487
ishlatiladi. Investitsiya loyihalariga mablagʻ qoʻyuvchilar — investorlar davlat, kompaniya,
korxona, chet ellik fuqarolar, aholi va boshqalar boʻlishi mumkin.
Uning quyidagi turlari mavjud:
1. Davlat investitsiyasi — davlat byudjeti va moliya manbalari hisobidan kiritiladi; chet
el investitsiyasi — xorijiy davlatlar, banklar, kompaniyalar, tad-birkorlar tomonidan
kiritiladi;
2. Xususiy investitsiya — xususiy, korporativ xoʻjalik va tashkilotlar, fukarolar
mablagʻlari, shu jumladan, shaxsiy va jalb qilingan mablagʻlar hisobidan qoʻyiladi.
Investitsiya qoʻyilish shakliga qarab moliyaviy (portfel) va real (ishlab chiqarish)
investitsiyaga boʻlinadi. Moliyaviy (portfel) investitsiya- aksiya, obligatsiya va b. qimmatli
qogʻozlarni sotib olishga qoʻyiladigan investitsiya; real investitsiya- moddiy ishlab
chiqarish soxa-siga, moddiy-ashyoviy faoliyat turlariga uzoq, muddatli mablagʻlar qoʻyish
shakllarida amalga oshiriladi. Jahon tajribasida investitsiyani moliyalashtirish turli usul va
shakllarda, shu jumladan, korxonalarni aksiyadorlashtirish va aksiyalarni joylashtirish,
byudjet mablagʻlari, bank kreditlari, lizing , bevosita chet el investitsiyalari, ipoteka, byud-
jetdan tashqari maxsus fondlar, amortizatsiya va xoʻjalik yuritish subʼyektlarining boshqa
mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Real investitsiya- asosiy fondlar va aylanma mablagʻlarga investorlar tomonidan
qoʻyiladigan
barcha
turdagi
boyliklar.
Moliya
investitsiyalar-
qimmatli
qogʻozlar(aksiya, obligatsiya) sotib olishga va bank depozitlariga uzoq muddatga jalb
qilingan qiyilmatlar. Intellektual investitsiyalar- mutaxassislarni tayyorlash, tajriba, ilmiy
tekshirish, litzensiya va nou-xou berish, avtorlik huquqi va boshqalar.
Investitsiyalar kim tomonidan kiritilishiga qarab 2 turga boʻlinadi:
1. Ichki investitsiyalar.
2. Tashqi investitsiyalar.
Ichki investitsiyalar — mamlakat hududida ichki investorlar tomonidan amalga
oshiriladigan investitsiyalar hisoblanadi.
Tashqi investitsiyalar — foyda olish maqsadida chet el investorlari tomonidan
boshqa davlat iqtisodiyotiga qo'yiladigan investitsiyalardir.
Keyingi davrda xalqaro iqtisodiy munosabatlarda investitsion hamkorlik rivoj topdi.
Bunday hamkorlikning real, moliyaviy, intellektual (litsenziyalar, nou-xauni berish,
hamkorlikda bajariladigan ilmiy ishlanmalar va boshqalarga mablagʻ sarflash) koʻrinishlari
bor.
Oʻzbekistonda xorijiy
investitsiya
larni sugʻurtalash sohasida 1994 yilda tashkil
etilgan "Oʻzbekinvest" eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasi faoliyat olib bormoqda.
2018 yil 1 oktabrdan O‗zbekistonda investitsiyaviy faoliyat uchun qator yengilliklar joriy
qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: