Хфх лек Хосилбеков


 Shaxsiy himoya vositalar turi va ulardan foydalanish



Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/313
Sana01.01.2022
Hajmi0,84 Mb.
#301892
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   313
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi

5.9. Shaxsiy himoya vositalar turi va ulardan foydalanish 
O’zbekiston Respublikasining «Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida»gi Qonunining 13- 
moddasiga binoan korxona ma’muriyati ishchi va xizmatchilarni bepul shaxsiy himoya vositalari 
bilan  ta’minlashi,  ularni  saqlash,  yuvish,  quritish,  dezinfektsiyalash  va  ta’mirlash  ishlarini 
bajarishi 
kerak. Boshqa tarmoqlar singari qishloq xo’jaligida ham ishchilarni maxsus korjoma, poyabzal 
va 
himoya vositalari bilan ta’minlash ko’zda tutilgan. 
Barcha himoya vositalari ishlatilishiga qarab jamoa himoya vositalari va shaxsiy himoya 
vositalariga bo’linadi. Ishning xavfsizligini mashinalarning konstruktsiyasi, ishlab chiqarish 
jarayonini  tashkil  qilish,  arxitektura-rejalashtirish  yechimlari  va  jamoa  himoya  vositalarini 
qo’llash 
bilan ta’minlashning iloji bo’lmagan taqdirda shaxsiy himoya vositalari qo’llaniladi. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


Himoya vositalari texnik estetika, ergonomika talablariga javob berishi, himoya 
samaradorligi yuqori, ishlatilishda qulay, texnologik jarayonda bajarilayotgan ish turiga mos 
bo’lishi  kerak.  Shu  ish  uchun  mo’ljallangan  va  qabul  qilingan  tartibda  tasdiqlangan  texnik 
hujjatlari 
bo’lmagan shaxsiy himoya vositalarini qo’llash taqiqlanadi. Ular vazifasi, ishlash muddati 
ko’rsatilgan yo’riqnoma hamda saqlash va ishlatish qoidalari bilan ta’minlanadi. 
Shaxsiy himoya vositalari (ShHV) vazifalariga qarab quyidagilarga bo’linadi: 
o ihotalovchi kostyumlar (pnevmokostyumlar, namdan ihotalovchi 
kostyumlar, skafandrlar); 
o nafas a’zolarini himoya qilish vositalari (gazniqoblar, 
respiratorlar, havo shlemlari, havo niqoblari); 
o korjomalar (kombinezon, yarim kombinezon, kurtka, shim, 
kostyum, xalat, plash, po’stin, fartuk, nimchalar); 
o maxsus poyabzal (etik, qo’nji kalta etik, botinka, qo’njli 
botinka, tufli, kalish, bo’tilar); 
o qo’llarni himoya qilish vositalari (qo’lqoplar); 
o boshni himoya qilish vositalari (kaska, shlem, shapka, beretka, 
shlyapalar); 
o yuzni himoya qilish vositalari (himoya niqoblari); 
o ko’zni himoya qilish vositalari (himoya ko’zoynaklari); 
o eshitish a’zolarini himoya qilish vositalari; 
o ehtiyot moslamalari (ehtiyot kamarlari, dielektrik 
gilamchalar, qo’l changaklari, manipulyatorlar, tizza, tirsak 
va yelkani ehtiyot qilish moslamalari); 
o himoyalovchi dermatologik vositalar (yuviladigan pasta, krem, 
moylar). 
Shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash, ularni o’z vaqtida almashtirish, ta’mirlash va 
ularni  vazifalari  bo’yicha  ishlatish  yuzasidan  korxona  ma’muriyatiga  quyidagi  vazifalar 
yuklanadi: 
1. Ishchi va xizmatchilarga shaxsiy himoya vositalarini berish bo’yicha nazorat hamda hisobot 
ishlarini tashkil qilish, ulardan ish paytidan tashqari foydalanishni, buzilgan, ifloslangan 
hollarda esa ularni qo’llashni taqiqlanishini nazorat qilish. 
2. Shaxsiy himoya vositalarini belgilangan muddatlarda muntazam ravishda sinovdan 
o’tkazilish, ularning sozligini tekshirib turish hamda ularning himoya xossalari pasaygan filtr, 
oyna va boshqa qismlarini o’z vaqtida almashtirish va tekshirilgan vositalarga kelgusi sinov 
muddati to’g’risida tamg’a qo’yish. 
3. Tozalash, yuvish, ta’mirlash, degazatsiyalash, dezaktivatsiyalash, zararsizlantirish va 
changsizlantirish ishlarini o’z vaqtida amalga oshirish, ishchi va xizmatchilarni shaxsiy himoya 
vositalari bilan o’z vaqtida ta’minlash korxona ma’muriyatiga, nazorat qilish esa kasaba 
uyushmasi qo’mitasiga yuklatiladi. 
68 

Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish