Hayvonot dunyosining zamonaviy sistemasi


ISSIQXONALARDA O„SIMLIK YETISHTIRISHDA



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet312/414
Sana16.12.2022
Hajmi7,33 Mb.
#888196
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   414
Bog'liq
Туплам

ISSIQXONALARDA O„SIMLIK YETISHTIRISHDA
AGROVOLOKNONING AHAMIYATI
 
Tursunov M.G‘. 
Farg‘ona davlat universiteti 
 
Inson faoliyatining barcha sohalarida zamonaviy texnika va texnologiya qanchalik taraqqiy 
etmasin xalqning siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy va madaniy-maishiy hayotini qishloq xo‗jaligi ishlab 
chiqarishisiz tasavvur qilib bo‗lmaydi. O‗zbekistonda jahon andozalari talablariga javob beradigan 
qishloq xo‗jalik mahsulotlarini yetishtirish yo‗lga qo‗yilgan. Aholining aksariyat qismi qishloqlarda 
istiqomat qiladi va ularning ko‗pchiligi zarur bo‗lgan malaka, ko‗nikmaga va tajribaga ega. 
Mamlakatda tomorqaga investitsiyalarni jalb qilish, imtiyozli kreditlar ajratish, budjet tomonidan 
moliyaviy ta'minlashni kengaytirish va boshqa iqtisodiy tadbirlarni amalga oshirishga katta e'tibor 
berilmoqda. Qishloq xo‗jaligida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish borasida bozor 
iqtisodiyoti talablariga javob beradigan huquqiy asos yaratildi. Jamoa, ijara va xususiy mulk 
tamoyillariga asoslangan shirkat, fermer va dehqon xo‗jaliklari shakllandi. Endigi vazifa qishloqda 
mahsulot yetishtiruvchilarda yerga, mulkka, yetishtirilgan mahsulotlarga egalik hissiyotini 
mustahkamlash asosida mahsulot yetishtirishni ko‗paytirish va uning sifatini yaxshilash, qishloq 
xo‗jaligi ishlab chiqarishi samaradorligini oshirishga e'tibor qaratishdan iborat. Korxonada ishlab 
chiqarishni samarali tashkil etish bu uzoq muddatga mo‗ljallangan maqsadni aniqlash, ishlab 
chiqarishning istiqbolli dasturini ishlab chiqish, tashkiliy va boshqaruv tizimini to‗g'ri belgilash, 
xo‗jalikni oqilona yurita olishni asoslash, zaruriy resurslarni shakllantirish, xo‗jalik ichki iqtisodiy 
munosabatlarini to‗g'ri belgilash, hisobot va nazorat, hamda rejalashtirishning samarali tizimini joriy 
qilish, sifatli tovar ishlab chiqaruvchilarni rag'batlantirish, ishlovchilarga qulay ijtimoiy shart-
sharoitlarni yaratish demakdir. 
Bu borada qishloq xo‗jaligining barcha sohalarida ishlab 
chiqarish tamoyillari, usullari va shakllarini ishlab chiqishda issiqxona xo‗jaliklarini tashkil qilish va 
yuritish muhim ahamiyat kasb etadi. O‗zbekistonda issiqxonalar sabzavotlar, ko‗chat va gullarni 
yetishtirishning qo‗shimcha manbayi sifatida qarab kelingan. Ammo hozirgi kunda aholini yashash 
sifatini oshishi, yil davomida vitaminlarga boy sabzavotlarga va sitrus mevalariga bo‗lgan talabning 
ortishi, bu sohada ilg'or xorij texnologiyalari va tajribalarini keng qo‗llashni taqozo etmoqda. 
Bugungi kunda issiqxonlarda qishloq xo‗jalik tolasidan yoki zamonaviy agrovolokno 
materialidan foydalanish, ishchi kuchini kamaytirish bilan bir qatorda, issiqxonalar intensivligini 
ta‘minlash kafolatini beradi.
Agrovolokno - agrofiber (spunbond deb ham ataladi) polietilenga muqobil sifatida noyob 
materialdir. Agrovoloknodan dastlab Yevropada 90-yillardan foydalanilgan bo‗lsa, keyinchalik barcha 
mamlakatlardan unga bo‗lgan talab ortib bordi. 
Bu borada har bir kishi issiqxonalarda rentabellikni oshirish uchun tegishli iqlimga ehtiyoj 
borligini tushunadi. Agrovoloknoni to‗g‘ri qo‗llash tuproqning haroratini yuqori saqlash, havo 
oqimini mo‗tadilligini ta‘minlash, tegishli namlikni saqalab turish va bir vaqtning o‗zida o‗simliklarni 
hasharotlardan muhofaza qilish hamda sovuqdan yaxshi himoyalash imkonini beradi. 
Agrovolokno materiali (spunbond, polipropilen) juda nozik tuzilishga ega va odatdagi matolarga 
o‗xshash polimer hamda ekologik jihatdan qulay. Murakkab tuzilishi tufayli bir qator ijobiy 
fazilatlarni birlashtiradi. Ya'ni, bu material quyosh nurlarining ultrabinafsha ta'siridan himoya qilishda 
va namlikni mukammal ravishda o‗tkazishga imkon beradi. Shu bilan birga, yorug'lik va namlik 
mikroiqlimini mo‗tadil holatda tutib turadi. Shu sababli, agrofiber bilan qoplangan tuproq muhitida 
o‗simliklar o‗zlarini ancha yaxshi his qiladi va buning natijasida samarali o‗sib, yaxshi hosil beradi. 


361 
Spunbonddan foydalanish mezonlari deyarli cheksiz bo‗lib, ular sabzavot ekinlari, mevali daraxtlar va 
gullar, manzarali ekinlar yetishtirish, bog‘ va park me'morchiligi yoki landshaft dizaynida, shuningdek, 
qishda daraxt va butalarni o‗rashda keng foydalanish mumkin.
Agrovoloknoni bir qancha turlari mavjud. Issiqxonalar yaratishda asosan oq va qora 
spunbondlar qo‗llaniladi. Ularning zichliklari o‗ziga xos, masalan, 50 g / m
2
ishlatiladi. Bu ko‗rsatkich 
past bo‗lsa, kvadrat metr uchun materialning og'irligi ham kichik, ya'ni tola qalinligi pasayadi. Rangi 
va og'irligi asosiy parametrlar bo‗lib, biz bularni batafsil misollarda ko‗rib chiqamiz. 
Oq agrovolokno yoki
 
oq rangli aglomerat turi polietilen plyonkaga deyarli o‗xshash, ya'ni, 
ulardan issiqxonada foydalanish mumkin, lekin ayni paytda to‗g'ridan-to‗g'ri o‗simliklar va daraxtlarni 
saqlash uchun ham foydalanishadi. Bu erda oq aglomeratlarning to‗g'ri zichligini tanlash muhimdir. 
Oq agrofiberlar 17, 19 va 23 g /m

lilari bo‗lib, eng nozik turlari kvadratiga 17 g og'irlikda bo‗ladi. 
Ushbu og‘irlikdagi turlarini to‗g‘ridan-to‗g‘ri, ekilgan urug‘lar va yosh nixolning ustiga qoplanganda 
haroratni 3-5 C
o
gacha ko‗tara oladi. Agrofiberning 30-42 g/m
2
kabi turlari ham bo‗lib, haroratni 5-7 
C
o
gacha ko‗tara oladi. Bu turdagilar esa o‗simliklarni shamol, do‗l va hatto qordan yaxshi himoya 
qiladi. Ammo tolaning qalinligi hisobiga yorug‘lik nuri biroz kamayadi. 60 g/m
2
oq agrofiber shamolli 
hududlarda ham o‗simliklarni himoya qilib, haroratni 10-15 C
o
gacha ko‗tara oladi. Ammo ushbu 
haroratni hosil bo‗lishida agrovoloknoning xususiyatlaridan tashqari tuproqning chirindilarga boyligi 
ham muhim hisoblanadi. Chunki, issiqlik asosan tuproqdagi chirindilar hisobiga ham ajraladi. 
Qora rangli agrovoloknoning ko‗p hollarda 60 g/m
2
li turi qo‗llaniladi. Bu tur agrofiber qora 
rangli bo‗lganligi sababli issiqlikni oq rangli agrofiberga nisbatan yaxshi tortadi. Qora rangli 
agrofiber qoplangan tuproqda o‗simlik va urug‘lar ekish ham mumkin. Qora rangli agrofiber nur 
o‗tkazmaydi ammo issiqlik, havo va suvni yaxshi o‗tkaza oladi. Natijada o‗simlik o‗sishi uchun qulay 
sharoit yaratiladi va begona o‗simliklar chiqishiga ham to‗sqinlik ko‗rsatadi. Qora rangli agrofiberning 
yana bir hususiyati mevalarning tozaligini taminlaydi. Boshqa xususiyatlari bilan esa oq 
agrovoloknoga o‗xshaydi. Ushbu agrofiberlardan ehtiyotkorlik bilan foydalanilsa, bir necha mavsum 
davomida foydalanish mumkin.
Issiqxonada agrovolokno yaratadigan harorat orqali isitish tizimidan foydalanish kamayadi yoki 
butunlay foydalanmaslik mumkin. Issiqxona qurish jarayonida ustki qavatni yopishda oq 
agrovoloknodan foydalanilsa va qora agrovoloknodan esa tuproqni qoplash orqali o‗simliklar 
o‗stirilsa maqsadga muvofiq bo‗ladi. Tunda esa agrovoloknoning qora rangli turini issiqxonaning 
ustki tomonidan yopib qoyilsa yanada samara berib, kundizi yig‘ilgan haroratni tun davomida saqlab 
turadi. Quyosh nurlarini qabul qilib tarqata oladi, kuchli nurlanishlarga ham chidamli hisoblanadi. 
Agrovoloknoni qo‗llashda issiqxonada yetishtiriladigan o‗simlikni to‗g‘ri tanlay olish lozim. O‗simlik 
tanlashda unib chiqish harorati muhim xisoblanadi. 10-15 C
o
haroratda o‗sadigan o‗simliklarni ekib 
o‗stirilsa maqsadga muvofiq. 

Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   414




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish