324
tabiatdan organik moddalarni faqat tayyor holda o‗simlik yoki hayvonlardan oladi. Inson uchun kerak
bo‗ladigan havo toza bo‗lishi kerak.
Insonni o‗zi hayot faoliyati davrida tabiatning biogen aylanishiga putur yetkazishi mumkin.
Atrof muhitni sanoat, kimyo korxonalari, insonning hayot faoliyatida hosil bo‗ladigan chiqindilar
buzadi.Odatda havoda juda kichik qattiq zarrachalar va zaharli gazlar bor.
Havoga tarqalgan gazlar tarkibida CO
2
, NO
2
va boshqa gazlar bo‗lib, ular suv bilan ta‘sirda
kislotalar hosil qiladi va yerga yana kislotali yomg‘irlar holida qaytib keladi. Odatda yomg‘ir suvida
pH 5,6 ga teng bo‗lishi kerak. Lekin ba‘zan atmosferaga chiqindi gazlarning otilishi oqibatida sanoat
korxonalari yaqinida yomg‘ir suvining pH kiymati 4,3 va xatto 1,5 gacha kamayganligi kuzatilgan.
Bunday kislotali yomg‘irlar o‗simliklar hayoti va o‗rmonlar uchun zararli. Kislotali yomg‘irlar
xovuzlar va suv havzalarini to‗ldirganligi uchun ular baliqlar va suv hayvonlariga ancha zarar keltiradi.
Ayniqsa ichki yonuv dvigatellardan chiqadigan CO (is gazi), azot oksidlari, ozon atmosferani
ifloslantiradi. Ayniqsa, yoqilg‘iga qo‗shiladigan qo‗rg‘oshinning organik birikmalari(tetraetil
qo‗rg‘oshin) atmosferaga qo‗rg‘oshin galogenidlari holatida tarqaladi. Katta sharlarda qo‗rg‘oshin
miqdori ruxsat etilgan holatdan minglab marta oshib ketadi.
Sanoat miqyosida simob, kadmiy kabi zaxarli metallarning ishlatilishi va ulardan okava suv
orqali atmosferaning buzilishi ko‗p sodir bo‗ladi.
Atmosferaning va atrof muhitning ifloslanishidan o‗simlik va hayvonlar zararlanishidan
tashqari insonlarning ham hayoti xavf ostida qoladi. Insonlarda turli kasalliklar kelib chiqishidan
tashkari u yoki bu geografik joylanishga bog‘liq kasalliklar ham mavjuddir. Ana shu kasalliklar
endemik kasalliklar deyiladi.
Kimyoviy elementlarning turli xududlarda konsentratsiyasi har xilligi shu tumanlarda o‗ziga
xos biokimyoviy reaksiyalar ketishini ko‗rsatadi. Masalan,
Boshqiristonda mis ko‗p tarqalgan, Armanistonda molibden, O‗rta Osiyoda yod yetishmasligi,
O‗zbekisonnig janubiy viloyatlarida atrof muxitni ftor bilan zararlanishi turli o‗ziga xos endemik
kasalliklarni ko‗payishiga olib keladi.
Yer yuzasida tirik organizmlar faoliyati natijasida turli miqdorda minerallar,tabiiy kimyoviy
moddalar xosil bo‗ladi. Masalan, suyakli tirik organizmlar atrof - muhitdan kalsiyni ajratib olib o‗z
tanasiga yig‘adi. Tog‘ jinslari, masalan temir rudasi hosil bo‗lishida mikroorganizmlar faoliyati
natijasi ekanligi aniqlangan. O‗z navbatida yer qobig‘ining ustki qismida ro‗y berayotgan o‗zgarishlar
tirik organizm kimyoviy tarkibiga ham ta‘sir qiladi. Yer qobig‘i, tuproq, dengiz suvi, o‗simliklar,
hayvonlar kimyoviy tarkibini o‗rganish (jadval) shuni ko‗rsatadiki, yer qobig‘i va dengiz suvi
tarkibidagi barcha kimyoviy elementlar tirik organizmlarda ham uchraydi. Ana shu tirik
organizmlarda bunday barqarorlikni saqlash uchun ham atmosfera havosini tozaligi nihoyatda katta
ahamiyatga egadir. Chunki atmosfera havosining ifloslanishi barcha o‗simliklar, hayvonlar va suv
muhitiga o‗z ta‘sirini o‗tkazmasdan qolmaydi.
Kimyoviy elementlarni tarqalishi, % hisobida.
Do'stlaringiz bilan baham: