5.5. Bino va tuproqlarga ishlov berish
Zararli organizmlar yashovchi muhitga (issiqlik, oziq-ovqat va ekish materiallariga,
tuproqqa, omborxonaga, don saqlaydigan joylarga, elevator va boshq.) gaz va bug’simon
pestitsidlarni yuborish fumigatsiya demakdir. Fumigatsiya bo’yicha ishlar o’ta xavfliligi sababli
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
ularni yuqori malakali ishchilar maxsus o’qishdan so’ng bajarishlariga ruxsat etiladi. Bunda
ishni
boshlashdan oldin o’simliklarni himoya qilish mutaxassisi boshchilig’i maxsus ruxsatnoma
varaqasi
(naryad-ruxsat)ni rasmiylashtirishi shart.
Xonalar etarli darajada germetiklangan holda gazlashtiriladi. Ular turar joylardan 200 m va
ishlab chiqarish binolaridan 100 m uzoqlikda bo’lishi kerak. Xonalarni fumigatsiya qilishda
havoning harorati 10-35° (issiq kunlari ertalab) va havoning tezligi 7 m/s dan yuqori bo’lmagan
hollarda o’tkaziladi. Fumigatsiyani o’tkazishdan oldin xonalardan oziq-ovqatlar, suv, kimyoviy
moddalar va boshqa narsalar olib chiqiladi. Xonalarga kimyoviy ishlov berish (ballonlardan gaz
chiqarish, fumigantlarni changlatish, suyuq preparatlarni to’kish, fumigantlar bilan
shimdirilgan
lattalarni osib tashlash va boshq.) uch kishidan kam bo’lmagan maxsus ruxsatnomaga ega
bo’lgan
va ShHV vositalari bilan ta’minlangan guro’h tomonidan amalga oshirilishi shart.
Ish tugashi bilan, ishlov berilgan bino kirish eshigi qulflanib elimli lenta bilan zichlanadi va
eshik tepasida zaharlilik to’g’risida ogohlantiruvchi yozuv yoki belgi osib qo’yilishi shat.
Fumigatsiya muddati (24-96 soat) o’tgandan keyin, bino havosi tabiiy va mexanik yo’l bilan
almashtirilishi, kerak bo’lsa, fumigantlar kuchini yo’qotishda kimyoviy moddalardan
foydalanish
mumkin. Bu ishlarning hammasi gazniqoblar yordamida olib borilishi shart. Yirik ob’ektlarni
gazlardan tozalash sekin-asta olib boriladi, bu yuqori miqdordagi zaharli gazlarni atmosferaga
ko’p
miqdorda chiqishidan saqlaydi. Xona va ob’ektlar gazlardan tozalanganligini va ish boshlash
mumkinligini faqat ma’muriyat buyrug’i bilan tuzilgan komissiya aniqlab beradi. Xo’jalik
ma’muriyati butun fumigatsiya davrida ob’ektlarni doimiy nazorat qilinishini tashkil qilishlari
lozim.
Tuproq zararkunandalarini butunlay yo’qotishda fumigantlar faqat mexanizatsiya yo’li bilan
18-20 sm chuqurlikda solinadi. Geksahlorbutadiyen, karbation, formalin bilan ishlayotganda
ishchilar shamol yo’nalishiga perpendikulyar holatda bo’lishlari va gazga qarshi
respiratorlardan
foydalanishlari kerak. Tuproqni fumigatsiya qilishda 6 oydan uzoq vaqt ichida parchalanadigan
pestitsidlarni ishlatish mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |