4. O’zbekiston liberal–demokratik partiyasi (O’zLiDeP) – Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati -O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasi 2003 yil 15 noyabrda bo`lib o`tgan Ta’sis qurultoyida tashkil topgan.
2009 yil 1 avgust holatiga O’zLiDeP a’zolarining soni 161758 (bir yuz oltmish bir ming etti yuz ellik sakkiz) nafarni tashkil etadi. O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasining boshlang`ich partiya tashkilotlari soni 7408 tani tashkil etadi.
O’zLiDePning o’z oldiga qo’ygan maqsadlari: - siyosiy kuch sifatida birlashgan holda tadbirkorlar va ishbilarmonlarning yanada kengroq faoliyat yuritishlari uchun yangi imkoniyatlar ochish, ularning istiqbolini ham nazariy, ham amaliy jihatdan asoslab berish, jamiyatning ushbu tabaqasi manfaatlarini himoyalash barobarida uning ertangi kunini ta’minlash; - partiyaning kuch va imkoniyatlarini boshqa siyosiy partiya va harakatlar bilan hamkorlikda mamalakatning milliy manfaatlari va taraqqiyotining strategik istiqbollariga javob beradigan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik, huquqiy davlat qurish, fuqarolik institutlarining rivojiga keng yo’l ochib berish va demokratik qadriyatlarni xalqimiz, avvalo, yoshlar ongi va hayotiga singdirishga qaratilgan harakat dasturini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish; - partiyaning davlat boshqaruvi, jamiyatda shakllanayotgan qarashlarga ta’sir o`tkazish, siyosiy va iqtisodiy islohatlarni amalga oshirishdagi ishtirokini ta’minlash. Davlatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy taraqqiyoti bilan bog`liq muammolarni hal qilish, O’zbekistonning xalqaro obro`yini oshirishda, mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni saqlashda, millatlararo va fuqarolararo ahillik va totuvlikni mustahkamlash ishida faol qatnashish. Yoshlarini Vatanga muhabbat va sadoqat, o`z elim, o’z yurtim, jon O’zbekistonim, deya g`ururlanib yashash ruhida tarbiyalashga munosib hissa qo`shish, har qanday sharoitda mustaqillik yo`li, qadriyatlari, milliy va diniy an’analari, urf-odatlarini qadrlash, shu bilan birga, bircha millat va elatlar qadriyatlarini kamsitishga yo’l qo`ymaslik, bunday xurujlarga qarshi izchil kurash olib borish; -o’zi uchun siyosiy platforma deb tanlab olgan liberal-demokratik g‘oya va maqsadlarni o`z faoliyati orqali keng omma ongiga singdirish, bu borada safini kengaytirishga yo`naltirilgan har tomonlama chuqur o’ylangan partiya siyosatini targ`ib qilish ishlarini amalga oshirish. Shu g‘oyalarni hayotga tatbiq etishda fidoyilik ko`rsatgan faollarni deputatlikka nomzod sifatida tavsiya etish va saylovchilar ishonchini qozongan deputatlar zimmasiga qonunchilik va ijro hokimiyatida vakillik vazifasini yuklash hamda ularning faoliyatini boshqarish. O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasining S’ezdi partiya oliy organi hisoblanadi va u 3 yilda kamida bir marotaba o`tkaziladi. O’zLiDePning matbuot organi: -“XXI-asr” ijtimoiy siyosiy gazetasi. SHiori: “Ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi azmi kat’iy bir kishi ming–minglab tadbirsiz kishidan yaxshidir”. 25 kishidan iborat Siyosiy Kengashga ega. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida partiya 52 ta deputatlik mandatiga hamda o’z fraksiyasiga ega. Fraksiya rahbari – B.Yakubov. Partiyaning asosiy maqsadlari:
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish, ularning istiqbolini ham nazariy, ham amaliy jihatdan asoslab berish, jamiyatning mazkur qatlami manfaatlarini himoyalash va ertangi kunini ta’minlash.
Boshqa siyosiy partiya va harakatlar bilan hamkorlik, fuqarolik jamiyatiga keng yo’l ochib berish, demokratik qadriyatlarni xalq, avvalo yoshlar ongi va hayotiga singdirish.
Siyosiy va iqtisodiy islohatlarni amalga oshirishda faol ishtirok etish ijtimoiy muammolarni hal etishga ko’maklashish, O’zbekistonning xalqaro obro’sini oshirishda, yurt tinchligi va osoyishtaligini saqlashda, millatlararo va fuqarolararo ahillik va totuvlikni mustahkamlash ishida faol qatnashish, barcha millatlar va ellatlar qatlamlarining kamsitilishiga yo’l qo’ymaslik, bunday xurujlarga qarshi kurash olib borish.
Liberal–demokratik g‘oya va qadriyatlarni keng omma ongiga singdirish, bu borada har tomonlama chuqur o’ylangan tashviqot va targ‘ibot ishlarini olib borish, o’z saflarini kengaytirish.
O’zLiDeP 2007 yil 23 dekabrda o’tkazilgan Prezident sayloviga Islom Karimov nomzodini tavsiya etdi va 88,1 foiz saylovchilar ovoziga ega bo’lib g‘olib chiqdi. Yoki 13 million 8 ming 357 ovozga ega bo’ldi. 2015 yil 29 martda bo’lib o’tgan Prezidentlik saylovida Islom Karimov bu partiyadan ishtirok etib, 17 mln122 ming 597 nafar saylovchining ovoziga ega bo’ldi 90,39 foiz ovoz bilan keyingi besh yil muddatga prezident etib saylandi.
Mustaqil O’zbekistonning muxolifat masalasida olib borayotgan siyosati alohida o’rganishga loyiq. Bu siyosatning tarixiy, an’anaviy ildizlarini, uning xalq mintaliteti, ya’ni aqliy salohiyatining o’ziga xosligi bilan bog‘liqligi va boshqa qirralarini tadqiq etish eng dolzarb va muhim nazariy masalalardan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |