«ijtimoiy-madaniy faoliyat» kafedrasi «ijtimoiy madaniy faoliyat tarixi va nazariyasi» fanidan


O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi , uning tuzilishi va faoliyati



Download 497,07 Kb.
bet67/151
Sana03.09.2021
Hajmi497,07 Kb.
#163119
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   151
Bog'liq
�ijtimoiy-madaniy faoliyat� kafedrasi �ijtimoiy madaniy faoliyat

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi , uning tuzilishi va faoliyati

1990 yilda respublika kasaba uyushmalari tomonidan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasini tashkil etish haqida Deklaratsiya qabul qilinib, uni tashkiliy jihatdan rasmiylashtirish ishlari 1991 yilda Federatsiya Ustavini qabul qilish bilan yakunlandi.

Hozirgi kunda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi 14 ta tarmoq kasaba uyushmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 12 ta viloyat, Toshkent shahar kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmalarini, 6,1 mln.dan ortiq kasaba uyushmalari a'zolarini birlashtiradi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tarmoq kasaba uyushmalari:



  1. Aviatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi

  2. Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi

  3. Axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi

  4. Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi

  5. Iste'mol tovarlari ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish tashkilotlari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi

  6. Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi

  7. Metallurgiya va mashinasozlik sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi

  8. Neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi

  9. Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi

  10. Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi

  11. Temiryo‘lchilar va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika kengashi

  12. Transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi

  13. Energetika xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi

  14. «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ kasaba uyushmasi kengashi

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining oliy organi Qurultoy hisoblanadi va har 5 yilda bir marta chaqiriladi. Qurultoylar oralig‘ida Federatsiya faoliyatiga O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi rahbarlik qiladi. Kengash a'zolari tarmoq kasaba uyushmalarining Qurultoylari, kasaba uyushmalari tashkilotlari hududiy birlashmalarining konferensiyalari, shuningdek Federatsiya Qurultoyida saylanadilar.

Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq, respublikadagi yangi siyosiy, ijtimoiy iqtisodiy sharoitlarda, nodavlat notijorat tashkilotlarini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratila boshlandi. Xususan, mustaqillik yillarida qabul qilingan ilk qonunlardan biri “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun bo‘lib, mamlakatimizdagi eng ommaviy jamoat tashkilotlaridan biri bo‘lgan kasaba uyushmalarining huquqiy maqomini belgilab berdi.

Federatsiya Qurultoyida qabul qilingan dasturiy hujjatlarga muvofiq kasaba uyushmalari faoliyatining yo‘nalishlari ham o‘zgarib bordi.

Bugungi kunda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi  ijtimoiy-mehnat sohasiga, mehnatkashlar va kasaba uyushmalarining huquqlariga oid qonunlar, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda faol ishtirok etib kelmoqda.

Fuqarolik jamiyatini shakllantirish va demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish Konsepsiyasini amalga oshirish doirasida kasaba uyushmalari O‘zbekiston Republikasining “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuni ishlab chiqilishi hamda qabul qilinishida bevosita ishtirok etdilar, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonun, “Mehnat muhofazasi to‘g‘risida” yangi tahrirdagi qonun  va boshqa qonunlar loyihalariga tegishli takliflar kiritildi.

Kasaba uyushmalari tashkilotlariga mehnatkashlardan tushayotgan murojaatlarning  60 foizdan ortig‘i mehnat munosabatlariga  oid bo‘lib, Federatsiya tizimida tashkil etilgan 30 ta “Ishonch telefonlari” mazkur murojaatlarini tezkor qabul qilish va ko‘rib chiqish, ular yuzasidan huquqiy maslahatlar berish va aniq choralarni ko‘rish imkoniyatini yaratdi.

Ijtimoiy sheriklikni yanada rivojlantirish, ijtimoiy sheriklik va ijtimoiy-iqtisodiy va mehnat munosabatlarini tartibga solish bo‘yicha Respublika uchtomonlama komissiyasining faoliyatida ishtirok etish O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining asosiy funksiyalaridan biriga aylandi.

Bunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy masalarga oid Bosh kelishuvning imzolanishi muhim ahamiyat kasb etdi. Hozirda 2014-2016 yillarga mo‘ljallangan Bosh kelishuv amal qilmoqda.

Bosh kelishuvga muvofiq tarmoq va hududiy kelishuvlari qayta ko‘rib chiqilib, ularga mehnatkashlarning manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha qo‘shimcha imtiyozlar kiritildi.

Bugungi kunda respublikada 91 ta tarmoq, 14 ta hududiy kelishuvlar imzolangan. Bevosita korxona, tashkilot, muassasalarda tuzilgan 111 mingdan ortiq jamoa shartnomalari orqali xodimlarga asosiy uzaytirilgan va qo‘shimcha ta'tillar berish, turli ustama va qo‘shimcha to‘lovlar, tovon pullarini to‘lash, ayollar va yoshlar bandligini ta'minlash, ularga qulay va bexatar mehnat sharoitlarini yaratish, qo‘shimcha imtiyozlar berish, Xalqaro Mehnat Tashkilotining O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalariga rioya etish  masalalari tartibga solinib kelinmoqda.

Har yili tumanlar, viloyatlar va respublika miqyosida, manfaatdor vazirlik, idoralar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari ishtirokida “Mehnat sohasida muhim ahamiyatga molik masalalar” mavzusida davra suhbatlarini o‘tkazish an'anaga aylandi. Mazkur davra suhbatlarida  jamoa shartnomalarining yil yakunlari bo‘yicha bajarilishini muhokama qilish jarayonida mehantkashlar tomonidan ko‘tarilgan muammolar ko‘rib chiqilmoqda va tezkor ravishda hal qilinmoqda.

Kasaba uyushmalari tomonidan korxona, tashkilot, muassasalarda ishlayotgan, oliy va o‘rta-maxsus ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlarning, shuningdek ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy himoyasini kuchaytirish, ular bilan ishlashni tizimli yo‘lga qo‘yish maqsadida Federatsiya Kengashi qoshida Yoshlar va Xotin-qizlar kengashlari tashkil qilingan.

Aholi bandligini ta'minlashga ko‘maklashish doirasida kasaba uyushmalari yaratilayotgan yangi ish o‘rinlarining haqqoniyligini o‘rganishda ishtirok etib kelmoqdalar. Aholi bandligini ta'minlash va kollej bitiruvchilarini ishga joylashtirishda kasaba uyushmalarining ishtirokini ta'minlash yuzasidan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilib, amalga oshirilmoqda.

Kasaba uyushmalari norasmiy sektorda mehnat munosabatlarini rasmiylashtirishga ko‘maklashishga alohida e'tibor qaratmoqdalar, shu maqsadlarda norasmiy bandlikni kamaytirishga ko‘maklashish yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil qilish bo‘yicha kasaba uyushmalari Federatsiyasining tavsiyalari ishlab chiqilib, joylarga yetkazildi.

Nodavlat sektori korxona, tashkilotlari xodimlarini kasaba uyushmalariga jalb etishga qaratilgan aniq choralar ko‘rilmoqda. Birgina 2015 yilning 1-yarim yilligida 20 mingga yaqin kichik biznes sub'ektlari kasaba uyushmalariga jalb qilinib, 71 mingdan ortiq kishining ijtimoiy himoyasi ta'minlandi.

Mehnat muhofazasi sohasida asosiy e'tibor ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarining oldini olishga qaratilmoqda. Mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yanada takomillashtirish maqsadida, kasaba uyushmalari Federatsiyasining tashabbusi bilan, Mehnat va aholini ijtimoiy muhfaza qilish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi hamkorligida «Mehnat sharoitlari va muhofazasini yaxshilash bo‘yicha 2015-2016 yillarga mo‘ljallangan harakatlar dasturi» tasdiqlandi.

Idoralararo ishchi guruhi tashkil qilinib, unga mehnat muhofazasi sohasida normativ hujjatlarni ishlab chiqishda faol ishtirok etish, ushbu yo‘nalishda qonunchilik hujjatlari hamda xalqaro standartlarni inventarizatsiyadan o‘tkazish va o‘rganish, mehnat muhofazasi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarga tegishli qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish yuzasidan  takliflarni tayyorlash vazifalari yuklatildi.

Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning sabablarini aniqlash va o‘z vaqtida bartaraf etilishini ta'minlash maqsadida, kasaba uyushmalari mehnatni muhofaza qilish mutaxassislari uchun  ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni tekshirish komissiyalari ishida ishtirok etish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma, «Ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisalar haqida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimida xabardor etish tartibi», «Ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisalarni maxsus tekshirish komissiyasi ishida kasaba uyushmalari vakilligini belgilash tartibi» ishlab chiqildi.

Boshlang‘ich tashkilotlarning korxona, tashkilotlarda tutgan o‘rni va mavqyeini yanada oshirish, xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini samarali himoya qilish borasidagi faoliyatlariga ko‘maklashish maqsadida har ikki yilda bir marta “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik-tanlovi o‘tkazilib kelinmoqda. Mazkur ko‘rik-tanlovning 2015 yilgi tuman, viloyat bosqichlarida 19 mingdan ortiq boshlang‘ich tashkilotlar ishtirok etdilar. Boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish dasturi qabul qilinib, amalga oshirilmoqda.

Yosh mutaxassislarga iqtidorlarini ro‘yobga chiqarishga kasaba uyushmalari Federatsiyasi va unga a'zo  tashkilotlar tomonidan o‘z vakolatlari doirasida ko‘maklashish doirasida har yili “Yilning eng faol yosh mutaxassisi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazilib kelinmoqda.

Aholini kasaba uyushmalari faoliyatidan xabardor etish maqsadida Federatsiya Kengashining rasmiy portali, a'zo tashkilotlarning veb-saytlari doimiy ravishda takomillashtirib borilmoqda. Federatsiya Kengashining veb-portalida interaktiv xizmatlar yo‘lga qo‘yilgan, fuqarolar uchun on-layn rejimida murojaat qilish imkoniyati yaratilgan.

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, respublika bosma ommaviy axborot vositalari tahririyatlari bilan amaliy hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, ularda kasaba uyushmalarining mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatalarini himoya qilish sohasidagi faoliyatlari muntazam ravishda yoritib borilmoqda.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Xalqaro Mehnat Tashkiloti, Xalqaro kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, xorijiy davlatlarning kasaba uyushmalari markazlari bilan yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda.

Federatsiya Kengashining 2016 yil 24 yanvardagi majlisida belgilab olingan kasaba uyushmalari faoliyatining 10 ta ustuvor yo‘nalishi doirasida 2016 yilning I yarim yilligi davomida qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan:

Kasaba uyushmalari tomonidan mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga oid qonun hujjatlarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish, fuqarolarning ijtimoiy-mehnat sohasidagi huquqlarini himoya qilish izchil davom ettirildi.

Kasaba uyushmalarining qonun ijodkorligi jarayonidagi ishtiroki doirasida ijtimoiy-mehnat sohasiga doir normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini takomillashtirish yuzasidan 70 dan ziyod takliflar berildi. Mehnat muhofazasiga doir 17 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi o‘rganib chiqilib, ularning 11 tasi belgilangan tartibda kelishildi, 19 ta idoraviy normativ hujjat jamoatchilik ekspertizasidan o‘tkazildi.

«Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunning yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqish va uni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida muhokama etish jarayonida kasaba uyushmalari mutaxassislari bevosita faol ishtirok etdilar, mazkur qonun loyihasi joriy yilning 10 mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan tasdiqlandi. Oliy Majlis Senati tomonidan jamoatchilik ekspertizasi uchun taqdim etilgan mazkur qonun loyihasi yuzasidan Federatsiya Kengashining xulosalari berildi.

«Keksalar, nogironlar va aholining boshqa toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasida jamoatchilik nazorati to‘g‘risida»gi qonun loyihalarini tayyorlashda kasaba uyushmalari mutaxassislari faol qatnashdilar.

Shuningdek, Federatsiya Kengashi tashabbusi bilan milliy qonunchilikning XMTning Birlashish huquqi erkinligi va kasaba uyushmalariga birlashish huquqi to‘g‘risidagi 87-sonli Konvensiyasiga muvofiqligi yuzasidan tahliliy ma'lumot tayyorlanib, Konvensiyani ratifikatsiya qilish yuzasidan takliflar Prezident Devoni hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.

XMTning 81-, 129-, 132-, 144-, 183-sonli Konvensiyalari va 29-sonli Konvensiyaga qo‘shimcha protokolning milliy qonunchilikka muvofiqligi o‘rganilib, ularni ratifikatsiya qilish yuzasidan takliflar 2016 yil 25 aprelda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasiga hamda Mehnat vazirligiga taqdim etildi.

Tizimda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlashning yagona va markazlashgan tartibini joriy etish, murojaatlarning o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqilishini ta'minlash maqsadida murojaat.kasaba.uz manzilida maxsus markazlashgan onlayn tizim yaratildi.

Kasaba uyushmalari tashkilotlari tomonidan mehnatkashlarning 1 ming 492 ta yozma, 1 ming 143 ta og‘zaki, 801 ta «Ishonch telefonlari» va 180 ta internet orqali – jami 3 ming 616 ta murojaati o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqildi.

Mazkur murojaatlarning 3 ming 316 tasi hal etildi, shundan 601 tasi qanoatlantirildi, 2 ming 310 tasi bo‘yicha mualliflarga tushuntirishlar berildi, shuningdek 405 ta murojaat mualliflar xabardor qilingan holda taalluqliligiga ko‘ra vakolatli organlarga yuborildi.

Xodimlarning buzilgan huquqlarini tiklashni so‘rab ish beruvchilarga kiritilgan 151 ta taqdimnomadan 94 tasi qanoatlantirilib, qonun buzilishi holatlari bartaraf etildi, 19 ta taqdimnoma ayni damda ish beruvchilar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

Shuningdek, xodimlar huquqlarini himoya qilishni ko‘zlab sudlarga kiritilgan 57 ta da'vo va buyruq tartibidagi arizalardan 13 tasining talablari qanoatlantirildi, 7 ta holatda ish beruvchilar ixtiyori bilan xodimning huquqlarini tiklaganligi sababli da'vodan voz kechilib, taraflar o‘rtasida kelishuv bitimlari tuzildi, hozirda 34 ta da'vo arizasi sudda ko‘rib chiqilmoqda.

Kasaba uyushmalari organlariga kelib tushgan murojaatlarning o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi va fuqarolar huquqlarining himoya qilinishi natijasida 619 nafar shaxsning huquqlari tiklanishiga va ular foydasiga 632,6 mln. so‘m miqdordagi zarar undirib berilishiga erishildi.

Murojaatlar tahliliga ko‘ra, mehnat qonunchiligi sohasida huquqni qo‘llash amaliyoti tahlil etildi. Xususan, Mehnat kodeksining 101-moddasini qo‘llash amaliyotida yuzaga kelayotgan bo‘shliqlarni to‘ldirish maqsadida Federatsiya Kengashi Rayosati tomonidan «Kasaba uyushmasi organida ish beruvchining taqdimnomasini ko‘rib chiqish tartibi» tasdiqlanib, amaliyotda qo‘llash uchun quyi tashkilotlarga yetkazildi.

Ish beruvchilar tomonidan mehnatga oid qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash maqsadida 20 ta vazirlik va idoralarning malaka oshirish muassasalari o‘quv dasturlariga mehnat munosabatlari bo‘yicha mavzular kiritilib, kasaba uyushmalari mutaxassislari ushbu mavzularda ma'ruzalar bilan ishtirok etishi ta'minlanib kelinmoqda.

Shuningdek, Mehnat kodeksining kuchga kirganligiga 20 yil to‘lishi munosabati bilan joriy yilning may oyida vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari vakillari, huquqshunos olimlar ishtirokida «O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi: yutuqlar va takomillashtirish istiqbollari» mavzuida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.

Konferensiya yakunida mehnat qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha qabul qilingan tavsiyalar mutasaddi idoralarga yetkazildi. Konferensiya doirasida aholining huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida o‘tkazilgan «Mehnat kodeksini bilasizmi?» onlayn viktorinasi g‘oliblari taqdirlandi.

Ijtimoiy sheriklikning shakl va uslublarini takomillashtirish asosida ijtimoiy-mehnat munosabatlarini tartibga solish samaradorligini oshirish, mehnatkashlar uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish borasida qator ishlar amalga oshirildi.

Joriy yilning 18 fevralida 2014-2016 yillar uchun Bosh kelishuvning 2015 yilgi ijrosi uchtomonlama komissiyasi tomonidan muhokama etildi hamda 2016 yilgi vazifalar belgilab olindi.

Tadbirkorlikka yanada keng yo‘l ochib berilishiga, aholi daromadlari tarkibida tadbirkorlik natijasida olinayotgan daromadlar ulushining tobora ortib borishiga erishish, mehnat munosabatlariga oid amaldagi qonun va qonun osti hujjatlarini takomillashtirishga ko‘maklashish, yoshlar, ayollarning ijtimoiy mavqyeini oshirish, imkoniyatlarini kengaytirish ishlarida faol ishtirok etish, ular uchun belgilangan imtiyozlar berilishi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, «Keksalarni e'zozlash yili» Davlat dasturi doirasida yo‘lga qo‘yilgan tizimli ishlarni davom ettirish shular jumlasidandir.

Ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish bo‘yicha tarmoq kasaba uyushmalariga amaliy yordam ko‘rsatildi, Federatsiya Kengashining ekspert komissiyasi tomonidan 7 ta tarmoq va 5 ta hududiy kelishuv loyihasi ekspertiza qilindi.

Jamoa shartnomalaridagi yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, ularning mehnat huquqini ta'minlash va mehnati muhofazasini tashkil etishga oid imtiyoz va kafolatlar bajarilishi yuzasidan oylik monitoring olib borildi. Monitoring natijalariga ko‘ra, hisobot davrida jamoa shartnomalari orqali:

oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan 1 ming 604 nafar talabaning shartnoma pullarining bir qismini qoplash uchun 3 mlrd. 291 mln. so‘m sarflandi, 773 ta korxonada 7 ming 451 nafar yosh xodimlarni 978,8 mln. so‘m sarflangan holda boshqa kasbga o‘rgatish hamda malakasini oshirish ishlari amalga oshirildi;

741 ta korxona va tashkilotda oliy va o‘rta maxsus ta'lim muassasalari bitiruvchilarini shogirdlikka olib, ularga o‘z kasbining sir-asrorlarini o‘rgatayotgan 1 ming 833 nafar ustoz-xodimlarni rag‘batlantirish uchun 297,6 mln. so‘m mablag‘ yo‘naltirildi;

1 ming 324 nafar xodimga safarbarlik zaxirasidagi harbiy xizmatga chaqirilishi munosabati bilan 2 mlrd. 282,6 mln. so‘m miqdoridagi foizsiz ssudalar berilishiga erishildi;

oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarini tugatib 483 ta korxonada birinchi yil mehnat qilayotgan 780 nafar yosh mutaxassislarga qo‘shimcha 116,8 mln. so‘mdan ortiq haq to‘landi.

Shuningdek, Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha saylangan vakillarning malakasini oshirish bo‘yicha Namunaviy o‘quv dasturi ishlab chiqilib, joylarda 10 ming 885 nafar mehnat muhofazasi vakillari o‘qitildi.

Federatsiya Kengashi, «Sanoatgeokontexnazorat» davlat inspeksiyasi, «O‘zbekneftgaz» MXK, Ichki ishlar vazirligining yong‘in xavfsizligi boshqarmalari, Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari va boshqa manfaatdor idoralar mutaxassislari tomonidan o‘zaro hamkorlikda «O‘zbekneftgaz» MXK tizimidagi texnologik rezervuar parklar, neft qazib olish, neftni qayta ishlash korxonalari, kompressor stansiyalari, tashkilot va aksiyadorlik kompaniyalarida xavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha monitoring o‘tkazildi.

Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi bilan hamkorlikda «Nogironlarni oqilona ishga joylashtirish va kasbiy reabilitatsiyasining dolzarb muammolari» mavzuida o‘quv-uslubiy seminar o‘tkazilib, uning yakuni bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi. Shuningdek, Respublika Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi bilan sanitariya-gigiena normalari bazasi shakllantirildi.

2016 yil 28 aprel kuni Federatsiya Kengashi O‘quv markazida «Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni»ga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi. Unda, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi, Mehnat vazirligi, «Sanoatgeokontexnazorat» davlat inspeksiyasi, Savdo-sanoat palatasi va boshqa hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Mazkur davra suhbati doirasida ko‘rgazma tashkil etilib, unda xavfli ishlab chiqarish ob'ektlarida sanoat xavfsizligini ta'minlashga hamda zararli omillar ta'sirida ishlovchi xodimlarga munosib mehnat sharoitlari yaratilishiga oid ko‘rgazmali materiallar namoyish etildi.

Xo‘jalik sub'ektlarida mehnatni muhofaza qilish masalalariga e'tiborni qaratish, ishlab chiqarish madaniyatini yuksaltirish, mehnat muhofazasi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan jamoat nazoratini amalga oshirishda kasaba uyushmalarining faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida «Mehnat muhofazasi bo‘yicha jamoat nazoratini eng yaxshi tashkil etish yuzasidan respublika ko‘rik-tanlovi» o‘tkazilib, g‘oliblar «Eng yaxshi korxona», «Eng yaxshi kasaba uyushmasi qo‘mitasi», «Eng yaxshi mehnat muhofazasi bo‘yicha vakil» nominatsiyalari bo‘yicha Federatsiya Kengashi tomonidan munosib taqdirlandi.

Shuningdek, hisobot davrida jamoa shartnomalarida mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha belgilangan tadbirlarning qariyb 60 foizi amalga oshirildi. Mehnat muhofazasi bo‘yicha korxona va tashkilotlar faoliyatini o‘rganish davomida aniqlangan 10 mingga yaqin qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan ish beruvchilarga 1,2 mingdan ortiq taqdimnomalar kiritildi, kasaba uyushmalari aralashuvi bilan aniqlangan kamchiliklarning deyarli yarmi joyida bartaraf qilinishiga erishildi.

Yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta'minlash dasturlarini amalga oshirishga, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirishga ko‘maklashish hamda bu borada jamoatchilik nazoratini tashkil qilish ishlari davom ettirildi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan yangi ish o‘rinlarini yaratish dasturi hamda joylardagi hududiy dasturlarda belgilangan ish o‘rinlarining o‘z vaqtida yaratilishi bo‘yicha jamoatchilik monitoringi olib borilmoqda.

Hisobot davrida kasaba uyushmalari faollari tomonidan 11 ming 566 ta korxona va tashkilotda tashkil etilishi belgilangan 73 ming 469 ta yangi ish o‘rni haqiqatda yaratilganligi o‘rganib chiqildi.

O‘rganish natijalariga asosan, 44 ta korxona va tashkilotda 142 ta ish o‘rni o‘z vaqtida yaratilmaganligi aniqlandi hamda bu haqda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora ko‘rish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlariga ma'lumotlar taqdim etildi.

O‘rganish jarayonida ishga yangi qabul qilingan fuqarolarga davlat talabiga mos raqamdagi mehnat daftarchalari yuritilishi, qonunchilikda belgilangan tartibda mehnatga haq to‘lanishi masalalariga ham alohida e'tibor qaratilmoqda.

Shuningdek, ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun band qilib qo‘yilgan ish o‘rinlariga fuqarolarning talabiga ko‘ra 24 ming 123 nafari ishga joylashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan kasaba uyushmalari tomonidan har bir tuman va shaharda xizmat ko‘rsatish va servis shoxobchalarini tashkil etish orqali kollej bitiruvchilari uchun 25 tadan yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha manzilli dastur asosida joylarda 2 ming 689 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari orasida mehnat qonunchiligi bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borish maqsadida «Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ish bilan ta'minlashda davlat va nodavlat tashkilotlari tomonidan o‘zaro hamkorlik asosida amalga oshiriladigan vazifalar» mavzuida barcha hududlarda o‘quv-seminarlar tashkil etildi.

«Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalari»ni o‘tkazish reja-jadvali asosida respublika bo‘yicha o‘tkazilgan 419 ta mehnat yarmarkasida kasaba uyushmalari ham faol ishtirok etdi, ushbu yarmarkalarda 16 ming 789 nafar fuqaroga ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berildi.

Shuningdek, Federatsiya Kengashi tomonidan rasmiy bandlik afzalliklariga bag‘ishlangan poster va buklet tayyorlanib, aholi gavjum joylar (bozorlar, kasb-hunar kollejlari, tibbiyot birlashmalari, tuman, shahar hokimliklarining yagona darcha markazlari, avtostansiyalar, yirik sanoat korxonalari)ga joylashtirildi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida mehnat qilayotgan xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini hamda huquqlarini himoya qilish, mehnat sharoitlarini yaxshilash, huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha aniq maqsadli ishlar amalga oshirildi.

Hisobot davrida milliy va xalqaro mehnat standartlari, mehnat munosabatlarini rasmiylashtirish, mehnatni muhofaza qilish mavzularida 41,5 ming nafardan ziyod fermer xo‘jaliklari rahbarlari uchun o‘quv-seminarlar o‘tkazildi.

Ish beruvchilar (shu jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari)ga ijtimoiy-mehnat munosabatlarini tartibga solishning huquqiy asoslariga oid masalalar yuzasidan 420 marta tushuntirishlar (xulosalar) berildi.

Kasaba uyushmalari tizimidagi «Ishonch telefonlari»ga hamda hududiy birlashmalarda tashkil etilgan «Jamoatchilik qabulxonalari»ga murojaat etgan 330 ta yangi tadbirkorlik sub'ektlariga bepul huquqiy yordam ko‘rsatildi.

Joriy yilda ekspertizadan o‘tkazilgan Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Farg‘ona, Xorazm viloyatlari hududiy kelishuvlariga kichik biznes sub'ektlari uchun qonunlar bilan belgilangan imtiyoz va preferensiyalarning muqarrar ravishda berilishini ta'minlashga oid majburiyatlar kiritildi.

Tadbirkorlik sub'ektlari uchun belgilangan imtiyozlar, milliy va xalqaro mehnat standartlarini joriy etish, kasaba uyushmalariga a'zolik fzalliklari masalalari yuzasidan targ‘ibot ishlarini tashkil etish etish maqsadida 150 ta tuman (shahar)da hududiy adliya boshqarmalari, Savdo-sanoat palatasi bo‘limlari mutaxassislari ishtirokida 8,2 ming nafardan ortiq kichik biznes sub'ektlari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Korxona va tashkilotlarda kasaba uyushmalariga a'zolik afzalliklari bo‘yicha olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida hisobot davrida 16 ming 462 ta xo‘jalik sub'ektida mehnat qilayotgan 104,4 ming nafardan ziyod xodimlar, jumladan, 15 ta xorijiy va 198 ta oilaviy korxona xodimlari, 217 nafar hunarmand, 1 ming 441 nafar yakka tartibdagi tadbirkorlar kasaba uyushmalari himoyasiga olindi.

Mazkur xo‘jalik sub'ektlarida jamoa shartnomalari tuzilishiga ko‘maklashildi, ularda xodimlar manfaatlari uchun xizmat qiladigan bir qator ijtimoiy-iqtisodiy imtiyozlarning o‘rin olishi, ish beruvchi va xodimlarning vazifa va majburiyatlari aniq belgilab berilishi ta'minlandi.

Federatsiya Kengashining ishchi guruhlari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo viloyatlaridagi tuman va shahar kengashlari hamda boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini o‘rganish jarayonida ushbu yo‘nalishdagi ishlarga alohida e'tibor qaratildi va ularga amaliy yordam berildi.

Aholi daromadlari va turmush darajasining oshirilishiga, xodimlar uchun mehnatga haq to‘lash va uni me'yorlashtirishning ijtimoiy adolatli tizimini joriy etishga ko‘maklashish borasidagi ishlar yanada kuchaytirildi.

Eng kam mehnat haqi me'yorlariga rioya etilishi ustidan tizimli ravishda jamoatchilik monitoringini olib borish maqsadida Federatsiya Kengashi tomonidan «Ish beruvchilar tomonidan eng kam mehnat haqi standartlariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik monitoringini yuritish tizimi», «Eng kam mehnat haqi standartlariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik monitoringini yuritish sxemasi» kabi namunaviy hujjatlar ishlab chiqildi va joylarga yetkazildi.

Mehnat vazirligining mehnat.uz sayti tahlili asosida eng kam mehnat haqi standartlariga javob bermaydigan 957 ta vakansiya ro‘yxati shakllantirilib, ushbu ro‘yxat asosida korxona va tashkilotlarda eng kam mehnat haqi standartlariga rioya etilishi o‘rganib chiqilmoqda, bunda qonun buzilish holatlari aniqlangan holatda ish beruvchilarga taqdimnoma kiritish va fuqarolarning qonun hujjatlari bilan belgilab qo‘yilganidan kam bo‘lmagan miqdorda mehnat haqi olish huquqlarini tiklash ishlari amalga oshirilmoqda.

Boshlang‘ich tashkilotlarga amaliy yordam ko‘rsatish jarayonida ushbu masalaga alohida e'tibor qaratildi. Jumladan, ayrim fermer xo‘jaliklari, obodonlashtirish boshqarmalarida mehnat haqi miqdori 303 ming so‘mdan to‘lanishi holatlari aniqlanib, kasaba uyushmalari tomonidan tegishli choralar ko‘rildi. «O‘zbekenergo» aksiyadorlik jamiyati tizimida 1 iyundan boshlab eng kam mehnat haqi qonun hujjatlarida ko‘rsatilgan miqdorga muvofiqlashtirildi.

Shuningdek, respublika bo‘yicha ish haqidan muddati o‘tgan qarzdorlik yuzasidan kasaba uyushmalari va Davlat statistika qo‘mitasining ma'lumotlari taqqoslanib, tahlil etilmoqda.

Joriy yilning 1 iyul holatiga ko‘ra, respublika bo‘yicha ish haqidan muddati o‘tgan qarzdorlik 82 mlrd. 669,2 mln. so‘mni tashkil etdi, ushbu ko‘rsatkich 1 yanvar holatiga nisbatan 4 mlrd. 592 mln. so‘mga ko‘pdir.

Tarmoq kasaba uyushmalari Respublika kengashlari va ish haqidan eng yirik muddati o‘tgan qarzdorlikka yo‘l qo‘ygan xo‘jalik boshqaruvi organlari o‘rtasida qarzdorlikni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar («yo‘l xaritalari») qabul qilinishi amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.

Ayni damda Energetika, Neft-gaz va geologiya, Temiryo‘lchilar va transport quruvchilari tarmoqlarida tuzilgan oylik «yo‘l xarita»lari (jadvallari) o‘z samarasini bermoqda.

Yuqoridagilardan kelib chikqan holda, amaliy ishda foydalanish uchun «O‘zbekenergo» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi korxona va tashkilotlarda xodimlarga ish xaqidan muddati o‘tgan qarzdorlikni bartaraf etish bo‘yicha «yo‘l xarita»si (jadvali)ning namunasi barcha a'zo tashkilotlarga yo‘llandi.

Iqtisodiyotning real sektorida qabul qilingan jamoa kelishuvlari va shartnomalarining aksariyatiga mehnatga haq to‘lash fondining tarif qismi 50 foizdan kam bo‘lmasligi to‘g‘risida me'yor kiritilishiga erishildi.

Bir qator jamoa shartnomalarida inflyasiya darajasidan kelib chiqan holda, ish haqini indeksatsiya qilish to‘g‘risida me'yor kiritildi.

Joriy yilda «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK, «O‘zbekneftgaz» MXK bilan qabul qilingan tarmoq kelishuvlarida ish haqi to‘lovlari kechiktirilgani uchun xodim foydasiga indeksatsiya qilish talabi kiritildi.

Avtomobil va daryo transporti agentligi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, «O‘zavtoyo‘l», «O‘zqurilishmateriallari», «O‘zmaxsusmontajqurilish» kompaniyalari bilan tuzilgan tarmoq kelishuvlarida xodimlarning tarif koeffitsentlarini 1,5 barobardan 2 barobargacha ko‘tarish ko‘zda tutildi. Ushbu tarmoqlar tasarrufidagi yuridik shaxslarning jamoa shartnomalariga yuqoridagi me'yorlarni tatbiq etish borasida ish olib borilmoqda.

Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 19 iyundagi «Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblarining yangilangan klassifikatorini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 164-son qarori ijrosi yuzasidan tarmoq kasaba uyushmalari tomonidan vazirlik, idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda tarmoq tarif-malaka ma'lumotnomalarini ishlab chiqish ishlari ish olib borildi. Bunda asosiy e'tibor mehnatga haq to‘lashni oshirmasdan xodimlarning majburiyatlari doirasini kengaytirishga yo‘l qo‘yilmasligiga qaratildi.

«Sog‘lom ona va bola yili» Davlat dasturi ijrosini ta'minlashda kasaba uyushmalari ham faol ishtirok etib, bu borada o‘tgan davr davomida qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, jamoa kelishuvlari va jamoa shartnomalari orqali:

korxona va tashkilotlarda mehnat qilayotgan 2 ming 194 ta yosh oilaga uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar xarid qilish hamda uy-joy qurish uchun foizsiz csudalar ajratildi, yosh oilalardan 29 ming 162 nafariga moddiy yordam ko‘rsatildi, ushbu maqsadlar uchun kasaba uyushmalari va ish beruvchilar hisobidan 18 mlrd. 120,3 mln. so‘m yo‘naltirildi;

boquvchisini yo‘qotgan, kam ta'minlangan oilalarning 8 ming 546 nafar farzandlari uchun 372,3 mln. so‘mlik o‘quv anjomlari sotib olindi, farzandlari ikki yoshdan uch yoshgacha bo‘lgan 8 ming 576 nafar ayollarga 2 mlrd. 223,2 mln. so‘m miqdorida moddiy yordam berildi;

nodavlat sektoridagi korxona va tashkilotlarda mehnat qilayotgan 3 ming 898 nafar bolali ayollarga oylik maoshi saqlangan holda ish haftasini 1 soatga qisqartirish uchun korxonalar hisobidan 617,5 mln. so‘m sarflandi;

chekka va borish qiyin bo‘lgan qishloqlardagi ijtimoiy ko‘makka muhtoj, ishlayotgan 328 nafar ayollarning Samarqand, Buxoro, Toshkent, Xiva kabi tarixiy shaharlarga sayohatlari tashkil etildi.

Shu bilan birga, tasarrufdagi barcha sanatoriylarning mavjud «Ona va bola» bo‘limlarida oilaviy dam olish uchun barcha zarur sharoitlar yaratilmoqda, bolalar uchun o‘yin maydonchalari, bo‘limlarda alohida o‘yin xonasi ajratilib, tegishli tartibda jihozlanmoqda.

Kam ta'minlangan, ko‘p bolali hamda olis va chekka hududlarda murakkab iqlim sharoitida yashovchi 152 nafar ayollar tasarrufdagi sanatoriylarda, farzand ko‘rmagan oilalar a'zolaridan 73 nafari «Umid Gulshani» sanatoriysida bepul sog‘lomlashtirilishi ta'minlandi.

Mazkur Davlat dasturi doirasida belgilangan chora-tadbirlar ijrosini ta'minlash uchun kasaba uyushmalari va ish beruvchilar mablag‘lari hisobidan jami 63 mlrd. 51,4 mln. so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.

Shuningdek, kasaba uyushmalari «O‘zbekiston Respublikasida 2016 yilda yoshlarga oid Davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi» bajarilishida ham faol ishtirok etib kelmoqda.

Jumladan, joylarda kasaba uyushmalari tomonidan Mehnat va Adliya boshqarmalari bilan hamkorlikda 2 mingdan ortiq korxona va tashkilotlarda davra suhbatlari o‘tkazilib, ularda 129,2 ming nafardan ziyod, shu jumladan 76,2 ming nafardan ortiq yosh xodimlar ishtirok etdi.

Yoshlarga internet orqali huquqiy maslahat ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida Federatsiya Kengashi yuridik klinikasining www.yk.uz veb-saytida ochilgan alohida veb-sahifa (savol.yk.uz) orqali yoshlardan huquqiy savollar qabul qilishning onlayn tizimi tashkil etildi. Bugungi kunga qadar savol.yk.uz veb-sahifasi orqali yoshlardan kelib tushgan 124 ta murojaatning barchasi o‘rganib chiqildi va ularga tegishlicha javob qaytarildi.

Federatsiya Kengashi tomonidan Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, «Kamolot» YoIH, Fanlar akademiyasi, Milliy teleradiokompaniya, Milliy axborot agentligi bilan hamkorlikda 14 ta nominatsiya bo‘yicha «Yilning eng faol yosh mutaxassisi» tanlovini o‘tkazish yuzasidan barcha tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning 15 mayidan 15 iyuniga qadar bevosita korxona, tashkilot va muassasalarda mazkur tanlovning birinchi bosqichi o‘tkazildi, 30 iyunga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tanlovning hududiy bosqichi tashkil etilib, g‘oliblar munosib ravishda taqdirlandi.

«O‘zbekiston Respublikasida 2016 yilda yoshlarga oid Davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi» ijrosini ta'minlash doirasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risidagi axborotlar har oyda www.yd.uz saytiga joylashtirib borilmoqda.

Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish, mehnatkashlar ma'naviyatini yuksaltirish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish borasida ham qator ishlar amalga oshirildi.

Mamlakatimizda olib borilayotgan davlat siyosatining mohiyatini, qabul qilingan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining ahamiyatini xodimlar, ayniqsa, yoshlarga atroflicha tushuntirish va targ‘ib etish maqsadida korxona va tashkilotlarda har oyda o‘tkazilayotgan «Ma'naviyat soatlari»ga 4,5 mln. nafardan ortiq xodimlar jalb etilmoqda.

Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan «Kasaba uyushmalari – harbiylarga» aksiyasi o‘tkazilib, uning doirasida harbiy qismlarda «Tayanchim va suyanchim, faxru-iftixorimsan, muqaddas Vatan!» shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etildi, mustaqillikni himoya qilish va xizmat burchini bajarishda vafot etgan harbiy xizmatchilarning oila a'zolariga manzilli yordam ko‘rsatildi, farzandlariga sovg‘alar topshirildi, turli tanlovlarda ishtirok etgan harbiylar rag‘batlantirildi, ushbu maqsadlar uchun kasaba uyushmalari tomonidan jami 147,4 mln. so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.

Xotin-qizlar kuni munosabati bilan kasaba uyushmalari tashkilotlarida «Ayoli qadrlangan diyor», «Ayol borki olam munavvar», «Ayol oila qo‘rg‘oni va charog‘boni» kabi mavzularda madaniy-ma'rifiy tadbirlar, sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.

Ishlab chiqarish, ta'lim, sog‘liqni saqlash tizimida samarali faoliyat yuritayotgan, fermerlik, tadbirkorlik, kasanachilik mehnati bilan yurtimiz ravnaqiga hissa qo‘shayotgan ilg‘or va faol xotin-qizlar, faxriy ayollar kasaba uyushmalari tomonidan 828,1 mln. so‘mlik sovg‘alar bilan rag‘batlantirildi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan, nogiron, «Saxovat» uylarida yashayotgan ayollar, mehnat faxriylari holidan xabar olindi va ularga 192,2 mln. so‘mlik moddiy yordam ko‘rsatildi.

Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan o‘tkazilgan umumxalq xayriya hashari kunlari «O‘zbekiston mustaqilligining 25 yilligiga 25 ta tup daraxt –mening tuhfam» shiori ostida kasaba uyushmalari tashabbusi bilan turli mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.

Bayram munosabati bilan respublika bo‘yicha qariyb 29 ming nafar yolg‘iz keksalar, faxriylar va ehtiyojmand oilalarga 1 mlrd. 573,3 mln. so‘mlik turli ko‘rinishdagi ijtimoiy ko‘mak, xususan, oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar, kiyim-kechaklar berildi. «Saxovat», «Muruvvat» va «Mehribonlik» uylarida turli madaniy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etilib, ularga 65,6 mln. so‘mlik homiylik yordamlari ko‘rsatildi.

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan mehnat jamoalarida «Tinchlik va ahillik mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi asosidir», «Qadriyat, e'tibor va e'zoz», «Xotira muqaddas, inson qadri aziz», «Avlodlar uchrashuvi», «Faxriylar – faxrimiz» kabi mavzularda davra suhbatlari va uchrashuvlar o‘tkazildi.

«Kasaba uyushmalari – faxriylarga» aksiyasi doirasida Pensiya jamg‘armasi, Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari hamda Milliy xavfsizlik xizmati tizimidagi 2 ming 182 nafar 1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining har biriga 400 ming so‘mdan – jami 872,8 mln. so‘m miqdoridagi pul mukofotlari berildi.

Shuningdek, 4,3 ming nafardan ortiq urush qatnashchilari va mehnat faxriylariga, jangchi-faxriylar (baynalmilalchilar)ga 359,6 mln. so‘mlik bayram sovg‘alari berildi, 150 nafar mehnat faxriylari kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriylarda bepul sog‘lomlashtirildi.

«Kasaba uyushmalari – harbiylarga» aksiyasi doirasida mustaqillik yillarida xizmatni o‘tash davrida halok bo‘lgan 236 nafar harbiy xizmatchilar oilalariga qariyb 60 mln. so‘mlik manzilli moddiy yordam ko‘rsatildi.

Bayram munosabati bilan urush va mehnat faxriylarini, xizmat davrida halok bo‘lgan harbiylar oilalarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, ularni madaniy-ma'rifiy tadbirlarga jalb etish ishlariga kasaba uyushmalari mablag‘laridan jami 1 mlrd. 529,9 mln. so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.

Xalqaro bolalar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan «Kasaba uyushmalari – bolalarga» aksiyasi doirasida qariyb 14 ming nafar «Mehribonlik» uylari va Bolalar shaharchasi tarbiyalanuvchilari, ehtiyojmand oilalar farzandlari, iqtidorli o‘quvchilarning madaniyat va istirohat bog‘lariga, teatr va qo‘g‘irchoq teatrlariga tashrifi uyushtirildi.

«Biz – Mustaqillik farzandlarimiz» shiori ostida 914 nafar bolalarning tarixiy shaharlarga va bunyodkorlik inshootlariga sayohatlari uyushtirildi, 1 ming 825 nafar ehtiyojmand oilalar farzandlari, nogiron bolalarga 40,8 mln. so‘mlik, respublikadagi 17 ta bolalar maxsus yordamchi maktab-internatlariga 23,7 mln. so‘mlik sovg‘alar topshirildi.

Shuningdek, mehnatkashlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, ularni sport-sog‘lomlashtirish tadbirlariga keng jalb etish maqsadida korxona, tashkilot va muassasalar xodimlari va ularning oila a'zolari o‘rtasida «Sog‘lom oila» shiori ostida 4 bosqichli respublika oilaviy sport musobaqalari o‘tkazildi.

Mazkur sport musobaqasining birinchi bosqichida 22,7 mingdan ortiq korxona va tashkilotlardagi 100,3 mingdan ziyod oilaviy jamoalar ishtirok etdi, ushbu sport tadbirining ikkinchi bosqich tuman (shahar) miqyosida, uchinchi bosqichi viloyat miqyosida, to‘rtinchi respublika final bosqichi esa mintaqaviy tarzda 4 ta hududda – Andijon, Navoiy, Samarqand va Toshkent viloyatlarida o‘tkazildi.

Havaskor velosportchilar o‘rtasida «Kasaba –Tur» velomarafoni joriy yilning aprel-may oylarida 3 bosqichda o‘tkazildi. Musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan havaskor velosportchilarga velosiped, televizor, maishiy texnika kabi sovg‘alar topshirildi, shuningdek turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblarga ham diplom va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Kasaba uyushmalari tomonidan xodimlar va ularning oila a'zolarini sifatli sog‘lomlashtirish ishlari tizimli ravishda davom ettirildi, bolalarni oromgohlarda maroqli dam oldirish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari boshlandi.

Hisobot davrida tasarrufdagi sanatoriylarda 52,7 ming nafarga yaqin aholi vakillari sog‘lomlashtirilishiga erishildi, ularning 43 foizi imtiyozli ravishda o‘z salomatliklarini tikladi.

«Turon» sanatoriysida 30 o‘rinli yotoqxona va 350 o‘rinli oshxona qurish, «Umid gulshani» sanatoriysida oshxona va madaniy tadbirlar o‘tkazish uchun zal barpo etish, «Termiz marvaridi» sanatoriysini rekonstruksiya qilish ishlari uchun bugungi kungacha jami 8,8 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirildi.

Shuningdek, joriy yilgi yoz mavsumini uyushqoqlik bilan o‘tkazishga puxta tayyorgarlik ko‘rildi, bu borada mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda qator amaliy ishlar bajarildi.

Ayni damda bolalarni oromgohlarda dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumi qizg‘in davom etmoqda. Joriy yilning 30 iyun holatiga ko‘ra, respublika bo‘yicha 1 ming 212 ta oromgoh faoliyati boshlanib, ularga 195,6 ming nafardan ortiq bola qabul qilindi, ushbu ko‘rsatkich rejaning 67 foizini tashkil etdi.

Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan «Bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish oromgohlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta'mirlash bo‘yicha 2016 yilga mo‘ljallangan Manzilli dastur» doirasida «Surxon-Beshbuloq-Sherobod», «Avtomobilchi» oromgohlarini rekonstruksiya qilish hamda Surxondaryo viloyatida yangi «Amudaryo sohili» oromgohini qurish ishlari uchun 9 mlrd. 722,8 mln. so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.

Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT), Xalqaro kasaba uyushmalari konfederatsiyasi va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik tizimli ravishda davom ettirildi.

Joriy yilning 10-13 fevral kunlari XMTning Sharqiy yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari uchun Byurosiga O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi delegatsiyasining tashrifi tashkil etilib, unda O‘zbekistonda
2014-2016 yillarga mo‘ljallangan Munosib mehnat dasturini amalga oshirish doirasida o‘zaro hamkorlik chora-tadbirlarining 2015 yilgi ijrosi muhokama etildi va 2016 yilga mo‘ljallangan hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va Xalqaro kasaba uyushmalari Konfederatsiyasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, hamkorlik istiqbollarini muhokama etish, yevropa Parlamenti deputatlarini mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, aholi bandligi va xodimlar ijtimoiy himoyasini ta'minlash borasidagi tizimli ishlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida joriy yilning 29 fevralidan 5 martiga qadar O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi delegatsiyasining Bryussel shahriga tashrifi amalga oshirildi.

Joriy yil 30-31 mart kunlari Xalqaro kasaba uyushmalari Konfederatsiyasi Bosh kotibi Sharon Barrou rahbarligidagi delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifi uyushtirildi. Tashrif doirasida Vazirlar Mahkamasida, Mehnat vazirligida, shuningdek «Toshkent yo‘lovchi vagonlarni qurish va ta'mirlash zavodi» aksiyadorlik jamiyatida, Samarqanddagi «Sam antep gilam» MChJda, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti qoshidagi 1-sonli akademik litseyda, Toshkent shahri va Samarqandda kasaba uyushmalari faollari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Xalqaro mehnat Konferensiyasining Jenevada bo‘lib o‘tgan 105-sessiyasi doirasida Xalqaro kasaba uyushmalari Konfederatsiyasi (XKUK) Bosh kotibi Sharon Barrouning O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi T.Narbaeva bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuv davomida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va Xalqaro kasaba uyushmalari Konfederatsiyasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha kelgusidagi faoliyat yo‘nalishlari muhokama etildi. Ushbu maqsadlarda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va Xalqaro kasaba uyushmalari Konfederatsiyasi o‘rtasida bandlikka ko‘maklashish, mehnat muhofazasi, mehnat sohasida ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish kabi yo‘nalishlardagi o‘zaro aloqalarni ko‘zda tutuvchi Memorandum imzolandi.

Xalqaro mehnat konferensiyasining 105-sessiyasida ishtirok etish doirasida XMT Bosh direktori Gay Rayderning uch tomonlama ijtimoiy sheriklar – Federatsiya Kengashi raisi T.Narbaeva, Mehnat vaziri A.Abduxakimov, Savdo sanoat palatasi raisi A.Shayxov tarkibidagi O‘zbekiston delegatsiyasi bilan uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuv davomida XMT Bosh direktori O‘zbekistonda ijtimoiy-mehnat munosabatlari va kuchli ijtimoiy himoya sohalarida ulkan ijobiy natijalarga erishilganligini qayd etdi. Ayniqsa, bu borada samarali ijtimoiy sheriklik yo‘lga qo‘yilganligi, hukumat, kasaba uyushmalari va ish beruvchilar tashkiloti o‘rtasidagi ijtimoiy muloqotning muvaffaqiyatli olib borilayotgani alohida ta'kidlandi. O‘zbekistonda halqaro mehnat standartlarining joriy etilishida ijobiy natijalarga erishilganligi bois, bu tajribaning boshqa mamlakatlar uchun ham o‘rnak bo‘lishga loyiq ekanligiga urg‘u berildi.

Shuningdek, hisobot davrida Federatsiya Kengashida XMT vakillari O.Gerasimova, O.Lipkanu, Jahon bankining mehnat bozori masalalari bo‘yicha katta iqtisodchisi M.Ajvada rahbarligidagi delegatsiya, Xalqaro moliya korporatsiyasi delegatsiyasi rahbari Olga Щerbina, AQSh mehnat vaziri o‘rinbosari yordamchisi Erik Bil bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama etildi.

Kasaba uyushmalari tizimida jamoatchilik bilan aloqalarni yanada mustahkamlash, axborot ishlarini tubdan yaxshilash, tizimda zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanishni ta'minlash ishlari kuchaytirildi.

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (O‘zA), «Uzbekistan Today» axborot agentligi, «Turkiston-press» nodavlat axborot agentligi, matbuot va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

«Xalq so‘zi», «Narodnoe slovo», «Pravda Vostoka» gazetalari, radiokanallar bilan hamkorlik rejalari tuzilib, amalga oshirilmoqda. «Pravda Vostoka», «Narodnoe slovo», «Uzbekistan Today» gazetalarida kasaba uyushmalari faoliyatiga oid doimiy ruknlar tashkil etilib, har hafta turli axborot va tahliliy materiallar berib borilmoqda.

«Xalq so‘zi», «Narodnoe slovo», «Pravda Vostoka», «Uzbekistan Today», «Hurriyat», «O‘zbekiston ovozi», «Qishloq hayoti», «Ma'rifat», «Oila davrasida», «Mahalla», «Huquq va burch», «Adolat», «Vatanparvar», «Ishonch», «Ishonch-Doverie» kabi gazetalar sahifalarida kasaba uyushmalari faoliyatini yorituvchi 570 dan ortiq tahliliy maqolalar, xabar va suhbatlar chop etildi.

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining informatsion va tahliliy dasturlari, xususan, «Axborot», «Tahlilnoma», «Davr», «Poytaxt», «Xabarlar» dasturlari, «Telemushohada», «Tafsilot», «Davr mavzusi», «Kun mavzusi», «Intervyu», «Bugunning gapi» kabi teleko‘rsatuvlar orqali kasaba uyushmalari tomonidan xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va mehnat sohasidagi huquqlarini himoyalash borasida olib borilgan ishlar to‘g‘risida 100 dan ziyod telelavhalar, suhbat va intervyular namoyish etildi, radiokanallar orqali 210 ga yaqin xabar va eshittirishlar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotlar efirga berildi.

Mamlakatimizda xodimlar uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish, jamoa shartnomalari orqali turli soha xodimlarining ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va mehnat sohasidagi huquqlarini himoyalash va qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va ayollar ijtimoiy himoyasini kuchaytirish kabi yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida axborot-tahliliy materiallarning «Jahon» axborot agentligi orqali www.jahonnews.uz saytida, xorijiy nashrlar va veb-sahifalarda, mamlakatimizning xorijiy davlatlardagi elchixonalari veb-saytlarida chop etilishi, shuningdek xorijiy mamlakatlarning ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-akademik doiradagi vakillari o‘rtasida tarqatilishi ta'minlanmoqda.

Yagona rejaga muvofiq, O‘zbekiston Milliy matbuot markazida joriy yilning 27 aprel kuni «Jamoa shartnomalari – xodimlar ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda ular turmushi sifati va darajasini oshirishning muhim omili» mavzuida, 30 iyun kuni esa «Bolalarni yozgi dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumining borishi» mavzuida OAVning 140 dan ortiq vakillari, yosh jurnalistlar ishtirokida matbuot konferensiyalari o‘tkazildi.

Jurnalistika sohasida «Oltin qalam» XI Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovi doirasida Federatsiya Kengashi tomonidan «Sog‘lom ona va bola yili»ga bag‘ishlangan hamda davlat boshqaruvi organlari va jamoat tashkilotlari ijtimoiy sherikligi yoritilgan eng yaxshi jurnalistik materiallar uchun nominatsiyalari ta'sis etilib, g‘olib bo‘lgan 2 nafar jurnalistga kasaba uyushmalari mukofoti –Diplom va Noutbuk topshirildi.

27 iyun – Matbuot va OAV xodimlari kuni munosabati bilan «Yilning eng faol jurnalisti – 2015» tanlovi g‘olib va sovrindorlarini taqdirlashga munosib hissa qo‘shish maqsadida 5 dona mamlakatimizda ishlab chiqarilgan zamonaviy raqamli televizorlar berildi.

Shuningdek, mustaqillik yillarida inson manfaatlari yo‘lida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ijobiy yangilanish va bunyodkorlik ishlari, ularning samarasi hamda natijalarini keng targ‘ib etish, mazmun-mohiyati, ahamiyati va qadr-qimmatini keng jamoatchilikka, ayniqsa, yoshlar ongiga yanada chuqurroq singdirish borasidagi ishlarga munosib hissa qo‘shib kelayotgan va barcha sohalarda amalga oshirilayotgan tizimli ishlarni keng yoritayotgan ommaviy axborot vositalari xodimlarini rag‘batlantirish maqsadida Federatsiya Kengashi tomonidan jurnalistika sohasida «Insonga naf keltirish – oliy baxt» V respublika an'anaviy tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovga kelib tushgan 100 dan ortiq ijodiy ishlar hakamlar hay'ati tomonidan ko‘rib chiqilib, Federatsiya Kengashi tomonidan tashkil etilgan tanlov g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimida 12 nafar ommaviy axborot vositalari xodimlari munosib taqdirlandi. Shu bilan birga, kasb bayrami munosabati bilan 20 nafar faol jurnalistlar va faxriy qalamkashlar rag‘batlantirildi.

Shuningdek, tizimda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish borasida Federatsiya Kengashi hamda tarmoq kasaba uyushmalari Respublika kengashlari ye-XAT himoyalangan elektron pochta bilan ta'minlandi hamda ularning litsenziyalari yangilandi.

Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 27 oktyabrdagi 289-son qaroriga asosan, joriy yiling 10-11 may kunlari kasaba uyushmalari xodimlaridan 143 nafari kompyuter savodxonligini baholash tizimida (KSBT) attestatsiyadan o‘tkazildi.

Kasaba KIATning axborot resurslarini shakllantirish dasturiy ta'minotini yaratish ishlari yakuniga yetkazildi hamda test rejimida ishga tushirildi. Hozirda ma'lumotlar bazasiga 506 mingdan ziyod yuridik shaxs, 14 mingdan ziyod boshlang‘ich tashkilot, 1400 ga yaqin kasaba uyushmalari tashkilotlari, 500 ga yaqin normativ hujjatlar, 19 ta sihatgoh, 212 ta bolalar oromgohi, 60 ga yaqin asosiy vositalar, turli ma'lumotnomalar va tasniflagichlar bo‘yicha 7000 dan ziyod qatorlar yuklandi.



Download 497,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish