«ijtimoiy-madaniy faoliyat» kafedrasi «ijtimoiy madaniy faoliyat tarixi va nazariyasi» fanidan


-Mavzu: Ijtimoiy-madaniy faoliyat ob'ektlari: siyosiy partiyalar



Download 497,07 Kb.
bet70/151
Sana03.09.2021
Hajmi497,07 Kb.
#163119
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   151
Bog'liq
�ijtimoiy-madaniy faoliyat� kafedrasi �ijtimoiy madaniy faoliyat

15-Mavzu: Ijtimoiy-madaniy faoliyat ob'ektlari: siyosiy partiyalar

Reja:

  1. O‘zbekiston Respublikasida siyosiy partiyalar faoliyatining nazariy-huquqiy asoslari.

  2. O‘zbekiston Respublikasida ko‘ppartiyaviylik tizimni shakllanishi

  3. O’zbekiston Respublikasida demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilish jarayonida siyosiy partiyalar ishtiroki


Tayanch so’z va iboralar: siyosiy partiyalar, modernizatsiya, Ijtimoiy-madaniy faoliyat ob'ektlari, huquqiy asos, demokratik islohotlar.
O‘zbekiston Respublikasida siyosiy partiyalar faoliyatining nazariy-huquqiy asoslari. Jamiyatni yangilash va demokratlashtirish sharoitida siyosiy partiyalarning davlat boshqaruvida rolini oshishi fuqarolik jamiyatining bu muhim institutining faoliyat yuritishi uchun har tomonlama shart-sharoit yaratib berilayotganligi bu borada davlat siyosatining izchil amalga oshirilayotganligining dalolatidir. Mustaqillikning dastlabki yillaridayoq fuqarolik jamiyati sub`ektlari faoliyatiga hamda davlat va jamiyat hayotida fuqarolarning ishtirokini huquqiy ta`minlashga alohida e`tibor berilgan. Avvalo, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining bir qator normalari (12, 32, 33, 34, 35, 56, 57, 58, 59, 60, 61, 62-moddalari) bunga yaqqol misol ekanini ta`kidlab o`tish o`rinlidir.

Binobarin, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 56-moddada belgilanishicha, O`zbekiston Respublikasida qonunda belgilangan tartibda ro`yhatdan o`tkazilgan kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalari jamoat birlashmalari sifatida e`tirof etiladi. Konstitutsiyaning 34-moddasida esa, O`zbekiston Respublikasi fuqarolari kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga egaligi to`g’risidagi qoida belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining "Jamoat birlashmalari" nomli XIII bobining 60-moddasida siyosiy partiyalarga quyidagi ta'rif berilgan: Siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydilar va o‘zlarining demokratik yo‘l bilan saylab qo‘yilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar. Siyosiy partiyalar o‘z faoliyatlarining moliyaviy ta'minlanish manbalari hakida Oliy Majlisga yoki u vakil qilgan organlarga belgilangan tartibda oshkora hisobotlar berib turadilar.

Bundan tashqari, so`nggi yillarda siyosiy partiyalar faoliyatini huquqiy tartibga soluvchi qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan bo`lib, ular jumlasiga: O`zbekiston Respublikasining “Siyosiy partiyalar to`g’risida”gi (26.12.1996-y.), “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to`g’risida”gi (30.04.2004-y.),“Fuqarolarning saylov huquqlarining kafolatlari to`g’risida”gi, “Nodavlat notijorat tashkilotlari to`g’risida”gi (14.04.1999 y.) «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi (1992-yil 14-iyun), «Jamoat tashkilotlari to‘g‘risida»gi (1992-yil 15-fevral), «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi (1992-yil 14-iyun),«Kasaba uyushmalari, ular faoliyatining huquqlari va kafolatlari to‘g‘risida»gi (1992-yil 2-iyul) qonunlar va boshqa bir qancha qonun hujjatlari qabul qilindi. O`zbekistondagi har bir partiya o`z dasturiy qarashlar va maqsadlarini ro`yobga chiqarish uchun barcha huquqiy asos va qonuniy kafolatlarga ega.

Darhaqiqat, mustaqillik yillarida mamlakatimizda siyosiy partiyalar, liyushma va harakatlarning erkin faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur bo‘lgan barcha shart-sharoitlar va huquqiy asoslar yaratildi.

«Siyosiy partiyalar to‘g‘risida»gi Qonunda shunday deyilgan: “Siyosiy partiyalar O‘zbekiston Respublikasi fuqorolarini qarashlar manfaatlar va maqsadlar mushtarakligi asosida tuzilgan, davlat xokimiyati vakillik organlarini shakllantirishda jamiyatning muayyan qismining irodasini ro‘yobga chiqarishga intiluvchi hamda o‘z vakillari orqali davlat va jamiyat ishlarini idora etishda qatnashuvchi ko‘ngilli birlashmadir.”

Har bir partiyaning o`z dasturiy g’oyalarini hayotga tatbiq etish jarayonida milliy istiqlol mafkurasining asosiy tamoyillariga amal qilishi siyosiy hayotning bosh mezonidir. Chunki xalq manfaatlari, istiqlol g’oyalari, qaysi siyosiy va mafkuraviy kuchga mansubligidan qat`i nazar, barcha yurtdoshlarimiz uchun muqaddasdir.

Shuni e`tirof etish kerakki, O`zbekistonda ko`ppartiya­viylik sodir bo`lgani voqelikdir. Sobiq sho`ro hukumatining qurolli istilosi natijasida Turkistonda XX asrning 20-yillarida ta`qibga olinib, tugatilgan “Turon", “Ittixodi taraqqiy", “Birlik", “Sharq ozodligi", “Yosh buxoroliklar", “Yosh xivaliklar" kabi ko`plab partiya va ijtimoiy-siyosiy tashkilotlar faoliyat ko`rsatganligi tarixdan ma`lum. Bugun esa, erishilgan milliy mustaqillik tufayli O`zbe­kistonda siyosiy partiyalar yana jamiyatning ijtimoiy-siyosiy tarkibiga, demokratik parlamentning asosiy omiliga aylanib bormoqda. Hozirda mamlakatimizda Xalq demokratik partiyasi, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O`zbekiston liberal-demokratik partiyasi faoliyat ko`rsatmoqda.

SSSR parchalangach, uning hududida tashkil topgan boshqa mustaqil mamlakatlar qatori O`zbekistonda ham partiyalarning asta-sekin rivojlanishiga imkoniyat yo`q edi. Buning natijasida partiyalarga kommunistik tuzum emirilishi bilanoq saylovlarda ishtirok etishga to`g’ri keldi. Mavjud partiyalar O`zbekiston  Respublikasi Konstitutsiyasi va Oliy Majlisning 1996 yil 26 dekabrda kuchga kirgan “Siyosiy partiyalar to`g’risida”gi qonuni asosida o`z faoliyatlarini amalga oshiradilar. Siyosiy partiya tuzish uchun kamida sakkizta xududiy sub`ektda (viloyatda), shu jumladan, Qoraqalpog’iston Respublikasi va Toshkent shahrida yashaydigan hamda partiyaga birlashish istagida bo`lgan kamida besh ming fuqaroning imzosi bo`lish talab etiladi. Partiya O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro`yxatga olingach, yuridik shaxs maqomini oladi. Mintaqaviy partiyalar tuzilishiga yo`l qo`yilmaydi. Chunki turli mintaqaviy partiyalarning mavjud bo`lishi yagona mamlakatning bo`linib ketish havfini tug’diradi.

O`zbekistonda:

- Konstitutsiyaviy tuzumni zo`rlik bilan o`zgartirishni maqsad qilib qo`yuvchi;

- O`zbekiston Respublikasi suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning Konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi;

- urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ’ib qiluvchi;

- xalqning sog’ligi va ma`naviyatiga tajovuz qiluvchi;

- milliy va diniy ruxdagi partiyalarni tuzish va ularning faoliyat ko`rsatishi taqiqlanadi.

Shuningdek, ushbu qonunning 4-moddasiga ko`ra sud`yalar, prokurorlar va prokuratura tergovchilari, ichki ishlar organlari, milliy xavfsizlik xodimlari, harbiy xizmatchilar siyosiy partiyalarga a`zo bo`la olmaydilar. Chunki, ushbu soxa xodimlari partiya a`zolari qo`llab-quvvatlaydigan muayyan g’oyalar, mafkuralar asosida emas, balki Konstitutsiya va u asosida ishlab chiqiladigan qonunlar asosida o`z vazifalarini bajaradilar. Bundan tashqari demokratik davlatda biror bir mafkura davlat mafkurasi sifatida tan olinmasligi ham bu moddaning mantiqan to`g’ri qabul qilinganligini ko`rsatadi.

Noekstremistik partiyalar o`rtasidagi madaniyatli raqobatga asoslangan partiyaviy tizim biz qurayotgan huquqiy demokratik jamiyat taqdirida ulkan rol’ o`ynaydi. Shu munosabat bilan Prezident I. A. Karimov “Modomiki, biz demokratik jamiyat qurmoqchi ekanmiz, jamiyatimizda albatta ko`ppartiyaviylik tizimi bo`lishi kerak... Ko`ppartiyaviylik, avvalo, jamiyatimizda o`z manfaat va qarashlariga ega bo`lgan har qaysi ijtimoiy qatlam va guruhning maqsad va intilishlarini to`liq aks ettirishi kerak. Chunki hayot bor ekan, inson bor ekan, har qaysi toifa o`zining manfaatlarini qandaydir yo`llar bilan amalga oshirishga harakat qiladi, bu hayotni qanday tashkil etish lozim, inson, oila qanday sharoitda tinch va baxtli yashashi mumkin, degan masalalar atrofida fikr yuritadi, kerak bo`lsa, qonuniy yo`llar bilan o`z maqsadiga erishishga intiladi... Shuning uchun ham har qaysi partiya —xalqning ma`lum qatlami manfaatlarini ifodalovchi siyosiy kuch, desak, ayni haqiqat bo`ladi”, — deb ta`kidlaydi.

Shu jihatdan O`zbekiston Respublikasining “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to`g’risida”gi Konstitutsiyaviy qonuni ko`ppartiyaviylik tizimini rivojlantirishda muhim qadam bo`ldi. Chunki, demokratik davlatlarda mamlakat parlamentiga saylovlarda ishtirok etayotgan u yoki bu partiya o`zining dasturiy maqsadlarini yangidan shakllantirgan hukumatning qanday yo`lni (kursni) tanlashi, uning o`z oldiga qo`ygan mo`ljali va maqsadli vazifalariga o`z munosabatini bildirgan holda belgilaydi. Yangidan saylangan parlamentda mutlaqo ko`pchilik o`rinni egallagan partiya hukumatni shakllantiradi, uning etakchisi yoki vakili esa Bosh vazir lavozimiga da`vogarlik qilish huquqini qo`lga kiritadi. Parlamentda ko`pchilik o`rinni egallashga muvaffaq bo`la olmagan partiya esa „norasmiy hukumat"ini saqlab qolaveradi va u zarur bo`lgan paytda mamlakat kelajagi uchun mas`uliyatni o`z zimmasiga olishi mumkin.

Darhaqiqat, “partiya” atamasi lotincha “parts” so`zidan olingan bo`lib, “qism, bo`lak” degan ma`nolarni anglatadi. Siyosiy partiya deganda fuqarolarning muayyan siyosiy maqsadlar atrofida birlashgan va muayyan siyosiy tashkilotlarga uyushgan qismi, bo`lagi tushuniladi.

O`rta asrlardagi siyosiy partiyalar jamiyatda ziddiyatlar kuchayganda, feodallar va boshqa sinflar o`rtasida yuzaga kelgan ijtimoiy kelishmovchiliklar sharoitida vujudga kelgan.

Zamonaviy ma`nodagi siyosiy partiyalar ma`lum bir ijtimoiy guruhning manfaatlarini uyushgan va izchil tarzda ifoda eta oladigan vakillik sifatida XVII—XVIII asrlardagi ingliz va frantsuz burjua inqiloblar davrida shakllandi.

O`zbekistonda siysiy harakatlar XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida milliy ozodlik harakatlari jadidchilik ko`rinishida ro`y bera boshladi. Jadidlar mafkurasi o`ziga xos edi. Ular o`sha paytlarda dunyoga keng tarqalishga ulgurgan Evropa madaniyati va rivojlanish g’oyalarini rad qilar, shu bilan birga YAngi paydo bo`lgan sotsializm va sotsial demokratik qarashlarga qo`shilmas, bu har ikkala Oqim ham Turkistonning kelajagi uchun havfli ekanligini teran isbotlashga harakat qiladi. Jadidlar o`z mafkuralari asosiy mezonlarini ijtimoiy adolat, milliy meros, turkchilik va milliy mustaqillik kabi qadriyatlar asosida shakllantiradilar. Shu bilan birga ular ma`naviy-madaniy va ma`rifiy hayotni yangilashga, xalq turmush tarziga Fan va texnika yutuqlarini olib kirishga, diniy jaholat, bid`at va mutaassibilikka, shuningdek qoloqlikka barham berishga intilar edilar.

Jadidlarning xalqni milliy uyg’onishi, mustaqillik uchun kurash g’oyalarining shakllanishida, shuningdek, uning ma`daniy-ma`rifiy qarashlarini boyitishda Mahmudxo`ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Munavvar Qori Abdurashidxonov, Ubaydullaxo`ja Asadullaxo`jayev, Abdulla Avloniy, Abdulhamid Cho`lpon kabi taniqli ziyolilarning yo`lboshchilik faoliyati beqiyosdir.

Partiya tushunchasi u yoki bu mamlakatining ijtimoiy-siyosiy tarixi, rivojlanish darajasi an`analariga muvofik turlicha talqin qilinadi. Fuqarolik jamiyatining xozirgi zamon talablaridan kelib chiqib, partiya tushunchasning u yoki bu talqinlariga to`xtalib o`tamiz. Ingliz siyosiy arbobi Jon Bolingbrok «Partiyalar xaqida fikrlar asari»ni 1735 yilda yozgan edi. Bolingbrok «Partiya avvalam bor korruptsiyaga Qarshi kurashishi uchun kerak, partiyaning bosh vazifasi xalqning korruptsiya tizimiga Qarshi birlashtirishdir» deb tushuntiradi va partiyaning millatning ovozi deb tushuntiradi Shuningdek, u partiya hukumat faoliyati ustidan parliament nazoratini tashkil qilish lozim degan fikrni ham bildirgan edi. Hozirgi davrgi eng yaqin partiya tushunchasini M. Veber ochib bergan edi: «Partiyalar a`zolikka qabul qilishning ixtiyoriyligiga asoslangan, o`z oldiga faol a`zolariining moddiy foyda yoki shaxsiy imtiyozlar olish uchun ma`naviy va moddiy sharoitlar yaratish hamda o`z rahbariyati uchun siyosiy hokimiyatni egallash maqsadini qo`ygan jamoat tashkilotidir».

Zamonaviy siyosiy partiyalarning paydo bo`lishi Evropada XIX asrning ikkinchi yarmiga to`g’ri keladi. Birinchi ommaviy siyosiy partiya sifatida paydo bo`ldi.

O`tgan tarixiy davrlar tajribasi partiya tashkil qilishning to`rt belgisi borligini ko`rsatdi:

Har qanday partiya u yoki bu mafkura yoki dunyoqarash tashuvchisi yoki uning kamida Dunyo va insonni bilish va anglashning o`z yo`liga ega bo`lishidir.

Partiya bu–siyosatning barcha darajalarida mazalliydan to xalqaro bosqichlar buginlarida faoliyat ko`rsatayotgan a`zolarining birlashmasi tashkiloti bo`lishi lozim.

Partiyaning maqsadi – hokimiyatni egallash va uni amalga oshirish ekanligi.

Har bir partiya unga ovoz berishdan tortib to mazkur partiyaga faol a`zo bulishgacha bulgan jarayonlarda xalq tomonidan qo`llab quvvatlanishiga erishish uchun harakat kiladi.

Sotsiologiya jihatlarga yondoshganda partiyalarning eng asosiy ahamiyati bu - kishilarning bir birlari bilan birlashishi, ular manfaatlari va extiyojlarining qondirilishi, inson huquqlarining teng huquqli sub`ekt sifatida siyosiy tizimdan o`ziga munosib joy olishidir. Partiya faoliyatini harakatga keltiruvchi kuchlar, bu xalq hamda turli guruhlarining maqsad va manfaatlari, ideallari, qadriyatlari, orzu hayollari va mafkuralaridir. Umuman olganda partiyalar manfaatlar guruhlarining eng ahamiyatlisidir, ya`ni u manfaatlarning hokimiyatga dahldor bo`lgan qismini rasmiylashtiradi, a`zolarining manfaat va ehtiyojilarini davlat institutlariga etkazib turadi. Shuningdek, xalq ommasi partiya vositasidagina o`zining guruhiy manfaat va talablarini hokimiyatga etkaza oladi. Partiyalar hokimiyat siyosiy yo`lini o`z manfaatlariga moslashtirish yoki o`z muqobil to`g’ri kelmagan o`zgarishlarga e`tirozlar bildirish maqsadida uni tanqid qilib turish ham mumkin. Siyosiy partiyalar ilg’or mamlakatlarda bir necha yuz yillardan beri demokratiyaning asosiy instituti sifatida foydalanib kelinadi.

Ammo, Sobiq Ittifoq davrida siyosiy partiya butun hokimiyatni egallab olib, partiyaga xos bo`lmagan funtsiyalarni bajargan edi. Partiya qandaydir oliy hakamlik vazifasini bajarib keldi.

Har qanday partiyaning faoliyati uni qo`llab – quvvatlayotgan guruh manfaatlaridan kelib chiqqan holda siyosiy hokimiyatni qo`lga kiritish va undan foydalanishdan iborat. shundan kelib chiqqan holda siyosiy partiyalarning quyidagi funksiya larini ko`rsatishimiz mumkin:

Mafkuraviy funksiya – shu partiyaga birlashgan kishilar va ular tarafdorlarining manfaatini ifodalaydi. Bu funksiya ning natijasi sifatida g’oyaviy nazariy ta`limot vujudga keladi. Bu ta`limot partiya faoliyati asosida yotuvchi tartibga solingan printsiplar, g’oyalar, qadriyatlar, maqsadlar majmuidir.

Partiyaning g’oyaviy, siyosiy nazariyalari uning rahnamolari va siyosiy institutlar tomonidan ishlab chiqiladi, partiya organlari tomonidan qabul qilinadi, hamda partiya programmasi, partiya s`ezdi, konferentsiyalar, referendumlarining karor va rezolyutsiyalarida qayd etiladi.

Partiyaning siyosiy funksiyasi partiyaning hokimiyat uchun kurashda ishtirok etishi, uni amalga oshirishi, siyosiy qarorlar qabul qilinishi va ular ijro etilishini nazorat qilishdan iborat. Partiyaning bu funksiya si, ayniqsa, saylovlar paytida yaqqol namoyon bo`ladi.

Partiyaning tashkiliy funksiyasi uning dastur, nizom va qarorlarining amalga oshirishdan iborat. U partiya organlari va partiya a`zolarining hokimiyat organlari bilan o`zaro ta`sirini tashkil qilish, boshqa ijtimoiy birlashmalar bilan munosabatini muvofiqlashtirish, aholi orasida ish olib borishni amalga oshirishda namoyon bo`ladi.

O’zbekiston Respublikasida demokratik islohotlar natijasida yuzaga kelgan ijtimoiy institu hisoblangan siyosiy partiyalar faoliyatining huquqiy asoslarini quyidagilarda ko‘rish mumkin.

1996 yil 26 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 7-sessiyasida «Siyosiy partiyalar to’g‘risida»gi qonun qabul qilindi (ungacha siyosiy partiyalar faoliyati 1991 yil 15 noyabrda qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to’g‘risida»gi qonun mavjud edi). Yangi qonun 17 moddadan iborat. Bunda Prezidentlik vakolatlarini bajarish davrida siyosiy partiyaga a’zo bo’lmasligi aytilgan.Yangi qonunda quyidagilar siyosiy partiyalarga a’zo bo’lmaydi: sudyalar, prokurorlar va prokuratura tergovchilari, ichki ishlar organlari, militsiya xavfsizligi xizmati xodimlari, xarbiy xizmatchilar, xorijiy dalat fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar. Siyosiy partiya tuzish kamida 8 ta hududiy sub’ekt (viloyat), shu jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahrida yashayotgan hamda partiyaga birlashish istagida bo’lgan kamida 5 ming fuqaroning imzosi bo’lishi talab etiladi. (oldin 5 ta viloyatdan 3 ming imzo to’plasa bo’ldi edi). Siyosiy partiya tuzish tashabbuskorlari kamida 50 kishidan iborat bo’lib, partiya ta’sis hujjatlarini tayyorlashi, ta’sis se’zdi yo konferensiyasini chaqirish bo’yicha tashkil iy qo’mita tuzishlari lozim. Tashkil iy qo’mita tuzilgan kundan boshlab, 7 kun ichida adliya vazirligiga qo’mita haqida, rahbariyati haqida xabardor qilishi lozim. Tashkil iy qo’mita 3 oy faoliyat ko’rsatish mumkin. S’ezd yoki konferensiya chaqirish lozim. Bunda partiya Ustavi va dasturi qabul qilinishi aytilgan. Ustav qabul qilingach bir oy ichida o’zR Adliya vazirligiga xabardor qilishi kerak. Adliya vazirligi hujatlarni 2 oy ichida ko’rib chiqadi. Ro’yxatdan o’tsa ommaviy axborat orqali e’lon qilinadi. Siesiy partiya xar yili barchaning e’tibori uchun o’z byudjetlarini e’lon qilib boradi. Bu xaqida Oliy Majlis yo vakolat beruvchi organga xisobat taqdim etadi. Xozirgi vaqitda Adliya vazirli ro’yxatidan o’tib mamlakatimizda foliyat ko’rsatayotgan 5 ta siyosiy partiyalar mavjud.

2004 yil 30 aprelda O’zR Oliy Majlisi 14-sessiyasida «Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to’g‘risida»gi qonunni qabul qildi. Barcha demokratik davlatlarda bo’lganidek, bizda ham partiyalarning o’zaro kurashi g‘oya va qarashlarning raqobati, saylovchilar ovozi uchun kurash bo’lishi shart. Endilikda bu harakatlarni amalga oshirishda davlatning o’zi moliyaviy jihatdan ta’minlashi qonunan hal etildi. Bu masala siyosiy kasb etadi. Bu qonun o’zida partiyalar moddiy manbalarni aniq ko’rsatadi. Partiyaning moliyaviy faoliyati barchaning ko’zi oldida ochiqligini, mablag‘lari qaysi yo’llar orqali kelayotganini ko’rsatadi. Shu bilan moliyaviy huquq buzarlik uchun yuridik javobgarlikni keltirib chiqaradi.

Hozirgi kunda jahonda partiyalarning moliyaviy manbalari 3 guruhga bo’linadi; partiyalarning o’z mablag‘lari, yuridik va jismoniy shaxslarning hayriya ehson va ixtiyorlari badallari hamda davlat tomonidan moliyalashtirishdan iborat.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 16 martdagi 86-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Siyosiy partiyalarning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini davlat tomonidan moliyalashtirish tartibi to’g‘risida»gi Nizom va boshqa shu sohada qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar bilan siyosiy partiyalar faoliyati tartibga solinadi.

2007 yil 11 aprelda Prezident imzosi bilan “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to’g‘risida” qonun qabul qilindi (Bu qonunni Oliy Majlis qonunchilik palatasi 2007 yil 28 fevralda qabul qilgan, Senat tomonidan 2007 yil 29 martda ma’qullangan. Qonun 2008 yil 1 yanvaridan kuchga kirgan). Modernizatsiyalash – yangilash, milliy zamonaviylashish ma’nosini bildiradi.

Prezident Islom Karimov tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritilgan «Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to’g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun va “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga (89-moddasiga, 93-moddasining 15-bandiga, 102-moddasining ikkinchi qismiga) tuzatishlar kiritish to’g‘risida»gi qonun loyihalari siyosiy tizimni takomillashirishga qaratilgan islohotlarning tadrijiy davomi bo’lib, bu loyiha siyosiy partiya fraksiyasi va mahalliy kengash partiya guruhlarining faolligi, mavqei va ta’sirini kuchaytirish hamda muholifat masalasining huquqiy asoslarini o’z ichiga olgani bois barcha deputatlarda qiziqish uyg‘otdi. 2007 yildan va undan keyingi davrda bu jarayon qonunchilik palatasida haqiqiy oppozitsiya paydo bo’lishiga olib keladi. Bugungi kunda hukmronlik qilayotgan kuchga nisbatan oppozitsiya yo’q. Biz oppozitsiya deganda rasmiy siyosatga qarshi kuchni tushunamiz. Qonunchilik palatasida haqiqiy oppozitsiya paydo bo’lishi lozim (I.A.Karimov).

Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to’g‘risida»gi qonun, jami 8 moddadan iborat. Qonun maqsadining eng muhim xususiyatlari quyidagilardan iborat:

1) Davlat boshqaruini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish bayon etilgan (1-modda).

2) O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari (2-modda) berilgan. Siyosiy partiya fraksiyasi siyosiy partiyalardan ko’rsatilgan deputatlar tomonidan partiya manfaatlarini O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida ifodalash maqsadida tuziladigan va belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazilgan deputatlar birlashmasidir. Parlamentda bir necha siyosiy partiyalar fraksiyalari va saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan saylangan deputatlar ham ko’pchilikni tashkil etishi mumkin. Yangidan shakllantirilgan hukumatning tutgan yo’li va dasturiga yoki uning ayrim yo’nalishlariga qo’shilmaydigan siyosiy partiyalar fraksiyalari, shuningdek, saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan saylangan deputatlar o’zlarini muxolifat deb e’lon qilishi mumkin. Siyosiy partiyalar blokka birlashishi ham mumkinligi aytilgan. Parlamentdagi muxolifat fraksiyalari uchun nazarda tutilgan vakolat huquqlariga ega. Ular Qonun loyihasiga muqobil tahrirni kiritish huquqiga ega.

3) O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o’rinbosalarini saylash tartibi (3-modda) keltirilgan. Qonunchilik palatasi o’z Spikeri va uning o’rinbosarini saylaydi.

4) O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirini tayinlash tartibi (4-modda)da Oliy Majlis to’liq shakllantirilgandan keyin bir oy ichida Prezident tomonidan qayta ko’rib chiqilishi aytilgan.

5) O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirini lavozimidan ozod etish tartibi (5-modda) Prezident tomonidan ko’rib chiqilishi va ozod qilinishi berilgan.

6) Viloyat, Toshkent shahar hokimini tayinlash va tasdiqlash tartibi (6-modda) izohlangan.

7) Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari deputatlarining viloyat hamda Toshkent shahar hokimi faoliyati ustidan nazorat qilish vazifalari (7-modda) qayd etilgan.

2008 yil 1 yanvaridan kuchga kiritilgan. (8-modda)

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qonunchilik tashabbusi tarkibida Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritilgan «Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirishning hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to’g‘risida”gi Qonun fuqarolik jamiyatining ajralmas qismi bo’lgan siyosiy partiyalarning o’rni va ahamiyatini yanada oshiradi.


Download 497,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish