RAGEDIYA (yun. tragos - echki, ode — qo'shiq; tragodia
- echki qo'shig'i) - dramatik tur janrlaridan biri. T. qahramonlar
o‘rtasidagi kuchli ziddiyatlar asosiga quriladi; undagi qahramonlar
taqdiri fojia bilan yakun topadi. T.da voqelik ancha jiddiy, ichki
qarama-qarshiliklar o‘tkir tarzda tasvirlanadi; konflikt shiddatli va
keskin tus oladi. T. badiiy g‘oyani ifodalovchi qahramonlar xarakterining
yorqinligi, ichki harakatning yuksakligi hamda personajlararo
konfliktning kuchliligi bilan o‘ziga xoslik kasb etadi.
FANTAZIYA (musiqada) - badiha uslubidagi janr; muayyan
kompozitsion qoliplarga bogianmagan (ko‘pincha cholg‘u) musiqa
asarlaridan iborat. XVI-XVll-a.larda improvizatsiya namunalari
asosida yuzaga kelgan. XVlII-a.da klavir va organ uchun (ayniqsa,
turkumli asarlarda muqaddima ko‘rinishida) F.lar keng rivoj topdi
(I.S. va K.F.E. Baxlar, V. A. Motsart va b.).
Do'stlaringiz bilan baham: |