―ИҚтисодиёт‖ факультети


O‘zbekistonda eksport salohiyatini oshirish orqali iqtisodiyotimiz rivojlanishini



Download 6,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet299/312
Sana22.02.2022
Hajmi6,58 Mb.
#101957
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   312
Bog'liq
Тўплам-конференция-Sayt-10.01.2019

O‘zbekistonda eksport salohiyatini oshirish orqali iqtisodiyotimiz rivojlanishini 
yuksaltirish 
Davlatimiz rahbari iqtisodiyotning barqaror va yuqori o‗sish sur‘atlarini saqlab 
qolishning eng muhim omillaridan biri bu mamlakat eksport salohiyatini yuksaltirish va 
milliy mahsulotlarning tashqi bozordagi raqobatbardoshligini oshirish ekanini ta‘kidlab 
o‘tgan. Mamlakatimiz iqtisodiy siyosatida noreal raqamlar ortidan quvish, amalda samara 
bermaydigan rejalar haqida balandparvoz gaplar bilan so‗z yuritishdek noma‘qul ish uslubi 
tanqid qilindi.
Mamlakatimizning barcha hududlarida sanoat korxonalarini tashkil etish, xususiy 
tadbirkorlik sub‘ektlarining mahsulotlarini eksport qilishni qo‗llab-quvvatlash, ularga har 
tomonlama ko‗mak berish, mahsulotlarini eksportga yo‗naltirish, qo‗shimcha ish o‗rinlarini 
yaratish borasida olib borilayotgan keng ko‗lamli ishlar iqtisodiyotning barqaror sur‘atlar 
bilan o‗sishiga, mamlakatimizning eksport salohiyati izchil yuksalishiga xizmat qilmoqda. 
Darhaqiqat, ―Made in Uzbekistan‖ yorlig‗i tushirilgan mahsulotlarimiz dunyo 
bozorlaridan mustahkam joy olmoqda. Korxonalarimiz jahonga qariyb barcha turdagi 
tovarlarni – oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, qurilish materiallaridan tortib yuqori 
texnologiyali zamonaviy texnikalargacha taklif etmoqda. Xalqaro andozalar asosida ishlab 
chiqarilayotgan bu mahsulotlar yuksak sifati bilan xorijlik iste‘molchilarga manzur 
bo‗lmoqda. Ushbu sohadagi ishlarni yanada rivojlantirish, mamlakatimiz korxonalarini 
eksport faoliyatiga jalb etish, ularning mahsulotlarini tashqi bozorlarga yo‗naltirish, milliy 
mahsulotlar eksporti salohiyatini yuksaltirishda Prezidentimiz tashabbusi bilan O‗zbekiston 
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzurida tashkil etilgan Kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlik sub‘yektlarining eksportini qo‗llab-quvvatlash jamg‗armasi alohida ahamiyat 
kasb etmoqda.
Ayni paytda ―O‗zbekengilsanoat‖ aksiyadorlik jamiyati bilan hamkorlikda joriy 
yilning 20-23 sentabr kunlari Moskva shahrida o‗tkaziladigan ―Tekstillegprom – 2016‖ 
xalqaro to‗qimachilik mahsulotlari yarmarkasida tadbirkorlarimizning ishtirokini 
tashkillashtirish bo‗yicha ishlar olib borilmoqda. 
O‗zbekiston eksport salohiyatini yanada oshirish maqsadida xorijiy xaridorlar, yirik 
xalqaro savdo majmualari vakillarining mamlakatimizning barcha hududlariga tashrifi, 
tadbirkorlarimiz bilan uchrashuvlari o‗tkazilmoqda. Joriy yilning fevral oyida Farg‗ona 
viloyatida Latviya, Qozog‗iston, Rossiya va boshqa davlatlarning tashkilotlari, yirik savdo 
majmualari vakillari ishtirokida davra suhbatlari o‗tkazildi. Tadbir doirasida 


490 
tadbirkorlarimiz tomonidan qiymati 150 million dollardan ortiq bo‗lgan eksport 
shartnomalari imzolandi. May oyida Koreya Respublikasining yirik savdo tarmog‗i – ―Lotte 
Mart‖ kompaniyasi vakillari O‗zbekistonda bo‗lib, mamlakatimizning oziq-ovqat, 
to‗qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarida muzokaralar o‗tkazdi. Janubiy 
Koreyaga qovun, gilos, anor va boshqa mahsulotlarni eksport qilish bo‗yicha kelishuvlarga 
erishildi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub‘ektlarining eksportini qo‗llab-
quvvatlash jamg‗armasi 12-16 iyul kunlari Toshkent shahrida o‗tkazilgan Xalqaro meva-
sabzavot yarmarkasida faol ishtirok etdi. Mazkur yarmarkada ushbu tashkilot ko‗magida 
mamlakatimizdagi oltmishdan ziyod korxona meva-sabzavot mahsulotlari eksporti bo‗yicha 
qiymati qariyb 490 million AQSh dollari bo‗lgan 65 shartnoma imzoladi.
Muayyan natijaga erishishni maqsad qilgan holda ish yuritishni tashkil qilish bo‗yicha 
amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 2017-yilda iqtisodiy o‗sish 5,5 foizni tashkil 
etdi, eksport hajmi qariyb 15 foizga ko‗paydi. 2018-yilda eksportning umumiy moliyaviy 
qiymati 12,1 milliard AQSh dollariga teng bo‗lishi kutilmoqda.
Mamlakatimiz eksport salohiyatini oshirish, eksport geografiyasi va nomenklaturasini 
kengaytirish, eksportchi korxonalarni har tomonlama qo‗llab-quvvatlash, yangi tadbirkorlik 
subyektlarini eksport faoliyatiga jalb qilish yuzasidan turli chora- tadbirlar amalga 
oshirilmoqda. 
I. Bakiyeva – i.f.n., dots., TMI, 
D.Daniyarova – talaba, TMI 
 

Download 6,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish