367
Hududning tabiiy iqlimi Markaziy Osiyo geografik o‗rni bilan chambarchas bog‘li bo‗lib, O‗rta
yer dengizining subtropik va Qizilqum cho‗li intaqasining keskin o‗zgaruvchan iqlimi bilan
tasniflanadi. Hududda ikki iqlim: tik tog‘lar, tog‘lar oldi va cho‗l iqlimi huqum suradi. Tik tog‘lar
tog‘lar oldi iqlimi. Bu hududga dengiz sathidan 1400 metr va undan yuqori tog‘, tog‘lar oldi
maydonlari kiradi. Havoning o‗rtacha yillik harorati 10-12°C atrofida bo‗lib, yil davomida 600-700
mm gacha yog‘in-sochin tushadi, yig‘indi harorat esa o‗rtacha 3,7-4,0 m tezlikda esadigan shamollar
ta'sirida rivojlantirish, ayniqsa g‘alla yetishtirish uchun mo‗'tadil hisoblanadi. Afso‗ski joy-re'lefining
keskin tik va qiyaligi katta 15-200 va undan ham yuqoriligi uchun, g‘alla yetishtirishdagi agrotexnik
tadbirlarni mexanizatsiya kuchi bilan bajarish natijasida bog‘dorchilik, o‗zumchilik, rivojlantirilib
kelinmoqda. Asosiy maydonlar chorva mollari uchun yaylov sifatida foydalaniladi.
Hududning dengiz sathidan 500-800 m balandlikda joylashgan tog‘pasti
va qiyaliklar,
tekisliklarda-tog‘bo‗z tuproqlari: och to‗sli bo‗z va tipik bo‗z tuproqlar rivojlangan bo‗lib o‗rtacha
yillik harorat 14-15°C, yog‘in-sochin o‗rtacha 250-300 mm tushadi.
Viloyatning g‘arbiy-shimoliy, shimoliy hududlarining iqlim sharoitlarini e'tiborga olib, shimoliy
hududlarda chorvachilikni asosan qorako‗lchilikni rivojlantirish yo‗lga qo‗yilgan.
Viloyatning janubiy-sharqiy, janubiy hududlarida sug‘oriladigan, sug‘orish mumkin bo‗lgan
maydonlarida yassi tog‘lar oldi tekisliklarida iqlim biroz yumshoq 12-15 m/sek tezlikda esuvchi
shamolli kunlar sanoqligina, o‗rtacha 5-8 m/sek, asosan 2,2 m/sek tezlikda esadi. Biroq Markaziy
Qizilqumning keskin o‗zgaruvchan iqlimi «Garimsel» kabi o‗ta og‘ir
sharoitlar, sug‘oriladigan
maydonlarda ekib parvarishlanayotgan maydonlarda qishloq xo‗jalik ekinlarining mo‗tadil o‗sib
rivojlanishiga, hosildorligiga, salbiy ta'sirini o‗tkazib turadi.
Viloyatimiz respublikamizning o‗ziga xos tuproq-iqlim, ob-havo sharoitiga ega bo‗lgan katta
hududni tashkil qiladi. Hududda ekiladigan g‘o‗za navlari ishlab chiqarish navlarining issiqqa, suv
tanqisligiga, o‗ziga xos ob-havo sharoitiga bardoshli bo‗lishi talab etiladi.
Viloyatda g‘o‗zaning o‗rta tolali Buxoro-6, Oqdaryo-6, Buxoro-102, An-Boyovut-2
navlari
rayonlashtirilgan. Shuningdek S-4727, S-6524, S-6530, Namangan 77, Omad navlari ham qisman
ekiladi. Viloyatning sug‘orilib dehqonchilik qilinadigan yerlarida Qizilqum mintaqasining ta‘sirini
hisobga olib g‘o‗za turlarining tuproq sho‗rlanishiga, garmselga, qurg‘oqchilikka nisbatan chidamli,
tezpishar bo‗lishi e‘tiborga olinadi. G‘o‗za bo‗yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishda albatta har
bir viloyatning geografik o‗rnini o‗rganish va geografiyasini hisobga olish muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: