CHOLG'ULASHTIRISH - musiqiy ijod turi; musiqa asarini
muayyancholg‘u ansambl yoki orkestr (orkestrlash) tarkibi va ijrosiga
mo'ljallab moslashtirish. C’H. jarayonida kompozitor cholg‘ular
xususiyati va ifodaviy imkoniyatlari, shuningdek, asarning badiiy
mazmunidan kelib chiqqan holda ovoz yo'Manning qaysi sozda
ijro etilishini belgilaydi. CH. yangi asarni ijod etish paytida hamda
mavjud asarni boshqa musiqa jamoasi ijrosiga moslashtirish (aranjirovka)
jarayonida namoyon bo‘ladi. CH. maxsus musiqa o‘quv
yurtlarida ixtisoslashgan fan sifatida o‘qitiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |