486
O`zbekiston xalqaro iqtisodiy hamkorlikka faol kirishgan. Hozirgi kunda
O`zbekiston bir qancha davlat bilan savdo aloqalari olib boradi. Ayniqsa, dunyoda yetakchi
bo`lgan Germaniya, AQSH, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Fransiya, Italiya, Koreya
Respublikasi, Turkiya, Xitoy kabi davlatlar bilan hamkorligi jadal sur`atlarda
rivojlanmoqda. O`zbekistonga import qilinayotgan mahsulotlarning eng ko`pi Koreya
Respublikasiga to`g`ri keladi.
Tovarlarni tashqi bozorga, xorijga chiqarilishi eksport deb ataladi. Aksincha, chet
mamlakatlardan zarur mahsulotlarni, mollarni olib kelish import deb ataladi.
O`zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyat ikki yo`nalishda olib borilmoqda: birinchidan,
sobiq ittifoqdosh respublikalar bilan; ikkinchidan, respublika ilgari bevosita o`zaro
munosabatlarda bo`lmagan xorijiy davlatlar bilan.
Agar birinchi yo`nalish, O`zbekistonni kam xarajatlar sarflab, keng ko`lamda xom
ashyo, tayyor mahsulotlar, texnalogiyalar, fan-texnika axborotlari bozoriga kirib borishini
ta`minlasa, unga qudratli transport tarmoqlari va aloqa vositalaridan foydalanish
imkoniyatini yaratsa, ikkinchi yo`nalish, respublika iqtisodiyotini keng ravishda jahon
hamjamiyatiga birlashuvining iqtisodiy va tashkiliy- huquqiy asoslarini yaratish imkonini
beradi.
O`zbekistonning ijtimoiy jihatdan yo`naltirilgan bozor iqtisodiyoti modelida tashqi
iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish va mustahkamlash, respublikaning jahon xo`jalik
aloqalariga birlashish yo`llarini belgilash, shuningdek, ijtimoiy jihatdan yo`naltirilgan bozor
iqtisodiyotining rivojlanishi va respublika integratsiyasi yo`nalishlarining jahon xo`jalik
aloqalarida mustahkamlanishi asosiy o`rin egallaydi.
O`zbekistonning tashqi savdosi yildan yilga ortib borishi natijasida mamlakatimiz
xalqaro mehnat taqsimotida faol ishtirok etmoqda.
Mamlakat
tashqi
tashqi
savdo
siyosaatining
asosi
milliy
iqtisodiyot
raqobatbardoshligini oshirish hamda mamlakatning eksport salohiyatini kengaytirish va
tarkibini takomillashtirishdir. So`nggi yillarda eksport tarkibida katta ijobiy o`zgarishlar
sodir bo`lmoqda. Jumladan, xomashyo mahsulotlari eksporti kamayib, yuqori sifatli tayyor
mahsulotlar eksportining ulushi oshmoqda.
Hozirgi paytda respublikada yuqoridagi holatlarni hisobga olgan holda tashqi
iqtisodiy faoliyatni boshqarish tuzimi shakllanmoqda va uni tarkibiga kirgan tashkilotlar
faoliyati takomillashtirilmoqda, asosiy vazifalari aniqlanmoqda.
I. Bakiyeva – i.f.n., dots., TMI,
D. Zaripova – talaba, TMI
Do'stlaringiz bilan baham: