Dars maqsadi: Ta`limiy: Xiva xonligining davlat tuzumi, ijtimoiy- iqtisodiy ahvoli haqida tushuncha berish; Tarbiyaviy



Download 18,79 Kb.
Sana28.06.2017
Hajmi18,79 Kb.
#18773
9- sinf

O`zbekiston tarixi

Mavzu: XIX sar oxiri- XXasr boshlarida xiva xonligi davlat tuzumi va

ijtimoiy-iqtisodiy hayoti

Dars maqsadi:


  1. Ta`limiy: Xiva xonligining davlat tuzumi, ijtimoiy- iqtisodiy ahvoli haqida tushuncha berish;

  2. Tarbiyaviy: Xiva xonligining davlat tuzumi, ijtimoiy- iqtisodiy hayotini tahlil qila olish k`onikmasini shakllantirish;

  3. Rivojlantiruvchi : davlatni demokratik shaklda boshqarish haqidagi bilimlarini shakllantirish;

Dars turi: noan`anaviy

Dars usuli: “Aqliy hujum”, “Baliq ovi”, “BBB”, “Raqamlar tilga kirganda”, “Jadvalli test”, “Klaster”

Dars jihozi: darslik, mavzu bo`yicha slayd, mavzuga oid rasmlar, tarqatmalar, kartochkalar, doska, bo`r…

DTS talabi: XIX sar oxiri- XXasr boshlarida xiva xonligi davlat tuzumi va

ijtimoiy-iqtisodiy hayoti haqida ma`lumot berish.



  1. Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism. (salomlashish, davomatni aniqlash, o`quvchilarning darsga tayyorgarligini nazorat qilsih, “My 5 news” rukni orqali dunyo yangiliklari bilan tanishtirish, muhim sanalar haqida ma`lumot)

  2. O`tgan mavzuni takrorlab uyga vazifani so`rash. “Yosh Buxoroliklar faoliyati va Buxoro amirligining tugatilishi” mavzusi bo`yicha “Aqliy hujum” o`tkazish.

  1. Buxoro taraqqiyparvarlarining yetuk namoyondalaridan kimlarni bilasiz?

  2. “Yosh Buxoroliklar” qanday gazetalar nashr etganlar?

  3. Sayid Olimxon kim edi?

  4. 1917 yil qanday voqea sodir bo`ldi?

  5. “Tiniq fikrli va oqil odamlar” deganda kimlarni tushunasiz?

  6. 1917- yil 8- aprelda qanday voqea sodir bo`ldi?

  7. Fayzulla Xo`jayev haqida nimalarni bilib oldingiz?

  8. 1920- yil 2 sentyabrda qanday voqea sodir bo`lgan?

  9. “Yosh Buxoroliklar” qo`mitasi haqida bilganlaringiz?

  10. Omon qolgan jadidlar qayerga qochganlar?

Fizika fanidan olgan bilimlaringizga tayanib “Baliq ovini” o`tkazamiz.

Baliq ovi”—“Fishing”



  1. Sayid Olimxon qachon taxtga o`tirdi? ( 1910 yil)

  2. Islohotlar o`tkazish to`g`risida manifest qachon e`lon qilindi? (1917 yil 7 aprel)

  3. Jadidlar tomonifan qanday qo`mita tuzildi? (“Yosh Buxoroliklar)

  4. Jadidlarning islohotlarni qo`llab- quvvatlovchi namoyish kim tomonidan tarqatib yuboildi? (Amir)

  5. Islohotlarni davom ettirishdan kim voz kechdi? (amir)

  6. F. Xo`jayev qachon “Yosh Buxoroliklar” harakatiga rahbarlik qildi?(1920 yil yanvar)

“BBB” usulining birinchi jadvali guruhlar tomonidan to`ldiriladi.

  1. “B”- “Bilar edim” (avvalgi bilganlarim)

  2. “B”- “Bilib oldim” (o`tilgan mavzu bo`yicha bilib olganlarim)

  3. “B” –“Bilishni xohlayman” (olgan ma`lumotlarimdan tashqari yana nimalarni bilishni xohlayman)

  1. Yangi mavzu bayoni

Reja:

  1. Davlat tuzumi

  2. Yer egaligi

  3. Soliq va majburiyatlar

Xiva xonligining ijtimoiy-siyosiy tuzumi XIX asr oxiri – XX asr boshlarida deyarli o`zgarmadi. Rossiya imperiyasi hukumati Xivani doimiy nazoratda tutar va ichki siyosatdagi, shuningdek, tashqi siyosatdagi arzimas o`zgarishlarni Xiva hukumati Turkiston general-gubernatori bilan kelishib olishi lozim edi. Xonlik qo`ng`irot urug`i avlodiga mansub xon boshida turuvchi feodal monarxiya edi. Qo`ng`irotlar siyosiy, ijtimoiy hayotda va harbiy ishlarda uning suyangan tog`i edi. Qo`ng`irotlar ming yillik tarixga ega va o`zbek xalqining madaniy rivojlanishida muhim rol o`ynagan turkiy urug`dir. Lashkar Xiva davlatida xalq qarshiligini bostirish va davlat yaxlitligi uchun kurash vositasi edi. U uyushmagan, tartibsiz va nochor qurollangandi. Lashkar xonning yasovul qo`shinlarini (uni yasovulboshi boshqarar edi) ifoda etuvchi 1,5 ming kishidan iborat muntazam qo`shin, harbiy harakatlar davrida yig`ilib keluvchi xalq lashkari va turkman otliq sipohiylaridan iborat bo`lgan.

Xiva xonligi ma’muriy jihatdan 20 ta beklik yoki viloyatlarga bo`lingan edi. Ulardan eng yiriklari Hazorasp, Urganch, Qiyot, Ko`hna Urganch, Xo`jayli, Qo`ng`irot edi. Ulardan har biriga xon tomonidan tayinlangan bek yoki hokim rahbarlik qilar edi. Xiva shahri va uning tevaragi xonning tasarrufida bo`lgan. Ana shu mansabdor shaxslarning barchasi xorazmlik oddiy dehqonlarni ekspluatatsiya qilish va ulardan olinadigan soliqlar hisobidan kun kechirar edi.

G`alla yetishtirish qishloq xo`jaligining asosiy tarmog`i bo`lib qolaverdi. Bundan tashqari, butun O`rta Osiyoda sevib iste’mol qilinadigan sholi, jo`xori va suli yetishtirilar edi (1-rasm).XIX asrning 90-yillaridan boshlab, Rossiya bilan savdo-sotiq rivojlanib borgani sayin paxta yetishtirishga ixtisoslashuv ham jadal kechdi.

Xonlikdagi yerlarning asosiy qismi xon va uning amaldorlariga tegishli edi. Amaldor va a’yonlarga haq to`lash uchun puli bo`lmagan Xiva xonlari ularga davlat yerlarini ehson qilishardi. Xonlikdagi hamma yerlar ikki qismga: sug`oriladigan yerlar – ahya va sug`orilmaydigan yerlar – adraga bo`linar edi. Shuningdek, yer egaligining amlok (davlat yerlari), mulk (xususiy yerlar) va vaqf (masjid va madrasa yerlari) shakllari ham mavjud edi. Xon, amaldorlari va ularning qarindoshlari soliqdan ozod edilar.

Yirik yer maydonlari diniy muassasalar tasarrufida bo`lgan. Xonlikda jami sug`orma yerlarning 40 foizi masjidlar mulkiga berilgan. Masalan, 64 ta masjid va madrasa XIX asrning so`nggi choragida 205 ming tanobdan ziyod yerga egalik qilgan. Xonlar dindorlarga nisbatan hurmat-izzatda bo`lishgan. Ularning ko`pchiligi soliqlardan ozod etilgan. XIX asrning oxirida qariyb 4 ming ruhoniylar oilasi barcha soliqlardan ozod etilgandi.

Yerning katta qismi Rossiya imperiyasi tasarrufiga o`tishi sababli, xonlik ma’muriyati zararni yangi soliqlar joriy etish yoki ilgari mavjud bo`lganlarini oshirish yo`li bilan qopladi. Xiva xonligida turli majburiyatlar, (doimiy yoki favqulodda) soliqlarning qariyb 25 turi bo`lgan. Bu yig`imlar miqdori xonlar va amaldorlar zo`ravonligiga bog`liq bo`lgan. Dehqonlar yer solig`i – solg`ut, chorva solig`i – zakot, o`tloqlardan foydalanganlik uchun cho`ppuli, turarjoylari uchun o`tov solig`i to`lashgan.

Bunday soliqlardan tashqari dehqonlar turli-tuman majburiyatlar – begorni bajarishga ham majbur edilar. Sug`orish tizimi bilan bog`liq bo`lgan ishlar – kachi ular orasida eng og`iri bo`lgan (1-rasm, 2-rasm). Xiva dehqonlari har yili kanallarni tozalashga, ko`tarmalarni qurish va qayta tiklashga, to`g`onlar va ko`priklarni ta’mirlashga chiqishlari lozim edi. Dehqonlar o`z ish qurollari va ovqati bilan kelishgan. Ishga chiqmaganlar esa muayyan mablag`ni xazinaga to`lashi shart bo`lgan. Jarchi o`z foydasiga "afanakpuli" yig`gan, ishlar nazoratchisi ham o`z ulushini olgan.

Aholining 90 foizini tashkil etgan dehqonlar sug`orma yerlarning atigi 5 foiziga egalik qilishardi. Yersiz va kam yerli dehqonlar esa yirik zamindorlar yerlariga va vaqf yerlarida ishlab berishardi. Dehqonlar ulushbay yoki hosilning teng yarmi tizimi bo`yicha mehnat qilishgan. Ishlar yakunlanganidan keyin odatda yer egasiga hosilning 40–50 foizini berishgan. Ulushchilar chorakorlar, teng yarmiga ishlovchilar esa yarimchilar deb atalgan. Yeri ham, asbob-uskunalari ham, ishchi qoramoli ham bo`lmagan dehqonlar esa zamindorlar qo`lida har qanday shart asosida ishlashga majbur edilar. Ularni xizmatkor (batrak) deb atashib, ovqatlanishlariga zo`rg`a yetadigan arzimas haq berib ishlatishardi. Ularning yelkasiga zo`raki shartnomalar yuki osilgan edi. Qarzdor dehqonlar o`z qarzlarini uzish uchun ma’lum vaqt davomida ishlab berishlari lozim edi. Qarzini to`lamasdan turib ular xo`jayini xizmatidan keta olmasdilar.

Shu zaylda, yersiz dehqonlar soni yildan-yilga o`sib bordi. Ular tobora xonlar, beklar va ularning amaldorlariga qaram bo`lib boraverishdi. Bularning bari Xiva xonligining umumiy iqtisodiy va ijtimoiy ahvoliga salbiy ta’sir o`tkazdi.


  1. Dars yakuni

Darsni mustahkamlash. Guruhlarga “Jadvalli test” beriladi. Birinchi bo`lib bajargan guruh rag`batlantiriladi.

“Raqamlar tilga kirganda” o`yini o`tkaziladi. O`qituvchi tomonidan har-xil raqamlar yozib tayyorlab qo`yilgan kartochkalar guruhlarga tarqatiladi. Savol o`qiladi va savolga javob bo`lgan raqm kimda bo`lsa, u o`sha raqamni ko`rsatadi.

“Klaster” usuli. 1- guruhga “Davlat tuzumi”, 2- guruhga “Yer solig`i”, 3- guruhga “Soliq va majburiyatlar” deb yozilgan plakatlar beriladi. Birinchi bo`lib bajargan guruh rag`batlantiriladi.

O`quvchilar “BBB” ning 2- bandini to`ldiradilar



  1. O`quvchilarni baholash. Guruhlar sardorlari o`z guruhlaridagi o`quvchilarni “O`z- o`zini baholash” usulidan foydalanib baholaydi.

Guruhlarning “Rag`bat”, “Jarima”, “Ofarin” kartochkalari sanaladi.

  1. Uyga vazifa berish. “BBB” ning 3- bandini to`ldirish, mavzuni o`qish va savollarga javob tayyorlash.

Download 18,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish