353
rangda 5-6 tadan joylashgan. Urug'lari kulrang-qora, uzunchoq ponasimon, uzunligi 1,5-2 mm. May-
iyulda gullab, iyun-avgustda urug'lari yetiladi. Tog' old, cho‗l mintaqalarining taqir yerlarida, ariqlar
atrofida begona o‗t sifatida keng tarqalgan.
Tarkibida efirli moylar, kamfora, pinen kabi moddalar
saqlaydi. Xalq tabobatida yiringli yaralar va zamburug'li yaralarni davollashda keng ishlatiladi.
Dorivor tirnoqgul -
Calendula officinallis
L.
bir yillik, poyasi shoxlangan, tuklar bilan
qoplangan, balandligi 30-40 sm. Ildiz oldi barglari uzun bandli,
teskari tuxumsimon yirik, poyadagi
barglari poyani yarimini o‗rab oluvchi o‗troq, chetlari to‗lqinsimon. Savatchani diametri 2-5 sm.
Gullari sariq yoki pushti, ayrim hollarda to‗q qizil. May-sentyabrda gullab, urug'laydi. Manzarali gul
sifatida o‗stiriladi. Xalq tabobatida damlamasi (qaynatmasi) surgi, siydik va gijja haydovchi dori
sifatida ishlatiladi. Olib borilgan tajribada petri kosachalarga filtir qog'oz joylab, bo‗ymadaron
urug'idan 100 dona, dorivor tirnoqgul urug'idan 35 dona olib ekildi va xona haroratidagi iliq suv bilan
1 marotaba sug'orilib turildi. Oradan 3 kun vaqt o‗tib, dastlab dorivor tirnoqgul so‗ng bo‗ymadaron
urug'lari unib chiqdi. Olingan natijalar quydagi jadvalda keltirilgan:
№
O‗simlik
nomi
Ekilgan
sana
Unib
chiqan
sana
Dastlabki
urug'lar
soni
Unib
chiqan
urug'lar
soni
Xona
harorati/
suv
miqdori
Umumiy
uzunligi
(21.02.18)
sm
hisobida
Umumiy
uzunligi
(24.02.18)
sm
hisobida
1. Bo‗ymadaron 15.02.18. 18.02.18.
100
20
20C/5ml
0.55
1
2.
Dorivor
tirnoqgul
15.02.18. 18.02.18.
35
10
20C/5ml
1.45
2.4
Xulosa qilib aytganda, bu dorivor o‗simliklarni unib chiqishi uchun normal harorat 17 C dan 20
C gacha bo‗lganda 2-3 kunda unib chiqadi. Oziqa muhiti asosan, undirish omili suv hisoblanadi. Bu
dorivor o‗simliklarni bir biriga solishtirganimizda dorivor tirnoqgul - Calendula officinallis L. ni
unuvchanligi bo‗ymadoron (boshog'rio‗t) - Achillea santolina L. ga nisbatan ancha yuqori.
Bu olib borgan tajribamizdan asosiy maqsad, dorivor o‗simliklarni unib chiqish tezligini, oziqa
muhitini, unib chiqishi uchun zarur haroratni aniqlashdan iboratdir.
Shu bilan birgalikda ularni
madaniylashtirib, katta ekin maydonlarda ekib o‗stirish, asosiy xomashyo sifatida xalq tabobatiga,
sanoatga va farmasevtikaga yetkazib berishga tadbiq etishdan iboratdir. Chunki, chet el
mamlakatlaridan qimmat narxlarda dori - darmonlar, suniy preparatlar sotib olishdan ko‗ra,
madaniylashtirib, ekin maydonlarimizda yetishtirsak,
ham tabiiy, ham sifatli, ham arzon hom-ashyo
hisoblanib, xalqimizni dori - darmonga bo‗lgan ehtiyojini qondirgan bo‗lamiz.Hozirgi kunda yovvoyi
o‗simliklar hayotini o‗rganish, foydali xossalarini aniqlash, ularni madaniylashtirish va o‗stirish
agrotexnikasi ustida ko‗plab ishlar olib borilmoqda. O‗z hududimizda o‗sayotgan
yoki introduksiya
qilinayotgan dorivor yoki manzarali o‗simliklarni o`rganish uchun ulardan namunalar yig‗ish, tur
tarkibini aniqlash kerak.