oltin asr» dek bo'lib tuyulgan.

Qadimgi greklar va rimliklar ibtidoiy jamiyat tarixiga birinchi bor ilmiy nuqtai-nazardan yondosha boshlaganlar. Ular ibtidoiy jamiyat turmushini afsonalarga qorishtirgan holda tasavvur eta boshlaganlar. So'ngra to'plagan tarixiy faktlarni betartib sistemada bayon eta boshlaganlar.

Antik dunyo tarixchilari madaniy olamni faqat O'rta yer dengiz havzasidagina deb xisoblashgan. Undan tashqaridagi xalqlarni varvarlar deb ataganlar, chunki bu xalqlarning ko'pchiligi ibtidoiy jamoa tuzumi davrida yashayotgan edilar.

Varvarlar olamini antik avtorlar juda kam bilishgan, chunki ular varvarlar orasiga ahyon-ahyonda kirib bora olganlar, bo'lganda ham qisqa muddatda bo'lib ular xaqida yuzaki tasavvurlar bilan qaytganlar. Vaqtlar o'tishi bilan antik davrda ibtidoiy jamoa xalqlari xaqida qimmatli kuzatuv ma'lumotlarni to'plab borilgan. Masalan: Gerodot skiflar, pigiyentlar va boshqa qabilalar xaqida, Ksenofont Kichik Osiyodagi qabilalar, Strabon Yevropa va Osiyo xalqlari xaqida, Sezar va Tasit german qabilalari xaqida qimmatli ma'lumotlar to'plaganlar. Gerodot va Strabon bu varvar qabilalarida kollektiv mulkchilik mavjudligini kuzatganlar. Gerodotning yozishicha likiylar qabilasi ona urug'i (matriarxat) davrida yashaganlar, ulardan ayollar qizlariga kuyov tanlaganlar, sarmat ayollari dushman o'ldirgandan so'nggina erga tekkanlar.

Umuman antik avtorlarning ma'lumotlari g'alati va qiziqarli ma'lumotlarni qayd etish bo'lib qolavergan. Qadimgi filosoflar Demokrit va Lukresey Kar «Buyumlar tabiati xaqida» asarida ibtidoiy jamiyatning yovvoyilik holati davrini ya'ni olovni, kiyimlar va turar joylarni kashf etish jarayonini ochib tushuntirib berganlar. Ular odamlar xudosi tomonidan yaratilgan «Oltin asr» xaqidagi afsonalarni rad etgan.

Lukresiy Kar tarixni uch davrga bo'lishni taklif etgan; ya'ni mehnat qurollari qanday materiallardan tayyorlanganligiga qarab: tosh, mis va temir davrlarga ajratgan.

O'rta asrlarda cherkov fanining rivojlanishini susaytirgan, bu davrda odamlar va xalqlar xaqida ishonib bo'lmaydigan afsonalar to'qilgan. Ular asr-geograflari va yilnomachilari ibtidoiy odamlar xaqida ishonib yozganlar (kinosefellar). O'zlarining quloqlariga burkanib, o'ralib yuradigan fanizeylar xaqida yozganlar. Umuman o'rta asrlarda insoniyat tarixi xaqidagi diniy tasavvurlar ustunlik qilgan.

Sharq yo'llarini izlagan yevropalik Plano Karpini, Dubruk, Marko Polo kabi sayyohlar sharq xalqlari xaqida ma'lumotlar to'plab yevropaliklarga yetkazganlar. Afanasiy Nikitinning «Uch dengiz osha sayohat» asari Hindiston xalqlari va ularning urf-odatlari xaqida qimmatli ma'lumotga boydir.

2. Buyuk geografik kashfiyotlardan keyin Yevropada etnografik bilimlar to'plashda xaqiqiy to'ntarish yuz berdi. Xristofor Kolumb (1492), Vasko da Gama (1497), Magellan (1519-1521) sayohat va kashfiyotlardan so'ng Yevropadan okean ortidagi mamlakatlarga savdogar va missionerlar, bosqinchilar olib bordi. Ular Yevropadagi taraqqiyotdan orqada qolgan xalqlar haqida ko'plab qiziqarli ma'lumotlar olib keldilar.

Yevropalilar uchun dunyo o'nlab martaga kengaydi. Okean ortidagi xalqlar Yevropa aholisidan kiyimi, tili, dini, urf-odatlari, tashqi qiyofasi jixatidan farq qilgan. Ular hayotini o'rgangan yevropaliklar bu yovvoyilar faoliyatining ijtimoiy tuzilishi, xususiy mulk tushunchalari, hokimiyat xaqida ma'lumotlar keltirdilar. Kolumb Kuba oroli aholisi urug' guruhlariga bo'linib yashashini yozgan edi. Xristian missionerlari qimmatli etnografik ma'lumotlar to'plaganlar.

XVIII asr oxirigacha yangi yerlar kashf etish davom etgan. Jeyms Kuk (1776-1779) yevropaliklarga Okeaniyani kashf etdi. Kuk va uning hamroxlari Gaiti oroli, Yangi Zelandiya, Avstraliya tub aholisining turmushi va madaniyati xaqida qimmatli ma'lumotlar to'plaganlar.

XVIII asr boshlarida etnografik bilimlar ma'lumotlar Osiyo qit'asining shimoliy rayonlari hisobiga kengaydi. 1715 yilda Rossiyada birinchi etnografik asar «Kratkoye opisaniye o narode ostyaskom» (Ostyak xalqlari xaqida qisqacha yodnomalar) (Avtor Grigoriy Naviskiy) yaratilgan. B. N. Tatisevning tarixiy va geografik asarlarida etnografik ma'lumotlar keltirilgan.

Rossiya Akademiyasi 1733-1743 yillarda birinchi 1771-1778 yillarda ikkinchi ekspedisiyalarni Sibirga yuborgan. Birinchi yoki Buyuk shimoliy ekspedisiya a'zolari Miller, Gmelin, Krashennikov Sibir xalqlari xaqida ko'plab qiziq ma'lumotlar keltirilgan S. P. Krashennikovning «Kamchatka yeri xaqida yozmalar» asarida metalni bilmaydigan va urug'chilik tuzumida yashayotgan itelmenlar xaqida ma'lumot berilgan. Ikkinchi tabiiy ekspedisiya deb ataluvchi ekspedisiya a'zolari P. S. Pollas, V. F. Zuyevlar tungus (Evenk), xanti va boshqa xalqlardagi urug'chilik tuzumining o'ziga xos tomonlari, urf -odatlari, dini, og'zaki ijodi xaqida qimmatli ma'lumotlar to'plashgan.

Volga bo'yi, O'ral va Rossiyani, Shimoliy Yevropa qismini o'rgangan I. R. Georgi «Rossiya davlatida istiqomat qiluvchi boshqa xalqlar to'g'risida yozmalar» nomli to'rt tomlik asar yaratgan. (1776-1780 yillarda).

Rus sayyohlari tadqiqotchilari Yangi va Eng yangi dunyoni o'rganishga ham munosib hissa qo'shganlar. I. F. Kruzenshteyn, YU. F. Lisyanskiy, O. YE. Kosebu, F. P. Litke, A. P. Lazarev va boshqalar Okeaniya va Amerikaning janubiy sohilidagi ko'plab xalqlar turmush tarzi urf-odatlarini yozib chiqqanlar. L. YA. Zagorskiy Yukona qabilasi-eskimos atapasklar qabilasini o'rganib, " Amerikadagi rus yeri xaqida chizgilar " (1847 y) yozgan va moddiy madaniy buyumlar kolleksiyasini to'plagan N. N. Mikluxa-Maklay Yangi Gveniya orolida papuaslar orasida yashagan va katta ilmiy qimmatga ega bo'lgan material to'plagan.

3. Buyuk geografik kashfiyotlar va undan keyingi etnografik tadqiqotlar ibtidoiy jamoa va uning rivojlanishi xaqida turli xil asarlar nazariyalarning yaratilishiga olib keladi.

Fransuz missioneri Jozef-Fransua Lafinto (1670-1740) irokez va guron qabilalarini chuqur o'rgangan. U o'zining "Amerika yovvoyilarining urf-odatlarini ibtidoiy davr urf-odatlari bilan taqqoslash" nomli asarida antik avtorlar yozib qoldirgan ibtidoiy jamoa urf odatlari irokezlar va guronlarnikiga o'xshashligini isbotladi. Nemis olimi Georg Forster bu metodni qo'llab J. Kuk bilan Gaiti orolidagi qabila boshliqlari doxiylar Gomer Gresiyasi qaxramonlariga o'xshashligini isbotladi.

Buyuk mutaffakirlar Russo, Didro, Monteskye, Volter, Kondorselar ibtidoiy jamiyatni ideallashtirganlar" oltin asr" deb atagan. Insoniyat tarixidagi eng baxtli boylik davri deb qaraydilar. Shotland tarixchisi Adam Fergyusan «Grajdanlik jamiyati tarixi tajribasi» asarida xozirgi xalqlar o'zida ibtidoiy belgilari, izlarini saqlab qoldilar, degan edi. U tarixni uch davrga bo'ladi: yovvoyilik, varvarlik va sivilizasiya. Nemis tarixchilari Iogann Forster insoniyat tarixini shunga o'xshash uch darajaga ajratadi: bolalik, o'smirlik va yetuklik darajalariga ajratgan.

XIX asrda Yevropa muzeylarida qazishlar natijasida topilgan ko'plab mehnat qurollari va buyumlar to'plangan. Ularni klassifikasiyalash masalalari tug'ildi. Daniyalik arxeolog K. YU. Tomsen bunday topilmalarni uch guruhga ajratgan: tosh, bronza va temir buyumlar. Tomsen Lukresiy Kar zamonidan beri mavjud bo'lgan uch asr tosh, bronza va temir asrlari nazariyasi to'g'riligini yana bir bor ilmiy jixatdan isbotladi, lekin davrlarini ko'rsatib bermagan.

XIX asrning birinchi yarmida odamzodning biologik tarixi paydo bo'lishining antropogenez masalasini o'rganish boshlandi. 1825 yilda Angliyani Janubiy g'arbida, 1833-34 yillarda Belgiyadagi Shmerling g'orida eng qadimgi odamlarning suyak qoldiklari topildiyu uni xozirgi odam skleti bilan (va ichki organlarini ham) solishtirib ko'ra boshladilar. XIX asrning boshlarida J. B. Lamark evolyusion nazariyaga asos soldi. Biologiyaga tarixiy metodni qo'lladi.

Ingliz Charlz Darvin «Tabiiy tanlash yo'li bilan turlarni kelib chiqishi», «Odamzotning kelib chiqishi va jinsiy tanlanish» nomli asarlari odamning xayvonot olamida ajralib chiqqanini qiyosiy anatomiya, zoogeografiya, ibtidoiy jamoa tarixiga doir ko'p faktlarga tayanib isbotlashga urindi. Uning fikricha xozirgi odamga o'xshagan mavjud maymunlar odamzot urug', ajdodi bo'lgan xozirda qirilib bitgan maymunlar bilan bir urug'dan bo'lmaganini isbotlaydi. Darvin yaratgan bu nazariya antropogenez nazariyasiga asos bo'lib xizmat qildi.

F. Engels «Maymunning odamga aylanishida mehnatning roli» asarini yozishda CH. Darvin asarlaridan keng foydalandi.

Evolyusion maktabning yirik vakillaridan biri ingliz etnografi Eduard Teyler bo'lib, u o'zining «Ibtidoiy madaniyat», «Antropologiya» asarlarida jamiyat va uni madaniyatga asta sekin quyidan yuqoriga qarab rivojlanib boradi degan nazariyani olg'a suradi va tabiat qonunlarini jamiyat tarixiga qo'llashga urinib ko'rdi.

Shveysariyalik tarixchi Iogann Yakobi Baxofen oila tarixini o'rganishga asos solgan. U «Onalik huquqi» asarida juda ko'p ma'lumotlarga tayanib ibtidoiy insoniyat tartibsiz jinsiy aloqadan (ya'ni geterizmdan) avval ona (genekokratiya) keyin ota urug'i ( paternitet yoki patriarxat) sari taraqqiyot yo'lini bosib o'tdi, degan g'oyani olg'a surgan.

Shotlandiyalik yurist Maklennan «Ibtidoiy nikox» kitobini yaratdi. U ibtidoiy jamiyatda hamma joyda ekzogam nikoh keng tarqalganligini isbotladi, ya'ni jamoa ichidagi turli guruhlar orasidagi nikox bir gurux ichidagi nikohni taqiqlovchi odat-tarkib, topganini isbotladi.

Ibtidoiy jamiyat tarixini o'rganishda Lyuis Genri Morganning «Qadimgi jamiyat» (1877 y), «Qarindoshlik hususiyatlari va tartibi», «Amerika tub axolisi (tuzemsev)ning uyi va turmushi» (1881 y asarlari juda katta qimmatga egadir. U etnografik, arxeologik va tarixiy fikrlarga asoslanib, shuningdek, irokez qabilalarini uzoq kuzatuvi natijasida qimmatli hulosalar yaratgan.

Morgan ta'limotining asosida insoniyat va uning madaniyati taraqqiyotining birligi, progressivligi prinsipi yotadi. Morgan ibtidoiy jamoa tarixini uch davrga bulgan: yovvoyilik, varvarlik va sivilizasiya.

L. Morgan ibtidoiy jamoa tuzumining asosiy yacheykasi urug' ibtidoiy urug'ini arxaik urug'idan so'nggi ota urug'i sari rivojlanib, o'sib o'tadigan urug' tashkil etadi deb xisobladi. Ibtidoiy jamoa mulkiga asoslangan, bu kollektivchilik prinsipi ibtidoiy xalqlar ijtimoiy hayoti boshka tomonlarini belgilab beradi, jumladan oila-nikoh munosabatlarini dastlabki formalarini xam belgilab beradi.

Yuqorida ta'kidlaganimizdek ibtidoiy jamoa tuzumi-kishilik jamiyati taraqqiyotidagi eng uzoq davom etgan davrdir. Bu davrning Markaziy Osiyo hududida qachon boshlanganligi tadqiqotchilar orasida hamon baxsga sabab bo'layotgan bo'lsada, ko'pchilik tadqiqotchilar ibtidoiy jamoa tuzumini bundan million yillar oldin boshlangan edi deydilar. Shuni nazarda tutish lozimki, ibtidoiy jamoa tuzumining boshlanishi dunyoning turli xududlarida turli davrlarga tug'ri keladi. Masalan, Afrikada bu davr 2, 5-3 mln yil ilgari boshlangan bo'lsa Amerikada 20-30 ming yil ilgari deb taxmin qilinadi.

Ibtidoiy jamoa tuzumini quyidagi davrlarga bo'lib o'rganish mumkin.

1. Paleolit (Qadimgi tosh davri) Uning o'zi ham Z bosqichga bo'linadi.

a) ilk paleolit - 700 - 100 ming yilni o'z ichiga oladi.

b) O'rta paleolit - 100 -40 ming

v) yuqori paleolit - 40 - 12 ming yil.

2. Mezolit (o'rta tosh davri) - 12 - 7 ming yil.

3) Neolit (yangi tosh davri) - 6 - 4 ming yil

4) Eneolit (mis tosh davri) - 4 - 3 ming yil

5. Bronza davri - 3 - 2 ming yil

6. Temir davri - m. av. 1 ming yillik boshlari.

Ibtidoiy jamoa tuzumining dastlabki va eng uzoq davom etgan bosqichi paleolitdir.

Ilk paleolit davrida odamlar va ularning dastlabki mehnat qurollari paydo bo'ldi. Bu mehnat qurollari dastlabki mexnat quroli topilgan makon - joy nomi bilan ashel (Farangiston) qurollari deb nom olgan.

Olimlarning ilmiy hulosalariga qaraganda ashel davri bundan 1 mln yil ilgari boshlangan va mil. avvalgi 200-100 minginchi yillargacha davom etgan. Bu davrda yer kurrasida bir qator muhim tabiiy - jug'rofiy o'zgarishlar ro'y berdi. Albatta bu o'zgarishlar ibtidoiy taraqqiyotni belgilovchi sabab bo'lmasada, biroq jug'rofiy muhitning o'zgarishi jamiyat taraqqiyotida o'zining ijobiy ta'sirini ko'rsatdi. Ximolay, Tibet, Pomir va Tyanshan singari baland va osmono'par tog'lar qad ko'tardi. Geologlarning hisobiga qaraganda tabiatning o'zi issiq, quruq va qish sovuqda yog'ingarchilik kam bo'lgan. Natijada Markaziy Osiyoning xaqiqiy cho'l va dashtlari shakllangan, ilm madaniyatiga moslashgan xayvonot dunyosi vujudga kelgan, o'simliklar olami qaror topgan. Ashel davrining oxirida havo keskin soviy boshlagan, tog'largi yirik muzliklar vujudga kelgan. Yangi-yangi davrlar paydo bo'lib, Chu, Sarisuv, Qashkadaryo, Zarafshon daryolarida suv ko'p bo'lgan.

Kunlar goh sovib, goh ilib turgan. Tabiatdagi bu o'zgarishlar millatlarning ayrim tumanlarida ilk ajdodlarimizning makon topishiga imkon bergan.

Hurmatli talabalar ibtidoiy jamoa tuzumini o'rganishning muxim muammolaridan biri - antropogenez odamning paydo bo'lishi va rivojlanishi muammosidir. Turli mamlakatlarda qadim zamonlarda yashagan ilg'or mutafakkirlar odamning paydo bo'lishi xaqida ilmiy atroflarga yaqin foydalarni bayon qilganlar. Xitoy, yunon faylasufi miloddan avvalgi VI - U asrlardayoq odamning kelib chiqishi tamomila tabiiy hodisa deb ta'riflashga uringanlar. Yunon faylasufi Arstotil (ml. av. 384-322 yy) «odam xayvonot dunyosida tabiiy erishgan barcha ijodining cho'qqisidir» degan edi.

Rimlik mashxur vrach Klavdiy Galen odam tanasi maymunnikiga o'xshashligini asoslab bergan edi. Jan Jak Russo, Karl Linney kabi olimlar odamning paydo bo'lishi xaqida bilimga o'z hissalarini qo'shdilar.

1956-1960 y. ingliz olimi Liki Sharkiy Afrikadagi Olduvay daryosidan odamsimon maymunlarning qoldiqlarni, daryo yonida esa oddiy tosh qurollari topib olib, ular bundan 1 mln 750 ming yil ilgari yasalgan degan fikrni aytdilar. Uning o'g'li Richard Liki Efiopiyadan topilgan odamsimon maymunlarning qoldiqlariga 2, 5-3 mln yil berdi. Afrikadagi bu topilmasi yer yuzidagi eng qadimgi odamlarning dastlabki topilmalari xisoblanadi.

1891-92 yillarida Gollandiyalik olim Dyuuba Indoneziyadagi Yava orolidan maymun-odamning (pitekantrop) suyak qoldiqlarini topishga muvaffaq bo'ldi. Bu topilmalarga 1, 5 mln yil yosh berildi. 1927 yil Kanadalik olim D. Bley topgan Xitoy odami (sinantrop) 400-500 ming yil ilgari yashagan deb ta'kidlandi.

Eng qadimgi odam qoldiqlari Germaniyaning Geydelberg, Vengriyaning Budapesht yaqinidan topildi. Eng qadimgi odamlardan farqlanuvchi odamlar (arxantrop) keyingi bosqich fanda qadimgi odamlar nomi bilan mashxur bo'lib, tadqiqotchilarning fikrlaricha ular zamonamizdan 100-50 ming yil ilgari yashaganlar. Qadimgi odamlarning qoldiqlar dastlab Germaniyaning Neandertal vodiysidan topilgan bo'lib, fanda qadimgi odamlarni neandertal tipdagi odamlar deb atash rasm bo'lgan. Vatanimiz hududida yashagan ilk ajdodlarimizning manzilgohlari Fvrg'ona vodiysining So'x tumanidagi Selung'ur g'oridan va Toshkent viloyatining Angren shahri yaqinidagi Ko'lbuloq maydonidan topib o'rganildi.

O'zFA akademigi U. Islomov (1980 yildan boshlab) Selung'ur g'orida arxeologiyaga oid ishlar olib borib, (1958 y. Okladnikov bu g'orda ish boshlagan) u g'ordan topilgan tosh qurollari va xayvon suyaklarini chuqur o'rganib Selung'urda yashagan ajdodlarimiz g'orini qadimgi tosh davrining yuqori paleolit bosqichida emas, balki ashel davrining birinchi bosqich ichida o'zlashtirganligini isbotladi. U. Islomov o'zi ochgan kashfiyotga suyanib, Selung'ur g'orida yashagan ajdodlarimizning yoshi 1 mln yil atrofida degan xulosaga keldi. Bu yerdan topilgan odamga «Fergantrop» ya'ni «Farg'ona odami» deb nom qo'yildi.

Mustye davri 100-40 ming yilliklar davrida muzlanish keng tarqala boshlagan iqlim sharoitida yomonlashgan. Bu hol ibtidoiy odamlarni tabiat kuchlariga qarshi himoyalanishga majbur qilgan. Ular ilgarigidek tirik xayvonlarni ovlaganlar, o't chiqarishning turli yo'llarini ixtiro qilganlar. Turli sharoitlarda yashash uchun o'zlariga boshpanalar izlaganlar va qurganlar. Bu davr ya'ni mehnat quroli (qo'l cho'qmori) paydo bo'lgan. Insoniyat tarixida bu davrning odami neandertal odami nomi bilan yuritiladi. Neandertal odam yashagan madaniyat makonlari Markaziy Osiyo xududlarning 50 dan ortiq joyidan topilgan. Ana shu davr madaniyatlaridan biri 1938 yilda Boysun tog'ining Teshiktosh deb atalgan yeridan topilgan yodgorliklar ayniqsa diqqatga sazavordir.

Bu yerda topilgan 9 yashar bolaning qabri, xayvon suyak qoldiqlari neandertal odamlarning asosiy mashg'uloti xayvon ovi bo'lganligidan dalolat beradi. Teshiktoshliklar o'zlari uchun muqaddas hisoblangan xayvon shoxlari bilan bolalarini o'rab «narigi dunyoga» jo'natganlar. Bu hol ulardagi diniy taassurotlarining dastlabki belgilari bo'lganligidan dalolat beradi.

Yuqori paleolit davrida Markaziy Osiyo xududida iqlim quruq va mo''tadil bo'lgan. Sovuq shamol sharoitida yashaydigan xayvonlar, yovvoyi otlar, kiyiklar paydo bo'lgan.

Bu davrda ibtidoiy tuzum davrining vayronalarida kishilik jamiyatining dastlabki bo'g'in-ibtidoiy jamoa davri tarkib topdi. Yuqori poleolit davrida neandertal mehnat qurollari yasash uslubida ibtidoiy xo'jalik shakllarida, ibtidoiy odamning turmush borasida ularning ijtimoiy munosabatlarida, dunyo qarashida, jismoniy tuzilishdan muhim ko'rinishlar ro'y berdi. Jumladan bu davr odamida rasmana peshona pastki jag' shakllandi. Bu davr odamlarining suyaklari neandertal odamlari singari qo'li emas, oyoq-qo'l harakatlarida ham chaqqonlik paydo bo'ldi. Xozirgi zamon odamlariga xos jismoniy xususiyatlari vujudga keldi. Olimlar bu davr odamini hamo sapiue (aqlli, ongli odam) deb atadilar.

xuddi shu davrda Markaziy Osiyo xududida ham mongoloid irqga oid xozirgi zamon ko'rinishdagi avlod shakllandi. Bu irqqa mansub vakillar Shimoliy, Markaziy va Sharqiy Osiyo hududida yashaganlar. Ularning bo'ylari past, bosh suyaklari dumaloq, qosh- kipriklari, sochlari qora yuzlari va peshonalari keng, ko'zlari qisiq bo'lgan. Bunga, albatta avlod ajdodlarimiz asosan geografik iqlim sharoitning ta'siri bo'lgan.

Yuqori paleolit davrida ov qurollari yanada takomillashdi. Ipak qarmoq har xil bezaklar shakllangan, tosh qurollar ixchamlashgan. Parma paydo bo'lgan. Eng muhim yutuqlardan biri nayzalar ixtiro qilindi.

Paleolit davrida tasviriy san'at rivoj topdi. Bu davrda odamlar o'zlariga uy qurganlar, toshlarga rasm solganlar, Tosh va suyaklarga xayvonlar va odamlarning qiyofalarini o'yganlar. Tosh va suyakdan yasalgan xaykalchalarda ona urug'iga e'tibor qilinganligi tasvirlandi. Odamlar o'rtasida o'troq hayot kechirish ustun mavqega ega bo'lgan. Urug'chilik jamiyatida dastlabki diniy, e'tiqodlar va marosimlar kelib chiqqan: Animizm (ruhga sig'inish) totemizm (ajdodlar ruhiga sig'inish) magiya sehrgarlik shular jumlasidandir.

12-7 ming yillikda davom etgan mezolit davrida Markaziy Osiyo iqlimi issiqlasha borgan, yog'ingarchilik ko'p bo'lgan daryo bo'ylari va botqoqliklarda to'qay va o'rmonlar vujudga kelib, o'simliklar va xayvonot dunyosi asta-sekin xozirgi zamon xayvonlari va o'simliklari qiyofasini ola boshlagan. Mezolit davrining eng muhim yutuqlaridan biri o'q yoyning kashf etilishidir. O'q-yoyning kashf etilishi insonning tabiat kuchlarida ustun bo'lishda dastlabki qadamdir. Ovdan keladigan daromad ko'paydi. Ortiqchasi qo'lga o'rgatila boshladi.

Mezolit davrining o'ziga xos yana bir hususiyati shundaki, bu davrda ovchilarning ahamiyati oshishi bilan birga terimchilikning o'rni ham ortdi. Bu davrda odamlar o'simliklarni ildizi bilan emas, balki saralab iste'mol qila boshladilar.

Mezolit davriga oid yodgorliklar markaziy Farg'onada yuzdan ortiq (Obishir-8, Obishir-5), Toshkentning Sariqamish tumanida Bo'zsuv havzasida, Surxondaryo viloyatining Ayritom, , Zarautsoy, Dushanxona, Eski Termiz, Podaxona, Oqtosh, Machay soyi atrofidan topilgan va o'rganilgan. 1970-71 Machay g'orini tekshirgan olim U. Islomovning fikricha Machayliklar shoxli va mayda xayvonlarni xonakilashtirganlar. Mezolit davri odamlarining diniy tasavvuri xaqida To'rtko'l va Machay qabristonidan topilgan yodgorliklar ma'lumot beradi. Bu qabristonlar o'rganilganda tana suyaklari chalqanchasiga yotqizilgan bo'lib, oyoqlari bir oz bukilgan. Dafina ustiga qizil rang sepilgan. Ularning qabrida dengiz chig'onoqlaridan qilingan taqinchoklar bosh tomonida esa mayda tosh munchoqlar osib qo'yilgan.

Ibtidoiy odamlarning qadimgi dunyoga ishonishi nafaqat qabristonlar, balki ibtidoiy rasmlarning tabiat kuchlariga munosabatini dunyoqarashini koyalarga chizilgan rangli suratlardan ham bilishimiz mumkin. Surxondaryoning Zarautsoy darasi qoyalariga solingan suratlar bunga misol bo'la oladi. Insoniyat o'z taraqqiyot yo'lida mezolit davridan so'ng neolit davrini ham o'tkazdi. Bu davrda mehnat qurollariga ishlov berishda silliqlash, pardozlash va parmalash usullarining ixtiro qilinishi e'tiborga loyiqdir. Bu narsa ibtidoiy ishlab chiqaruvchi kuchlarining oldingi davrlarga nisbatan tezroq rivojlanishiga imkon berdi. Yangi mehnat qurollari toshboltalar, tosh teshalar, uskunalar paydo bo'ldi. Mehnat -qurollarining takomillashishi natijasida daydi hayot kechirishga zarurat qolmadi. O'troq hayotga o'tgan odamlar doimiy yerto'lalar, kulbalar uylar qurish natijasida qishloqlar barpo eta boshladi, o'troq xo'jaligi vujudga keldi. Bu hol dehqonchilikning kelib chiqishiga cho'lli mintaqalarda, azim daryo va ko'l bo'ylarida o'troq ovchilik xo'jaligining qaror topishiga sabab bo'ldi, chorvachilik qaror topdi.

Bu davrda sopol buyumlari yasala boshlandi. Neolit davri kashfiyotlaridan yana biri to'qimachilikning vujudga kelishidir. Endi ibtidoiy odamlar faqat xayvon terilaridan tikilgan kiyim-kechakni emas, balki jun va o'simliklar tolasidan to'qilgan kiyim-kechaklar tikib kiyadigan bo'ldi.

Bu davrda ham ibtidoiy urug'chilik «kommunasi» hukmron bo'lib ona urug'i davom etar edi. Matriarxat urug' jamoasining guruhli nikoh doirasida juft oila qurish vujudga keldi. Ayollar tug'ilgan farzandlarining otalaridan o'z urug' jamoasi manfaatiga ishlab berishni talab qiladigan bo'ldi. Shu tariqa ayollarning xuquqi cheklanmagan holda juft oilaning dastlabki ko'rinishi jonlandi.

Markaziy Osiyo hududida xo'jalik miloddan oldingi II ming yillikning boshlariga kelib ikki yo'nalishda rivojlanib borgan. Jumladan, Turkmanistonning Kopetdog' etaklarida qabilalar madaniy o'simliklarni o'stira boshlaganlar. Markaziy Osiyoning shimoliy dasht va cho'l xududlarida yashagan qabilalar esa ovchilik va baliqchilik bilan shug'ullanganlar.

Neolit davrida dehqon jamoalarining qarorgohi Ashgabatdan 40 km shimoliy g'arbda joylashgan. Chaqmoqli degan joydan topildi. Tarixga bu Joytun madaniyati nomi bilan kirdi. Bu madaniyat yoshi 7-8 ming yil burun o'tgan bo'lib, mil. avvalgi VI-V ming yilliklar bilan o'lchandi.

Akademik olim Tolstov tomonidan qadimgi Xorazm yerlarida, Amudaryoning quyi havzasida «Kaltaminor madaniyati» nomi bilan tarixga kirgan, madaniyat yodgorligi topildi. Bu madaniyat Xorazm xududidagi Jonbosqal'a nomi bilan ma'lum bo'lgan. 4 ta maydonni tekshirish orqadi aniqlandi va o'sha maydon yaqinidagi joy nomi bilan Kaltaminor madaniyati nomini oldi. Bu mil. avval IV-III ming yillik bo'lib, bu ovchilar va baliqchilar jamoasi madaniyatidir. Bu yerda sopol ishlab chiqarish ham yo'lga qo'yilgan. Xo'jalikning uchinchi tarmog'i termachilik bo'lgan.

Milloddan avval IV ming yillikka kelib odamlar metalning g'oyat qimmatli xususiyatlarini kuchli olovda suyuqlikka aylanishini va har xil shaklga kirib, sovigandan keyin shu shaklni saqlab qolishni bilib olganlar.

Mis-tosh asrida ibtidoiy odamlar metall bilan tanishdilar. Lekin mis qurollaridan ishlab chiqarishda keng foydalana olmadilar. Shu sababli mis qurollari toshdan yasalgan mehnat qurollarini ibtidoiy hayotdan butunlay siqib chiqara olmadi. Markaziy Osiyoda quyidagi yangi madaniy-tarixiy jarayonlar eneolit davri bilan bog'liq.



  1. Xo'jalikning boshqa hamma turlariga nisbatan haydama dehqonchilikning ustunlik qilishi:

  2. Toshdan ishlangan qurollar ko'p bo'lgan holda mis qurollarining paydo bulishi:

  3. Katta-katta ibtidoiy jamoalarning paxsadan va xom g'ishtdan ishlangan katta-katta uylari.

  4. Kulolchilikda muhim texnika yutug'i xumdonlarining ishlatilishi.

  5. O'troqlik xujaligining rivojlanishi, ibtidoiy jamoa birlashmalarining uylari va qurilishlarida xom g'ishtning paydo bo'lishi,

  6. Turli xayvonlarning loydan yasalgan va ona urug'i tuzumi matriarxatga xos haykalchalar.

  7. Rangdor sopol buyumlar, ya'ni turli tasvirlar ishlangan sopol buyumlarining mavjudligi.

Eneolit davrida ikki davr odamini va old Osiyoda shahar davlatlari shakllandi. Neolit davrida vujudga kelgan madaniy notekislik eneolit davrida yana kuchaydi. Mazkur davrda Yevropa va Osiyo aholisi xilma-xil xo'jalik turlariga bo'linadi. Madaniy jixatdan ortda qolgan jamiyatlar ovchilik va baliqchilik asosida rivojlandi. Ulardagi ijtimoiy munosabatlarda tosh davri tuzumiga xos xususiyatlar saqlanib qolgan.

Eneolit davrida Markaziy Osiyoda madaniyat bir bosqich yuqoriga ko'tarilgan bo'lsada, bu yerdagi qabilalarning madaniy va ijtimoiy taraqqiyoti bir xil darajada emas edi. Arxeologik tadqiqotlar Markaziy Osiyo aholisi orasida notekis rivojlanish bo'lganligini ko'rsatadi. Unumdor xo'jaliklarga asoslangan qabilalar tezroq rivojlangan, qushimcha xo'jaliklar bilan mashg'ul bo'lmaganlari esa madaniy jixatdan bir necha yuz yilliklar orqada qolganlar.

Agarda Turkmanistonning janubida mis-tosh davrining boshlanishi mil. avval IV ming yillikka oid bo'lsa, o'sha davrda Markaziy Osiyoning shimoliy dasht va janubiy tog'li xududlaridagi qabilalar asosan ovchilik, baliqchilik va chorvachilikning ilk shakllari bilan shug'ullanganlar.

Qadimgi qabilalar mis-tosh davriga o'tgach, madaniy xo'jalik va ishlab chiqarish taraqqiyotining yangi bosqichi boshlandi. Yangi xo'jalik turlari dehqonchilik va uy chorvachiligi Turkmanistonning janubi-g'arbida qulay geografik sharoitda rivojlangan bo'lsa, quyi Zarafshon va Amudaryo havzalarida yashovchi qabilalari hali madaniy o'simliklar o'stirishga ham o'tmagan edi. Markaziy Osiyoning sharqiy qismida chorvachilik ustun edi.

Turkmanistonning Anov va Nomozgoh yodgorligida olib borilgan arxeologik qazishma ishlari bu yerda dehqonchilik xo'jaligi, uy-joy qurilish texnikasi rivojlanganligini isbot qila oldi.

O'zbekiston taraqqiyotida ham eneolit davriga oid ko'plab yodgorliklar bor. Bular jumlasiga Zarafshonning Katta tuzkon atrofida 4dan ortiq joydan eneolit davriga oid yodgorliklar tekshirildi. Bu yerda taqir va qum ustida sochilib yotgan tosh yorg'uchoqlari, o'ra va pichoq qadamalari bilan birga misdan ishlangan qurol siniqlari topildi.

Shuni ta'kidlash lozimki Markaziy Osiyoda Turkmanistonning Anov va Namozgoxtepa va Tojikistonning Sarazm madaniy yodgorliklari tekshirilib enolit davrining eng rivojlangan hududlari sifatida e'tirof qilindi.

Ma'lumki, ibtidoiy odamlar misning juda yaxshi hususiyati-cho'ziluvchanligini kashf qilgan bo'lsalarda, bu metall qadimgi odamlarning ijtimoiy va iqtisodiy hayotiga katta o'zgarishlar kirita olmagan. Ammo bronzaning kashf qilinishi hayotda olg'a qarab tashlagan qadam bo'ldi.

Bronza davri Markaziy Osiyoda mil. avval IIIming yillikdan 1 ming yillikning boshlarigacha bo'lgan davrni o'z ichiga oladi. Bu davrning eng katta yutug'i qadimgi dexqonchilikning keng yoyilishi va mil. av. II ming yillikning 2-yarmida chorvachilikning dexqonchilikdan ajralib chiqishidir. Mazkur davrda ishlab chiqarish munosabatlari tez rivojlanib, ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlarga katta ta'sir qildi. Ishlab chiqarishning o'sishi natijasida moddiy madaniyat ham yangi asosda taraqqiy etadi.

Metaldan ishlangan qurollar qadimgi ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotini tezlashtirilganligi tufayli Markaziy Osiyo dasht va tog' oldi hududlarida yashagan aholi boshqa aholidan ajralib chiqadi va chorvachilik bilan mashg'ul bo'ladi. Bu tarixiy jarayon kishilik jamiyati taraqqiyotidagi dastlabki yirik mehnat taqsimoti edi.

Bronza davri bilan shug'ullangan tadqiqotchilar bu davrni uch katta yilnoma davriga: ilk, rivojlangan va so'nggi bronza davrlariga bo'ladilar.

O'zbekiston hududida bronza davrida asosan chorvachilik va dexqonchilik bilan shug'ullangan qabilalarning moddiy-madaniy yodgorliklari Xorazmda Tozabog'yob madaniyati nomi bilan mashxur. Tozabog'yob madaniyatiga mansub Ko'kcha makoni atrofida qadimiy mozorlar ochilgan. Qabrlardagi o'liklar bukchaytirilib, boshlari g'arbga qaratib qo'yilgan. Bosh tomondan idishlar va bronza zebi-ziynatlari topilgan. Umuman olganda Tozabog'yob madaniyatiga mansub yodgorliklar Xorazmda 50 dan ziyod o'rganilgan. Ular yarim yertulali uylardan iborat bo'lib, atrofida kanallar va qadimgi sug'orish maydonlari topilgan. Yerto'lalar to'g'ri burchakli yoki dumaloq shaklga yaqin kelgan. Ularning janubiy qismlarida joylashgan o'choklar oddiy to'rt burchakli chuqurlardan iborat. Yertulalardan xayvon suyaklari, sopol idishlar, toshdan va bronzadan ishlangan qurollar topilgan Tozabog'yob sopol idishlari qo'lda ishlangan. Ular asosan qozon va tuvaksimon idishlardan iborat bo'lib, xilma-xil geometrik chiziqlar bilan naqshlangan. Xorazmdagi yana bir yodgorlik Amirobod (mil. avv. IX va VIII asr. oid) da xam Tozabog'yob madaniyati hususiyatlari saqlanib qolgan.

Xorazmdagi bronza davri axolining asosiy tirikchilik manbai dexqonchilik va chorvachilik bo'lgan.

Zarafshon bronza davri yodgorliklari Zamonbobo nomi bilan ataladi. Bu davrga mansub yodgorliklar orasida Zamonbobo ko'lining shimoliy sohilida joylashgan ibtidoiy dexqonlar qabristoni ayniqsa diqqatga sazavordir. Qabriston 50-yillarda YA. G'ulomov tomonidan tekshirilgan

Ochilgan 46 qabr qoldiqlaridan 8 tasida juft, 28 tasida esa yakka xolda dafn etilgan jasad skiletlari qayd etildi. Hatto 2 qabrda kattalar yoniga yosh bolalar jasadi qo'yilgani aniqlandi.

Saqlanib qolgan skiletlarning holatiga qarab jasadlarning deyarli hammasi o'ng yoki chap yoni bilan yonboshlatib g'ujanak tarzda dafn etilganligi aniqlandi.

Erkaklari yonida turli qurol -yarog'lar, ayollar yonida esa zebu-ziynat, uy jixozlari topilgan. Zamonboboliklar asosan dexqonchilik va xonaki chorvachilik bilan kun kechirib chaylasimon kulbalarda istiqomat qilganlar. Qo'y va echki junlaridan ip yigirib kiyim-kechak uchun mato to'qiganlar.

Zamonboboliklar jamoasida hunarmandchilikning turli tarmoqlari xususan, kulolchilik, bronzani eritib undan har xil ashyolar yasash, ayniqsa toshni ishlash texnikasi ancha rivojlangan.

Surxondaryo voxasida bronza davri yodgorliklari Sherobod, Bandixon va Mirshodida olib borilgan qazish ishlarida tekshirildi. Qadimgi dexqonlar atrofi devorlar bilan o'ralgan qishloqlarda istiqomat qilganlar. Bu aholi asosan soylar bo'ylarida joylashib, sug'orma dexqonchilikda ularning suvlaridan foydalanganlar.

Viloyatning Muzrabot tumanida joylashgan Sopollitepa yodgorligi 1968 yilda tekshirildi.

To'rt gektar yerdan iborat Sopollitepaning markaziy qismida turtburchakli istehkom qazib ochildi. Istehkom ichida turar joylar, ro'zg'or va xo'jalik xonalari, hunarmandchilik ustaxonalarining qoldiqlari o'rganildi.

Olib borilgan arxeologik tadqiqotlarga qaraganda, Sopollitepa tarixi uchta madaniy qatlam va qurilish davriga bo'linadi.

Birinchi davr uylarida 30 ta kichik oila, ikkinchi davrda 61 ta oila, uchinchi davrda 47 oila yashagan. Sopollitepadagi o'troq aholi 155-315 kishidan iborat bo'lgan.

Sopollitepada 8 ta qadimgi guzar uy joy qoldiqlari topib tekshirildi. Bu yerda qurilish hunarmandchilik va iqtisodiy munosabatlar ancha rivoj topgan. O'choklar turar joy xonalari ichida devor ichiga o'rnatilgan. Asosiy qurilish xom-ashyosi paxsa va xom g'ishtdir.

Sopollitepadan topilgan qabrlarda murdalar bilan birga sopol idishlar, qurol yarog'lar va zeb-ziynat buyumlari ko'milgan. Sopol idishlar deyarli naqshlanmagan.

Sopollitepa topilmalari mil. av. II ming yillikning birinchi yarmi va o'rtalariga oiddir. Aholi dexqonchilik va uy chorvachiligi bilan shug'ullangan. Shuningdek uy hunarmandchiligi rivojlangan. Shuningdek ular matolardan kiyimlar tikkanlar.

Qabrlarni ochib o'rganish shuni ko'rsatadiki, dastlabki mulkiy tengsizlik sopollitepaliklarda vujudga kelgan ekan.

Bronza davrida Markaziy Osiyoning ijtimoiy tuzumida ham o'zgarishlar bo'lib o'tdi. Paleolit zamonida vujudga kelgan urug'chilik tuzumi bronza davrida ham davom etgan. Ammo, bu davrda ona urugining mavkei yo'qolib bordi. Metall eritish va xo'jalikning rivojlanishi natijasida jamiyatda erkaklar mexnati va mavqei birinchi darajali ahamiyatga ega bo'ldi. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkin, bronza davri jamiyat taraqqiyotida dexqonchilik, chorvachilik, ovchilik va hunarmandchilikning rivojlanishida erkaklar yetakchilik qilganlar. Xotinlar erkaklar ishlab chiqargan narsalarini iste'mol qilishda ishtirok etganlar xamda unga egalik qilishdan maxrum bo'ldilar. Jamiyatda ona urugi tuzumi o'z o'rnini ota urug'iga bo'shatib berdi.

Ota urug'i tuzumining rivojlanib borishi va ishlab chiqaruvchi kuchlarning o'sishi ayrim oilalarning boylik orttirishlari uchun shart-sharoitlar yaratib berdi. Jamoalardagi ba'zi shaxslar qo'lida boylik to'planib borgan bo'lsa ba'zi shaxslar qashshoklashib, ularga qaram bo'lib bordi. Shunday qilib so'nggi bronza va ilk temir davriga kelib Markaziy Osiyo dastlab mulkiy tabaqalanish, keyin esa ijtimoiy tabaqalanish jarayonlari ro'y berib, urug'chilik tuzumi xarobalari o'rnida sinfiy jamiyatning paydo bo'lishi uchun zamin tayyor bo'ldi.



  1. I. A. Karimov. O'zbekiston milliy istiqlol, iqtisod, siyosat milliy mafkura. t. 1. T. O'zbekiston. 1996.

  2. I. A. Karimoa. »Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir». t. 3. T. "O'z-n" 1996.

  3. I. A. Karimov. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. t. 2. T. »O'z-n» 1996.

  4. I. A. Karimov. Bunyodkorlik yo'lida. t. 4. T. «O'z-n». 1996.

  5. I. A. Karimov. O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xafvsizlikka taxdid va barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T. O'z-n» 1997.

  6. I. A. Karimov. Yangicha fikrlash va ishlash davr talabi. t. 5. T. O'z-n. 1997.

  7. I. A. Karimov. Havfsizlik va barqarorlik taraqqiyot yulida. t. 6. T. «O'zbekiston». 1998.

  8. Azizxo'jayev A. Davlatchilik va madaniyat. T. «Sharq» 1997.

  9. Abdunabiyev A. G. Vklad v mirovuyu sivilizasiyu. T. «O'z-n» 1998.

  10. Boynazarov F. Antik dunyo. T. «Mexnat» 1998.

  11. O'zbeiston xalqlari tarixi. 1 jild. T. «Fan» 1991.

  12. O'zbekiston tarixi. 1. Universitet. 1997.

  13. Shamsutdinov R. Karimov SH. «Vatan tarixi» Andijon. «Meros» 1998.

  14. O'zbekiston tarixi va madaniyati. T. «O'qituvchi» 1992.

  15. Gumilyov L. N. Xunno' Sredney Azii v drevniye vremena. M. 1960.



Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish