Mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish orqali mamlakatimiz eksport salohiyatini
mustahkamlash va logistika tizimlarini rivojlantirish yo‘nalishlari
Mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish,uning samarali tarkibiy
tuzilmasiga ega bo‘lish orqali barqaror iqtisodiy o‘sish suratlariga erishishi yurtimiz
taraqqiyoti va xalq farovonligini ta‘minlashning muhim shartlaridan hisoblanadi.
Iqtisodiyotning real sektori bu-hom ashyo va boshqa ishlab chiqarish omillari(ishchi
kuchi,yer va kapital) yoki ishlab chiqarish jarayoni orqali tovar va xizmatlar ishlab chiqarish
tushuniladi.Bozor jamiyatining ishlab chiqarish va ishlab chiqarish omillarini birlashtirishni
anglatadi.Shunday ekan iqtisodiyotning real sektorida yaratilayotgan mahsulotlarning
mamlakat ichidagi o‘sha mahsulot bozoridagi balki jahon bozoridagi unga turdosh bo‘lgan
mahsulotlarga nisbatan raqobatbardoshligini yuksaltirish va yaratilgan raqobatbardosh
mahsulot bilan hozirgi kunda mamlakatimizda rivoj topib borayotgan logistika tiziminining
intensivligini oshirish iqtisodiyotning barqaror o‘sishi omillaridan hisoblanadi.
1-rasm. 2018 yil yanvar-sentyabr oylarida mamlakatimiz eksportining tarkibi
98
98
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi rasmiy sayti –www.stat.uz. 2018 yil
yanvar-sentabr oylari asosiy ko‘rsatkichlari.
163
Bilamizki, eksport mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishida muhim o‘rin
tutadi. Bugungi kunda O‘zbekistonda mamlakat ishlab chiqarishining samaradorligini
oshirish va unda eksport ulushini ko‘paytirish borasida ko‘pgina ishlar amalga oshirilyapti
va kelajakdagi amalga oshirilishi kerak bo‘lgan rejalar tomon ildam harakat qilinyapti.
Birgina misol, joriy yil yanvar-sentabr oylarida mamlakatimiz tashqi savdosida eksport
ulushi MDH davlatlari bilan 3789.3 mln AQSH dollariga, bu ko‘rsatkich o‘tgan 2017-
yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan o‘sishi 124,6% ni tashlik etdi va boshqa davlatlar
bilan 5680,3mln AQSH dollariga yetdi. Bu natija eksport sohasida qilinayotgan faol
tadbirlarnimg natijasidir.Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida mamlakatimiz eksport
qiladigan mahsulotlar va hom ashyolar orasidan paxta tolasi,oziq-ovqat mahsulotlari,kimyo
mahsulotlari va undan tayyorlangan qator buyumlar,energiya manbalari va neft
mahsulotlarti ,qora va rangli metallar, mashina va asbob uskunalar, xizmatlar va boshqalar
o‘rin olgan.
Mamlakatda yaratilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligi va shu bilan uni
eksport qilishga yo‘naltirilishida qator omillarni hisobga olish zarur. Ulardan asosiylaridan
biri mamlakat ishlab chiqaruvchilariga yaratilgan qulay shart sharoitlar ,ularga berilayotgan
imtiyozlardir va qulay tadbirkorlik muhitidir.Undan tashqari mahsulotning sifati,uni ishlab
chiqarish
tannarxi
kamligi,innovatsion
texnika
va
texnologiyalar
asosida
yaratilganligi,xalqaro standartlarga (ISO 22000 HASP, Global Gap va boshqalarga) javob
bera olishi, raqobatdosh mahsulot yaratayotgan ishchi kuchining aqliy salohiyati va
malakasi kabi omillar ham eksportbop mahsulot yaratishning muhim omillaridan sanaladi.
Yuqoridagi omillar mamlakatda oziq-ovqat havfsizligi tizimini takomillashtirishda
ham muhim sanaladi.Shu o‘rinda 2018-yil 16-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining ―Mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada ta‘minlash chora tadbirlari
to‘g‘risida‖gi farmoni e‘lon qilindi.Farmon mamlakatning oziq-ovqat sohasidagi
xavfsizligini ta‘minlash,bozorni sifatli,xavfsiz va arzon oziq- ovqat mahsulotlari bilan
to‘ldirish, aholining xarid imkoniyatlarini mustahkamlash,tashqi iqtisodiy faoliyatni
erkinlashtirish, sog‘lom raqobatni kuchaytirish,sohadagi tizimli muammolarni bartaraf
etishga yo‘naltirilgan. Bu ham mamlakat ichi bozorini hamda tashqi bozorini
rivojlantirishda yanada muhimdir.
99
Yuqoridagi islohotlarning samarasi natijasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan
islohotlar kundan kunga ko‘paymoqda.Ulardan biri tashqi bozorga yo‘naltirilgan transport
aloqalarini yuqori darajada rivojlantirishdir.O‘zbek biznesini jahon bozoriga sifatli va qisqa
yo‘l bilan chiqishi ta‘minlanmas ekan, savdoni rag‘batlantirib iqtisodiyotni yangi rivojlanish
nuqtasiga olib chiqib bo‘lmaydi.
Mamlakatimizda 2016-yil so‘ngidan boshlab transport loyihalarini rivojlantirish
bo‘yicha ko‘p kuch safarbar etildi,ularning ayrimlari amalga oshirilmoqda ham.Eng
sermahsul hamkorlik Qirg‘iziston, Xitoy, Tojikiston va Afg‘oniston bilan amalga
oshirilmoqda.O‘sha
vaqtning
o‘zida
Qozog‘iziston
bilan
transport
vositalari
devirsifikatsiyasi uchun yangi variantlar izlanmoqda.
100
Bu bilan O‘zbekistonda logistika tizimini takomillashtirish ko‘zda tutilmoqda.
Logistika - ma‘lum maqsadlarni hal qilish uchun zarur bo‗lgan mablag‗ va
xizmatlarni maqsadga muvofiq tayyorlash, foydalanishni tashkil qilish va boshqarish
demakdir. Logistikaning maqsadi - ma‘lum tovarni ma‘lum vaqtda eng kam(minimal)
99
O‘zbekiston strategiyasi ijtimoiy-tahliliy jurnal #2 2018 yildagi soni:102-b.
100
O‘zbekiston strategiyasi ijtimoiy-tahliliy jurnal #2 2018 yildagi soni:109-b.
164
harajatlar bilan oldindan tayyorlash. Logistikani iqtisodiyotning ishlab chiqarish
infratuzilmasi, desa ham bo‗ladi.
Logistika tizimi (logistical system) - u yoki bu logistika vazifasi va operatsiyalarni
bajaruvchi teskari aloqaga ega moslashtirligan tizimdir. U, qoidaga ko‗ra,bir necha
tizimlardan iborat va tashqi muhit bilan rivojlangan aloqalarga ega. Logistika tizimi sifatida
sanoat korxonasi, hududiy ishlab chiqarish majmuasi, savdo korxonasi va hokazolarni
ko‗rib chiqish mumkin.Logistika tizimi o‘z oldiga tovar va buyurtmalarni berilgan
yerga,kerakli miqdorda iloji boricha ishlab chiqarish va shaxsiy iste‘molga tayyorlangan
holda rejalarning aniq doirasida yetkazib berishni maqsad qilib qo‘yadi .
Ma‘lumki, logistika tizimi ishlab chiqarish zahiralarini yaratish, xomashyo va
materiallar sotib olish,transport, ishlab chiqarish va xizmat ko‗rsatish, ombor xo‗jaligi,
axborot aloqasi va nazorat, xodimlar tanlash va tayyorlash kabi bir qancha qismlardan
tashkil topadi. Logistika tizimi o‗zida ta‘minlash vazifalari, ishlab chiqarish,sotish,yetkazib
berish,taqsimlash va bozor vazifalarini birlashtirgan bo‗lsa, bunday tizim makrologistika
deb ataladi.
Makrologistika va mikrologistika darajasida O‘zbekistonda logistika tizimini
vazifalari
yildan-yilga
oshayapti.Mamlakatimiz
tomonidan
transport
aloqalarini
rivojlantirishda yangi imkoniyatlarning izlanishi Rossiya,Xitoy va Janubiy Kovkazga yuk
tashishda eng muhim hisoblangan Qozog‘iston bilan hamkorlik darajasida ham olib
borilmoqda. Qozog‘iston aloqalarining ahamiyatliligi O‘zbekistonga eksport va import
yuklarining tashilishining hajmining doimiy ortib borishida ham namoyon bo‘layapti.
Mamlakatimizda har yili ishlab chiqarilgan mahsulotlar jahon bozori bilan raqobat
qila oladigan darajaga asta-sekin ko‘tarilayapti.Shu sababli bizning mamlakatimizda
yaratilayotgan mahsulotlarga,ayniqsa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari: sabzavot,poliz
mahsulotlari,paxta tolasi va boshqa mahsulotlar,talab oshib bormoqda.
Sir emaski, mahsulotlarimizni ichki va tashqi boorlarga yetkazib berishda bir qancha
muammolar mavjud.Bu muammolarni yechishda mamlakatimizda so‘ngi 2017-yil va 2018-
yilning shu davrigacha qator ishlar amalga oshirildi va oshirib kelinmoqda.Misol
tariqasida,‖Qozog‘iston temir yo‘llari yuk tashuvchi‖aksiyadorlik jamiyati ma‘lumotlariga
ko‘ra,2017 yil yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistondan eksport yuklari hajmi 12%ga,import
hajmi esa 18% ga ortgan.
101
Qozog‘iston Respublikasi bilan
yuk almashinuv surati keskin ortib
bormoqda.Masalan,2017 yil noyabrida Qozog‘iston uni va donini Afg‘onistonga yetkazib
berishga
buyurtma
480
ming
tonnani
tashkil
etgan.Ammo,vagonlarni
Hayraton(Afg‘oniston)stansiyasiga yetkazib berishning texnolgik imkoniyatlari bir sutkada
200 tadan ortiq bo‘lmagan vagon yoki bir oyda 400 tonnani tashkil etad,bu esa vagonlarni
kutib qolishiga sabab bo‘ladi.Shu vaziyatda, O‘zbekiston temir yo‘llarining o‘zbek-afg‘on
tutashish yo‘li transit tashuvlari imkoniyatini jiddiy oshirish kerak,zero kelajakda
Afg‘oniston hududiga yangi temir yo‘llari loyihalarining amalga oshirilishi hisobidan
bunday talab yanada ortishi kutilmoqda.
O‘z o‘rnida O‘zbekiston uchun ham yuqoridagi yo‘nalishlarni rivojlantirish
mamlakatimiz markaziy viloyatlarida yaratilayotgan mahsulotlarni nafaqat Qozog‘iston va
Rossiya balkim, Janubiy Kavkaz, Turkiya, yaqin Sharq va Yevropaga chiqarishni
diversifikatsiyalash uchun manfaatlidir.2018 yilning oxiriga qadar so‘ngiga qadar
O‘zbekiston Poti,Batumi,Ilichevsik va Marsin portlariga chiquvchi Bolu-Tibilisi-Kars temir
101
O‘zbekiston strategiyasi ijtimoiy-tahliliy jurnal #2 2018 yildagi soni, Logistika vazifalari 113-
b.
165
yo‘l yo‘nalishi bo‘ylab dastlabki transit tashuvlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.O‘zbek
yuklarining mazkur temir yo‘l yo‘lagiga kirib kelish nuqtalaridan biri Qozog‘istonning
Aktau va Kurik portlaridir. Bu islohatlar samarasi o‘laroq yaqin yillarda O‘zbekiston tranzit
yuk tashish bo‘yicha jahondagi o‘z mavqeini anchaga oshira oladi.
O‘zbekistonning logistika-transport tizimidagi ahamiyati ortishida 730 kilometrlik
Mozori-Sharif-Shibirg‘on-Maymana-Hirot temir yo‘lining qurilish loyihasi asosiy o‘rini
ko‘zda tutilgan. 2017 yilning dekabrida Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘anining
O‘zbekistonga tashrifi doirasida yo‘l qurilishi doirasida kelishuvga erishildi.Bu yo‘lning
O‘zbekiston va Afg‘oniston uchun strategik ahamiyati juda yuqori. Avvalo, u yagona
transport magistrali bilan shimoliy-g‘arbiy Afg‘onistonning barcha yirik iqtisodiy
markazlarini birlashtirish imkonini beradi.
Bundan tashqari O‘zbekistonning mintaqaviy transport strategiyasi Tojikistonga kata
ahamiyat qaratmoqda. Dushanbe bilan ayrim magistrallarni ochish to‘g‘risidagi kelishuv va
yuk tashish mexanimini takomillashtirish logistika tizimini oshirish omillaridan biridir.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2018 yilning mart oyida Tojikistonga qilgan tashrifi
davomida O‘zbekiston temir yo‘l tizimini Tojikistonning janubiy-g‘arbiy qismida
joylashgan Xatlon viloyati bilan ulovchi G‘alaba-Amuzang-Xushadi temir yo‘lining
ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan edi.
102
Mamlakatda yaratilgan mahsulotlarni nafaqat temir yo‘l balki,avtomobil yo‘llari
orqali tashishga ham e‘tibor qaratilmoqda.Masalan,erishilgan eng samarali loyihalardan biri
530 kilometrlik Andijon-O‘sh-Erkeshtam-Qoshg‘ar avtomobil yo‘li loyihasi bo‘yicha
yutuqdir.Bu yo‘nalishda yuk tashuvchi mashinalar soatiga 50-60 kilometr tezlikdagi
harakatlanishda yukni Toshkentdan Qoshg‘argacha ikki sutkadan kam vaqtda yetkazib olib
borishlari mumkin bo‘ladi.
Raqobatdosh mahsulot orqali logistika tizimini oshirish yaratilgan mahsulotnig
bahosiga ham bo‘g‘liq bo‘ladi. Logistika tizimining samaradorligi baho belgilash usullari
bilan bo‘g‘liq. Aniq belgilangan narxlar bozorda ishlab chiqaruvchilar ta‘sirini
kengaytirishga olib keladi. Logistika tizimlari yordamida sotiladigan mahsulotlar narxini
kamaytirish ustama narxlar yordamida belgilanadi. Ulardan tashqari, bozordagi sharoit ham
hisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |