Хфх лек Хосилбеков


 Pestitsidlar va mineral o’g’itlarni saqlash, tarqatish va tashishda xavfsilik choralari



Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/313
Sana01.01.2022
Hajmi0,84 Mb.
#301892
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   313
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi

5.8. Pestitsidlar va mineral o’g’itlarni saqlash, tarqatish va tashishda xavfsilik choralari 
Pestitsid va mineral o’g’itlar 
ГОСТ
 12.3.041-86 va 
ГОСТ
 12.3. 037-84 talablariga asosan 
alohida binolarda saqlanadi. Ular bilan yemlarni, kimyoviy aralashmalarni, yem qo’shilmalari, 
bo’yoqlar,  laklar,  oziq-ovqat  mahsulotlari  va  boshqalarni  saqlash  qat’iy  man  etiladi. 
Omborxona 
binolari  tabiiy  va  mexanik  ventilyatsiya  bilan  jihozlangan  bo’lishi  kerak.  Omborxonalarga 
alohida 
xona va qo’shimcha hojatxona, dushxona, shaxsiy himoyalanish vositalari, suv, sovun, sochiq, 
aptechkalar va boshqalarni saqlash uchun xonalar ajratilishi lozim. 
Qoplangan va qoplanmagan mineral o’g’itlar alohida bo’limlarda saqlanadi. 
Qoplanmaganlari  g’aram  qilib  balandligi  2m  gacha  (qotib  qolmagan  o’g’itlar  3  m  gacha) 
to’plab 
66 
qo’yiladi, qoplanganlari esa tagidan namlik o’tmasligi uchun taglik qo’yib, qoplarni bir-birining 
ustiga  g’aram  qilib  tahlanadi.  G’aramlar  oralig’i  3  metrdan  kam  bo’lmasligi  kerak 
(mexanizmlarni 
o’tishi  va  ishlashi  uchun),  g’aramlardan  ombor  devorigacha  bo’lgan  oraliq  1  m  dan  kam 
bo’lmasligi 
shart.  G’aramning  tepasi  bilan  omborning  shipi  orasidagi  oraliq  0,4  m  dan  kam  bo’lmasligi 
lozim. 
Suyuq mineral o’g’itlar maxsus idishlarda saqlanadi. 
Pestitsidlar kimyoviy korxonalardan keltiriladi, ularni faqat idishda (bochkalarda, 
barabanlarda, kanistrlarda, shisha idishlarda, qoplarda, qutilarda) yassi yoki tirab qo’yiladigan 
poddonlarda, stellajlarda bir-birining ustiga qo’yib saqlanadi. Har xil pestitsidlar (gerbitsid, 
fungitsid va boshq.) boshqa-boshqa g’aramlarda saqlanib ular orasidagi masofa 1 m dan kam 
bo’lmasligi  kerak.  Hamma  turdagi  idishlarning  ustida  preparatning  nomi,  moddaning  ta’sir 
foizi, 
pestitsidning guro’hi, xavfsizlik belgisi, og’irligi (netto), shuningdek «Yong’indan xavfli» yoki 
«Portlash xavfi bor» ogohlantiruvchi belgilar yoziladi. Bunda gerbitsidlar-qizil, defolantlar-oq, 
nematotsidalar qora, fungitsidlar - yashil, dorilovchi moddalar - zangori, zootsidlar - sariq 
ranglarda belgilaniladi. 
Kislotali va ishqorli shisha idishlarda himoya qoplamalari bo’lishi kerak. Shisha idishlarning 
qopqoqlari albasterdan yoki maxsus loylardan tayyorlanadi. 
Shishali idishlarni ko’tarishdan avval uning himoya qoplamalarini ko’zdan kechirish zarur, 
ish vaqtida, ya’ni ishlab chiqarish sharoitida shishalarni qoplamalaridan yoki qutilardan ajratib 
olish 
qat’iyan man etiladi. 
Har qanday kimyoviy moddani bir idishdan boshqa bir idishga quyish siqilgan havo bosimi 
ostida bajariladi. Bosimning kuchi 20 kPa yoki 0,2 kgk/sm

dan oshmasligi kerak. Kislotalar 
saqlanadigan  omborlar  ichidagi  harorat  0°S  dan  kam  bo’lsa,  past  kuchli  kislotalar  muzlab 
shisha 
idishlarni sindirib yuborishi mumkin. 
Ishqorlar eritmasini tayyorlashda sovuq suvdan foydalanish lozim. Agar issiq suv quyilsa 
ishqor  qaynab  ketadi.  Qattiq  ishqorni  maxsus  qisqichlar  yordamida  olish  kerak.  Ishqor 
eritmasini 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


tayyorlashda maxsus bosh kiyimlardan foydalanish lozim. Aks holda u ko’zga yoki boshga ta’sir 
etib soch to’qilishiga olib kelishi mumkin. Kimyoviy moddalarni maxsus qulflanadigan 
omborlarda saqlash lozim. Omborchilar texnika xavfsizligi qoidalarini yaxshi bilishlari lozim. 
Kimyoviy moddalar bilan ishlovchi kishilar maxsus oyoq kiyimi, ko’zoynak, qo’lqop, fartuklar, 
rezina  etik  hamda  protivogazlar  va  respiratorlar  bilan  albatta  ta’minlanishi  kerak.  Ayniqsa 
ammiakli 
suv bilan ishlayotganda ehtiyot bo’lish kerak. Bunda, albatta sanoatda foydalaniladigan shaxsiy 
himoya vositalaridan foydalanish zarur. 
Preparatlarni qabul qilishga, saqlashga va tarqatishga omborchi javobgardir. Omborxonaga 
begona shaxslarning kirishi man etiladi. Preparatlarni qoplash, tortish va berishda nafas olish 
organlarini himoyalash uchun ShHVdan foydalaniladi. 
Kimyoviy moddalar omborxonadan o’z og’irligida, pestitsidlar zavod qadoq 
(upakovka)larida yoki maxsus idishlarda beriladi. Qadoqlarda saqlanish muddatlari va shartlari 
yozilgan  bo’ladi.  Omborchi  pestitsidlarni  faqat  xo’jalik  rahbari  yoki  muovinining  yozma 
ravishdagi 
ko’rsatmasiga  asosan,  o’simliklarni  himoya  qilish  ishlariga  javobgar  shaxslarga  yoki 
chorvachilik 
xo’jaliklarida  veterinar  vrachlarga  bir  kunga  etarli  miqdorda  beradi.  Ish  tugagandan  so’ng 
qolgan 
pestitsidlar va bo’shagan idishlar qayta omborga topshiriladi. Omborga keltiriladigan va 
chiqariladigan  pestitsidlar  muhrlangan  va  raqamlangan  kirim-chiqim  daftarida  ro’yxatga 
olinadi va 
omborxonada saqlanadi. 
Pestitsid va mineral o’g’itlarning ta’sirini yo’qotish uchun omborxonada etarli miqdorda 
zaharli  gazlardan  tozalovchi  moddalar  xlorli  ohak,  kaltsiynatsiyalangan  soda  va  boshqalar 
bo’lishi 
shart.  To’kilgan  yoki  oqizilgan  pestitsidlar  va  mineral  o’g’itlarni  ochiq  holda  qoldirish  man 
etiladi. 
Pestitsidlar javobgar shaxs ishtirokida, maxsus yoki maqsad uchun moslashtirilgan 
transportda, faqat soz va yaxshi yopiladigan idishlarda tashiladi. Agar idish buzlib ketsa, darhol 
transport to’xtatiladi va nosozlik tuzatiladi, buning uchun transport vositasida kerakli hamma 
materiallar, asboblar va shaxsiy himoyalanish vositalari mavjud bo’lish kerak. 
Mineral o’g’itlarni idishsiz (uyma holda) transportlarda tashishga ruxsat etiladi, faqat chang 
bo’lishligi  inobatga  olingan  holda  brezent  bilan  yopib  qo’yiladi.  Suyuq  o’g’itlar  ishlatish 
joylariga 
67 
ammiak  tashuvchi  avtotsisternalarda,  shuningdek  yuk  tashuvchi  mashinalar  ustida  hajmli 
idishlarda 
yoki transport bochkalarda etkazib beriladi. 

Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish