14-Mavzu: O’zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalari faoliyati
Reja:
Milliy matbuot tushunchasi va uning mohiyati.
Mustaqil O`zbekiston taraqqiyotida milliy matbuotning o`rni.
Milliy-madaniy qadriyatlarni tiklashda matbuotning o‘ziga xos xususiyatlari
Ommaviy axborot vositalari o‘rtasida matbuotning o`ziga hos o‘rni.
Milliy matbuotda mamlakat ijtimoiy-madaniy hayotidagi voqe`alarning yoritilishi.
Tayanch so‘z va iboralar:Tarbiyaviy usullar, ma'rifiy usullar, hordiq chiqarish,
ijodiy jarayonni tashkil qilish usuli, faollashtirish usuli,tashkiliy usullar, namuna usuli, taqdirlash usuli, ishontirish usuli, tanqid qilish usuli, namoyish qilish usuli, bayon etish usuli, illyustratsiyalashtirish usuli, teatrlashtirish usuli.
Jamiyat taraqqiyotining muayyan bosqichlarida ijtimoiy hodisalarga munosabat xilma xil tarzda namoyon bo`ladi. Xususan, mustaqilligmizning birinchi kunidan boshlab hayotimizning barcha jabhalarida «qadriyatlar», «milliy tiklanish», «milliy ong», «milliy g`urur», «milliy iftixor» kabi tushunchalar tez-tez ishlatiladigan bo`lib qoldi. Bu bejiz emas, zotan, mustaqillik ayni paytda milliy tiklanish hamdir. Uni esa mazkur tushunchalarsiz tasavvur etib bo`lmaydi. eng avvalo, shuni qayd qilish kerakki, qadriyatlar juda sermazmun va ko`p qirrali tushunchadir. SHuning uchun ham adabiyotlarda mazkur tushunchaning mohiyatini ifodalashda turlicha yondashuvlarni uchratishimiz mumkin. Masalan, «Falsafiy entsiklopediya» ning beshinchi jildida qadriyatlar quyidagicha tavsiflangan: «Qadriyat falsafiy va sotsiologik tushuncha. U, birinchidan, biror ob`ektning ijobiy yoki salbiy qimmatini, ikkinchidan, ijtimoiy ongning normativ, belgilovchi—bag`ishlovchi jihati sub`ektiv qadriyatlar yoki ong qadriyatlarini ifoda etadi. SHunga ko`ra ob`ektiv (ashyoviy) va sub`ektiv (ong) qadriyatlari bir biridan farqlanadi».
Mazkur manbada yozilishicha, tabiiy boyliklar va tabiat hodisalari (bular yaxshilik va yomonlik nuqtai nazaridan baholanadi) mehnat mahsullarining iste`mol qiymati (umuman foydalilik); ijtimoiy hodisalarda mujassamlashgan ijtimoiy ezgulik va yovuzliklar; tarixiy hodisalarning progressiv yoki reakion ahamiyati, hozirgi zamon kishilarining boyligi sifatida namoyon bo`luvchi moziynning madaniy merosi, ilmiy haqiqatning foydali samarasi yoki nazariy ahamiyati, kishilarning hatti harakatlarida ifodalanuvchi milliy-madaniy, yaxshilik yoki yomonlik, tabiiy va ijtimoiy ob`ektlarning hamda san`at asarlarining estetik jihatdan tavsiflanishi, sajdagohlar, diniy ibodat buyumlari va boshqalar ashyoviy qadriyatlarga kiradi .
Avvalo, qadriyatlar deyilganda- voqelikdagi muayyan hodisalarning umuminsoniy, ijtimoiy-milliy-madaniy, milliy-madaniy ahamiyatini ko`rsatish uchun qo`llanadigan tushuncha. Inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo`lgan, millat, elat va ijtimoiy guruhlarning manfaatlari va maqsadlari yo`lida xizmat qilishdagi erkinlik, ijtimoiy adolat, tenglik, xaqiqat, ma`rifat, go`zallik, yaxshilik, xalollik, burchga sadoqatli singari fazilatlar majmui tushuniladi. O`tmishdagi barcha falsafiy ta`limotlarda qadriyatlarning mohiyati va ularning jamiyat taraqqiyotida tutgan o`rni masalasiga katta e`tibor berilib, ular ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning maxsuli, jamiyat ma`naviy kamolotining muhim omili ekanligi ko`rsatib o`tiladi. Qadriyatlar jamiyat taraqqiyotining, moddiy va ma`naviy boyliklar rivojining yakuni, inson kamolotining kelajak uchun ham katta ahamiyat kasb etadigan ijobiy maxsulidir.
Insonning ob`ektiv olamga nisbatan aktiv faoliyati, moddiy va ma`naviy muhit, yashash shart-sharoitlarining rivojlanishi vorislik asosida sodir bo`lib, yangi-yangi qadriyatlarning shakllanishiga, o`tmishdan meros bo`lib o`tganlari esa davr ruxi, yangi ijtimoiy extiyoj talablari asosida rivojlanishiga olib keladi. Buning natijasida ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, manaviy taraqqiyotning imkoniyatlari xam kengayadi. Jamiyat taraqqiyoti jarayonida shakllangan xar qanday xodisa o`tmishda ijobiy ahamiyat kasb etgani uchungina emas, balki kelajak istiqboli uchun yangi imkoniyatlar yaratib berishga qodir bo`lganligi sababli xam qadriyat deb ataladi.
Qadriyatlar olamni bilish va uning amaliy o`zgartirishning muxim omilidir. Xar bir qadriyatning moxiyati taraqqiyot, jamiyat va ruxiy olam xodisalarini bilish, ilmiy umumlashtirish, ijtimoiy va ma’naviy taraqqiyot ta’sir etish imkoniyatlari asosida belgilanadi. Qadriyatlarning ko`pligi, mavzuni, ularni aniqlash va ularga e’tiqod qilish insoning bilish qobiliyati va amaliy imkoniyatlari takomilashib, chuqirlashib, kengayib borayotganini ifodalaydi. YAngi qadriyatlarning yuzaga kelishi insoning ob’ektiv olam, ma’naviyat borasidagi bilimlari vorislik asosida davom etayotganining ifodasidir.
Qadriyatlar inson ma`naviy kamolotining muhim omili bo`lib, xar bir millat rivojlanishidagi tarixiy voqealar, unga ijobiy xisa qo`shgan shaxslar xam milliy qadriyatlar jumlasiga kiradi. Qadriyatlarda ular yuzaga kelgan davrning ruxi, imkoniyatlari, talab va extiyojlari o`zining yaqqol ifodasini topadi. Xar bir qadriyat ma`lum konkret davr, sharoit va extiyojlarning maxsuligina emas, balki uning ko`zgusi xamdir. Qadriyatlarga baxo berishdan oldin ular yuzaga kelgan konkret tarixiy sharoitlar, usha davrlarga xos bo`lgan imkoniyat va extiyojlarni xam bilmoq kerak. Kechagi voqealarni bugungi talab bilan o`lchash mumkin bo`lmaganidek, xar bir qadriyatning ijtimoiy ahamiyatini bilishda muayan tarixiy sharoitlarni xisobga olib yondoshmoq kerak.
“Qadriyatlarning shakllanishi, ularga amal qilish imkoniyatlari kishilar yashagan muxit, tabiy sharoitlar, ishonch usuli, kasb malakalari yoki turmush tarzi bilan xam bog`liqdir.” Umuman olganda, qadriyatlar jamiyat tarixiy taraqiyoti jarayonida shakllangan va rivojlangan, o`tmishida, xozirgi kunda va kelajakda xam ijtimoiy taraqqiyotiga ijobiy ta`sir etadigan, kishilar ongiga singib ijtimoiy ahamiyat kasb etadigan modiy va manaviy boylikdir.
Qadriyatlarga baho berishda jamiyat azolarining umumiy manaviy kamoloti ijtimoiy, miliy ongining etugligi xam katta ahamiyatga ega. Ma`naviy jixatdan etuk shaxs, jamiyat miliy va umuminsoniy qadriyatlarning mazmuni va moxiyatini tug`ri baholash imkoniyatiga egadir. Qadriyatlar va meros tushunchalari uzaro yaqin bo`lsa xam u bir xil ma`noni bildirmaydi. Qadriyat va meros bir-biriga uzviy bog`liq bo`lishiga qaramay, xar qanday meros qadriyat bo`la olmaydi. Meros tushunchasining mohiyati qadriyatga nisbatan kengdir bundan tashqari, qadriyat faqat o`tmishdan qolgan merosgina emas. Xozirgi kun talablari, yangi sharoit va imkoniyatlar asosida shakllanayotgan ijtimoiy, ma`naviy siyosiy xodisalar xam qadriyat xisoblanadi. Xozir O`zbekistonda miliy mafkurasining rivojlantirish uchun kata ishlar olib borilmoqda. Taraqqiyotning xozirgi vazifalari va millat manfatlariga mos keluvchi mafkura yaratilmoqda. Bu mafkuraning yaratishda o`tmish merosidan unumli foydalanilsa xam u yangi davrda shakllangan qadriyat sifatida yuzaga kelmoqda. Meros o`tgan avlodlar tamonidan yaratilgan, bizgacha etib kelgan ijtimoiy – ma`naviy xodisalar madaniy boyliklar, urf odatlar, marosimlar, axloq normalaridir. Meros taraqiyot uchun xam zarur omil bo`lgandagina qadriyat darajasiga kutarila oladi. Meros xozirgi kun uchun xam bo`lgan ahamiyatini bilish-uni qadriyatlar jumlasiga kiritishdir. Ijtimoiy taraqqiyot-doim yangilanib, takomilashib turadigan uzluksiz jarayon ekan, buning negizida muayyan qadriyatlarni baxolash mezonlari xam o`zgarib boradi. Qadriyatlarning baxolashda taraqqiyotning muayyan bosqichida maydonga chiqqan ijtimoiy kuchlarning manfatlari ham ma`lum ahamiyat kasb etadi.
Qadriyatlar o`zining mohiyatiga ko`ra bir necha turga bo`linidai. Jumladan, inson va uning hayoti-eng oliy qadriyat hisoblanadi. Prezidentimiz I.Karimov ta`kidlaganideq «jamiyatni isloh qilish va yangilash bo`yicha ko`p qirrali faoliyatimiz markazida inson, suveren O`zbekistonining fuqarosi turadi. Islohotlarning mazmuni har bir fuqaro shahs sifatida o`zini ko`rsatish imkoniyagiga ega bo`lishiga qaratilgan. Siyosiy va ijtimoiy hayotdagi barcha o`zgarishlar ayni mana shu oliy maqsadga
erishishga, har bir kishining hayotini yaxshiroq, munosibroq, ma`naviy jihatdan boyroq qilishga bo`ysundirilgan». Darhaqiqat, inson yo`q joyda biron narsaning qadr-qimmati xaqida so`zlash bema`nilikdir. SHuning uchun ham inson qadr-qimmatini e`zozlash, uning turmushini yaxshilash, bilimi va madaniy saviyasini o`stirish, sog`lig`ini saqlash xayotini himoya qilish davlatimiz siyosatining asosiy yo`nalishini tashkil etadi. Jamiyatimizda ro`y berayotgan tub o`zgarishlarning, islohotlarning barchasi kishilar hayoti to`q, boy, go`zal bo`lishi, inson o`zini chinakam erkin his etishi, o`z mehnati natijasining, o`z taqdirining, o`z mamlakatining egasi bo`lishini ta`minlashga qaratilgandir. Kishilarning turmush farovonligini oshirish, ularning talab ehtiyojlarini qondirish, ijtimoiy sohani tez sur`atlar bilan rivojlantirish masalasida ham O`zbekistonda juda katta ishlar amalga oshirilmoqda.
Insonning hayotida milliy-madaniy qadriyatlar katta o`rin egallaydi. “Milliy qadriyatlar - murakkab ijtimoiy ruhiy hodisa bo`lib, u millatning tili, madaniyati, tarixi, urf odatlari, an`analarini, jamiki moddiy va ma`naviy boyliklarini, iqtisodiy, ijtimoiy siyosiy hayotining barcha tomonlarini qamrab oladi.”
Milliy qadriyatlar-millat uchun muhim ahamiyatga ega bo`lgan etnik jihat va hususiyatlar bilan bog`liq qadriyat shakllari. Zero milliy qadriyatlar mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlaydigan ma`naviy asoslardan biridir. Xalqimizning asrlardan-asrlarga meros tarzida kelayotgan milliy qadriyatlari uzoq tarixiy jarayonda shakllangan. Ular ona yurtga ehtirom, avlodlar xotirasiga sadoqat, kattalarga xurmat, hayo, andisha kabi xususiyatlarni ustivorligi, boshqa xalqlarnikiga o`xshamaydigan urf-odatlar, rasm-rusumlar, marosimlar va an`analar bilan tavsiflanadi.
Insonning qaysi millatga mansub ekanligi haqidagi tasavvuri faqat g`oyagina emas, balki tuyg`u hamdir. Bu tuyg`u kishida millatning tarixi, ruhiyati, hozirgi holati va xususiyatini tushunish, xis qilish shaklida mujassamlashgan bo`ladi. Insonda milliy ong va g`ypyp bo`lmasa, u o`zining qaysi millatga mansubligini his etmasa, uning milliy qadriyatlarni anglashini tasavvur qilish qiyin. Toki, millatlar, milliy mafkuralar mavjud ekan, milliy munosabatlar ham, milliy his-tuyg`ular ham, milliy qadriyatlar ham saqlanib qolaveradi. Millatni milliy qadriyatlardan maxrum qilishga urinish tarix va insoniyat oldidagi eng katta jinoyatdir. Har bir ruhan sog`lom kishida o`z qadr qimmatini saqlash, o`zini hurmat qilish tuyg`usi mavjud. Har bir millatda ham xuddi shu holatni ko`ramiz. Millatlarning o`z o`zini anglash jarayoni takomillashgan sari milliy manfaatlar ham, milliy qadriyatlar ham kuchayib, mustahkamlanib boraveradi.
Milliy-madaniy qadriyatlarning e`zozlanishi va kuchayib borishi zinhor milliy hudbinlikka, manmanlikka olib kelmasligi kerak SHuning uchun ham bu masalada xushyorlik, nazokat, insof, diyonat, bag`rikengliq sahovat talab qilinadi. Unga ilmiy texnikaviy va intellektual imkoniyatlar, maorif, ta`lim tarbiya, tibbiy xizmat, milliy meros, turli shakllarda namoyon bo`ladigan madaniyat durdonalari, til, adabiyot, san`at, xalq hunarmandchiligi maxsulotlari, noyob tarixiy va madaniy yodgorliklar, arxitektura va hokazolar kiradi.
Muayyan jamiyatdagi har bir millatning ongi ma`naviy qiyofasi o`sha jamiyatning tabiiy, tarixiy sharoitlariga qarab o`zgarib boradi. Millatning ruhiy, ma`naviy qiyofasi mavjud ijtimoiy ong shakllarida o`z ifodasini topadi. Ijtimoiy ongning an`anaviy shakllari har bir millat kishilarning ruhiy, ma`naviy qiyofasi asta-sekinlik bilan o`zgarib borishiga olib keladi. Bunday tarzda ijtimoiy ong shakllarining o`zgarishlari o`z navbatida ko`p millatli jarayonga ham ijobiy, ham salbiy ta`sir ko`rsatishi muqarrardir.
Milliy ong ijtimoiy ong shakllari singari ma`lum davrlarda o`zining nisbiy mustaqilligi tufayli jamiyat asosini tashkil etuvchi bazis va ustqurmaning mohiyatini tubdan o`zgartirib borishga faol ta`sir ko`rsatishi mumkin. Bunga misol tariqasida hozirgi kunlarda sobiq Ittifoqdagi respublikalar hududida ro`y berayotgan keskin o`zgarishlar jarayonini ko`rsatib o`tishimiz mumkin. Ularning hayotida shiddat bilan ro`y berayotgan ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va huquqiy o`zgarishlar qanchalik inqirozli tus olmasin, xalq ommasi ongining, ayniqsa, milliy ongning yangicha shakllanishi anchagina ijobiy tus olmoqda.
Milliy ong va uning shakllanishi, eng avvalo, milliy uyg`onish zamirida boshlanishi tabiiydir. Hozirgi uyg`onish davr taqozosiga ko`ra, taraqqiyotning ob`ektiv ijtimoiy voqeligiga aylanmoqda.
CHunki kishilarning dunyoqarashi, hayotiy xulosalar, bir-birlariga munosabatlar, iroda va xohishlar, milliy turmush tarzlari, milliy rasm-rusumlar, odat va an`analar tufayli shakllanadi va rivojlanadi. SHunday ekan, milliy turmush tarzi va madaniyat ijtimoiy voqelikning tabiiy ifodalashni shaklidir. Milliylikni tan olish – millatga mansub kishilarning ijtimoiy-etnik barqarorligini tan olish demakdir. Milliylikda insoniy va umuminsoniy qadriyatlar muayyan qiyofa va shakl kasb etgan bo`ladi. Milliylikda milliy mansublik ruhi mavjud. Milliy ruhimizdagi milliy tuyg`ularimiz majmui milliy tasavvurlarimiz, kayfiyatlarimizda sodda ong sifatida ifodalanadi. Agar milliy mansublik va uning barcha tomonlari kishilar tasavvurida ilmiy asoslangan bo`lsa, uni biz milliy o`z-o`zini anglash deb tushunamiz. Milliy o`zligini anglash ilmiy-siyosiy tus olsa va ijtimoiy harakat uchun qo`llanma darajasiga ko`tarilsa, biz uni milliy mafkura deb ataymiz.
Milliy onglilikning mohiyatini to`g`ri tushunilmasligi oqibatida, ba`zi hollarda bunday munosabatlar millatchilik illatlariga mubtalo etilmoqda. Millatchilik g`ayriinsoniy illat bo`lib, avvalo o`zga millatlarga, qolaversa o`z millatiga ham xudbinlarcha qarash fojiasidir. Bu o`z millatini va uning manfaatlarini xudbinlik zaminida mutlaqlashtirish yo`lida boshqa millatlarning manfaatlari bilan hisoblashmaydigan, ularni kamsitib, tazyiq etib, ijtimoiy adolatsizliklar tug`diradigan illatdir.
Demak, milliy g`ururni millatchilik bilan almashtirib bo`lmaydi. Milliy g`urur har bir millatga xos bo`lgan xususiyatlarni himoya qilib, ularning kelajak hayotini yuksaltirishiga qaratilgan tabiiy intilishdir. Millatchilik esa bittagina millatning muddaosini himoya etib, bogshqa millatlarning ehtiyojlarini pisand qilmasdan ularning huquq va erkinliklarini chegaralab qo`yishga qaratilgan harakatdir. «Milliy tuyg`u inson uchun tabiiydir, chunki u ota-onalardan meros qilib olingan va bola ota-onasiga butun dunyoga aytgan birinchi so`zida ifodalanadi».
Ma`lumki, milliy tuyg`u tabiiy tuyg`ulardandir. Ayni paytda milliy ma`naviy hayotning juda nozik elementlaridir. Milliy tuyg`ular esa milliy iftixor, milliy harakterning, demakki, milliy-psixologiyaning belgilaridan biri, uning ajralmas qismidir.
Milliy his-tuyg`u, milliy iftixor manfaatlari va xalqparvarlik bilan bog`liqdir. U o`z millatining tarixini, hozirgi ahvoli, milliy psixologiyasi va harakterini ruhiy tushunish, emotsional shaklda idrok etishdir. Biroq his-tuyg`ular, emotsiyalar millatlarning tub manfaatlarini bevosita ifoda qilmaydi. SHuning uchun ham milliy tuyg`u milliy ongdan farqlanadi.
Milliy tuyg`u va kayfiyat millatning jipslashuvi va irodasi namoyon bo`lishida kata rol’ o`ynaydi. Millatning birikishida, ularning milliy qiziqishlari umumiyligi, tarixiy hodisalar, o`tmish madaniyatiga muhabbat, milliy iftixor tuyg`ulari sifatida namoyon bo`ladi.
O`z xalqining ko`p asrlik boy tarixi, ajoyib ma`naviy merosi bilan xaqli ravishda faxrlanishi tuyg`usi, o`tmishni qo`msash emas, balki qadimiy tarixni, xalq yaratgan moddiy va ma`naviy boyliklarni kengroq o`rganish va ochib berish, ularni yangi avlodlar tomonidan ajdodlar merosi sifatida o`zlashtirishni ta`minlashdan iboratdir.
Milliy tuyg`ularning qanchalik qarama-qarshi bo`lib qolishiga qarab milliy qadr-qimmatga bo`lgan e`tiborsizlik shunchalik havfli tus olib boradi.
Bundan xulosa chiqarib aytish mumkinki, milliy his-tuyg`ularni ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va ahloqiy omillarga suyanib milliy mafkura asosida rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. Ma`lumki, milliy qadr-qimmat millatlararo munosabatlarning eng (muhim tomonlaridan biri bo`lib hisoblanadi. SHuning uchun ham mutafakkirlar millatning qadr-qimmatini oddiy so`z bilan kamsitish hech mumkin emasligini qayta-qayta ta`kidlagan edilar. O`zini ko`rsatib turadigan milliy manmanlik, maxdudlik, milliy maqtanchoqlik bilan boshqa millat his-tuyg`ularini kamsitishga olib kelishi mumkin. Bir millatni boshqa millatga maqtash, uning tarixi, madaniyatini ideallashtirish, til va urf-odatlarini haddan tashqari targ`ib etish, albatta, ikkinchi millatning tuyg`ulariga aylanib ketishga olib kelishi mumkin. SHovinistik qarashlarning asosi ham mana shu milliy tuyg`ularning kamsitilishidan yuzaga keladi. SHovinistik kayfiyatning shakllanishi asosan milliy tubanlik, o`z millati manfaatlarini adolatsiz ravishda ortiqcha o`ringa qo`yishdan, boshqa millatlar va mamlakatlarning manfaatlarini hisobga olmaslik, o`z millatini ko`klarga ko`tarish va boshqalarda namoyon bo`ladi. Milliy psixologiyadagi shovinistik hislar oddiy insonlar ongini milliy mahdudlik kabi salbiy tushunchalar bilan zaharlashga, ularning behuda bo`lishiga ham sabab bo`ladi.
Milliy iftixor ham milliy o`z-o`zini anglashning ko`rinishidir. Milliy o`z-o`zini anglashning rivojlanishi bilan milliy iftixor, milliy xis-tuyg`ular namoyon bo`ladi.
Milliy xis-tuyg`alarga ojo`ya yondashish, uni nazar-pisand qilmaslik oqibatida ularning millatchilik tuyg`ulariga aylanib ketishga sabab bo`lishi mumkin. SHuning uchun ham hozirgi milliy tuyg`u masalalariga ko`proq e`tibor berilayotgannligi tasodifiy emas.
Insoniy his-tuyg`ular hayotning ijtimoiy sharoitlari bilan o`zgaradi. Boshqacha aytganda, u ijtimoiy sharoit bilan bog`liq holda namoyon bo`ladi. Milliy tuyg`ularga asir bo`lib qolish qanchalik xavfli bo`lsa, ayni zamonda, ularning e`tiboridan chetda qoldirish ham juda katta xatodir. Ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va ahloqiy omillarga suyanib umuminsoniy tarbiyaviy ishlar keng ko`lamda amalga oshirilayotgan hozirgi sharoitda milliy his-tuyg`ular o`zaro hamfikrlikka, halqlar va xalqlarning ayrim namoyandalari do`stlikning mustahkamlanishiga yordam beradi.
Demokratiya va oshkoralik ilgari keng xalq ommasining ijtimoiy-siyosiy faoliyati rivojlanishiga salbiy ta`sir ko`rsatib kelgan barcha g`oyalarni birin-ketin bartaraf etib, uning ijtimoiy, siyosiy madaniy, ma`naviy hayotining hamma sohalarida faol ishtirok etishi, o`zini ko`rsatishi uchun keng imkoniyatlar ochib bermoqda. Hozirgi paytda ommaning ijtimoiy-siyosiy ongi faoliyati o`sib borayapti. YOzuvchilar,olimlar, inson va dehqonlar, yoshlar, xotin-qizlar, dindorlar, faxriylar, xullas, jamiyatni soqlomlashtirish uchun kurashayotgan kuchlarning harakatga kelganligi Mustaqillik davriga, demokratiya va oshkoralik davriga xos bo`lgan eng noyob hodisadir. Milliy o`zligini anglashning keng tus olayotganligi, respublikamizning siyosiy, iqtisodiy va ma`naviy mustaqilligini amalda ta`minlash uchun astoydil kurash olib borayotganligi va bu sohada erishgan ilk muvaffaqiyatlar milliy uyg`onishdan dalolatdir. Hozir bizda qaror topayotgan ijtimoiy sharoitlar har bir millat va elat uchun ona tabiat va tarix muyassar etgan miqyoslarda o`z kuch-qudratini namoyish etish imkoniyatini yaratmoqda. “Milliy ong va o`zligini anglash yoki bu millatga mansublikni xis qilish, uning tarixi, madaniyati, urf-odat va an`analarini har taraflama chuqur bilish bilangina chegaralanmaydi.”
Milliy o`z-o`zini anglash millatning hozirgi ahvoli, uning oldida echimini ko`tarib turgan muammolarini bilish va ularni hal qilishda faol harakat etishni talab qiladi. Buning uchun yuksak madaniyat, uzoqni ko`ra bilish va donolik, g`oyaviy etuklik va nopoklik, yangicha fikrlash imkoniyatlaridan, jamiyat taraqqiyotini jadallashtirib, ahvolining farovon hayot kuchirishi uchun zamin yaratish yo`lida foydalanish bilish kerak. SHuningdek, milliy o`z-o`zini anglash millatning kelajak istiqbolini ham ko`ra bilishni talab qiladi. Bu ham kishalarning milliy ongi o`sishi, tafakkurlash madaniyati darajasi bilan uzviy bog`liqdir. Ma`rifatli, yuksak madaniyatli inson bugungi kun extiyojlarini qondirish uchungina yashamaydi, u albatta ertangi kunni ham o`ylab yashaydi. Kelakjakni ko`ra bilish, fahmlash – milliy o`z-o`zini anglashning zaruriy qismini tashkil etadi. Milliy ongning o`sishi Mustaqillik tufayli mamlakatimizda sodir bo`layotgan o`zgarishlarni, islohotlarni, Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan ichki va tashqi siyosatni yakdillik bilan qo`llab-quvvatlashda, mustaqil respublikamizga bo`lgan mehr-muhabbatning kundan-kunga oshib borayotganida namoyon bo`lmoqda.
O`zbekiston fuqarolari uchun mustaqillikning muqaddas ramzlari Davlat Gerbi, Davlat Bayrog`i, Davlat Madhiyasi azizdir. Biz ular bilan faxrlanamiz, ularni e`zozlaymiz. Ular ma`naviyatning eng muhim timsollari sifatida ona Vatan – O`zbekiston Respublikasiga iftixor va cheksiz hurmat tuyg`ularini tarbiyalaydi.
Demak, milliy-madaniy qadriyatlar umuminsoniy qadriyatlar bilan qancha ko`p uyg`unlashgan bo`lsa, ularning taraqqiy etishiga shu kadar keng imkoniyat ochiladi. Bu hayotiy haqiqatdir. Mazkur tadqiqotda jamiyatimizda milliy-madaniy qadriyatlarimizning tiklanishi, milliy-madaniy qadriyatlar tushunchasining ko`p qirraliligi, milliy o`z-o`zini anglash, milliy psihologiya, milliy tuyg`u, milliy madaniyat, til, urf-odat, udum va an`analar, ularning inson ma`naviy barkamolligini ta`minlashda, dunyoqarashini shakllantirishda, bunyodkorlik faolligini oshirishdagi o`rni, shuningdek milliy-madaniy, mintaqaviy va umuminsoniy qadriyatlarning mushtarakligi, ijtimoiy siyosiy, tabiiy, moddiy qadriyatlar hamda yuksak milliy ma`naviyatimizning jahon hamjamiyatiga qo`shilishdagi vositachilik roli kabi dolzarb muammolar falsafiy nuqtai nazardan tahlil etiladi.
Insonning hayotida milliy-madaniy qadriyatlar katta o`rin egallaydi. Unga ilmiy texnikaviy va intellektual imkoniyatlar, maorif, ta`lim tarbiya, tibbiy xizmat, milliy meros, turli shakllarda namoyon bo`ladigan madaniyat durdonalari, til, adabiyot, san`at, xalq hunarmandchiligi maxsulotlari, noyob tarixiy va madaniy yodgorliklar, arxitektura va hokazolar kiradi.
Markaziy Osiyo azal-azaldan ilm-fan va madaniyatning, adabiyot va san`atning markazlaridan biri bo`lib kelgan. Bu o`lkada etishib chiqqan buyuk mutafakkirlar jahon ilm fani va madaniyatini o`z kashfiyotlari va o`lmas asarlari bilan ijodiy boyitib, yuqori cho`qqiga ko`tardilar, uning keyingi taraqqiyotiga samarali ta`sir ko`rsatdilar. Butun madaniy olamga taniqli olimlar va mutafakkirlar, Samarkand, Buxoro, SHahrisabz, Xiva singari muxtasham shaharlar yaratuvchilari bo`lmish ulug` ajdodlarimizning ijodiyoti o`zining ulug`vorligi va go`zalligi bilan hozirgacha hammani lol qoldirmoqda.
«O`zbekistonda yuz berayotgan progressiv o`zgarishlar,— deydi I.Karimov, — uning juda katta tabiiy boyliklari, ishlab chiqarish, ilmiy texnikaviy va intellektual imkoniyatlari, noyob milliy madaniy merosi, xalqimiz tarixi va hozirgi hayoti bilan qiziqayotgan dunyoning barcha mintaqalaridagi siyosatchilar, bizneschilar, oddiy odamlarni o`lkamizga tabora ko`proq jalb etmoqda».
Endilikda mintaqamizning boy ma`naviy madaniyati, uning noyob milliy qadriyatlari, bebaho falsafiy va ma`naviy merosi xalqimizning ruhiyati, ma`naviyatini yanada yuksak darajaga ko`tarish uchun xizmat qilmoqda.
“Biz SHarq sivilizatsiyasi va madaniyatiga mansubligimiz bilan faxrlanamiz, deydi Prezidentimiz I.Karimov,- Sharq sivilizatsiyasi va madaniyati esa doimo xalqni bo`lg`usi o`zgarishlarga ma`naviy va ruhiy jihatdan tayyorlashga intilib kelgan. Albattahar qaysi xalq yoki millatning ma`naviyatini uning tarixi, o`ziga xos milliy-madaniy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo`lmaydi.Bu borada, tabiiyki, ma`naviy meros, milliy-madaniy boyliklar, ko`hna tarixiy yodgorliklar eng muhim omillardan biri bo`lib xizmat qiladi.”
Milliy-madaniy qadriyatlar kishilarning bir birlariga, o`zlari mansub jamoaga, vatanga nisbatan tarixan tarkib topgan munosabatlarini ifodalaydi. Milliy-madaniy qadriyatlar insonning oila, jamiyat, xalq manfaatlarini anglab qilayotgan har qanday xatti harakati bilan bog`liq. Bu o`rinda muayyan xulq atvor, odob, xatti harakat, me`yor, qoida va tamoyillar alohida ahamiyat kasb etadi..
Burch-kishining Vatan, xalq, jamoa, oila bilan o`zaro munosabatlarida o`z oldidagi majburiyat va mas`uliyatini sezishi, ularga nisbatan sadoqatni ifodalaydi. Vijdon kishining xatti harakatiga o`zining munosabatini, kishining o`z xulq odobi uchun ma`naviy mas`uliyat hissini ifodalaydi.
SHa`n tushunchasi shahsga jamiyat beradigan ijtimoiy baxoni belgilovchi va shahsiy qadr qimmatini ifoda qiluvchi kategoriyadir. Baxt tushunchasi insonning ijtimoiy va shahsiy hayotidagi o`z faoliyati, ruyobga chiqqan orzu istak va maqsadlaridan mamnunligini bildiradi. Axloq kategoriyalari insonning yurish turishiga baxo beradi, uni jamiyatda mavjud, ko`pchilik ma`qullagan xatti harakatga chorlaydi.
SHarq falsafasi va islom ta`limotida axloq, odob, ta`lim tarbiya masalalariga doimo katta e`tibor berib kelingan.
«Qadimgi ajdodlarimiz, - deydi I. Karimov,- komil inson haqida butun bir ahloqiy talablar majmuasini, zamonaviy tilda aytsak, sharqona axloq kodeksini ishlab chiqqanlar. Kishi qalbida haromdan hazar, nopoklikka, adolatsizlikka nisbatan murosasiz isyon bo`lishi kerak. SHunday odamgina lafzini saqlaydi, birovning xaqqiga xiyonat qilmaydi, sadoqatli bo`ladi, Vatani, xalqi uchun jonini fido etishga ham o`zini ayamaydi. Buning aksi o`laroq, yolg`onchi, va`daboz kishida vatanparvarlik tuyg`usi bo`lmaydi».
Inson akloqi shunchaki salom alik, xushmuomaladangina iborat emas. Axloq - bu avvalo, insof va adolat tuyg`usi, imon, halollik degani. Jamiyat taraqqiyotida, inson hayotida ijtimoiy siyosiy qadriyatlar alohida o`rin tutadi. erkinlik, tenglik, birodarlik insoniyat tomonidan hamisha e`zozlab, qadrlanib kelingan. Insonning erkinligi, uning shon-shuhrati va qadr-qimmati jamiyatimizning oliy qadriyatidir.
O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida bu tug`risida shunday so`zlar yozilgan: «O`zbekiston Respublikasi demokratiya, umuminsoniy printsiplarga asoslanadi, ularga ko`ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha`ni, qadr-kimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan ximoya qilinadi».
Jahon xalqlari tomonidan e`tirof etilgan, «Inson huquqlari va erkinliklari Umumjahon deklaratsiyasi» ga muvofiq, O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida har bir insonning fuqarolik shahsiy huquq va erkinliklari, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari, shuningdek inson huquqlari va erkinliklari kafolatlangan, fuqarolarning burchlari belgilab qo`yilgan.
Respublikamiz barcha fuqarolari bir
xil huquq va erkinliklarga ega bo`lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e`tiqodi, shahsi va ijtimoiy mavqeidan qat`i nazar, konun oldida tengdirlar. Konstitutsiyada yozib qo`yilgandek, «O`zbekiston Respublikasi o`z xududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf odatlari va an`analari hurmat qilinishini ta`minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi».
Boshqa xalqlar, millatlarga nisbatan do`stlik birodarlik munosabatida bo`lishi — bu o`zbek xalqi milliy ruhiyatining ajralmas fazilatidir. Xalqimiz hech qachon o`zini boshqa xalqdan ustun qo`ymagan. Boshqa millatlarga, boshqa mazxab vakillariga munosib darajada ehtirom ko`rsatgan. Prezidentimiz ta`kidlaganidek, biz milliy belgi bo`yicha har qanaqa farqlashlarga qat`iyan qarshi chiqamiz. Jahonda katta va kichik millatlar va elatlar yo`q. Ularning har biri asriy barqaror va tengi yo`q an`analari bilan, tarixiy merosining boyligi bilan, milliy ruhining umumiyligi bilan, madaniyatining o`ziga xosligi bilan ahamiyatlidir. «Respublika aholisi orasida ko`pchilikni tashkil qilgan o`zbek millatining muqaddas burchi ona tilini, o`z milliy madaniyati va tarixini tiklashdangina iborat emas, balki birgalikda hayot kechiruvchi kam sonli xalqlarning taqdiri uchun, ularning o`ziga xos milliy-madaniy xususiyatlarini saqlab qolish uchun, kamol topishi va o`zligini namoyon etishi uchun ularga teng sharoit va imkoniyatlar yaratib berish borasida mas`ul bo`lishdan ham iboratdir. “Fuqarolar o`rtasidagi tinchlik, millatlararo totuvlik va do`stlik, ularni saqlash va mustahkamlashga intilish doimo xalqimizning o`ziga xos fazilati bo`lib keldi va shunday bo`lib qolmokda”.
Ijtimoiy siyosiy qadriyatlar ichida istiqlol tufayli qo`lga kiritilgan barqarorlik, tinchlik totuvlik alohida ahamiyat kasb etadi. «Ko`p millatli jamiyatimizda, - deydi I. Karimov, - ijtimoiy siyosiy barqarorlik fuqarolar o`tasida tinchlik va millatlararo totuvlik saqlanganligi mustaqil O`zbekistonning bunyod bo`lishi va rivojlanishining birinchi, boshlang`ich bosqichida qo`lga kiritilgan eng asosiy yutuq bo`ldi». Barqarorlik, tinchlik, totuvlik - bular davlatchiligimizning yangi binosi barpo qilinadigan poydevordir. Bu bizni ertangi porloq. kunimizga olib boradigan yo`ldir. Tinchlik va barqarorlik — bular xalqaro hamjamiyat bilan birlashtiruvchi vositadir. «Insonparvarlik, yaxshilik sofdillik singari umuminsoniy qadriyatlarni qabul qilgan va birgalikda barham ko`rgan mamlakatgina, xalqgina butun dunyo xalqlariga yaqin va tushunarli bo`lishi, jahon hamjamiyatiga qabul qilinishi mumkin. Faqat ular bilan teng huquqli, o`zaro manfaatli munosabatlar o`rnatilishi mumkin».
Xar kaysi xalk yoki millatning ma`naviyatini uning tarixi, uziga xos urf-odat va an`analari,xayotiy kadriyatlardan ayri xolda tasavvur etib bulmaydi. Bu borada, tabiiyki, ma`naviy meros, madaniy boyliklar, kuxna tarixiy yodgorliklar eng muxim omillardan biri bulib xizmat kiladi. Ma`naviyatni shakllantirishga bevosita ta`sir qiladigan yana bir muhim hayotiy omil — bu ta`lim-tarbiya tizimi bilan chambarchas bog`liqdir. Ma`lumki, ota-bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo`lmish ilmu ma`rifat, ta`lim va tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb bilgan. Albatta, ta`lim-tarbiya — ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan, ya`ni, xalq ma`naviyatini shakllantiradigan va boyitadigan eng muhim omildir. Binobarin, ta`lim-tarbiya tizimini va shu asosda ongni o`zgartirmasdan turib, ma`naviyatni rivojlantirib bo`lmaydi.
SHu bois bu sohada yuzaki, rasmiy yondashuvlarga, puxta o`ylanmagan ishlarga mutlaqo yo`l qo`yib bo`lmaydi. Maktab, ta`lim-tarbiya masalasi davlat va jamiyat nazoratida bo`lishi Asosiy qonunimizda belgilab qo`yilgan. SHu bilan birga, bu keng jamoatchilik, butun xalqimizning ishtiroki va qo`llab-quvvatlashini talab qiladigan umummilliy masaladir.
Bu xaqda Prezidentimiz I.A.Karimov quyidagi fikrlarni ta`kidlaydi “SHuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, bosh-qacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qan-day bo`lishi farzandlarimizning bugun qanday ta`lim va tarbiya olishiga bog`liq.”.
Buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko`rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiq-qan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo`lgan, ongli yashay-digan komil insonlar etib voyaga etkazish ta`lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo`lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak. Bu esa ta`lim va tarbiya ishini uyg`un holda olib borishni talab etadi. Ta`limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta`limdan ajratib bo`lmaydi — bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi. Bu hakda fikr yuritganda, Abdulla Av-loniyning «Tarbiya biz uchun yo hayot — yo mamot, yo najot — yo halokat, yo saodat — yo falokat masalasidir» degan chuqur ma`noli so`zlarini esga olish mumkin. Buyuk ma`rifatparvar bobomizning bu so`zlari asrimiz boshida millatimiz uchun qanchadar muhim va dolzarb bo`lgan bo`lsa, hozirgi vaqtda xam biz uchun shunchalik, balki undan ham ko`ra muhim va dolzarb ahamiyat kasb etadi. Nega deganda, bizga sobiq tuzumdan meros bo`lib qolgan maorif tizimining eng noma`qul tomoni shundan iborat ediki, unda o`quv jarayonida o`quvchi va talabalarning mustaqil va erkin fikrlashiga yo`l quyilmas edi. Har qaysi o`quv yurtini bitiruvchilarning bilimiga qarab emas, aksincha, ularning sobiq sovet tizimiga va soxta g`oyalarga sadoqatini hisobga olib baholash va hayotga yo`llash tamoyili asosiy o`rinni egallar edi. Ko`p hollarda sifat o`rniga son ketidan quvish ustunlik qilardi. Aksariyat yoshlar haqiqiy bilim yoki malaka orttirish maqsadida emas, ko`proq amalda diplomli bo`lib olish ilinjida texnikum yoki institutlarga kirar edi.
SHuning uchun xam mustaqillikning dastlabki yillaridanoq butun mamlakat miqyosida ta`lim va tarbiya, ilm-fan, kasb-hunar o`rgatish tizimlarini tubdan isloh qilishga nihoyatda katta zarurat sezila boshladi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ishlab chiqish bilan bog`liq jarayon uzoq yillar mobaynida bu sohada talay muammolar yig`ilib qolganini ko`rsatdi. SHuning uchun ham bu og`ir, mas`uliyatli, ammo hal qilishni aslo paysalga solib bo`lmaydigan ishni qadam-baqadam, izchillik bilan bajarishga bel bog`ladik.
Ta`lim-tarbiya tizimidagi islohotlar boshlangan dastlabki yillarda jaxon tajribasi va hayotda o`zini ko`p bor oklagan haqiqatdan kelib chiqib, agar bu maqsadlarimizni muvaffaqiyatli ravishda amalga oshira olsak, tez orada hayotimizda ijobiy ma`nodagi «portlash effekti»ga, ya`ni, yangi ta`lim modelining kuchli samarasiga erishar edik.
Darhaqiqat, istiklol davrida barpo etilgan, barcha shart-sharoitlarga ega bo`lgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy o`quv yurtlarida tahsil olayotgan, zamonaviy kasb-hunar va ilm-ma`rifat sirlarini o`rganayotgan, hozirdanoq ikki-uch tilda bemalol gaplasha oladigan ming-minglab o`quvchilar, katta hayotga kirib kelayotgan, o`z iste`dodi va salohiyatini yorqin namoyon etayotgan yosh kadrlarimiz misolida ana shunday orzu-intilishlarimiz bugunning o`zida o`z hosilini berayotganining guvohi bo`lmoqdamiz. eng muhimi shundaki, «portlash effekti»-ning haqiqiy mohiyati va ahamiyati vaqt o`tishi bilan, biz tarbiya qilayotgan sog`lom va barkamol avlodning safimizga tobora ildam kirib borishi bilan yanada yaqqolroq seziladi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish jarayonida maktab ta`limi, ayniqsa, umumta`lim maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga e`tiborni kuchaytirish biz uchun kun tartibidagi eng muhim va jiddiy masalaga aylandi.
SHu maqsadda yurtimizda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ning uzviy va mantiqiy davomi bo`lmish 2004-2009 yillarda Maktab ta`limini rivojlantirish umummilliy davlat dasturi qabul qilindi.
Ushbu dasturga muvofiq, yurtimizda mavjud bo`lgan o`n mingga yaqin umumta`lim maktabining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ta`lim jarayonining mazmunini tubdan takomillashti-rish, o`qituvchilarning mehnatini moddiy va ma`-naviy rag`batlantirish bo`yicha katta ishlar qilinmoqda. Oxirgi yillarda ta`lim-tarbiya sohasida amalga oshirgan, ko`lami va moxiyatiga ko`ra ulkan ishlarimiz biz kuzlagan ezgu niyatlarimizga erishish, hech kimdan kam bo`lmaydigan hayot barpo etish, yoshlarimiz, butun xalqimizning ma`naviy yuksalishi yo`lida mustahkam zamin yaratdi, desak, xech qanday xato bo`lmaydi. Haetimizning barcha sohalarida amalga oshi-rilayotgan keng ko`lamli islohotlarimizning samaradorligi avvalo xalq ma`naviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosimizning chuqur o`rganilishi, an`ana va urf-odatlarimizning saqlanishi, madaniyat va san`at, fan va ta`lim rivoji, eng muhimi, jamiyat tafakkurining o`zgarishi va yuksalishi bilan uzviy bogliqdir. SHu boisdan ham, o`z xaq-huquqini taniydigan, o`z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, yon-atrofida sodir bo`layotgan voqea-hodisalarga mustaqil yondasha oladigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg`un holda ko`radigan, har jixatdan barkamol insonlarni tarbiyalash vazifasi istiqlol yillarida biz uchun hal qiluvchi masalaga aylandi. Ma`lumki, o`zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o`rtasidagi ruhiy-ma`naviy bogliqlik til orqali namoyon bo`ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili - bu millatning ruhidir. Buyuk ma`rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniyning so`zlari bilan aytganda, «Har bir millatning dunyoda borligini ko`rsatadurgan oyinai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo`qotmak millatning ruhini yo`qotmakdur».
Darxaqiqat, ajdodlarimiz tafakkuri va daxosi bilan yaratilgan eng kadimgi toshyozuv va bitiklar, xalk ogzaki ijodi namunalaridan tortib, bugungi kunda kutubxonalarimiz xazinasida saklanayotgan ming–minglab kulyozmalar, ularda mujassamlashgan tarix, adabiyot, san`at, siyosat, axlok, falsafa, tibbiyot, matematika, minerologiya, kimyo, astronomiya, me`morlik, dexkonchilik va boshka soxalarga oid kimmatbaxo asarlar bizning buyuk ma`naviy boyligimizdir. Bunchalik katta merosga ega bulgan xalk dunyoda kamdan – kam topiladi. Jamiyatimiz ma`naviyatini yuksaltirish bilan boglik jarayonlarning murakkab tomoni shundaki, bugungi boshimizdan kechirayotgan ijtimoiy – siyosiy tarakkiyot yulida uchraydigan juda kup muammolarni xam nazariy, xam amaliy jixatdan fakat uz kuchimiz va saloxiyatimizga tayanib xal etishga tug`ri kelmokda. Xozirgi davrda matbuot, ommaviy axborot vositalari shunday kudratli kuchga aylanmokdaki, uz kelajagini uylaydigan xar kaysi xalk va millat buni sezmasligi, xis etmasligi mumkin emas.
Jamiyatning rivojlanib, takomillashib borishida, ijtimoiy muhit muhim rol’ o`ynaydi. Insonlar faoliyatining to`laqonli amalga oshishi uchun ularga shart-sharoitlar yaratilib berilishi muhim masala hisoblanadi. Bugungi kunda O`zbekiston Respublikasida olib borilayotgan tub islohotlar demokratiya va mamlakat taraqqiyotga qaratilgan bo`lib, ularda har bir fuqaroning jamiyatda o`z o`rni bo`lishiga aloxida e`tibor berilmoqda. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov50 o`zining xar chiqishida inson omiliga to`xtalib, aloxida unga urg`u bermoqda va ayniqsa, milliy-madaniy qadriyatlarni o`rganishimizga xar birimizning ma`sul ekanligimizni qayta-qayta o`z ma`ruzalarida aytib o`tmoqda. Milliy-madaniy qadriyatlarni o`rganishda va tiklashda o`sib kelayotgan yosh avlodni milliy ruhda tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi. SHundan kelib chiqqan xolda, ta`lim muassasalarida yoshlarni o`qituvchilar ta`lim-tarbiya jarayonlariga tayyorlashda o`zgacha bir yondashuvni amalga oshirish lozimligi yuzaga kelmoqda. Ularning ma`naviy saviyasini va bu soxadagi bilim, ko`nikma va malakasini shakllantirish xozirgi kunning eng dolzarb masalalaridan biri ekanligi aniq. Bu borada yoshlarning ma`naviy saviyasini aniqlash xam o`ziga xos bo`lgan muammo echimini topishni talab etadi. Bu muammoning echimini xal qilishda yoshlar ma`naviy saviyasini aniqlash maqsad qilib olingan va bu jarayonni amalga oshirishda axborotli ta`minotni ta`minlash xam ko`zda tutilgan. Bundan ko`zlangan maqsad milliy qadriyatlar tizimini talabalar ongiga singdirib, ularning ma`naviy tafakkurini kengaytirishdan iboratdir. Bu borada olib borilgan ilmiy izlanishlarimiz natijalarining ko`rsatishicha ta`lim-tarbiya jarayonini muntazam ravishda qadriyatlar xaqidagi bilimlar bilan xar qachongidan xam boyitib, ulardan bo`lajak mutaxassislarni tayyorlashda foydalanishning optimal variantlarni yaratish mumkinligini ko`rsatmoqda. Buning uchun:
Xulosa qilinadigan bo`linsa, inqirozga qarshi choralar dasturida ijtimoiy sektor va qishloq xo`jaligini rivojlantirishga alohida e`tibor berilgan. Ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish mamlakatni modernizatsiyalashuvi va aholi bandligini oshishining muhim omili sifatida ko`rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |