STUDIYA (ital. studio - o'qish, o'rganish) - 1) rassom yoki
haykaltarosh ustaxonasi; 2) rassom yoki aktyorlar tayyorlaydigan
maktab; 3) ijodiy faoliyat bilan bir qatorda sahna (yoki tasviriy)
san’ati asoslarini o‘rganadigan, asosan, yoshlardan tashkil topgan
teatr (yoki rassomlar) jamoasi. S.ning professional va havaskorlik
turlari bor; 4) badiiy va b. filmlar yaratuvchi ijodiy va texnik kino
xodimlari jamoasi; 5) radioeshittirish va teleko'rsatuvlar olib boriladigan
maxsus bino (radiostudiya, telestudiya); 6) ovoz yozish
xonasi. Musiqiy asarlar ijrolarini elektr (magnitofon kabi) va elektron
(sintezator va b.) vositalar yordamida yozib olib fonogramma
tayyorlaydigan maxsus joy (mas., ≪Tarona rekord≫ S.si va b.).
Do'stlaringiz bilan baham: |