5.4. Urug’liklar va o’simliklarga kimyoviy ishlov berishda xavfsizlik choralari
Qishloq xo’jaligi ekinlari urug’larini o’z vaqtida dorilash, g’o’za va don ekinlari
o’simliklarininni kasalliklarga chidamli va zararkunanda hasharotlardan muhofazasini
ta’minlab
tez va bir tekis unib chiqishiga yordam beradi.
G’o’zaning keng tarqalgan kasalliklaridan biri - urug’lik chigitning chirib ketishi, unib
chiqayotgan nihollarning ildizlarini zararlanishidir. Bunda tuproq tarkibida mavjud bo’lgan
patogen
zamburug’lar
chirituvchi omil hisoblanadi.
Urug’larni dorilashda ishlatiladigan barcha kimyoviy preparatlar kuchli ta’sir etadigan va
zaharli bo’ladi. Shu tufayli urug’larni dorilaydigan shaxslar ish paytida nihoyatda ehtiyot
bo’lishlari
63
va muhofaza choralariga qat’iy rioya qilishlari kerak, aks holda bu preparatlarning o’tkir va
surunkali ta’siri natajasida og’ir kasalliklarga yo’liqishlari mumkin.
Urug’liklar shamol esadigan tomonda, turar joylar, molxona, oziq-ovqat, yem-xashak
saqlanadigan omborlar, suv manbalaridan 200 m uzoqlikda joylashgan maxsus binolarda
dorilanadi.
Urug’lik dorilanadigan agregatlar sozlangan, germetik berkiladigan bo’lishi kerak, chang-
to’zon
ko’tariladigan joylarda havoni tozalab turuvchi moslama (ventilyator) bo’lishi shart.
Urug’liklarni dorilash vaqtida ishchilar maxsus korjoma (kombinizon), ko’zoynak,
respirator va niqob(maska)larda bo’lishlari shart. Urug’liklarni dorilashda maxsus tibbiyot
ko’rigidan o’tgan, o’n sakkiz yoshdan katta va 55 yoshdan oshmagan kishilar ishlashi mumkin.
Homilador va emizikli ayollarning ishlashiga aslo ruxsat qilinmaydi. Dorilashda qatnashuvchi
kishilarning ish kuni 6 soatdan oshmasligi kerak. Ularga har kuni kamida yarim litrdan sut berib
turilishi, ish tugagandan so’ng, albatta, maxsus yuvinish joylari (dush)da sovunlab cho’milish
tavsiya etiladi. Korjoma bilan uyga qaytmaslik kerak.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
Zaharli kimyoviy moddalar bilan ishlaydigan kishilarning shaxsiy himoya vositalari:
korjoma, niqob, gazniqob va maxsus etiklari o’zlariga loyiq bo’lishi kerak. Aks holda tor kiyim
harakatga halaqit qiladi. Etik tor bo’lsa, oyoq panjalari shilinishi yoki qadoq bo’lishi mumkin.
Natijada jarohatlangan yerga zaharli kimyoviy moddalar tushib, kishini zaharlashi mumkin.
Kiyimkechak
katta bo’lsa ham ishlash xavfli bo’ladi, chunki kiyimning yengi va yoqasidan zaharli
kimyoviy moddalarning changi, zarrasi tushadi va teri orqali kishi organizmiga o’tishi mumkin.
Shaxsiy himoya vositalari hamisha ozoda bo’lishi kerak.
Urug’liklarni
ПУ
-3,
ПСШ
-3,
ПС
-10 mashinalari yordamida dorilash ancha samarali va
xavfsiz bo’ladi. Urug’liklarni dorilashning nam usulini qo’llashning afzalligi shundaki, zaharli
kimyoviy modda bilan ishlab turgan kishi nafas oladigan havoda kimyoviy modda, shu jumladan,
o’ta ta’sirchan simoborganik birikmalarning changi va bug’i ancha kamayadi.
Qishloq xo’jalik ekinlarining vegetatcion jarayonini jadallashtirish maqsadida suyuq
ammiakdan keng foydalaniladi. Yerga suyuq ammiakni solishdan oldin mexanizator zaxira
idishini,
nasos va taqsimlagichlarni germetikligini, o’lchov-nazorat asboblarining sozligini tekshirishi
lozim.
Ish vaqtida suyuqlikni sarf bo’lishi va bosimiga, suyuqlik solinadigan hajmlarning sozligiga,
mashinaning ishchi organlaridagi injektorlarning ishlashini nazorat qilish kerak. Ish joylarida
havoning gazlashganligini kamaytirish uchun agregat yurishining oxirida nasosni o’chirib,
ishchi
organlarini tuproqdan chiqarmasdan, 8-12 m yurgandan so’ng mashinani transport holatiga
keltiriladi. Halokat holatlarda (suyuqlik shlanglari yoki nasos korpusi yorilsa) haydovchi darhol
xavfsiz hududga chiqishi va ShHV kiyishi shart, xavfli hududdan darhol odamlarni va
hayvonlarni
chiqarish choralarini ko’rishi lozim.
Suyuq ammiak bilan ishlaydigan mashina va transport vositalari xavfsizlik choralariga
qat’iy rioya qilingan holda maxsus ustaxonalarda ta’mirlanadi. Suyuq ammiak uchun idishlarni
sinovdan o’tkazish va texnik hujjatlashtirish, yuqori bosim ostida ishlaydigan idishlarnikidek
olib
boriladi. Sisterna ichini nazoratdan o’tkazish yoki ichida birorta ishni bajarish ikki ishchi
bilangina
olib boriladi (birinchi ishchi ehtiyotligi uchun), ular kombinzonlar, rezina etiklar va shlangli gaz
niqoblari bilan ta’minlangan bo’lishlari lozim. Ammiak tashiydigan agregatlar karbonat
angiridli yoki ko’pikli o’t o’chirgich va 10 l suv sig’adigan idish bilan jihozlanishi kerak.
Ammiak
bilan ishlaydigan mashina va uskunalar ishlovchilari maxsus o’qitish kurslarida o’qigan va
malaka
oshirgan bo’lishlari shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |