Siyosiy partiyalar
|
1994 yil
|
1999 yil
|
2004 yil
|
2009 yil
|
2014 yil
|
(250 ta o’rin)
|
(250 ta o’rin)
|
(120 ta o’rin)
|
(135 ta o’rin)
|
(135 ta o’rin)
|
son
|
foiz
|
Son
|
foiz
|
son
|
foiz
|
son
|
foiz
|
son
|
foiz
|
1
|
O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi
|
69
|
27
|
49
|
19
|
28
|
22
|
32
|
24
|
27
|
20
|
2
|
“Vatan taraqqiyoti” partiyasi
|
14
|
6
|
20
|
7
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
3
|
“Fidokorlar” milliy demokratik partiyasi
|
-
|
-
|
34
|
13
|
18
|
15
|
-
|
-
|
-
|
-
|
4
|
“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi
|
-
|
-
|
11
|
3
|
10
|
8
|
19
|
14
|
20
|
15
|
5
|
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi
|
-
|
-
|
10
|
3
|
11
|
9
|
31
|
23
|
36
|
27
|
6
|
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati –O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi
|
-
|
-
|
-
|
-
|
41
|
34
|
53
|
39
|
52
|
38
|
|
JAMI
|
83
|
33
|
124
|
45
|
108
|
88
|
135
|
100
|
135
|
100
|
O‘zbekistonda bugungi kunda ko‘p partiyaviy tizim shakllanib bo‘ldi. Ammo bu jarayon xali tugallangani yuq. Iqtisodiy islohotlar, mulkchilikning turli shakllari rivojlanib borishi bilan aholining ijtimoiy mobilligi ortib boradi va, demak, bugungi partiyalar va xarakatlar tarkibi va mazmunida o‘garishlar ro‘y berishi muqarrar. Oliy Majlis tuzilishida belgilangan o‘zgarishlar ham partiyalar va elektorat faollashishi, partiya dasturlarining konkretlashishi, partiya tayanuvchi ijtimoiy qatlamlarning saralanishiga olib keladi, deb ehtimol kilishga imkon beredi. Garchand, O‘zbekistondagi olimlar, jamoatchilik vakillarining bir qismi mamlakatimizda ikki partiyaviy tizim amal qilishi tarafdorlari sifatida partiyalar sonining kamayishini bashorat qilsalar—da, fikrimizcha, yaqin yillar ichida O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviy tizim saqlanib qoladi.
Partiyalar kasaba uyushmalari yoki davlat tashkilotlariga o‘xshash vazifalarni bajarib kelyapti. Bu vaziyatda partiyalar apparatida ishlash uchun ko‘proq politolog, sotsiolog, psixologlar jalb qilinib, fuqarolik jamiyatini shakllantirish, bu boradagi yuzaga kelayotgan manfaat va talablarni bayon etib, saralab, davlat hokimiyati organlariga yetkazish, aholi siyosiy madaniyatini oshirishga e'tiborini kuchaytirishlari maqsadga muvofiq, bo‘lib ko‘rinadi. Partiyalarning bugungi O‘zbekiston siyosiy tizimidagi o‘rni demokratik jamiyat qurishda davlatga yaqindan yordam berishdan iborat.
O’zbekiston Respublikasida demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilish jarayonida siyosiy partiyalar ishtiroki
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to`g’risida"gi Konstitutsiyaviy qonun va "O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga (89-moddasiga, 93-moddasining 15-bandiga, 102-moddasining ikkinchi qismiga) tuzatishlar kiritish to`g’risida"gi qonun loyihalari haqidagi O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi nomiga yo`llagan xatida siyosiy partiyalarning bugungi kundagi o`rni va roli printsipial mezonlar asosida belgilab berilganligi hammamizga ayon. Ushbu Qonun loyihalarining tashabbuskori va ijodkori muhtaram Prezidentimiz I.A.Karimov ta`biri bilan aytganda, “... taraqqiyotimiz va demokratik yangilanish zaminini belgilab beradigan qonunlarni o`z vaqtida qabul qilishimiz, ularga hayot taqozo etayotgan o`zgartirish va qo`shimchalarni kiritishimiz zarurati bugun nechog’li dolzarb ekanini anglash, tushunish qiyin emas”.
Yurtboshimiz I.A.Karimov mazkur Qonun loyihasini tayyorlashning amaliy ehtiyoji, asosiy omillari va sabablarining quyidagi jihatlariga e`tibor qaratadi:
Birinchidan, yurtimizda olib borilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish va davom ettirish maqsadida amalda o`zini oqlagan bosqichma-bosqich rivojlanish yo`lida izchil borib islohotlarning bir bosqichi oxiriga etishi bilan ularni yangi bosqichga ko`tarish zaruratini ta`kidlash lozim.
Ikkinchidan, mustaqillik davrida siyosiy partiyalarning amaliy tajribasi, siyosiy nufuzi ortgani va ancha pishib etilganini hisobga olgan holda, ularning faoliyat samaradorligini oshirish va hayotimizda hal qiluvchi siyosiy kuchga aylantirish uchun qonuniy yo`l-yo`riqlarni yaratib berishni bugun zamonning o`zi talab qilayotganini qayd etish zarur.
Uchinchidan, hozirgi kunda xalqimizning siyosiy etukligi va ijtimoiy faolligi tobora ortib borayotganini inobatga olishimiz va shunga qarab siyosat olib borish zaruratini unutmasligimiz kerak.
Shu ma`noda taklif etilayotgan Qonun loyihasidagi barcha moddalar milliy davlatchiligimiz negizlarini mustahkamlash, jamiyatimizni demokratlashtirish va liberallashtirish, barqaror taraqqiyot kafolatini ta`minlash va shu asosida iqtisodiyotimizning o`sish sur`atlari va xalqimizning hayot darajasini izchillik bilan ko`tarib borishdek ezgu maqsadlarga xizmat qilishi muqarrar.
Davlat boshqaruvida siyosiy partiyalarning konstitutsiyaviy huquqiy asoslarini mustahkamlash zaruriyati va ahamiyatini tizimli tahlil etish quyidagi xulosalarni chiqarishga yordam beradi:
milliy huquqiy tizim nuqtai nazaridan siyosiy partiyalar huquqi institutini rivojlantirish barobarida eng muhim davlat qarorlari qabul qilinishida siyosiy partiyalar va boshqa fuqarolik jamiyati institutlarining roli va ta`sirini kuchaytirishni taqozo etadi.
siyosiy partiyalarning qonun loyihasini muqobil tahririni kiritishning konstitutsiyaviy asoslari yaratilishi, ular huquq ijodkorligi faoliyatining samaradorligini oshirishda muhim omil bo`lib hisoblanadi.
mamlakatimizda siyosiy partiyalarning vujudga kelishi va tadrijiy rivojlantirish hamda fuqarolik jamiyatini shakllantirishda uning istiqbolini belgilashning konstitutsiyaviy asoslarini yanada kuchaytirish imkoniyati tug’iladi.
fuqarolarning siyosiy ongi hamda siyosiy faolligini yanada kuchaytirishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini to`laqonli ishga solishga muvaffaq bo`linadi.
siyosiy partiyalarning jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi roli, o`rni va ta`sirini huquqiy vositalar asosida takomillashtirishga erishiladi.
siyosiy partiyalarning o`z elektorati bilan o`zaro munosabatlarining tashkiliy-huquqiy jihatlarini samaradorligini oshirishga keng imkoniyat va sharoitlar yaratiladi.
siyosiy partiyalar fraktsiyalarining parlament faoliyatida ishtirokida ular a`zolarining kasbiy mahorati, amaliy ish ko`nikmasi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish pirovardida ular rolini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Mamlakatni yangilash va demokratlashtirish, O`zbekistonda fuqarolik jamiyatini qurish borasidagi maqsadlarga izchillik bilan erishishda siyosiy partiyalarning davlat va jamiyat qurilishi tizimidagi roli va ahamiyatini tubdan kuchaytirish vazifasi birinchi navbatda saylov jarayonlarida fuqarolarimizning siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirish, aholining xohish-irodasini ifoda etish, ularning markazda va joylarda davlat hokimiyatini shakllantirish masalalarida bevosita ishtirok etishini ta`minlashning hal qiluvchi vositasi sifatida muhim o`rin tutadi.
Jamiyatimizni siyosiy yangilash va isloh etishning hozirgi bosqichida ana shu vazifani amalga oshirish davlat-huquqiy tizimini yanada demokratlashtirish va mamlakatimizni modernizatsiya qilish jarayonida eng ta`sirchan turtki va muhim omil bo`lishiga shubha yo`q.
Demokratik davlat qurish, fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va fuqarolarning erkinliklarini ta`minlash, iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga erishish borasida tarixan uzoq yo`lni bosib o`tgan xorijiy mamlakatlarning boy tajribasi va qo`lga kiritgan yutuqlari aynan shundan dalolat beradi.
Bu vazifani o`z vaqtida kun tartibiga qo`yish zaruratini, avvalo, jamiyatimizni bosqichma-bosqich isloh etish va yangilash bo`yicha biz tanlagan taraqqiyot modeli talablari, mustaqillik yillarida siyosiy partiyalar tomonidan to`plangan tajriba taqozo etmoqda. Mamlakatimizda aholining tobora o`sib borayotgan siyosiy ongi va faolligi barchamizni shunga da`vat etmoqda.
Xalqimiz uchun nomaqbul bo`lgan eski mustabid tizimdan bugun biz barpo etayotgan inson, uning huquq va erkinliklari, qadr-qimmati va e`tiqodi eng ustuvor tamoyil hisoblangan ozod jamiyat sari O`zbekiston bosib o`tgan og’ir va murakkab yo`lni tanqidiy baholar ekanmiz, mamlakatimiz kelajagini belgilab beradigan davlatchilik va yangi jamiyat poydevorini shakllantirish bo`yicha tanlagan milliy taraqqiyot modelimiz nechog’li to`g’ri ekanini uzil-kesil ta`kidlash uchun barcha asoslarga egamiz.
Demokratik ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, aholimizning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish va mahalliy vakillik organlari rolini kuchaytirish, qonun ijodkorligi jarayonini takomillashtirish va hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud tarmoqlari o`rtasida o`zaro mutanosiblik va muvozanatni saqlash bo`yicha samarali tizim yaratish maqsadida mamlakatimizning qonun chiqaruvchi oliy organi O`zbekiston Respublikasining ikki palatali Oliy Majlisiga aylantirildi.
Bugun shuni ishonch bilan aytish mumkinki, ikki palatali Oliy Majlisning bir yarim yil davomidagi faoliyati parlament islohoti o`z vaqtida va puxta o`ylab amalga oshirilganidan dalolat bermoqda.
Natijada so`nggi yillarda qonun chiqaruvchi hokimiyat — mamlakat parlamentining, shuningdek, siyosiy partiyalarning demokratik o`zgarishlarni amalga oshirishdagi roli va ta`siri ancha ortgani sezilmoqda. Qonunchilik palatasida siyosiy partiyalar fraktsiyalarining faoliyati tobora jonlanmoqda, fraktsiyalararo kurashlar kuchaymoqda va bu holat siyosiy partiyalar nufuzining hamda qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining sifati oshishiga ijobiy ta`sir ko`rsatmoqda.
Siyosiy tajriba orttirish va siyosiy etuklikka erishish, eng muhimi, moliyaviy mustaqillik, jamiyatda o`z o`rnini topish, o`zining barqaror elektoratiga tayanish - bu, shak-shubhasiz, bugungi kunda siyosiy platformasi va yo`nalishidan qat`i nazar, mamlakatimizda barcha partiyalar bosib o`tayotgan yo`ldir.
Ayni vaqtda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish zarurati fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligini yanada oshirishni, demokratik huquqiy davlat qurilishi, ijtimoiy taraqqiyotning bugungi real holati va talabini hisobga olgan holda, siyosiy partiyalarning davlat va jamiyat hayotida tutgan o`rni va rolini kuchaytirishga qaratilgan yangi qarorlar qabul qilishni, inson manfaatlari, aholining xohish-irodasi hamda fikrlarini inobatga olishni taqozo etmoqda.
Bugun hayotning o`zi oldimizga dolzarb qilib qo`yayotgan ana shu talablardan kelib chiqqan holda, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritilayotgan qonun loyihalarining eng muhim maqsadlari quyidagilarda namoyon bo`ladi:
jamiyatimiz hayotida ijtimoiy va siyosiy faollikni yanada oshirishni talab etmoqda. Faqat xalq irodasiga, fuqarolarning o`tkazilayotgan islohotlardagi faol ishtirokiga, ularning yurtimizda amalga oshirilayotgan tub o`zgarishlarni tushunishi va qo`llab-quvvatlashiga tayangan holda, mamlakatni yangilash va modernizatsiya qilishning maqsad va vazifalarini ro`yobga chiqarish mumkin.
mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy islohotlarni hamda siyosiy, iqtisodiy va gumanitar qurilishning maqsadli vazifalarini bajarishda, ijro etuvchi hokimiyat tomonidan ichki va tashqi siyosatni amalga oshirishda siyosiy partiyalarning tashabbuskorligi, roli, ta`siri hamda mas`uliyatini kuchaytirish zaruriyatini keltirib chiqarmoqda.
hokimiyatning vakillik va ijro etuvchi organlarini shakllantirishda siyosiy partiyalar va harakatlarning faol ishtiroki uchun zarur tashkiliy-huquqiy sharoitlar yaratish lozim.
Bu borada markazda va joylarda ijro etuvchi organlarni tashkil qilishda hokimiyatning qonun chiqaruvchi va vakillik organlaridan o`rin olgan siyosiy partiyalar, shuningdek, deputatlar mustaqil guruhlarining bevosita ishtirok etishi hamda shu tariqa o`z dasturiy maqsadlarini amalga oshirishi masalasiga muhim amaliy va harakatlantiruvchi omil sifatida jiddiy e`tibor qaratishni taqozo etmoqda.
Hukumat tuzilmalarining, markazdagi va joylardagi davlat hokimiyat organlarining mamlakat parlamentida o`z vakillariga ega bo`lgan siyosiy partiyalar, mahalliy vakillik organlaridagi partiya guruhlari oldida hisob berishini belgilab beradigan va ta`minlaydigan samarali huquqiy mexanizmlarni yaratish nazarda tutilmoqda.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining siyosiy partiyalar, hokimiyatning vakillik organlarida ozchilikni tashkil etadigan muholifat shaxslarning huquqlari, erkinliklarini kamsitishga hech kim haqli emasligi haqidagi qoidani o`z ichiga olgan 34-moddasi rivojlantirilgan holda, mamlakat parlamentidagi ko`pchilik yoki muholifat sifatida tashkil etilgan fraktsiyalar, ularning bloklari haqidagi tushunchalar milliy qonunchilikka kiritilishi katta ahamiyatga ega ekanligini ta`kidlash joizdir.
Qonun loyihasidagi siyosiy partiyalar fraktsiyalari va ularga qo`shilgan mustaqil deputatlar faoliyatini baholash printsiplari va mezonlari demokratik davlatlarning umume`tirof etilgan tajribasidan kelib chiqadi. Ya`ni, demokratik davlatlarda mamlakat parlamentiga saylovlarda ishtirok etayotgan u yoki bu siyosiy partiya o`zining dasturiy maqsadlarini yangitdan shakllantirgan hukumatning qanday yo`lni (kursni) tanlashi, uning o`z oldiga qo`ygan mo`ljali va maqsadli vazifalariga o`z munosabatini bildirgan holda belgilaydi.
Bu borada ayrim xorijiy mamlakatlar davlat-huquqiy, siyosiy tizimida yangitdan saylangan parlamentda mutlaqo ko`pchilik o`rinni egallagan partiyaning hukumatni shakllantirish huquqini qo`lga kiritishi va uning etakchisi yoki vakili Bosh vazir lavozimiga da`vogarlik qilishini nazarda tutadigan tajriba ham mavjud. Bunday model’ demokratik rivojlanishning uzoq yo`lini bosib o`tgan va elektorati etarli darajadagi yuksak siyosiy va ijtimoiy tafakkurga ega bo`lgan davlatlardagina qo`llaniladi.
Ana shunday davlatlarda bir necha bor o`z hukumatini shakllantirgan partiya parlamentdagi ko`pchilik o`rinni yo`qotishiga qaramasdan, "norasmiy hukumat"ini saqlab qolaveradi va u zarur bo`lgan paytda mamlakat kelajagi uchun mas`uliyatni o`z zimmasiga olishi mumkin.
Bunday shart-sharoit mavjud bo`lmagan yoki hali yaratilmagan mamlakatlarda bunday model’ odatda urug’-aymoqchilik, mahalliychilik, korruptsiya va jinoiy guruhlarning maydonga chiqishiga olib kelishi mumkin va buni shunday jarayonlar yuz bergan ko`pgina davlatlar tajribasi ham tasdiqlaydi.
Siyosiy partiyalar fraktsiyalarining Oliy Majlis quyi palatasi faoliyatini tashkil etishdagi rolini kuchaytirish maqsadida qonun loyihasining 3-moddasida "Siyosiy partiyaning Qonunchilik palatasida tuzilgan fraktsiyasi o`z vakili Qonunchilik palatasi Spikeri o`rinbosari lavozimlaridan birini egallashida kafolatli huquqqa ega" bo`lishi belgilangan. Bu norma Qonunchilik palatasi Spikerining o`rinbosarlari o`z vazifasini bajarish davrida siyosiy partiyaga a`zolikni to`xtatib turishi hamda fraktsiya va boshqa deputatlar birlashmasi tarkibiga kirishi mumkin emasligi haqidagi amaldagi tartibni ("O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to`g’risida"gi Konstitutsiyaviy Qonunning 15-moddasi) tubdan o`zgartirishga asos bo`ladi.
Qonun loyihasi 3-moddasining ahamiyati shundan iboratki, nafaqat Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraktsiyalari vakolatlari va imkoniyatlarini kengaytirish, balki palatada qarorlar qabul qilish jarayonini sezilarli ravishda demokratlashtirish imkoniyatini ham yaratadi.
Qonunchilik palatasida, xalq deputatlari viloyatlar Kengashlarida o`z vakillariga ega bo`lgan siyosiy partiyalarga, shuningdek, fuqarolarning tashabbuskor guruhlari tomonidan saylangan deputatlarga markazda va joylarda ijro organlarini shakllantirish jarayoniga faol ta`sir ko`rsatish imkoniyatini beradigan huquqiy mexanizmlarni yaratish maqsadida qonun loyihasining 4-moddasida ("O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirini tayinlash tartibi") belgilanganidek, "O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining mansabdor shaxslari saylanganidan va organlari shakllantirilganidan keyin bir oy ichida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraktsiyalarining maslahatlashuvlar o`tkazilgandan so`ng O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati tasdiqlashi uchun kiritiladi.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a`zolari umumiy sonining ko`pchilik ovozini olgan nomzod O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri etib tasdiqlangan hisoblanadi".
Agar ovoz berish vaqtida O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi yoki Senatida Qonunchilik palatasi deputatlari yoki Senat a`zolari umumiy sonining ko`pchilik ovozini ololmasa, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti siyosiy partiyalar fraktsiyalari va saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan saylangan deputatlar bilan qo`shimcha maslahatlashuvlar o`tkazganidan so`ng O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga nomzodni yana ikki marta taqdim etish huquqiga ega ekani Qonun loyihasi 4-moddasining 3-qismida belgilab qo`yilganligi diqqatga sazovordir.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi yoki Senati taqdim etilgan O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini uch marta rad etgan taqdirda, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri vazifasini bajaruvchini tayinlaydi, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisini yoki uning palatalaridan birini tarqatib yuboradi. Bu borada Qonunchilik palatasi tarqatib yuborilgan holatda, tarqatib yuborish to`g’risida qaror qabul qilingan kundan e`tiboran uch oy ichida yangi saylovlar o`tkazilishi belgilab qo`yiladi. Bunday tizim va amaliyot ko`plab demokratik mamlakatlarda, xususan Germaniya, Finlyandiya, Ispaniya, Chexiya, Slovakiya, Gretsiya va boshqa davlatlarda mavjud.
Kezi kelganda shuni aytish joizki, amaldagi qonun hujjatlarida siyosiy partiyalarga, ularning parlamentdagi fraktsiyalariga hukumat rahbari lavozimi uchun nomzod belgilash jarayoniga bevosita ta`sir ko`rsatish imkoniyatini beradigan huquqiy mexanizmlar mavjud emas. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 10-bandiga muvofiq mamlakat Prezidenti "O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari ko`rib chiqishi va tasdiqlashi uchun O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini taqdim etadi va lavozimidan ozod qiladi".
Bosh vazir lavozimiga nomzod borasida siyosiy partiyalar fraktsiyalari, deputatlar bilan albatta maslahatlashuvlar o`tkazilishi, uni parlament tomonidan tasdiqlash tartibining joriy etilishi, shuningdek, aniq tartib-taomillarning o`rnatilishi va shu munosabat bilan qarorlar qabul qilinishi Prezidentning vazifalarini aniq-ravshan belgilab beradi hamda huquqiy me`yorlar doirasida cheklaydi. Mazkur tartibning o`rnatilishi siyosiy partiyalarning ijro etuvchi hokimiyat organlarini shakllantirish, davlat qurilishi sohasidagi demokratik islohotlarni chuqurlashtirish borasidagi rolini kuchaytirish yo`lidagi muhim qadamdir.
Hukumat faoliyati ustidan parlament nazoratini kuchaytirish maqsadida qonun loyihasi 5-moddasining "g" bandida O`zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraktsiyalarining tashabbusiga binoan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilangan tartibda lavozimidan ozod qilinishi mumkinligi to`g’risidagi norma ifodasini topgan. Mazkur normaga ko`ra, agar zarur asoslarga ega bo`lgan bunday tashabbusni parlamentning etakchi siyosiy partiyalar fraktsiyalari qo`llab-quvvatlasa va Prezident tomonidan ovozga qo`yilganda Qonunchilik palatasida ham, Senatda ham deputatlar va Senat a`zolari umumiy sonining uchdan ikki qismidan ko`prog’ining ovozini olsa, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni lavozimidan ozod qilish to`g’risida qaror qabul qiladi.
Siyosiy partiyalarning joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy vazifalarni hal etishdagi rolini, hokimiyatning mahalliy vakillik organlarini shakllantirishdagi ta`sirini kuchaytirish maqsadida qonun loyihasining 6-moddasida ("Viloyat, Toshkent shahar hokimini tayinlash va tasdiqlash tartibi") "Viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodlari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlaridagi partiya guruhlarining har biri bilan maslahatlashuvlar o`tkazilganidan so`ng tegishli xalq deputatlari Kengashlariga tasdiqlash uchun taqdim etiladi" deb belgilab qo`yilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |