481
Birinchidan, boshqa bank muassasalarining majburiy ehtiyojlarini saqlaydi. Bu
ehtiyojlar pul taklifini boshqarish uchun hal qiluvchi ahaiyatga ega bo‘ladi. Makraziy bank
mamlakatlarning rasmiy oltin- valyuta ehtiyojlarini saqlash vazifasini ham bajaradi.
Ikkinchidan, cheklarni qayd(inkasatsiya) qilish mexanizmini ta‘minlyadi
vabanklararo hisob-kitoblarni amalga oshiradi, ularga kreditlar beradi.
Uchunchidan, davlatning monetary siyosatini amalga oshiradi.
To‘rtinchidan, barcha banklar faoliyatini uyg‘unlashtiradi va ular ustidan nazoratni
amalga oshiradi.
Beshinchidan, xalqaro valyuta bozorida milliy valyutalarni ayirboshlaydi.
Oltinchidan, pul tapul taklifi ustidan nazorat qilish ma‘suliyatini oladi, milliy
valyutani muomalaga chiqaradi.
Iqtisodiyotning ehtiyojlariga mos ravishda pul muomalasini tartibga soladi.
Tijorat banklari o‘zlarining xo‘jalik mavqeiga ko‘ra aksionerlik tipidagi muassasalar
hisoblanadi. Huquqiy mavqeiga ko‘ra, faoliyatning biron bir turia xizmat ko‘rastuvchi,
ixtisoslashgan yoki milliy bank bo‘lishi mumkin.
Tijorat banklar sanoat, savdo va boshqa xil korxonalarni omonat tarzida jalb etilgan
pul mablag‘lari hisobidan kreditlaydi, korxonalar o‘rtasida hisob- kitobni amalga oshiradi,
shuningdek vositachilik va valyuta operaatsiyalari bilan shug‘ullanadi.
Ixtisoslashgan tijorat banklari- iqtisodiyotning turli sohalarida tijorat tamoyillari
asosida kredit- pul operatsiyalarining muayyan turlarini amalga oshiradi. Jumladan bizning
respublikamizda sanoat qurilish banki-sanoat, transport, aloqa va modiy texnika ta;minoti
sohalarida; zamin, g‘alla, paxta, banklari- agrosanoat kompleksi tarmoqlari va sohalarida;
tadbirkor banki mayda va o‘rta biznes, kooperativ va yakka tartibdagi mehnat faoliyati
sohasida kredit-pul operatsiyalarini amalga oshiradi.
Xalq banki- mamlakatda omonat ishlarini tashkil etishni, naqd pulsiz hisob- kitob
qilishni va aholi uchun kassa vazifasini amalga oshirishni, aholi shaxsiy ehtiyojlariga kredit
berishni va shu kabi operatsiyalarni ta‘minlaydi.
O‘zbekistonda tijorat banklarining rivojlanishi dastlab iqtisodiyotning alohida
sohalariga xizmat qiladigan ixtisoslashgan banklar tashkil etishdan boshlangan bo‘lsa,
keyinchalik ixtisoslashgan kredit- moliya muassasalarini tashkil etishga kirishildi. Shu
asosda ―Biznes fond‖, ―Madad‖ sug‘urta va investitsiya kompaniyalari kabi ixtisoslashgan
moliya- kredit muassasalari tashkil etilgan.
I. Bakiyeva - TMI,
Sh. Abduvohidova – talaba, TMI
Do'stlaringiz bilan baham: