482
Indekslar hisobi uy-xo`jaliklarining iste`mol xarajatlari tarkibi va o`rtacha
hisoblangan solishtirma narxlar o`zgarishlarini hisobga olgan holda modefikatsiyalangan
Laspeyres formulasi orqali hisoblanadi. Hisob-kitoblarning davriyligi- oylikdir. Hisoblashda
narx omiliga qo`shimcha ravishda (ya`ni, tovarlar va xizmatlar narxlarining haqiqiy
o`zgarishi), muayyan tovarlar va xizmatlarning o`ziga xos salmoq vaznlari ham ta`sir etadi.
Shunday qilib, statistiklar tovar va xizmatlarning iste`mol narxlari indeksi va uning
xarakatlarini butun mamlakat miqyosida o`rtachalashtiradilar.
Hisob-kitob metodologiyasiga kelsak, ichki statistika hali bir joyda to`xtab qolmaydi
va mamlakatda sodir bo`layotgan inflyatsiya jarayonlarini imkon qadar ob`ektiv aks ettirish
uchun doimiy ravishda mexanizmni takomillashtirib boradi.
Mamlakatning har qanday aholisi uchun inflyatsiya deyarli har doim salbiy omil
hisoblanadi (bozorlardagi olib-sotarlar, bundan manfaatdor kishilardan tashqari). Biroq, har
bir narsa birinchi qarashda ko`ringanidek yomon emas. Inflyatsiya darajasining keskin
pasayishining ham o`ziga xos kamchiliklari bo`ladi. Inflyatsiyaning o`ta past darajada
bo`lishi uning juda yuqori suratlarda bo`lganidek mamalakat iqtisodiyoti uchun xavfli
sanaladi. Bu nimada aks etadi? Agar narx ko`tarilmasa, aholining talabi pasayib, kamroq
sotib oladilar, chunki keyingi kunda ham narxlar bir hil darajada qoladi. Oqibatda pulni
sarflashdan ko`ra jamg`arish yanada foydalidek tuyuladi. Bundan tashqari narxlarning
keskin pasayishida ko`plab tashkilotlar qiyinchiliklarga duch keladilar, vaholanki
―inflyatsion oziqlanish‖ga o`rganib qolgan tashkilotlarning iqtisodiy modeli o`z
samaradorligini yo`qotib boradi. Shuning uchun ham o`ta past suratdagi inflyatsiya
iqtisodiyotni ―sovutishi‖ mumkinligi bilan xavflidir. Inflyatsiyaning o`ta yuqori suratlarda
pasayishi ayniqsa baland foizlarda uzoq muddatlarga kredit olgan tashkilotlarni jiddiy
qiyinchiliklarga solib qo`yadi. Ularning mahsulotlariga bo`lgan talab va narxlar oshmasa,
oqibatda kreditni qoplash masalasi kundan-kunga qiyinlashib borishi mumkin.
Bunday vaziyatda narxlarning o`sishi nafaqat ichki talablarni oshiradi, balki
investitsiyalarni rag`batlantiradi, ishlab chiqarish salohiyatini oshiradi, ishsizlik darajasini
pasaytiradi. Shuning uchun ayrim mamlakatlar iqtisodiyotni rag`batlantirish uchun
inflyatsiya darajasining biroz tezlashishiga imkoniyat yaratadilar.
Shu bilan birga, juda tez va eng asosiysi, oldindan aytitib bo`lmaydigan narxlarning
o`sishi, ijtimoiy–iqtisodiy barqarorlikning buzilishi va barchamizga ma`lum bo`lgan salbiy
natijalarga olib kelishi mumkin.
Shuning uchun rivojlangan mamlakatlar iqtisodchilari inflyatsiya darajasidan ko`ra
uning prognozlarini ishlab chiqishga imkon beradigan real iqtisodiy rejalar to`g`risida
ko`proq fikr yuritmoqladar.
Valyuta siyosatini erkinlashtirish mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning
ajralmas qismi, ushbu davrda muammoga duch kelayotgan birinchi va oxirgi mamlakat ham
emasmiz. Xulosa chiqarish uchun hali juda erta. Valyutani isloh qilishga bo`lgan zarurat
avvaldan shakllanib borgan va bu borada hali ko`p ishlarni amalga oshirish kerak bo`ladi.
A. Ibodullayev - TMI
U. Tojiboyev - talaba, TMI
Do'stlaringiz bilan baham: