2. Buddaviylikning asoshisi kim? 3. Ilk Buddaviylik ta'limoti nimalardan iborat? 4. Buddaviylik amaliyotida meditatsiya qanday o`rin tutadi? 5. Xinayana va Maxayana orasidagi asosiy farqlar nimalardan iborat? 6. Buddaviylik o`zga sivilizatsiyalar ichiga qanday kirib borgan? 7. Markaziy Osiyoda Buddaviylik tarixini o`rganishning qanday ilmiy muammolari bor? 8. Buddaviylikning manbasi qanday nomlanadi?
Tayanch iboralar:
Budda, Tadxigata, Bxagavan, Djinna, sansara, nirvana, sangxa, xinayana, maxayana, lamaizm, bodhisattva, trititaka, vinoya-pitaka, sutta-pitaka, abxidxarma-pitaka
Adabiyotlar:
1. Jo`rayev U., Saidjonov Y. Dunyo dinlari tarixi. T., 1998.
2. Osnovo` religiovedeniya. Uchebnoe posobie dlya studentov visshix uchebno`x zavedeniy. Pod o`bsh.red. M.N.Yablokova. M., 1995.
3. Radugin A.A. Vvedeniye v religiovedeniye: teoriya, istoriya i sovremenno`ye religii. M., 1996.
4. Religiozno`ye traditsii mira. V 2-tomax. M., 1996.
5. Religiozniye traditsii mira. Buddizm, iudaizm, xristianstvo, islam. Spravochnik shkolnika. Bishkek, 1997.
6. Vasilyev A.S. Istoriya religiy Vostoka. M., 1997.
7. I. Jabbarov., S. Jabbarov Jahon dinlari. T., 2004.
8. A.Mo`minov, H.Yo`ldoshxo`jayev, D.Rahimjonov, M.Komilov, A.Abdusattorov Dinshunoslik. Darslik / Mas’ul muharrir akademik N.I.Ibrohimov. T.: 2004.
9. A.E.Abdusamedov Dinlar tarixi. T.: 2004.
10-Mavzu: Yevropa xalqlari hayotida xristianlik mafkurasining vujudga kelishi
Reja:
1. Xristianlikning vujudga kelishi.
2. Xristianlik ta’limoti va uning oqimlari.
3. O`rta Osiyo xalqlari tarixida xristian dini.
4. «Bibliya» xristianlikning muqaddas kitobi.
Xristianlikning vujudga kelishi. Xristianlik dini buddaviylik va islom dinlari qatorida jahon dini hisoblanadi. Bu din o`ziga e'tiqod qiluvchilarning soni jihatidan jahon dinlari orasida eng yirigi hisoblanadi. Unga e'tiqod qiluvchilarning soni 1 mlrd. 600 mln. bo`lib, bu son dunyo aholisining deyarli uchdan biriga to`g‘ri keladi.
Xristianlik asosan \Yevropa, Shimoliy va Janubiy Amerika, Avstraliya qit'alarida hamda qisman Afrika qit'asining janubiy qismida va Osiyo qit'asining sharqiy qismida tarqalgan.
Xristianlik eramizning boshida Rim imperiyasining sharqiy qismida Falastin yerlarida vujudga keldi. Iso Masih (Iisus Xristos) Bibliyaning xabar berishiga ko`ra, xristianlik ta'limotining asoschisi bo`lib, u Rim imperiyasi tashkil topganining 747 yili Falastinning Nazaret qishlog‘ida bokira qiz Maryamdan Xudoning amri bilan dunyoga keldi. yangi eraning boshlanishi ham Iso Masihning dunyoga kelishi bilan bog‘liq.
Eramizning boshlarida yahudiylar hokimiyatning uch tabaqasi bilan bog‘liq og‘ir tushkunlikni boshdan kechirar edilar. Bir tomondan Rim imperatori va uning joylardagi noiblari, ikkinchi tomondan Falastin podshohi Irod Antipa, uchinchi tomondan esa ruhoniylar halqni turli soliqlar va majburiyatlar bilan ko`mib tashlagan edilar. Xuddi shu davrda yahudiylar o`rtasida kutilayotgan haloskorning kelishi yaqinlashib qolganligi haqida xabar tarqatuvchilar paydo bo`ldi. Ular halqni kutilayotgan haloskor kelishiga tayyorlash uchun chiqqan edilar. Shunda Iso Masih yahudiylikni isloh qilish va uni turli xurofotlardan tozalash g‘oyasi bilan chiqib, xristian diniga asos soldi. yahudiylar uni va uning izdoshlarini Falastindan quvg‘in qildilar. Isoning 33 yoshida fitnachilikda ayblab qatl etishga hukm qildilar.
Isoning tarixiyligi hususida diniy va diniy bo`lmagan manbalar orasida ixtilof mavjud: xristianlik manbalari Isoning o`zi xudo bo`la turib, insoniyatning gunohlarini o`ziga olish uchun odam qiyofasida tug‘ilganini, uning tarixiy shaxs ekanini ta'kidlab, uning hayot tarzini, insonlar bilan muloqoti haqidagi keng ma'lumotlarni bersada, diniy bo`lmagan manbalarda Isoning nomi uchramaganligini nazarda tutib, u tarixiy emas, balki afsonaviy shaxsdir deguvchilar ham bor.
Iso nomiga qo`shiluvchi Masih so`zi qadimiy yahudiy tili - ivritdagi «moshiax» so`zidan olingan bo`lib, «silangan» yoki «siylangan» ma'nolarini beradi. Grekchada bu so`z «xristos» («christos») shakliga ega. Bu dinning «xristianlik» yoki «masihiylik» deb atalishi ham shu so`zlar bilan bog‘liq. Bundan tashhari xristianlik Iso Masihning tug‘ilgan qishlog‘i - «Nazaret» bilan bog‘lab, nazroniya deb ham atalgan. Keyinchalik bu nom nasroniya, nasroniylik shaklini olgan.
Iso Masih o`z ta'limotini o`zining 12 o`quvisi Apostollar - havoriylarga o`rgatdi. Ular esa Isoning vafotidan keyin ustozlarining talimotlarini har birlari alohida-alohida tarzda kitob shakliga keltirdilar. Bu kitoblar Bibliyaning «yangi ahd» qismini tashkil etadi.
Xristianlikning ta'limoti. Manbalar xabar berishicha, xristianlik yahudiy muhitida yuzaga kelgan. Bu esa xristianlikning yahudiylikdan ko`p jihatdan ta'sirlanishiga sabab bo`ldi. Xristianlikning asosiy g‘oyasi - Isoning odamzodning haloskori «messiya» ekanligi yahudiylikda mavjud bo`lib, oxiratga yaqin kelishi kutilayotgan haloskor haqidagi ta'limotdan kelib chiqqan.
Keyinchalik bu ta'limot Xudoning mujassamlanishi yoki Isoning ikki mohiyati - odam mohiyati, xudo mohiyati haqida «gunohni yuvish», ya'ni Isoning o`zini ixtiyoriy tarzda qurbon qilishi haqiqatdagi ta'limot bilan mustahkamlanadi. Xristianlik muqaddas ruh ota-xudo, o`g‘il-xudo va muqaddas ruh - uch yuzlik xudo to`g‘risidagi ta'limot, jannat va do`zax, oxiratda go`yo dunyoning oxiriga borish, Isoning qaytishi haqida va boshqa aqidalarni o`z ichiga oladi.
Xristian jamoasining shakllanishi, uning aqidalarini tartibga solinishi, cherkov munosabatlarining ishlab chiqilishi, diniy tabaqalar tuzumining vujudga kelishi eramizning IV asr boshlarida 324 yili xristianlik Rim imperiyasida davlat dini deb e'lon qilinganidan so`ng amalga oshdi.
325 yili tarixda birinchi marta Rim imperatori Litsiniya imperiya hududidagi xristian jamoalarini o`zaro kelishtirish va tartibga solish maqsadida Nikey shahrida I Butun Olam Xristian Soborini chaqirdi. 381 yili Konstantinopolda II Butun Olam Xristian Sobori bo`lib o`tdi. Bu soborlarda xristianlik ta'limotining asoslari qabul qilindi va bu asoslar 12 qismda ifodalandi.
Birinchi qismda olamni yaratgan Xudo haqida so`z yuritiladi.
Ikkinchi qismda Xudoning o`g‘li Isus Xristosga imon keltirish haqida so`z boradi.
Uchinchi qismda ilohiy mujassamlashuv haqida so`z yuritilib, unga ko`ra, Iso Xudo bo`la turib, bokira Bibi Maryamdan tug‘ilgan va inson qiyofasiga kirgan.
To`rtinchi qismda Isoning azob-uqubatlari va o`limi haqida so`z ketadi. Bu gunohlarning kechirilishi haqidagi aqidadir. Bunda Isoning tortgan azoblari va o`limi tufayli Xudo tomonidan insoniyatning barcha gunohlari kechiriladi deb e'tiqod qilinadi.
Beshinchi qismda Isoning xochga mixlanganidan so`ng uch kun o`tib qayta tirilganligi haqidagi aqida keladi.
Oltinchi qismda Isoning meroji haqida so`z yuritiladi.
Yettinchi qismda Isoning nuzuli (ikkinchi marotaba erga qaytishi) haqida so`z yuritiladi.
Sakkinchi qism Muqaddas Ruhga imon keltirmoq borasidadir.
To`qqizinchi qism cherkovga munosabat haqida.
o`n birinchi qism o`lganlarning ommaviy tirilishi haqida.
o`n ikkinchi qismda abadiy hayot haqida so`z yuritiladi.
Xristianlikning bundan keyingi falsafiy va nazariy rivojida avliyo Avgustinning ta'limoti katta ahamiyat kasb etdi. V asr bo`sag‘asida u dinning bilimdan afzal ekanligini targ‘ib qila boshladi. Uning ta'limotiga ko`ra, borliq inson aqli bilishga ojizlik qiladigan hodisadir, chunki uning ortida ulug‘ va qudratli Yaratuvchining irodasi yashiringan.
Avliyo Avgustinning taqdir haqidagi ta'limotida aytilishicha, Xudoga imon keltirgan har bir kishi najot topganlar safidan o`rin egallashi mumkin, chunki imon taqdir taqozosidir.
Xristianlik marosimlari. Xristianlikda sirli marosimlar (tainstva) katta o`rin egallaydi. Cherkov ta'limotiga ko`ra, bunday paytlarda Xudo tomonidan dindorlarga alohida savoblar nozil bo`ladi. Ularning “sirli marosim” deb atalishiga sabab xristianlik aqidasiga ko`ra bu amallar bajarilayotgan vaqtda Muqaddas Ruh ham qatnashadi. Bu marosim va bayramlar barcha xristian yo`nalishlarida mavjud, faqat ularni amalga oshirish shakli va o`tkazilish vaqti turlicha.
Do'stlaringiz bilan baham: |