SSENARIY (ital. scenario) - 1) pyesa mazmunining qisqa bayoni,
improvizatsiya teatri, tomoshasi, balet spektakllari, ommaviy
tomosha va b. o‘yinlar yaratiladigan syujet tuzilishi; 2) kino san’ati
va televideniye vositalari yordamida gavdalantirib ko'rsatishga
mo'ljallangan adabiy asar.
SYUJET (frans.-predmet, mazmun, narsa) - badiiy asar mazmunini
tashkil etadigan, bir-biri bilan o‘zaro bog‘liqlikda kechadigan,
qahramonlar o‘rtasidagi aloqalardan tarkib topgan voqealar
tizimi. Barcha epik, dramatik va liro-epik turdagi badiiy asarlarda
S. mavjud bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |